Panda Books
5.73K subscribers
2.11K photos
410 videos
6 files
1.96K links
Books & Book Reviews.
Zamonaviy mutolaa repertuari.

Insta: instagram.com/pandabooksuz

Donat: tirikchilik.uz/PandaBooks
Reklama: @pandapochtabot
Download Telegram
Insonga Oliy ma'lumotdan tashqari hech bo'lmasa yana O'rta-maxsus farosat va kamida, Boshlang'ich tarbiya ham kerak.

@panda_books

Instagram | Youtube | Tiktok
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bomba sirenalari ostida ham pianino chalishdan to'xtamagan yigit.

ta'sirli..

@panda_books

Instagram | Youtube | Tiktok
Murakamini shu paytgacha o'qimagandim. Bugun shu xatoyimni to'g'irlamoqchiman...

@panda_books
Trenddan qolib ketolmadim😁

@panda_books
​​#review #taqriz

✳️ "Доктор Хаус и философия: Всe врут"

O'tgan hafta oxirida har kuni kechqurun uyquga yotishdan oldin ushbu kitobni mutolaa qildim. Aslida bu kitob ham emas, balki 12 ta olimning Xaus seriali atrofiga qurgan falsafiy qarashlari desak bo'ladi.

Xaus seriali ashaddiy muxlislari oramizda topilsa kerak. Men ham bir necha bor sevib tomosha qilganman. Aytishim mumkinki, uning harakterini ilmiy jihatdan tadqiq qilgan bu shovvozlar (erinmagan odamlar derdi biznikilar) maqolalaridan keyin yanada yaxshiroq anglay boshladim.

"Hayot qanday bo'lardi, agar bizda noto'g'ri qaror qabul qilish imkoni bo'lmasa?" Uning metodi, yumshoq qilib aytganda xushmuomala emas. U bemorlar bilan uchrashmaydi, chunki achinish va tuyg'ular ishlashga xalal beradi deb hisoblaydi. U qo'rs va barcha qoidalarni buzishni yaxshi ko'radi. U inson sifatida tezda ensangizni qotirishi aniq, lekin doktor sifatida o'lim to'shagida yotgangizda uni yoningizda ko'rgingiz keladi.

Uni Sherlok Xolms va Suqrot bilan solishtirganlari, uning ishlash metodlari haqidagi maqolalar menga juda manzur bo'ldi. Ashaddiy muxlislar o'qib chiqishi shart:)

Men esa Doktor Xaus serialini ko'rishga ketdim...

Yoqimli mutolaa!

@panda_books
Panda Books pinned «​​Jamiyat va narrativ Bundan 3500 yil oldin Misr firavni Ramzes II (Ozimandiya) tarixda birinchi bo'lib jamiyatdagi narrativni boshqarish - jamiyatning o'zini boshqarishiga olib kelishini isbotlab beradi. Kadesh shahri ostonasidagi hal qiluvchi jangda mag'lub…»
Antiutopiya va men

Men hamisha eng sevimli janrlarimdan biri sifatida antiutopiya (distopiya)ni aytib kelaman. Bu haqida kanalimda ham ko'p marotaba yozganman.

Adashmasam, ikki yilcha oldin antiutopiya bizning kitob jamiyatimizda juda ommalishib ketdi. Bunga qator antiutopiyalarning o'zbek tiliga tarjima qilingani ham sabab bo'ldi. Hozir ancha shashti pasayib, o'rnini turk romancelariga bo'shatib bermoqda.

Lekin ularda ma'no-mazmun ko'p. O'zidagi asosiy g'oyalarni yetkazishdan tashqari yana bitta funksiyani bajaradi antiutopiyalar: u ham bo'lsa, bizni kelgusida kutayotgan xavf-xatardan ogoh etishadi.

Quyoda men mutolaa qilgan antiutopiyalar:

Jorj Oruell "1984",

Oldos Xaksli "O ajib yangi dunyo" (Brave New World),

Jorj Oruell
"Molxona" (Animal Farm),

Entoni Byorjess
"1985"

Yevgeniy Zamyatin"Biz",

Rey Bredberi — "Farengeyt bo'yicha 451 daraja"

Uilyam Golding "Pashshalalar hukmdori"


O'qishni istaydigan antiutopik asarlarim:
Entoni Byorjess "Mexanik apelsin" (A Clockwork Orange),
Veronika Rot
"Divergent",
Ayn Rend"Атлант расправил плечи",
Jeyms Dashner — "Labirintda yuguruvchi" (Maze Runner).


Siz-chi, qaysi antiutopik asarlarni o'qigansiz? Ular haqida fikringiz qanday?

