Программист's thoughts
56 subscribers
106 photos
111 videos
22 files
175 links
"Saviyali" kontent.
Piece of programming(Previous main major).
Everything I desire.
Anaqqisa telegram kanal ochish trend bòlishidan avval ochilgan bu blog.
Writings taken from anywhere I see.
Download Telegram
Forwarded from Abdusattor
🧠 Katta pullar haqidagi afsona

Jamiyatda shunday bir afsona borki: go‘yoki katta pul topish uchun albatta tadbirkor bo‘lish kerak. Boshqacha qilib aytganda, biznes - erkin hayotning yagona yo‘li. Ammo bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Aslida, ko‘pchilik odamlar tabiatan tadbirkorlikka mos emas. Chunki tadbirkorlik - bu xavf, noaniqlik va doimiy stress. Bu esa ko‘plab odamlar uchun normal holat emas.

So‘nggi yillarda NVIDIA kompaniyasi sun’iy intellektning rivoji tufayli dunyodagi eng qimmat kompaniyalardan biriga aylandi. Kompaniyada ishlayotgan xodimlarning 76–78 foizi millionerga aylangan, va ularning yarmi 25 million dollardan ortiq boylikka ega. Bu xodimlar oddiy, o‘rta darajadagi turli lavozimlarda ishlovchi mutaxassislar. Masalan, IC-5 darajadagi muhandis 2022-yilda olgan 200 ming dollarlik aksiyalari bugun 2,8 million dollarga yetgan. Hech qanday startap ochmagan holda.

Bugungi dunyoda kim noyob va qimmatli ko‘nikmaga ega bo‘lsa, u ayniqsa rivojlanayotgan davlatlardagi tadbirkorlardan ham ko‘proq pul topishi mumkin. Chunki tadbirkorlik - bu boyish usuli emas, balki muammolarni hal qilish mexanizmi. Agar siz muammolarni yaxshi hal qilsangiz, qayerda bo‘lishingiz muhim emas - pul o‘zi keladi.

Tadbirkorlik - bu yagona yo‘l emas. Ko‘pchilik odamlar uchun bu eng og‘ir va yoqimsiz yo‘l bo‘lishi mumkin. Agar siz o‘z sohangizda kuchli bo‘lsangiz, kompaniyalarga real foyda keltirsangiz va o‘zingizni doimiy ravishda rivojlantirsangiz, biznes qilmasdan ham moliyaviy erkinlikka erishishingiz mumkin. NVIDIA va ko‘plab boshqa kompaniyalar xodimlari bunga yorqin misoldir.

Bu haqida MaqsadClub’da “Pul baxt olib keladimi?” degan mavzuda to‘liqroq gaplashganmiz.

MaqsadClub'ga qo'shilish uchun @maqsadmanager ga + qoldiring.
🔥211👍1👏1💯1👨‍💻1🤝1🆒1
Forwarded from Echoes of me
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Name:"F1" IMDB:7.8
The F1 movie captures the adrenaline of Formula 1(it is filmed inside real F1 season 2023-24), as Brad Pitt and Damson Idris race on track alongside the world’s fastest cars during Grand Prix weekends. Legendary drivers, including Charles Leclerc, Lewis Hamilton, and Max Verstappen, appear on screen, bringing the sport to life like never before. Seven-time world champion Lewis Hamilton co-produces the film, guaranteeing unmatched realism and passion. With record-breaking global box office numbers, F1 stands as the most triumphant film of Brad Pitt’s career.
1👍1👏1🐳1
Stay caffeinated.
21👍1🔥1🐳1🏆1👨‍💻1
Forwarded from Maqsad Club
Insonni harakat qilishga undaydigan eng kuchli instrument bu - birov uchun ma’suliyat olishdir.

Erkak uylanganidan keyin, nega baraka keladi deb o’ylaysiz? Inson hayotida birinchi marta birov uchun ma’suliyat olishni boshlaganidan, to’xtash ilojisi yo’qligini xis qilishni boshlaydi. Va bu xissiyotdan keyin, hechqaysi erkak oldingiday bo’lolmaydi. Yoshlik, aynan shu yerda to’xtaydi. Bu erkaklar hayotidagi bayram va fojia nuqtasi.

Fojia — chunki bu majburiyatdan endi hechqachon qochib bo’lmaydi. Bayram — chunki bu majburiyatdan hechqachon qochib bo’lmaydi.

