Panda Books
Ba’zan asarni tushunish va uni o’zimga yaqinroq his qilish uchun “Taxtlar O’yini”dagi saltanatlarni O’zbekistonga ko’chiraman. Yana o’zbekcha nom beraman ba’zilariga. Winterfell/Qishdiyor- Xorazm va Qoraqalpog’iston Vodiy/Vale - Farg’ona (Bunda qasr Qamchiq…
Umuman olganda, "Taxtlar o'yini"ning o'zbekistonlik ashaddiy muxlislaridan biri sifatida Mirzohidning fantaziyasini olqishlayman. Ammo unga biroz qo'shilmagan bo'lardim. Chunki Mirzohid ta'riflagan Starklar Lannisterlar va Targaryenlarlardan ko'ra bizga yaqinroq obrazlar bor, nazarimda.
Menimcha, Jorj Martin olamida, agar biz uchun mos bor bo'lsa, biz faqat va faqat Dotrakiylarga "болеть" qilishimiz kerak. Eslaysizmi, ularni Martin qanday ta'riflaydi: "Essosning markaziy tekisliklarida yashovchi, doimiy ravishda yaylovlar uchun kurashadigan va talon-taroj qilish uchun o'lja izlaydigan va Kxallar (xonlar) boshchiligidagi bir necha urug'larga bo'lingan mag'rur ko'chmanchi jangchilar irqi". Dotrakiylarning liderlari chet ellik malika Deyenerisni xotin qilib olishga va qo'lga olishga harakat qilishganichi - bu sizga tariximizni eslatmaydimi?) hikoyamiz.
Lekin o'zim ham hech qachon Dotrakiylar g'alabasiga tikmagan bo'lardim. Ularga muxlislik qilish O'zbekiston milliy futbol jamoasiga muxlislik qilishdek gap. Hamisha epik mag'lubiyatlar. Ustiga ustak, boshchilikka eng munosib nomzod – Khal Drogo ham 1-mavsumdayoq o'ladi.
Shuning uchun, biz doim Lannisterlar yoki Starklarni qo'llab-quvvatlaymiz. Shunisi ishonchliroq.
@panda_books

#review #taqriz 🔰Sherbek Bobonor o'g'li - "Qora suyaklar" qissa "Endi o’ylasam, meni ulg’aytirgan vaqt emas ekan — gap ekan. Gap o’ldirmasin-da, ishqilib." Sizga kichik savol, loyihamiz shiorini bilasizmi? Ha, zamonaviy mutolaa repertuari. Kanal biosida…
Sherbek Bobonor - zamonaviy o'zbek adabiyotining uncha ko'zga ko'rinmagan vakili. Lekin yozganlarida muallifning ma'nili fikrlashi va ichki kechinmalarni yaxshi ifodalashi bilinib turadi.
"Qora suyaklar"ni yaqinda elektron versiyasini o'qib chiqqandim. Mana endi yozilganidan biroz vaqt o'tib, nihoyat qog'oz formatda bosilibdi.
Afsuski, bu postim uchun menga haq to'lashmaydida:) Yaxshi kitobligini aytishim lozim, buni taqrizimni 👆o'qib ham bilishingiz mumkin.