@panda_books
Panda Books
Trenddan qolib ketolmadim😁 @panda_books
Uill Smit

Kecha bu memni ko'pchilik tushunmadi deb o'yladim. O'zi aslida bu kuladigan yoki xazillashadigan narsa emasdi. Ha, mayli. Xullas, aktryor Uill Smit "Oskar" taqdimot marosimida ayoliga nisbatan xazillashgani uchun boshlovchi-komik yuziga tarsaki tushirdi.

Bu uchun javobgarlikka tortilmadi, Oskarni qo'lga kiritdi va uyiga jo'nadi. Bugun men uning ijtimoiy tarmoqdagi uzr xatini o'qidim. U hammadan kechirim so'rabdi.

Bilasizmi, bu ham aslida zo'ravonlik. Ha, balki uning xazili yoqmagandir, ammo bu butun G'arb hozir qo'llab-quvvatlab kelayotgan qadriyatlarga zid. Bizda bo'gandachi deydiganlarga, bizda bunday bo'lmasdi, chunki Sharqda bunday xazillar qilinmaydi, komiklar buni yaxshi biladi. G'arb esa bunday atmosferani o'zi yaratgan va u yerda bundan battar xazillar ham qilinadi. Shunchaki tasavvur qiling, agar Uil Smit oq tanli bo'lgandachi? Vaziyat umuman boshqacha bo'lardi.

Hozir butun dunyo kuch ishlatgan zo'ravon Uill Smitni kamsitilgan va jabrdiyda rolida ko'rmoqda.

Mana hozirgi dunyomizning yorqin illustratsiyasi sizga...

peace.

@panda_books

Instagram | Youtube | Tiktok
#bookstores

"Ajabtovur kitob do'konlari"

👉Boekhandel Dominicanen
👉Ptiks kutubxonasi
👉Last Bookstore
👉Brattle Book Shop
👉Powell's books
👉Дом Книги
👉Morioka Shoten
👉Carturesti Carusel
👉Livraria Lello

"Kinokuniya"

Dubayda joylashgan ulkan kitob do'koni. Ushbu brend aslida Yaponiyaniki hisoblanadi. Va ular Dubayda ham ulkan filiallarini tashkil qilishibdi

@panda_books

Instagram | Youtube | Tiktok
Yaqinda Toshkentda barcha turkiy xalqlarning buyuk madaniy merosi boʻlgan noyob asar – “Dada Qoʻrqut kitobi” oʻzbek tilida toʻliq holda nashr etilgandi. Oʻnlab dostonlardan iborat ushbu qimmatli kitob ajdodlarimizning shonli tarixi, ota-bobolarimiz jasorati va donishmandligidan darak beradi.

Davlatimiz rahbari ushbu kitobdan bir nusxasini Turkiya Prezidenti Erdog'anga tuhfa qilibdi.

@panda_books

Instagram | Youtube | Tiktok
Ko'p yillar oldin adib Redyard Kipling ("Jungli kitobi" asari muallifi) Monreal shahridagi MakGill universitetida ma'ruza qiladi. O'shanda u doimo yodda saqlash kerak bo'lgan bitta juda muhim fikrni aytadi. Yozuvchi talabalarni pulga, kuchga yoki shon-shuhratga haddan tashqari berilib ketishdan ogohlantirib, shunday deydi:

"Bir kuni hayotingizda siz bularning bari u uchun hech qanday ahamiyatga ega bo'lmagan bir insonni uchratasiz. O'shandagina siz o'zingizning qanchalar qashshoq ekanligingizni tushunib yetasiz."

Xayrli tong, aziz mushtariyim!

@panda_books

Instagram | Youtube | Tiktok
Ideal g'oya

Ha, ba'zan so'rashadi: inson yoki jamiyatni bir deganda qarashlarini o'zgartirib yuboradigan va komillikka yetishtiradigan kitob bormi? Unaqasi yo'q. Aniqrog'i, ideal g'oyalar yo'q.

Masalan, men "Mamlakatlar tanazzuli sabablari"ni tavsiya qilsam va uni o'qish orqali jamiyat shu tarzda rivojlanishi kerak degan g'oyani ilgari sursam, unga qarama-qarshi boshqa kitobni tavsiya qilish mumkin. Aslida "Mamlakatlar tanazzuli sabablari" ham ideal emas, birinchidan, uning nashr qilinganiga ancha bo'lgan va ma'lumotlar eskirdi. Shuningdek, bahslashsa bo'ladigan joylari mavjud. Yoki "Gruziya qanday muvaffaqiyatga erishdi" kitobi Shok terapiyasi orqali evolyutsion yechimlarni rad qilib rivojlanishni targ'ib qiladi. Hararining "Sapiens"iku umuman hammasi genimiz va biologiyada deb uqtiradi.

