Panda Books
5.76K subscribers
2.08K photos
402 videos
6 files
1.95K links
Books & Book Reviews.
Zamonaviy mutolaa repertuari.

Insta: instagram.com/pandabooksuz

Donat: tirikchilik.uz/PandaBooks
Reklama: @pandapochtabot
Download Telegram
Bilasizmi, aksariyat o'quvchilar kitobning 18-sahifasidayoq unga bo'lgan qiziqishni yo'qotarkanlar.

Undan tashqari, statistikaga ko'ra, ayollar erkaklarga qaraganda ko'proq kitob sotib olarkan.

Shu va shu kabi boshqa qiziqarli faktlarni qo'limdagi @akademnashr yangi nashr qilgan "Kitob haqida kitob"dan oldim.

Kitob muallifi o'sha afsonaviy www.ziyouz.com onlayn-kutubxonasi muallifi, jurnalist Davronbek Tojialiev ekan. Menimcha, oramizda bu saytdan foydalanmagan kitobxon bo'lmasa kerak. Bu to'plamdan u kishining kitob va kitobxonlik haqidagi maqolalar, tadqiqotlar, suhbatlar va qiziqarli ma'lumotlar o'rin olgan.

Bukbloger sifatida bu kitob menga juda foydali ko'rindi. Kitobxon sifatida esa berilib o'qib chiqishingizga aminman.

Kitobni @akademsavdo orqali bemalol xarid qilishingiz mumkin.

Yoqimli mutolaa!

@panda_books
#bookstores

"Ajabtovur kitob do'konlari"

👉Boekhandel Dominicanen
👉Ptiks kutubxonasi
👉Last Bookstore
👉Brattle Book Shop
👉Powell's books
👉Дом Книги

Morioka Shoten

Yaponlar kitob do'konlariga juda o'zgacha yondashishadi: mana bu bukstorda bir hafta davomida faqat bitta kitob sotiladi! Kitob do'konidagi muhit ham, asar ruhiga mos tematik ekspozitsiyalar ham, har safar o'zgarib turadi. Hafta davomida ayni o'sha asar haqida mini-ma'ruzalar o'tkaziladi. Do'koncha maydoni kichkina, biroq juda shinam jihozlangan. Umuman, olganda yaxshi ideya. Ishga konseptual yondashilgan.

Do'koncha iqtisodiy jihatdan qanday daromad keltirishiga hayronman-ku, lekin Morioka Shoten Tokioning eng qimmat kvartallaridan biri Ginzada joylashganiga qaramasdan, 2015-yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda.

@panda_books
​​1941-yil odatiy kunlardan birida 12 yashar qizaloq Gudrun otasi Genrix Gimmler (Adolf Gitlerdan keyin fashistlar Germaniyasining asosiy rahbarlaridan biri, natsistlar partiyasi va SS reyxsfyureri) bilan Germaniyadagi Daxau konslageriga qilgan sayohatini quyidagicha tasvrilaydi:

"Bugun biz Daxau konslageriga tashrif buyurdik: bu yerda bizga katta bog', shamol tegirmoni va asalari uyalarni ko'rsatishdi. Janob Fridrix iltifot bilan bizga bular qanday ishlashini tushuntirib berdilar. Keyin bizga XVI asrga tegishli kitoblarni namoyish etishdi. So'ng biz mahbuslar tomonidan yaratilgan kartinalarni tomosha qildik. Bu judayam ajoyib bo'ldi! Ekskursiyadan so'ng, bizni quyuq ziyofat bilan siyladilar, biz ko'p narsa tatib ko'rdik, va har birimizga sovg'a ulashishdi. Bu maroqli kun bo'ldi! Qanday ajoyib joy ekan bu - konslager".

Daxau - Ikkinchi jahon urushida fashistlar tomonidan yaratilgan, Osvensim bilan birgalikda mahbuslar ustida tibbiy tajribalar o'tkazilgan eng dahshatli konslagerlardan biri hisoblanadi. Daxau konslagerida jami 41,5 ming kishi halok bo'lgan.

12 yoshli qizcha Gudrun uchun esa bu shunchaki yaxshi o'tkazilgan bir kun edi xolos.