Biri sizni umringizni oxirigacha qulga aylantiradi, ikkinchisi esa qaxramonga.
🔥21👍1👏1💯1
Forwarded from Aziz Rahimov
Maktabni bitirganimga 18 yil bo'libdi. Yaxshi o'qiganimga qaramay, ~75 foizi esimdan chiqqan. Litseyda yana ham qattiqroq o'qigandik. Baribir 2/3 qismi esimizdan chiqqan. Oxir-oqibat unutib yuborsak, yaxshi o'qib nima qilamiz? Shunchaki, imtihon uchunmi hammasi?

Yaxshi o'qishning boshqa foydalari ham bordir balki?

Yechgan misollarimiz esimizda qolmas. Yechish uchun kerak bo'lgan diqqat qila olish odati biz bilan qoladi.

Yodlaganlar g'azallarimiz unutilib ketar. Yodlash sabab rivojlangan xotiramiz biz bilan qoladi.

Yozib to'ldirgan daftarlarimiz yo'qolib ketar. Yozaverish ortidan kuchaygan tafakkurimiz biz bilan qoladi.

Ba'zi ishlar faqat natijasi bilan emas, jarayoni bilan ham foyda olib keladi.

Yaxshi o'qish ham shulardan biri.
🔥21👍1🤔1💯1
Forwarded from Aziz Rahimov
Bu yil talaba bo’lgan do’stim! Sizga ba’zi ogohlantirishlarim bor.

Universitetga kirish qancha oson bo’lsa, o’qimaydiganlar foizi shuncha ko’p bo’ladi. Odatda, talabalarning ~80-90% qismi o’qimaydi. Eng zo’r joylarda ham shu ahvol. 90% ichida o’zini o’qiyotgandek ko’rsatayotganlar bor, ular ham, imtihondan keyin borini esidan chiqarib yuboradi.

Domlalarning katta qismi fanini sevmaydi. Buni ajratib olish qiyin emas. Sevganlar darsini o’tkazib yuborgingiz kelmaydi. Sevmaganlar darsiga esa, o’zingizni majburlab kirasiz.

“Shuncha umrim bekor o’tarmikan?” deb siqilmang.

Ishini sevgan domlalarni toping va ularning eng yaxshi talabasi bo’ling.

Kuchli talabalarning yonida yuring, do’st bo’ling.

Katta ehtimol, shu tanishlar butun umr saqlanib qoladi. Yana, ish topishingizda/boshlashingizda diplomingizdan ko’proq yordam beradi.
🔥21👍1👏1🤔1
Zo’r savol qachon beriladi?
Savol beruvchiga javob rostdan ham qiziq bo’lsa.

Javobi hech nimani o‘zgartirmaydigan savollar: siyosat, shou-biznes, o‘tib ketgan ishlar...
🔥2👍1👏1
Forwarded from she questions.
are you really living your life, or just letting the days go by?
👍1🔥1👏1
Channel👉.@Articles365.pdf
8.3 MB
#BBC

Nap

Source: BBC Science magazine

@Articles365
🔥2👍1👏1
Forwarded from Teacher Azam
Mana bu statistikaga qarang

💰 2025-yil iyul oyida butun dunyodagi barcha pul miqdori (ya’ni odamlar, firmalar va davlatlar qo‘lida bor naqd pul + banklardagi pul) $140 trillion dollarga yetdi.

📈 Bu ko‘rsatkich 2000-yilda $26 trillion bo‘lgan va hozirgacha 5 barobar o‘sgan. Bu yiliga o‘rtaga 6,9% dan o‘sganini anglatadi.

Hozir eng ko‘p pulga ega davlatlar:
1. Xitoy - $46 trillion
2. AQSh - $22,1 trillion
3. Yevropa Ittifoqi - $22 trillion
4. Yaponiya - $11 trillion
5. Buyuk Britaniya - $5 trillion

📊 Bu 5 ta davlatning o‘zi butun dunyo pulining 75% yoki 3/4 qismiga egalik qiladi.

2021-2024-yil oralig‘ida bu o‘sish 1,4% ni tashkil qilgan, lekin 2025-yilda dollarning qadrsizlanishi oqibatida yana tezlashib ketdi.

😱 Taqqoslash uchun yil boshidan iyul oyigacha naqd 7,8% ga o‘sgan.

Ana shunaqa gaplar

@teacherazam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏2👍1🏆1
Forwarded from Oʻzbekistonlik
Ofisda bir odam o‘ziga choy tayyorlayapti va men uni kuzatib turibman:

1. Bo‘sh chashkaga choy paketini soldi.
2. Qaynoq suv quydi, lekin oxirigacha to‘ldirmadi.
3. Choy paketini qimirlatib choyini ancha chiqardi.
4. Ustiga ozgina sovuq suv quydi va darhol ichishni boshladi.

