Panda Books
6.26K subscribers
2.14K photos
420 videos
6 files
1.99K links
Books & Book Reviews.
Zamonaviy mutolaa repertuari.

Insta: instagram.com/pandabooksuz

Donat: tirikchilik.uz/PandaBooks
Reklama: @pandapochtabot
Download Telegram
#tavsiya

Bugun sizlarga zo'r kino tavsiya qilmoqchiman. "Nowhere", (2023) ispan kinoijodkorlaridan navbatdagi dramatik triller.

Mia va Niko ismli er-xotin urush va zo'ravonlik hukm surayotgan mamlakatdan yashirincha qochib chiqishga qaror qilishadi. Bu uchun ular oldin yuk mashinasi yukxonasida, keyin kemada konteyner ichida jo'nashlari lozim edi. Ammo yo'lda Mia va Niko bir-biridan ajrab qoladi. Yolg'iz, ustiga ustak ana tug'aman, mana tug'aman deb turgan homilador Mia yolg'iz kemadagi konteynerda omon qolishi kerak edi...

Filmni ko'rib, ayollar matonatiga yana bir bor tan berib yuboradi kishi.

@panda_books
​​Hayot va yetti odam haqida hikoya

Bir kuni bir necha odamlar Hayotga shunday savol berishibdi: "Nega meni yashashim bunday?"

Birinchi odam so'rabdi:
Nega meni yashashim bunday? Tez-tez kasalman, muvaffaqiyatsizliklar doimo menga hamroh... Xuddi men har xil muammolar uchun magnitman...

Hayot unga javob qilibdi:
Chunki sen QASDMA QASDIGA yashaysan. Butun dunyodan xafasan, g'azab va nafrat tuzog'iga tushgansan. Hayotda esa XURSANDCHILIK bilan yashash kerak. O'zinga, atrofingdagilarga, Xudoga. Shunda baxtli bo'lasan.

Ikkinchi odam Hayotdan so'rabdi:
Nega meni yashashim bunday? Kimdir yoki nimadir bilan doimiy kurashdaman... Hammasi noto'g'ri...

Hayot unga javob qilibdi:
Chunki sen QARSHI yashaysan. Hammaga va barcha narsaga. Sen xuddi voyaga yetmagan o'smirga o'xshaysan, hali ham isyonkorsan, aslo to'xtay olmayapsan. Shuning uchun senda shunday qarama-qarshi hayot bor. Hayotda MINNATDORCHILIK bilan yashash kerak. O'shanda baxtli bo'lasan.

Uchinchi odam Hayotdan so'rabdi:
— Nega meni yashashim bunday? Doimo boshqalarning fikriga qarab ish tutaman, o'zimga ishonmayman...

Hayot unga javob qilibdi:
Sen boshqalar senga HASAD qilishlari uchun yashaysan. Aslida shunday yashash kerakki, boshqalar sendan ILHOMLANSIN. O'shanda baxtli bo'lasan.

To'rtinchi odam Hayotdan so'rabdi:
— Ayt-chi, nega meni yashashim bunday? Doimo stress va asabiy tarang yuraman...

Hayot unga javob qilibdi:
Sen kimgadir nimanidir ISBOTLASH uchun yashaysan. Sening hayoting doimiy teoremalardan iborat, ular doimo "isbotlanishi kerak". Lekin bu hech kimga kerak emas. Hech kimga hech narsani isbotlashing shart emas. Sen bunga juda ko'p vaqting va kuchingni sarflaysan: dalillarga, boshingdagi qaynab yotgan fikrlarga. Sen BAXT AKSIOMASIda yashashing kerak. Shunda xalovat topasan.

Beshinchi odam Hayotdan so'rabdi:
— Nega meni yashashim bunday? Hayot men uchun to'la ko'ngilsizlik...

Hayot unga javob qilibdi:
— Chunki sen KO'Z-KO'Z uchun yashaysan. Haqiqiy o'zing qayerda? Asling kabi KO'RIN yoki ko'ringaning kabi BO'L. O'shanda baxtli bo'lasan.

Oltinchi odam Hayotdan so'rabdi:
— Nega meni yashashim bunday? Zerikarli, qiziq emas...