@panda_books
"Qaysi biri eng muhimi?", - so'radi Katta Panda "Safarmi yoki borar manzil?"

"Hamrohlar
", - javob berdi Kichik Ajdaho.

p.s: Katta Panda va Kichik Ajdaho haqidagi barcha postlarni o'qish uchun quyidagi heshteg ustiga bosing
#bigpandaandtinydragon

Yoqimli mutolaa!

@panda_books
Yurtimizning yaqin tarixiga qiziqqanlar, 20 asrning milliy ozodlik harakatlari haqida hikoya qiluvchi Baxtiyor Abdugʻafurning “Madaminbek: Qonli gullar vodiysi” asari qayta nashrdan chiqdi.

Asar millat qahramonlaridan biri Madaminbekning hayot va kurash yo'liga bag'ishlangan. Bosmachi deya taqiq qo'yilgan, keyinchalik tariximiz davomida juda kam to'xtalgan davrimizdagi hayotni aks ettiruvchi kitob deya olaman.

Kitobni @akademsavdo orqali bemalol xarid qilishingiz mumkin.

Kuzatib boring👉 @akademnashr

Yoqimli mutolaa!

@panda_books
https://kun.uz/37344190

Yurtimiz aholisi ikkiga bo'linib qolganday

Birinchi qismi, hali-hanuz jamiyatga kirib kelgan ijtimoiy tarmoqlarni qabul qila olmaydi va Televizorni asosiy ma'lumot manbasi sifatida biladi. Ular uchun TVda faqat oilaviy ko'rishli teledasturlar bo'lishi kerak.

Ikkinchi qismi, Tvda nima berayotgani bilan umuman ishi yo'q va bor kerakli axborotni internetdan ko'rib, bilib oladigan yoshlar.

XXI asrda ham aholimizning katta qismi hamon Tvga qattiq bog'lanib qolgani achinarli. Tv rivojlangan mamlakatlarda allaqachon ma'lumot manbasi emas, ko'ngilochar shoularga o'z o'rnini bo'shatib bergan. Sobiq Ittifoqda asosiy ma'lumot manbasi bo'lgan Tv o'ta kuchli senzura ostida bo'lgan. Unda xalqaro xabarlar berilmagan, ma'lumotlarni filtr qilish, solishtirsh degan narsa bo'lmagan. Yaqin-yaqingachayam xalq jannatdan xabarlarni tinglab, ko'rib yurardi. Hozir zamon o'zgardi, ancha erkinlashdi. Ammo?

Ijtimoiy tarmoqlar, YouTubedan hech narsani yashira olmaysiz, ma'lumotlarni keragini tanlab qabul qilaverasiz. To'g'ri, keraksiz infoaxlatlar ham ko'p, lekin busiz bo'lmaydi.

Kecha Prezidentimizdan Tvdagi bir qator dasturlarni olib tashlashni so'rashibdi. Kulgili a? Men uchun kulgili. Birinchidan, davlat rahbari darajasida shu masalani olib chiqish shartmidi? Xat orqali ham xal qilsa bo'lardiku?
Ikkinchidan, mayli yopdingiz ham deylik, nima bo'ladi hamma yoshlar baxtli-taxtli bo'lib qoladimi?

Aslida gap Tvda ham, Internetda ham emasligini barchamiz yaxshi bilib turibmiz. Kimni aldaymiz. Kimni? Yoshlarni kitobga, ilmga qiziqtirmasangiz, yoshligidan "pul top, tanish top" desangiz yoki yaxshi tarbiya bermasangiz, oxirida jabrini tortish o'rniga, nega aybni qandaydir shoudan ko'rasiz?

Ko'rsatuvlarni yoping, internetni bloklang, radiodan faqat dilxirojni ayttirib qo'ying....biroq endi u davrlarga sira qayta olmaysiz.

Zamonga boqish kerak xolos...

peace.

@panda_books
​​Vaqt toping...

Ishlashga vaqt toping - bu omad narxi.
O'ylashga vaqt toping - bu kuch manbai.
O'ynashga vaqt toping - bu yoshlik siri.