Book hangover
"Hangover" ingliz tilidan "mastlikdan keyingi boshog'riq"ni bildiradi. "Book hangover" esa kitob mutolaasidan keyin sodir bo'ladigan shu kabi holatni ifodalaydi.
Bu odatda qandadir hayajonli asarni o'qib tugatgach, undagi ajoyib dunyodan yana o'sha zerikarli reallikda yashashga ko'nikolmaganingda yuz beradi. Masalan, bir-biridan qiziqarli voqealar, ajdaholar yoki epik janglar, romantika yo ajoyib detektiv sarguzashtlar - bularning hammasi asar yakunidan so'ng, kitob sahifalarida qoladi, sen esa yana o'zingning oddiy hayotingda yashay boshlaysan, u yerda kurash faqat do'kondagi oxirgi non uchun, qo'shnilarning o'zaro parkovka uchun joy yoki doktor oldiga kirishga navbat uchun bo'lishi mumkin.
Agar juda ta'sirchan bo'lsangiz, bu holat bir necha kun yoki hatto biror hafta davom etishi mumkin. Misol, ba'zilarimiz haligacha Hogwartsdan xat olishni orzu qilamiz, garchi endilikda farzandlarimiz maktab yoshiga yetib qolgan bo'lsada..
Sizchi? Qaysi kitobdan keyin o'zingizga kelishingiz qiyin bo'lgan? Izohlarda qoldiring.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Falastinliklar yashaydigan G'azo sektori ayni damda
Hozirda Isroil armiyasi unga hujum qilmoqda, deya xabar berdi Al Jazeera.
@panda_books
Hozirda Isroil armiyasi unga hujum qilmoqda, deya xabar berdi Al Jazeera.
@panda_books
Forwarded from Panda Books
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#nocomment
Ruknimiz davom etadi..
Koʻngil berib qoʻymelar karoche, ota-onangiz ruxsat bersa mayli..
@panda_books
Ruknimiz davom etadi..
Koʻngil berib qoʻymelar karoche, ota-onangiz ruxsat bersa mayli..
@panda_books
Wishlist
Bir paytlar umrimda hech bo'lmasa bir bor bo'lishni xohlagan joylarim, qilishni istagan ishlarim ro'yxatini tuzishni boshlagandim. Keyin qolib ketgandi, hozir kutilmaganda topib oldim, qarang, bu ro'yxatimni deyarli unutgan ekanman.
Har kuni kechqurun o'tirib ko'nglim eng qattiq istayotgan narsalarni yozib ketaverardim. Yozgan narsalarimni o'qib, hozir jilmayib o'tiribman:) Bu yerda qandaydir ketma-ketlik yo'q, qaysini birinchi amalga oshirsam deb o'ylamayman. Muhimi, amalga oshsin. Bu ro'yxatni yana davomiyam bor, lekin uni keyinchalik ko'rsatarman.
Hayot oqimi va moddiyat tashvishlari orzularimizning yuzini yopib qo'yishi rost. O'sha paytlarda hozirgidan biroz xayolparastroq va ancha erkinroq bo'lgan ekanman.
Niyat qilaverish kerak, ayniqsa uni yozib qo'ysangiz nimani istayotganingizni aniq bilasiz. Nasib qilsa, Yaratgan ertami kechmi niyatlarimizni ijobat qilishiga ishonaman.
Sizda ham wishlist bormi?

#Nobel
Shvetsiya Davlat bankining Iqtisod bo'yicha 2023-yilgi Nobel mukofoti amerikalik tadqiqotchi Klaudiya Goldinga topshirildi. Bu haqda Qirollik Fanlar akademiyasi Nobel qo'mitasi ma'lum qildi.
Mukofot ayollar mehnat bozorini o'rganish yaxshilashga oid tadqiqotlari uchun berildi.

#offtop
Middle East
Umuman olganda, Isroildagi hozirgi vaziyatga nazar tashlasak, juda qadimiy bir konfliktni ko'rishimiz mumkin.
Bu urush bugun yo kecha boshlangan emas, Falastin xalqi o'z davlatini haligacha qura olmayapti. Isroil ularning katta hududlarini egallab olgan. Bizdagi ba'zi blogerlar esa "Nega muzokaralar stoligia o'tirishmaydi, o'tirib tinchlikka erishilmaydi?" deya savol berishlarini ko'rsam, shunchaki kulib qo'yaman, xolos. Hayotdagi hamma masalaga ham pushti ko'zoynak ortidan qarab bo'lmaydi. U joyi kelsa juda shafqatsiz va qahrli. Doim ham hamma masalani chopon kiygizib, choy ustida hal qilolmaysiz.
Rosti, bizda ko'pchilik nihoyatda oddiy bir haqiqatni unutib qo'yishgandek, Dunyoda urush o'chog'lari hech qayerga ketgani yo'q. "Urush" degan instinkt genimizni hech qachon tark etmagan va etmasligini bilishsa edi.
Isroil allaqachon urush holati e'lon qildi, bugun Isroil mudofaa vaziri: “Men G‘azo sektorini to‘liq blokadaga olinganini e’lon qilaman. Elektr, oziq-ovqat, yoqilg'i bo'lmaydi, hamma narsa o'chiriladi” deya xabar berdi. G'azo bu falastinlik muhojirlar yashaydigan eng katta hududlardan biri, endi u qal'a misol qamal qilinadi. Bu muammo masshtabini his qilishingiz uchun.
Yana bitta narsaga hayron qolaman. Falastin uchun jang qilayotgan guruhlar (HAMAS)ni terrorchi deyish uchun yoki Isroilni mazlum deyish uchun odam, qo'pol bo'lsa ham faqatgina g'arbparast bo'lishi kerak. Sir emas, axir Isroil ortida doimo AQSH turib kelgan. G'azo chegarasida reyv-festival o'tkazishga kelib hujumga uchragan sayyohlarga kelsak, ularni ushbu xavfli maskanga ko'ngil ochish uchun kelib o'lib ketgani uchun achinish qanchalik mantiqli? Savol ritorik.
Umuman olganda, hozir qiziqqanlarga Yaqin Sharq tarixini yaxshilab o'qib chiqishni ham maslahat berardim. Zero, u yerda haqiqatda ona vatan uchun urush bo'lyapti. Bu uchun kurashganlar esa terrorchi deyilmaydi.