Hayot unga javob qilibdi:
— Chunki Hayot SENi YONINGDAN O'TIB BORYAPTI. Sen undan yashiringansan. Aslida shunday yashash kerakki, Hayot qiziqqanidan to'xtab qolsin, yoningdan o'tib ketmasin va shu yerda qolsin... Shunda baxtli bo'lasan.

Va yettinchi odam Hayotdan so'rabdi:
— Nega meni yashashim bunday? Hech nima menga quvonch keltirmaydi...

Va Hayot unga javob qilibdi:
— Chunki sen O'Z HAYOTING bilan yashamayapsan. Bu quvonchlar seniki emas. O'zingni, tuyg'ularingni, istaklaringni, orzularingni, maqsadlaringni, so'zlaringni, hissiyotlaringni, kitoblaringni, filmlaringni, qo'shiqlaringni, muloqot doirangni top... O'Z HAYOTINGNI TOP! Ana shunda baxtli bo'lasan.

@panda_books
Hozir Davlat Pedagogika Universiteti oldidan o'tdim. Ro'mol o'ragan ham, o'ramagan ham, zamonaviyroq kiyingan qizlar ham birdek bemalol kirib-chiqib yuribdi.

Normal demokratik davlatlarda shunaqa bo'ladi. Bu yaxshi.

@panda_books
Taklif qilishdi.

@panda_books
Panda Books
Vaziyat taqozosi bilan shu kitobni qayta o'qishni boshladim. Isroilning eng maxfiy harbiy harakatlarini ochib bergan kitob. Eng yangi tarixidan qiziq joylarini ulashib turaman. @panda_books
#reading

Xudo bilan uchrashuv uyushtirish Byurosi

Quyidagi mashhur ibora internetni kezib yuradi. Ko'pchilik qatori men ham uning muallifi chikagolik mafioz Al Kapone deb yurardim. Ammo hozir ushbu kitobni👆o'qiy turib, u aslida isroillik ayg'oqchi va "Mossad" hodimi Natan Rotbergga tegishli ekanligini bilvoldim.

U katta baklarda trinitrotoluol va boshqa kimyoviy elementlarni aralashtirib, kuchli portlovchi uskunalar yaratgan. Rotberg garchi bomba yaratsada, u tez-tez qalbida nafratsiz ishlaganini ta'kidlagan. U endi Isroil davlati tashkil topgan 1948-53-yillarida arablarga qarshi urush va maxfiy operatsiyalarda faol ishtirok etgan.

"Inson kechirimli bo'lishi kerak. Siz o'z dushmaningizni kechirishingiz lozim. Biroq biz bunday insonlarni kechira olmaymiz. Ularni Xudo kechirsin. Bizning ishimiz ularning uchrashuvini tashkil qilishdir. Men o'z laboratoriyamda o'ziga xos "tanishuv klubini" yaratganman, shaxsan o'zim 30 ga yaqin uchrashuv tashkillashtirganman" deydi Rotberg.

Shunaqa gaplar.

@panda_books
#offtop

Bugun rafiqamning tug'ilgan kuni. 1-da meniki edi, 11-da uniki. Ertalabdan uyda o'zgacha atmosfera.

Albatta, erkaklar doimo ayolimga nima sovg'a qilsam ekan deb o'ylanishadi. Men ham rosa o'ylab yurdim. Chunki gullar va shirinliklar sovg'aga o'tmaydida. Bundoq olib qarasam, ko'p narsamiz bor ekan.

Keyin uning anchadan beri aytib yurgan ta'lim haqidagi so'zlari esimga tushdi. Xullas, bugun ayolimning kelajakdagi ta'limi uchun investitsiya sovg'a qilishga qaror qildim. Sohasi finance uchun juda kerakli, lekin qimmat turadigan international program sotib oldik. Rosa xursand bo'ldi.

Menimcha, yaqin insoningni sifatli ta'lim olishiga imkon yaratib berish ham – juda ajoyib sovg'a bo'la oladi deb o'ylayman.

@panda_books
#tavsiya

"Kingdom of Heaven" (Царство небесное), 2005

Bu film ayni kunlarda Yaqin Sharqdagi urush fonida ko'plab maqolalar, fikrlar va sharhlar uchun bebaho xazina bo'lib xizmat qilishi mumkin. U shubhasiz jahon kinosining durdonasi. Rejissor esa afsonaviy Ridli Skott. Bugun tomosha qilishni maslahat beraman.