Shu yerda meni kallam portlab ketdi — shunaqa qilsa ham bo‘larmidi?! Men 20 yildan beri noto‘g‘ri choy damlab yurgan ekanman 🤯

Shunday holatlar meni o‘ylantiradi... ba‘zi oddiy narsalar hayotimizga shunchalik singib ketganki ularni yaxshilash haqida hech qachon o‘ylamaymiz.

Hayotda qancha yangi fikr va bilimlarga ochiq bo‘lsak, shuncha kamroq og‘zimiz kuyib yuradi, menimcha.

Vohid Karimov, Germaniya

@uzbekistonlikuz
🔥2👍1🤓1
ARTICLES365.pdf
6.1 MB
🔖#ECOLOGY

Goal: CLEAN WATER🚰💧

One of the UN sustainable development Goals is to ensure universal access to clean water for drinking.

249/365

@articles365
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👏1💯1
ARTICLES365.pdf
5 MB
🔖#HAPPINESS

The Science of HAPPINESS🤗

Our brains are trained for joy and it's time to put in the work to make it happen

250/365

@articles365
🔥2👍1👏1😁1
Forwarded from Teacher Azam
📖 Nobel mukofoti 1901-yildan beri har yili fan, adabiyot va tinchlik sohasidagi ulkan yutuqlar uchun beriladigan xalqaro mukofotdir.

🇺🇸 AQSH laureatlarining uzun ro‘yxati orasida Martin Lyuter King Jr. ham bor. (irqchilik va adolatsizlikka qarshi kurashi uchun) va Ernest Xeminguey (adabiyotdagi samarali ijodi uchun).

🇵🇱 Polshada tug‘ilgan, keyinchalik Fransiya fuqarosi bo‘lgan Mariya Kyuri radioaktivlik sohasidagi kashfiyotlari uchun birinchi bo‘lib ikkita Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan. Bittasi kimyodan, bittasi fizikadan.

Sizningcha, bizda Nobel mukofotini olishga nomzodlar bormi?

@teacherazam
🔥21👏1
Forwarded from ARTICLES 365 📰 | Muratovich (Ilhom Muratovich)
CHANNEL [@articles365].pdf
1.2 MB
#Newscientist

Dangerously delicious 😋

5 pages

@articles365
🔥1
Forwarded from Abdusattor
Yoʻqotishlar yutuqlardan koʻproq taʼsirga ega

Million dollar yutib olgan odamning xursandchiliigidan, shuncha pulni yoʻqotgan odamning ogʻrigʻi ikki barobar ko’p boʻladi.

Bu hissiy farqni miyaning evolyutsion himoya mexanizmi bilan ham tushuntirish mumkin. Oʻtmishda odam uchun yoʻqotish (ovqat, energiya, boshpana) juda katta xavf, hayot-mamot masalasi edi. Shuning uchun miyamiz bugun ham yoʻqotishlarga ancha sezgirroq.

Nobel mukofoti sovrindori Daniel Kahneman ushbu g‘oyani isbotlagan.

Yo‘qotishlardan qo‘rquv bizni harakatga majbur qiladi. Ba’zan odam mukofot umidida emas, balki “yo‘qotib qo‘ymaslik” uchun erta turadi, o‘qiydi, ishlaydi. Chunki miyaning asosiy vazifasi bizni xavfdan saqlash.

Shu sabab, maqsad qo‘yganingizda faqat “nima yutaman?” deb emas, “agar bu ishni qilmasam, nimani yo‘qotaman?” deb qarang.

Ko‘pincha ikkinchisi kuchliroq harakatga undaydi. Masalan, ishda rahbar “bonus olasan” deyishidan koʻra, “bonusni yoʻqotasan” deyishi xodimni yaxshiroq harakatlantiradi. Bu marketingda, taʼlimda va hatto tarbiyada ham ishlaydi.

Salbiy tomoniga kelsak, bu mexanizm bizni riskdan tiyadi. Ba’zan hech narsa yo‘qotmaslik uchun butun imkoniyatni boy beramiz. O‘sish, o‘zgarish, yangi yo‘l bularning barchasi ma’lum darajada yo‘qotish xavfini o‘z ichiga oladi.

Yo‘qotishdan qo‘rqadigan miyani foydangizga xizmat qildirish uchun bu mexanizmni anglab, to‘g‘ri yo‘naltiring. Yo‘qotish qo‘rquvi kelganida haqiqatdan jiddiy xavfdan qochyapsizmi yoki o‘sish imkoniyatidanmi, o‘ylab ko‘ring. Shu farqni sezib ushlab qololsangiz marra sizniki.
🔥1👏1💯1
Forwarded from Teacher Azam
🇺🇸 Amerikaliklar umri davomida vaqtini kimlar bilan o‘tkazadi?