"Oyina" jurnalida chiqqan maqoladan bir parcha😎 @panda_books
Mana o'sha maqola - "Bashoratlarni puchga chiqargan, mashhur boʻlmay turib Nobel olgan Yun Fosse kim?"
Muallif do'stim Shohrux Usmonov.
https://oyina.uz/uz/article/2098
@panda_books
Muallif do'stim Shohrux Usmonov.
https://oyina.uz/uz/article/2098
@panda_books
Oyina.uz
Bashoratlarni puchga chiqargan, mashhur boʻlmay turib Nobel olgan Yun Fosse kim?
Vaziyat taqozosi bilan shu kitobni qayta o'qishni boshladim. Isroilning eng maxfiy harbiy harakatlarini ochib bergan kitob. Eng yangi tarixidan qiziq joylarini ulashib turaman.
@panda_books
@panda_books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dilemma
Qiziq, kanalga jiddiy mavzuda yozsam ham, qiziqarli mavzuda yozsam ham left out to'xtamayapti.
I don't understand it:)

#tavsiya
Bugun sizlarga zo'r kino tavsiya qilmoqchiman. "Nowhere", (2023) ispan kinoijodkorlaridan navbatdagi dramatik triller.
Mia va Niko ismli er-xotin urush va zo'ravonlik hukm surayotgan mamlakatdan yashirincha qochib chiqishga qaror qilishadi. Bu uchun ular oldin yuk mashinasi yukxonasida, keyin kemada konteyner ichida jo'nashlari lozim edi. Ammo yo'lda Mia va Niko bir-biridan ajrab qoladi. Yolg'iz, ustiga ustak ana tug'aman, mana tug'aman deb turgan homilador Mia yolg'iz kemadagi konteynerda omon qolishi kerak edi...
Filmni ko'rib, ayollar matonatiga yana bir bor tan berib yuboradi kishi.