Filmni undagi ikkita o'ta muhim dialog uchun ham ko'rish lozimdir. Umid qilamanki, ularni siz butun hayotingiz davomida aslo unutmaysiz.

@panda_books
Panda Books
#tavsiya "Kingdom of Heaven" (Царство небесное), 2005 Bu film ayni kunlarda Yaqin Sharqdagi urush fonida ko'plab maqolalar, fikrlar va sharhlar uchun bebaho xazina bo'lib xizmat qilishi mumkin. U shubhasiz jahon kinosining durdonasi. Rejissor esa afsonaviy…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Siz shunchaki "Kingdom of Heaven"dagi bu sahnani tomosha qiling a! Unda salibchilar Messina portida va'da qilingan Muqaddas Zaminga jo'nab ketishni kutishmoqda.

Nazarimda, kino tarixida uzun kadrda olingan sahnalar ichida bu o'z musiqasi, kayfiyati va miqyosi jihatdan eng ajoyibi, eng yuqori darajada ishlangani bo'lsa kerak. Filmdagi ushbu epizod xuddi buyuk rassom chizgan kartinaga o'xshaydi.

Ridli Skott daho.

@panda_books
Professor Ahmed Kuru va "Tirilish" nashriyoti o‘rtasida “Islam, Authoritarianism, and Underdevelopment”ning o‘zbek tiliga tarjimasi uchun mualliflik huquqi borasida kelishuv imzolanibdi.

@panda_books
Aytgancha, Ahmet Kuru Panda Booksni kuzatardi. Bir paytlar bu kitob haqida post qo'yganimda layk bosib, follow qilgandi.

Hozir follow emas ekan lekin.

@panda_books
Forwarded from Panda Books
​​#iqtibos

Musulmon dunyosi o'zining intellektual va iqtisodiy hayotini yo'qotganda, G'arbiy Yevropa taraqqiyoti boshlandi. XI asrning ikkinchi yarmida G'arbiy Yevropada uchta muhim o'zgarish yuz beradi.

Birinchidan, katolik cherkovi va qirol hokimiyatlari bir-birlariga hukmronlik qilishga urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchradi, bu esa ular o'rtasida "modus vivendi" tartibi (ikki davlat yoki tuzum o'rtasida tinch munosabatlar o'rnatilishi)ni va ular ajratishni institutlashtirishga olib keldi. Bu G'arbiy Yevropa aktor (siyosiy maydondagi o'yinchilar)lari va institutlari o'rtasida decentralization (markazsizlashtirish) va kuchlar muvozanatiga katta hissa qo'shdi.

Ikkinchidan, universitetlar tashkil etila boshlandi va intellektual sinfning asta-sekin paydo bo'lishi va rivojlanishi uchun institutsional asos yaratildi. Akvinadan Lyutergacha, Kopernikdan Galiley va Nyutongacha bo'lgan inqilobga sabab bo'lmish ko'plab mutafakkirlar universitet bitiruvchilari va professorlari edilar.

Uchinchidan, G'arbiy Yevropadagi iqtisodiy inqirozlarning dvigateli bo'la oladigan savdogar va tadbirkorlar sinfi shakllana bordi. Diniy, siyosiy, ziyoli va iqtisodiy sinflar o'rtasidagi yangi aloqalar nihoyat jamiyatni turli xil progressiv jarayonlarga, jumladan, Renessans, geografik tadqiqotlar, Protestant islohoti, ilmiy inqiloblar, Amerika va Buyuk Fransuz inqiloblari va Sanoat inqiloblariga boshlab keldi. Bu jarayonlar natijasida G'arbiy Yevropa bir paytlar ilmiy va siyosiy sohalarda ustun bo'lgan raqobatchilari — musulmon dunyosi va Xitoydan o'zib ketishiga sabab bo'ldi.

— Ahmet Kuru, "Islom, Avtoritarizm va Qoloqlik"

Kitob pdf shakli👉 shu yerda

@panda_books
Hafta yangiligi. Akademnashr boshlagan yangi loyiha- Yoki.uz bizga ham yetib keldi.

