Panda Books
6.26K subscribers
2.14K photos
420 videos
6 files
1.99K links
Books & Book Reviews.
Zamonaviy mutolaa repertuari.

Insta: instagram.com/pandabooksuz

Donat: tirikchilik.uz/PandaBooks
Reklama: @pandapochtabot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlaridan haq gaplar.

@panda_books
#reading

Oramizda "Shindler ro'yxati" filmini tomosha qilganlar bormi? O'sha filmdagi beshafqat konslager komendanti Amon Gyot esingizdami? U va uning avlodlari hayoti haqidagi kitob nihoyat rus tilida chop etilibdi.

Kitob muallifi - uning nabirasi Jennifer Tige hisoblanadi. U yozgan asar "Mening bobom meni otgan bo'lardi" deb nomlanadi. Ikkinchi jahon urushidagi mashhur fashist harbiy jinoyatchisi, minglab insonlar o'limiga sababchi bo'lgan Amon Gyot haqida o'qishni istovchilar uchun ajoyib sovg'a. Shaxsan o'zim ham uning avlodlari taqdiri nima kechgani haqida varaqlab ko'rishga qiziqyapman.

Aytgancha, "Shindler ro'yxati" filmida SSchi Amon Gyot rolini benazir aktyor Ralf Fayns (o'ngdagi rasm) maromiga yetkazib ijro etgan.

@panda_books
Panda Books
#reading Oramizda "Shindler ro'yxati" filmini tomosha qilganlar bormi? O'sha filmdagi beshafqat konslager komendanti Amon Gyot esingizdami? U va uning avlodlari hayoti haqidagi kitob nihoyat rus tilida chop etilibdi. Kitob muallifi - uning nabirasi Jennifer…
#bu_qiziq

Aytgancha, ushbu hujjatli kitob bekorga "Mening bobom meni otgan bo'lardi" deb nomlanmaydi, chunki... Amon Gyot (o'ngda rasm)ning nabirasi ... qora tanli. Shunaqa, hayron bo'lmang, qisqa tushuntiraman.

Jenniferning onasi Monika (Amonning qizi) nikohsiz tug'ilgan bo'lib, u o'z navbatida Afrikada bo'lib turgan paytda nigeriyalik student bilan qisqa vaqt ishqiy munosabatda bo'ladi. Jennifer tug'ilgach esa uni bolalar uyiga berib yuboradi.

Jennifer o'z ajdodlari haqida tasodifan bilib qolgan. Tasavvur qiling, siz qora tanlisiz va birdaniga ona tomondan bobongiz 2-jahon urushidagi eng shafqatsiz fashistlardan biri bo'lgani va osib o'ldirilganligini bilib qoldingiz? Ha, shokka tushardingiz. Lekin bu haqiqat.

Shunaqa gaplar.

@panda_books
Orzudan suv ichar jasorat guli,
Muhabbat uyg'otar yurak haprig'in,
Azobu alamsiz muhabbat hech yo'q,
Ularsiz ishqivor o'chib qolgan cho'g'.
"Sevgi yo'q" desalar inonma hargiz,
Gul qachon o'sibdi xashagu xorsiz.

#iqtibos #ChingizAytmatov #MuxtorShoxonov

@panda_books
"107 ta tumandan talaba bo‘lganlar oliygohga kirish imtihonlarida matematika bo‘yicha maksimal ballning yarmini ham yig‘a olmagan. Fizika, kimyo va biologiya bo‘yicha ham birorta tuman va shaharda maqtagulik natija yo‘q" - Prezident.

Mabodo kimdir sizdan ta'limdagi natijamiz haqida so'rasa...

@panda_books
"O‘tgan yili 220 ming muallimdan 86 ming nafari (37 foizi) ning bilim va ko‘nikmasi “qoniqarsiz” baholangan. Ayniqsa, informatika, fizika, ingliz tili, matematika va kimyo fani o‘qituvchilarining bilimi “qoniqarsiz” ekanligi aniqlangan.

Yoki, 51 ming nafar chet tili o‘qituvchilaridan atigi 17 ming nafari (33 foizi) “C-1” darajasiga ega. Vaholanki, 2025-yildan boshlab chet tilidan faqat “C-1” darajasi bor o‘qituvchilar dars o‘tishi mumkin bo‘ladi" - Prezident.