Hayot va yetti odam haqida hikoya
Bir kuni bir necha odamlar Hayotga shunday savol berishibdi: "Nega meni yashashim bunday?"
Birinchi odam so'rabdi:
— Nega meni yashashim bunday? Tez-tez kasalman, muvaffaqiyatsizliklar doimo menga hamroh... Xuddi men har xil muammolar uchun magnitman...
Hayot unga javob qilibdi:
— Chunki sen QASDMA QASDIGA yashaysan. Butun dunyodan xafasan, g'azab va nafrat tuzog'iga tushgansan. Hayotda esa XURSANDCHILIK bilan yashash kerak. O'zinga, atrofingdagilarga, Xudoga. Shunda baxtli bo'lasan.
Ikkinchi odam Hayotdan so'rabdi:
— Nega meni yashashim bunday? Kimdir yoki nimadir bilan doimiy kurashdaman... Hammasi noto'g'ri...
Hayot unga javob qilibdi:
— Chunki sen QARSHI yashaysan. Hammaga va barcha narsaga. Sen xuddi voyaga yetmagan o'smirga o'xshaysan, hali ham isyonkorsan, aslo to'xtay olmayapsan. Shuning uchun senda shunday qarama-qarshi hayot bor. Hayotda MINNATDORCHILIK bilan yashash kerak. O'shanda baxtli bo'lasan.
Uchinchi odam Hayotdan so'rabdi:
— Nega meni yashashim bunday? Doimo boshqalarning fikriga qarab ish tutaman, o'zimga ishonmayman...
Hayot unga javob qilibdi:
— Sen boshqalar senga HASAD qilishlari uchun yashaysan. Aslida shunday yashash kerakki, boshqalar sendan ILHOMLANSIN. O'shanda baxtli bo'lasan.
To'rtinchi odam Hayotdan so'rabdi:
— Ayt-chi, nega meni yashashim bunday? Doimo stress va asabiy tarang yuraman...
Hayot unga javob qilibdi:
— Sen kimgadir nimanidir ISBOTLASH uchun yashaysan. Sening hayoting doimiy teoremalardan iborat, ular doimo "isbotlanishi kerak". Lekin bu hech kimga kerak emas. Hech kimga hech narsani isbotlashing shart emas. Sen bunga juda ko'p vaqting va kuchingni sarflaysan: dalillarga, boshingdagi qaynab yotgan fikrlarga. Sen BAXT AKSIOMASIda yashashing kerak. Shunda xalovat topasan.
Beshinchi odam Hayotdan so'rabdi:
— Nega meni yashashim bunday? Hayot men uchun to'la ko'ngilsizlik...
Hayot unga javob qilibdi:
— Chunki sen KO'Z-KO'Z uchun yashaysan. Haqiqiy o'zing qayerda? Asling kabi KO'RIN yoki ko'ringaning kabi BO'L. O'shanda baxtli bo'lasan.
Oltinchi odam Hayotdan so'rabdi:
— Nega meni yashashim bunday? Zerikarli, qiziq emas...
Hayot unga javob qilibdi:
— Chunki Hayot SENi YONINGDAN O'TIB BORYAPTI. Sen undan yashiringansan. Aslida shunday yashash kerakki, Hayot qiziqqanidan to'xtab qolsin, yoningdan o'tib ketmasin va shu yerda qolsin... Shunda baxtli bo'lasan.
Va yettinchi odam Hayotdan so'rabdi:
— Nega meni yashashim bunday? Hech nima menga quvonch keltirmaydi...
Va Hayot unga javob qilibdi:
— Chunki sen O'Z HAYOTING bilan yashamayapsan. Bu quvonchlar seniki emas. O'zingni, tuyg'ularingni, istaklaringni, orzularingni, maqsadlaringni, so'zlaringni, hissiyotlaringni, kitoblaringni, filmlaringni, qo'shiqlaringni, muloqot doirangni top... O'Z HAYOTINGNI TOP! Ana shunda baxtli bo'lasan.

Hozir Davlat Pedagogika Universiteti oldidan o'tdim. Ro'mol o'ragan ham, o'ramagan ham, zamonaviyroq kiyingan qizlar ham birdek bemalol kirib-chiqib yuribdi.
Normal demokratik davlatlarda shunaqa bo'ladi. Bu yaxshi.
@panda_books
Normal demokratik davlatlarda shunaqa bo'ladi. Bu yaxshi.
@panda_books
Panda Books
Vaziyat taqozosi bilan shu kitobni qayta o'qishni boshladim. Isroilning eng maxfiy harbiy harakatlarini ochib bergan kitob. Eng yangi tarixidan qiziq joylarini ulashib turaman. @panda_books
#reading
Xudo bilan uchrashuv uyushtirish Byurosi
Quyidagi mashhur ibora internetni kezib yuradi. Ko'pchilik qatori men ham uning muallifi chikagolik mafioz Al Kapone deb yurardim. Ammo hozir ushbu kitobni👆o'qiy turib, u aslida isroillik ayg'oqchi va "Mossad" hodimi Natan Rotbergga tegishli ekanligini bilvoldim.
U katta baklarda trinitrotoluol va boshqa kimyoviy elementlarni aralashtirib, kuchli portlovchi uskunalar yaratgan. Rotberg garchi bomba yaratsada, u tez-tez qalbida nafratsiz ishlaganini ta'kidlagan. U endi Isroil davlati tashkil topgan 1948-53-yillarida arablarga qarshi urush va maxfiy operatsiyalarda faol ishtirok etgan.
"Inson kechirimli bo'lishi kerak. Siz o'z dushmaningizni kechirishingiz lozim. Biroq biz bunday insonlarni kechira olmaymiz. Ularni Xudo kechirsin. Bizning ishimiz ularning uchrashuvini tashkil qilishdir. Men o'z laboratoriyamda o'ziga xos "tanishuv klubini" yaratganman, shaxsan o'zim 30 ga yaqin uchrashuv tashkillashtirganman" deydi Rotberg.
Shunaqa gaplar.