@panda_books
#haqida

Patriarxat

Bundan bir necha yil oldin bitta qisqa video ko'rgandim, hozir izlab topolmadim. Mazmuni qisqacha shunday: bitta qiz bitta yigitdan so'raydi tipa "hayotda eng kuchli motivatsiya nima?", yigit aytadi "uylan, mana senga motivatsiya, keyin bolali bo'lasan vot ikki karra motivatsiya bilan ishlaysan". Videoda bu gaplar kulgiliroq chiqqan va 100% haqiqat.

Uylangach bilasanki, Internetdagi turli hayplar, bahslar - bari hayotdagi yangi muammolaring oldida hech nimamas. Endi hech kim bilan kommentlarda oxirigacha talashging kelmaydi, chunki bolali bo'lgach bularga absolyut energiyang va xohishing qolmaydi.

Ota bo'lsang otangni, ona bo'lsang onangni qadriga yetasan - manashu sinalgan va Top haqiqat. Internetda hamma o'zidan tolerant, feminist, siponi yoqib olishi oson, toki bu narsalar o'z oilasiga bevosita xavf solmagunicha.

Otalarimiz ertadan kechgacha qattiq mehnat qilishgan, qilishyapti va bundan keyin ham qilishadi. Tinchgina, jim.

Чтобы ularning qizlari, ayollari va farzandlarida partriarxatni yomonlashga vaqt va kuch bo'lishi uchun.

@panda_books
#haqida

Mein Kampf

Firuz aka Allaev
yozyapti: "“Asaxiy Books” loyihasini boshlagandan beri eng ko‘p o‘zbekchaga tarjima qilinishi so‘ralgan kitob qaysiligini bilasizmi? Gitlerning “Mayn Kampf” kitobi."

***

Bu gapdan hayron qolmadim. O'zimdan ham bir necha bor so'rashgan, o'zbekchasi bormi deb. Akademik litseyda o'qib yurgan paytlarimiz, do'stim bilan shu kitobni qidirganmiz, daje direktor o'rinbosaridan so'raganmiz, u albatta shokka tushgan:)

Gitler shaxsiyatini tahlil qilishga qiziqish bo'lgan, analiz qilish uchun o'qimoqchi bo'lganman. Aytgancha, uning turkchasi bor. Adashmasam, ruscha tarjimasi mavjud emas, har holda men topolmadim.

"Men Mayn Kampfni o'zbek tilida bo'lishini istaymanmi?", hozir shu savolga javob bersam. Yoshlikda qo'limga nima ilinsa o'qib ketgan davrlarimda xohlagan bo'lardim, lekin hozir yo'q. U bunga arzimaydi. Chunki hayotda biz ba'zi narsalarga nisbatan aniq fikrni shakllanishi kerak. Undan tashqari zamon ham o'zgardi. Odamlar endi tarixni juda uzoqdagi narsa deya qabul qila boshlashdi. Stalin, Gitler ular uchun olis o'tmishga aylangan. Bu esa tarjima uchun juda xavfli vaqt.

Yaqinda Kanada Parlamentidagilar, jumladan Ukraina prezidenti Zelenskiy (millati yahudiy) o'sha zalda o'tirgan urush veterani - natsistga tik turib qarsak chalishgani katta mojaroga sabab bo'ldi. Yoshlar esa takoy: nima bo'pti? Sababi, insonlar uchun u qandaydir olis o'tmish, balki Gitler yaxshi bo'lgandur deya yaqinda bitta kanal yozib chiqdi bizdayam.

Biz hozir Oruell aytgan "muntazam hozir" davrida yashayapmiz, o'tmish ham kelajak ham yo'q, faqat bugun HOZIR bor.

Ayrim kitoblarni bizda hozir tarjima qilib bo'lmaydi, balki shunisi tuzuk.

@panda_books
Карл Маркс "Капитал" — shuni tarjima qilinglar.

@panda_books
Ba'zan qaysidir muallifning biror asarini shunchalik yaxshi ko'rasanki, uni turli nashrlarini kolleksiya qilging keladi.

Masalan, menda u shubhasiz Jorj Oruell.

@panda_books