Yaqinda tavsiya qilganim "Shaharlar odamlar uchun" kitobini o'qib chiqsangiz, unda asosan Kopengagen va Venetsiya tajribasi ekanini ko'rasiz. Lekin urbanistik rivojlanishning Singapur, Oslo va Sharq tajribalari ham mavjud. Bular ko'p joylarda bir-biriga qarshi turadi.

Masalan, kimdir Qodiriyning "O'tkan kunlar"ni milliy adabiyotimiz gultoji deb hisoblasa, kimdir Said Ahmadni, kimdir Oybekni qarashlarini ma'qullaydi.

Balki adabiyotni, u ilmiy yoki badiiy bo'lishidan qat'i nazar, shu sababdan yaxshi ko'rarmiz...

@panda_books
Panda Books
Murakamini shu paytgacha o'qimagandim. Bugun shu xatoyimni to'g'irlamoqchiman... @panda_books
"Nega Murakamini oldinroq o'qimagandim?" degan xayol o'tyapti ichimdan.

Menimcha endi vaqti keldi.

"Влюбленный Замза" hikoyasi shunchaki Top!

@panda_books
Qadimgi bir yapon maqolida shunday deyiladi:
“Yo‘qolgan mix sabab vaqtida otga taqa qoqilmaydi, qoqilmagan taqa tufayli esa otdan ayrilishadi, yo'qotilgan ot sababli xabar vaqtida yetib bormaydi, yetkazilmagan xabar tufayli esa urushda yutqaziladi".

Bu fikr bugungi kunda ham dolzarb.

@panda_books
Teleboshlovchi va prodyusser Ravshan Hakimov:

— Nyu-Yorkka samolyot qoʻnganida oʻzimga “Nima qilib qoʻydim?” degan savolni berganman. Besh yil ichida bu savolga javob topganim yoʻq. Men hamisha AQSH reklamalarda taʼriflanganidek “Orzular mamlakati” emas, deyman. Bu yer katta goʻshtqiymalagichga oʻxshaydi. Avval katta chigʻiriqlardan oʻtmasangiz, hech qanday natijaga erishmaysiz. Shuning uchun Amerikaga kelganimdan koʻp marta afsuslanganman. Agar bu mamlakatdagi hayotim haqida kitob yozadigan boʻlsam, undan qanchalik ketishni istashishni yashirmasam kerak. Chunki men bu yerda mehmonman.

“Amerikada dollardan boshqa hech narsa yoʻq”

— Tan olish kerak, bu yerga kelgan oʻzbeklarning koʻpchiligi oʻzgarib, faqat pulning ortidan quvadigan boʻlib qoladi. Oʻzbekistonda bor narsalarning koʻpini bu yerdan topolmaysiz. Masalan, xotirjamlik, ichki halovat, samimiyat va tarbiya yoʻq. Hatto, muxojirlar orasidan ham oʻzingiz singari samimiy insonni topolmaysiz. Amerikada faqat dollar bor.

manba

@panda_books
Kitob sekin o'qilganda matn 100% tushunilmaydi, faqatgina 60% igina anglanadi, aksincha tez o'qilganda esa matnning 80%i tushuniladi.

Davronbek Tojialiyev, "Kitob haqida kitob"

@panda_books

Instagram | Youtube | Tiktok
Forwarded from Panda Books
​​#kitob #taqriz #tavsiya

Doktor Oiz Qarniyning "Ramazon hikmatlari" asari haqida yozganlarim

Muborak Ramazon oyida nafaqat ro'za tutish amallarini bajarish, balki Ramazon oyi haqida ham o'qib o'rganish foydadan xoli emas. Bunda menga ushbu kitob yaqindan yordam berdi desam mubolag'a qilmagan bo'laman.

Ochig'ini aytamanki, ish stolim ustida mana Ramazon oyining boshidan beri turibdi. Vaqt bo'lganda darrov ochib, yangi nimadir o'rganyotganim ushbu mo'jazgina kitobcha menda katta ixlos uyg'otdi. O'zi 200 varaqdan oshsa-da, kichkina formatda ekanligi uchun tezda o'qiladi. Ammo men uni tushunmay qolishdan qo'rqib, undan tashqari, har bir jumla ma'nosiga yetish maqsadida "slow reading" qildim. Hali Ramazon oxirigacha yana bir marta qayta o'qish niyatidaman, nasib qilsa.

Kitobga yurtimizdagi mashhur va taniqli imom va shayxlari muharrirlik qilishgan va Diniy ishlar qo'mitasi tomonidan tasdiqlangan. Dr. Oiz Qarniy din va ramazon oyi haqida juda ibratli fikrlar keltirganlar.

Shunday ekan, undagi ma'lumotlar har bir ro'zador musulmon birodarlarimiz uchun foydali bo'ladi degan umiddaman.

Xayrli mutolaa!

@panda_books