***

O'qituvchilarimizning hammasi ham "farishta" emas. Ko'pi nomiga diplom uchun o'qib bitirganlar. Uyalmasdan bollarni o'qitishadi.

@panda_books
Forwarded from Panda Books
#tarjima

Martin Lyuter King — "Men orzu qilaman" (I have a dream)

Martin Lyuter Kingning oq tanli va qora tanli fuqarolarning huquqlari teng bo'ladigan kelajak haqidagi tasavvurini o'z ichiga olgan eng mashhur nutqi haqida eshitmagan kishi kam bo'lsa kerak. Bugun men sizlarga o'sha nutqning o'zbek tiliga tarjima qilgan holda e'tiboringizga havola etishga harakat qilaman.

👇👇👇
https://teletype.in/@boredpandawriter/I_have_a_dream

@panda_books
Panda Books
#tarjima Martin Lyuter King — "Men orzu qilaman" (I have a dream) Martin Lyuter Kingning oq tanli va qora tanli fuqarolarning huquqlari teng bo'ladigan kelajak haqidagi tasavvurini o'z ichiga olgan eng mashhur nutqi haqida eshitmagan kishi kam bo'lsa kerak.…
Bugun Martin Lyuter Kingning 1960-yil 28-avgust kuni 250 000 namoyishchi oldida Lincoln Memorialda irod qilgan mashhur "I have a dream" nutqiga 60 yil toʼlibdi.

Keyinchaliy bu XX asrning eng kuchli nutqi deb tan olinadi. Ratsizmga va АQShdagi notenglikka qarshi bu nutq keyinchalik fuqarolar huquqlari uchun kurash ramziga aylanadi.

Mening talqinimdagi tarjimani sizlarga havola etaman.

@panda_books
#reading

Dollar qudrati

""ISHID" Suriya va Iroqning katta qismini egallab olganidan so'ng, ularning tarafdorlari minglab odamlarni o'ldiradi, arxeologik noyob obidalarni vayron qiladi, haykallarni o'z poydevoridan ag'darib tashlaydi. Xullas, sobiq tuzum va G'arb madaniy ta'sirining barcha timsollarini doimiy ravishda yo'q qilishgan.

Ammo ular banklarga bostirib kirib, ustiga AQSh prezidentlarining portretlari va ingliz tilida Amerikaning siyosiy va diniy g‘oyalarini ulug‘lovchi yozuvlar tushirilgan AQSH dollarlarni topishgach, negadir Amerika imperializmining ushbu timsollarini yoqib yubormadilar. Gap shundaki, siyosiy va diniy tafovutlardan qat’i nazar, hamma dollarga sig‘inadi. Zero, uning iste'mol qiymati yo'q - dollar banknotini yeb-ichib bo'lmaydi - lekin dollarga va Federal Zaxira tizimining donoligiga ishonch shunchalik kuchliki, hatto islom fundamentalistlari, meksikalik narkobaronlar va Shimoliy Koreya zolimlari ham bunga qo'shilishadi.

Yual Harari, "XIX asr uchun 21 ta saboqlar"

@panda_books
#youtube_tavsiya

Shaxsan men uchun urush tufayli san'at yutqazgan eng katta yo'qotishlardan biri - bu Anton Ptushkinning YouTube travel-blogidir.

Lekin mana nihoyat Antonning kanalida jonlashi bo'lyapti va qalbda sekin-asta uning qaytishiga umid so'nmayapti. Hozirgina uning yangi videosi chiqdi.

@panda_books
#library

Yangilangan Respublika bolalar kutubxonasi

1907-yilda qurilgan tarixiy bino restavratsiya qilinib, zamonaviy jihozlandi. Bugun muassasa har jihatdan qulay, shinam va yorug‘. Endi u nafaqat bolalar, balki kattalarning ham sevimli maskaniga aylanishi mumkin.

Kutubxona o‘zbek va jahon bolalar adabiyotiga oid 180 ming kitob fondiga ega. Zamonaviy axborot texnologiyalaridan ham foydalaniladi. Jumladan, tashrif buyuruvchilar maxsus ID-karta oladi. U orqali kitobxonlarni ro‘yxatga olish, kitob olish va topshirish jarayonlari elektron tarzda tashkil etiladi.

@panda_books