O'qishga vaqt toping - bu bilim poydevori.
E'tiqodga vaqt toping - bu ma'rifatlilik yo'li.
Do'stlik uchun vaqt ajrating - bu baxt manbai.

Sevishga vaqt toping - bu hayotning muqaddas sovg'asi.
Orzu qilish uchun vaqt toping - bu ruhning yulduzlarga yetib boradigan yagona yo'li.
Kulishga vaqt toping - bu hayotdagi qiyinchiliklarni yengish usuli.

Go'zallik uchun vaqt toping - u izlasangiz har joyda.
Sog'lik uchun vaqt toping - bu hayotning yagona boyligi.

Rejalashtirishga vaqt toping - bu yuqorida barcha 11 ta narsaga vaqt topish siri.

@panda_books
Forwarded from Ma'rufjon Blogi
​​Microsoft asoschisi Bill Geyts har yili yangi yil oldidan o‘qigan eng yaxshi kitoblarini tavsiya qiladi. Quyida Bill Geytsning 2021-yilda o‘qigan eng yaxshi kitoblari ro‘yxati keltiriladi:

“Klara va Quyosh”, Kadzuo Isiguro

Yozuvchining nobel mukofotini qo‘lga kiritgandan so‘ng yozgan ilk romani. Isiguroning romani kelajagi xo‘jayiniga bog‘liq bo‘lgan android-yordamchining hayoti haqida. Insonlarning ham kelajagi aqlli mashinalar bilan bog‘liq, ular bunga qanday munosabat bildiradi, deb fikrlaydi Geyts:

“Robotlar haqidagi yaxshi hikoyalar menga yoqadi, Isiguroning kasal bo‘lgan qizning sun’iy do‘sti haqidagi kitobi ham istisno bo‘lmadi. Bu kitob meni superintellektual robotlar bilan kelajak qanday bo‘lishi,biz ularga texnologiya sifatida qaraymizmi, yoki undan boshqacha muomala qilamizmi, degan o‘yga toldirdi”.

“Xamnet”, Meggi O‘farrell

Billning fikricha, ushbu kitobni Shekspir muxlislari yoqtirib qoladi. O‘farrell buyuk ingliz dramaturgining mashhur asari — “Gamlet”ning sirli yozilish tarixini o‘rganishga harakat qiladi. Asardagi voqealar sizni 1580-yillarga olib ketadi.

A Thousand Brains: A New Theory of Intelligence, Jeff Xokins

Neyrobiolog Jef Xokins o‘z kitobida miya ishlashi va sun’iy intellekt borasida yangi nazariyani taqdim etadi. Geytsning o‘zi bu haqida:

“Haqiqiy sun’iy intellekt qanday yaratilishi haqida ko‘proq ma’lumot olmoqchi bo‘lsangiz, ushbu kitob sizga yordam beradi. Xokins, PalmPilot yaratuvchisi sifatida mashhur, lekin u neyrobiologiya va mashinalar bog‘liqligini o‘rganish uchun o‘n yildan ziyod vaqtini sarflagan va shu kitob uning izlanishlari mevasidir”.

The Code Breaker: Jennifer Doudna, Gene Editing, and the Future of the Human Race, Uolter Ayzekson

“Innovatorlar”, Stiv Jobs va Albert Eynshteyn biografiyalari muallifidan yangi kitob. Bu safar Ayzeksonning nishonida amerikalik bioximik va Nobel mukofoti laureyati Jennifer Dudna. Geyts nima uchun bu kitobni tavsiya qiladi:

“CRISPR genlarini tahrir qilish tizimi oxirgi o‘n yillikning eng qoyilmaqom inqiloblaridan biri bo‘ldi. Ushbu texnologiyadan foydalanadigan bir qancha loyihalarni moliyalashtiramiz. Ushbu kitob orqali juda ko‘p ma’lumotlarga ega bo‘ldim. Ayzekson genlarni tahrir qilish bilan bog‘liq savollarga jiddiy yondashgan”.