Mana bu grafikka qarang, men sodda qilib tushuntirishga harakat qilaman.

🧒 15–20 yosh atrofida
- Ko‘p vaqtini oila va do‘stlar bilan o‘tkazadi.
- Yolg‘iz o‘tkazadigan vaqt ham bor, lekin keksa odamlarnikidek ko‘p emas.
- Turmush o‘rtog‘i, farzandlar va ishdagi hamkasblar hali deyarli yo‘q.

🧑 20–30 yosh atrofida
- Do‘stlar bilan bo‘ladigan vaqt o‘tkazish ko‘payadi.
- Hamkasblar bilan vaqt paydo bo‘ladi, chunki odamlar ishlashni boshlaydi (eng ko‘p vaqt ular bilan)
- Oila (ota-ona) bilan vaqt kamayadi.
- Turmush o‘rtog‘i bilan vaqt asta-sekin ortib boradi.

👨‍🦰 30–45 yosh atrofida:
- Bu yoshda odamlar kunini asosan: turmush o‘rtog‘i, farzandlari va biroz hamkasblar bilan o‘tkazadi.
- Farzandlar bilan vaqt aynan shu yillarda eng ko‘p bo‘ladi (o‘rtacha 3–4 soatgacha).
- Ota-ona va aka-uka bilan vaqt o‘tkazish asta-sekin kamayadi.
- Do‘stlar bilan vaqt ancha tushib ketgan.

👱‍♂️ 45–60 yosh atrofida
- Farzandlar ulg‘aygani sari ular bilan vaqt kamayadi.
- Turmush o‘rtog‘i bilan vaqt deyarli barqaror – 3 soatdan ortiq.
- Hamkasblar bilan vaqt bor, lekin asta kamayadi (pensiyaga yaqinlashgani sari).
- Eng qiziq joyi yolg‘iz vaqt o‘tkazish tez-tez oshib boradi.

👨‍🦳 60–80 yosh atrofida
- Ishdagi hamkasblar deyarli yo‘q – pensiya.
- Farzandlar va boshqa oila a’zolari bilan vaqt juda oz.

Asosiy vaqt bir qismi – turmush o‘rtog‘i bilan, eng katta qismi esa – yolg‘iz.

70–80 yoshda odamlar kuniga o‘rtacha 7–8 soatgacha yolg‘iz vaqt o‘tkazishadi.

E’tibor bergan bo‘lsangiz, Amerikaliklarning yolg‘iz vaqt o‘tkazishi eng yuqori va o‘sib borgan

🇺🇿 Bu tendensiya bizda menimcha boshqacha bo‘lsa kerak

Manba

@teacherazam
🔥1👏1
Forwarded from Abdusattor
📈 2010-yilda Barselonada o‘qiyotgan bir talaba PDF fayllar bilan ishlashda muammoga duch keladi. Va dunyodagi eng ko‘p kiriladigan saytlardan biriga asos soladi.

Unda hech qanday startup rejasi bo’lmagan. Hech qanday investor bo’lmagan. Shunchaki muammo bo’lgan va shu muammo uchun yechim izlagan. Marko Grossi “iLovePDF” saytini 7 yil davomida uyidan yolg‘iz boshqargan. Bugun esa 43 kishilik jamoa, millionlab foydalanuvchilar va oylik premium obunalardan yillik $21–22 mln daromadga egalik qiladi.

Ko‘pchilik “G‘oya topay, keyin boshlayman”, deydi. Aslida esa ishlaydigan loyihalar faqatgina g‘oyadan emas, ehtiyojdan kelib chiqadi. PDF tahrirlash jozibador mahsulot emas. Uni Instagramda maqtanmaysiz. Bu xizmatning nimaligini qo’shningiz, qarindoshlaringiz yoki bunga ehtiyoji yo’q odamlar tushunmaydi. Lekin siz maqtanganingiz uchun emas, insonlarning muammosini hal qilganingiz uchun bu xizmatdan pul topasiz.

Xulosa shuki, ba’zi loyihalar ilhomdan tug‘ilmaydi. Ular ehtiyojdan kelib chiqadi. G’oya chiroyli bo‘lmasligi mumkin, lekin u insonlarning vaqtini, asabini yoki pulini tejasa, u muvaffaqiyatli bo’ladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1🔥1