“Ave Mariya loyihasi”, Endi Veyer

Geyts Veyer ijodi bilan ilk bor “Marslik” kitobi orqali tanishgandi. 2021-yilda muallifning so‘nggi romani bosildi. Boshqa sayyoradagi maktab o‘qituvchisi haqidagi fantastic hikoya. Kitob asosida kino suratga olish ham rejalashtirilgan. Bosh rolni Rayan Gosling ijro etadi.

@marufjonblogi
​​#review #taqriz

Tomas Eliot — "Bepusht zamin" dostoni

"Aprel eng zulmkor oyidir yilning
U jon baxsh etar oʻlik tuproqdagi nastarinlarga
Va xotiru ehtirosni qorishtirgancha
Naysonlar-la ildizlarga kuch bagʻishlar boz."

Tarjimon va bookbloger Mirzohid o'z kanalida mashhur amerikalik shoir Tomas Eliotning "Bepusht zamin" dostonini o'zbek tilida e'lon qilganida ilk bora bu shoir ijodi bilan tanishishga muvaffaq bo'ldim.

Tarjimasining o'zi uch yilni olgan bu doston hajman kichik bo'lsa-da, g'oyat nozik did bilan yozilgan. Aytishlaricha, dostonning o'zi ham naqd yetti yilda nihoyasiga yetgan, faqatgina final qismi bir nafasda yozib tugatilgan. T.Eliot o'z poemasiga ustozi Ezre Paund muharrirlik qilgan va 1922-yilda nashr qilingan. Hozirga qadar bu doston nafaqat Eliotning, balki jahon klasssikasining noyob durdonasi hisoblanadi.

Asar hajmi boya ta'kidlaganimdek, unchalik katta emas, u o'z ichiga beshta qismni - "Dafn marosimi", "Shatranj partiyasi", "Olov xutbasi", "Suvdagi o'lim" va "Guldurakning aytgani"ni oladi.

Men oldinlari bu kabi dostonlarni o'qimaganman (albatta, klassik Shekspir bundan mustasno), lekin zamonaviy nazmda bu qadar murakkab tarzda, falsafiy g'oyalar she'riy misralarda berilishi meni hayratga soldi. Undagi asosiy g'oya mening nazdimda, inson tabiati va ilohiy tuyg'ular haqida so'z yuritadi.

Dostonda juda ko'p antik qahramonlar, asar personajlari, afsona va voqealarga havolalar keltiriladi. Bir qarashda tushunarsizdek tuyuladigan bu kabi satrlar o'sha havolalar bilan tanish insonlar uchun qiyinchilik tug'dirmasligiga amin bo'ldim. Bu doston kalit misoli, unda yashirin fikrlarni yecha olsangiz, ma'no oldingizda namoyon bo'ladi.

Men uchun Bepusht zamin - bu inson. Aniqrog;i uning botiniy olami, qurib borayotgan madaniyat, an'ana va odatlar. Kishi foniy dunyoni, xuddi ushbu dostonga o'xshab oxirigacha anglab yeta olmaydi. Inson hamisha o'z ojizligini to'liq anglab yeta olmaydigan ojiz banda bo'lib qolaveradi.

"Dunyoning qulogʻi kir bilan toʻla
Va zamonning boshqa soʻlgʻin qoldiqlari ham
Tasvir etilgandi devorlar uzra –
Isyonkor nigohlar, gʻayur shakllar
Tashqariga sapchib sukutga koʻmgandi xonani mutloq.
Qadamlar sudraldi zinapoyada.
Olov shuʼlasida, taroq ostida
Ayolning sochlari yonib, tutashar
Soʻzlarga
Va bari tugagach oxir,
Yovvoyi zamindek jim boʻlib qolgay.
"

Dostonni albatta o'qib chiqishni tavsiya qilaman, balki siz men ilg'amagan jihatlarni toparsiz.

Yoqimli mutolaa!

@panda_books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Orzuda men: Agar yaxshi shug'ullansam, albatta jeday bo'laman!

Real hayotda men: 😂

@panda_books
"Panda Books" so'zi ranglar orqali shunday yozilarkan.

Sinezteziya (Synesthesia) - harflarni ranglar orqali ifodalash.

👉https://synesthesia.me

@panda_books