𝙊𝙡𝙩𝙞𝙣𝙨𝙤𝙮 𝙩𝙪𝙢𝙖𝙣 𝙞𝙭𝙩𝙞𝙨𝙤𝙨𝙡𝙖𝙨𝙝𝙩𝙞𝙧𝙞𝙡𝙜𝙖𝙣 𝙢𝙖𝙠𝙩𝙖𝙗𝙞
586 subscribers
5.37K photos
534 videos
15 files
1.51K links
IMA_Oltinsoy_IM
Admin bilan bogʻlanish va murojaatlar uchun: @OltinsoyIMbot
Download Telegram
🏢Oltinsoy_ixtisoslashtirilgan_ maktabi_

📚📚📚 KITOBXONLIK

   📚Bugun maktabimizda
"Yosh kitobxonlar" tanlovi boʼlib oʼtmoqda unda 5-b sinf, 6-b sinf va 7-b sinflar oʻrtasida FINAL bosqich boʻlib oʻtdi.
Ushbu sinflar uchun
Gʼafur Gʼulomning "Shum bola"
Xudoyberdi Toʻxtaboyevning "Besh bolali yigitcha "
Xudoyberdi Toʻxtaboyevning "Sariq devni minib " kitoblaridan savollar berildi.
Final bosqichida
1-oʻrinni 7-b sinf
2-oʻrinni 5-b sinf
3-oʻrinni 6-b sinf egalladi
Inson maʼnaviyatini yuksaltirishda kitobning oʻrni beqiyosdir.
🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
|Facebook |Instagram |Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ибрат

Хитой мактабларида бир хафтада камида 1 марта ўқувчиларнинг ота-оналари қандай мехнат қилиб уларни боқаётгани ўқитаётганини қўйиб беришар экан

Бизда хам шунақа қилишса яхши бўларди, болалар ўқирди, ота-оналарини мехнатини қадрларди👇

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFLFhcM5cmyyjC4AnA
🔔 Maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha zarur tavsiyalar ishlab chiqildi

Joriy yil umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘tkaziladigan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.

Unga ko‘ra:

🔔 umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari 2023-yil 25-may kuni soat 8:00 dan 9:00 ga qadar “Ilmni qadrlang, ilmga intiling!” shiori ostida tashkil etiladi;

🔔 tadbirga maktabdagi o‘quvchilar sonidan kelib chiqqan holda faqatgina 1-, 4-, 9-, 11-sinf o‘quvchilari jalb etiladi;

🔔 mahalla faollari, ota-onalar va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bilan hamkorlikda yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilish va boshqa zarur choralarni ko‘rish ta’minlanadi;

Shuningdek, tadbir davomida:

🔔 maktab hayotida faol ishtirok etayotgan, shuningdek, odob-axloqi, intiluvchanligi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan o‘quvchilarning ota-onalariga “Eng faol ota”, “Jonkuyar ona”, “Mas’uliyatli ota-ona”, “A’lochi o‘quvchi otasi”, “Bilimli qiz onasi” kabi nominasiyalari bo‘yicha tashakkurnomalar beriladi;

🔔 2022-2023-o‘quv yili davomida namunali xulq va a’lo baholarga o‘qib, eng yuqori reyting ko‘rsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilar taqdirlanadi;

🔔 faxriy o‘qituvchilar, ota-onalar, kasaba uyushmasi, mahalla va hamkor tashkilotlar, shuningdek, o‘rnak bo‘ladigan maktabning sobiq bitiruvchilari taklif etiladi.

2022-2023-o‘quv yilini yakunlash va “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish davomida quyidagilar ta’qiqlanadi:

🔔 “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestasiyalarini o‘tkazishda, ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash borasida o‘quvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul mablag‘larini yig‘ish;

🔔 umumiy o‘rta ta’lim muassasalari rahbarlari hamda o‘qituvchilarga bitiruvchilar tomonidan turli qimmatbaho sovg‘alar taqdim etish, qo‘shimcha turli tantanali tadbirlarni o‘tkazish, yengil avtomashinalarda sayr tashkil etish.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimdagi barcha xodimlar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillaridan joriy o‘quv yilini yakunlash va “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazishda mazkur tavsiyalarga amal qilishlarini so‘rab qoladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Forwarded from Samandar Yaxshiboyev
#IMA
#Oltinsoy_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#Sertifikatlar
⚡️OLTINSOY TUMANI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI O'QUVCHILARIGA A-LEVEL IMTIHONLARI TO'G'RISIDA MA'LUMOT BERILDI.

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari uchun Cambridge Assessment International Education tashkiloti tomonidan o'tkazilayotgan A-level imtihonlari toʻgʻrisida maʼlumot berish maqsadida davra suhbati oʻtkazildi.
Bunda:
1. Imtihon oʻtkazilish tartibi;
2. Sertifikatga ega boʻlish shartlari;
3. Imtihon oʻtkaziladigan joylar to'g'risida ma'lumotlar berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:👇

|Facebook |Instagram |Telegram
#IMA
#Oltinsoy_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#Davra suhbati

📌Maktabda tumanning huquq tartibot organ vakillari ishtirokida yuqori sinf o‘quvchalari  bilan  yangi tahrirlangan Konstitutsiya va "Huquqbuzarlikning oldini olish"  mavzusida Jinoyat ishlari bo‘yicha Oltinsoy tuman sudining yordamchisi Q. Zubaydullayev,  tuman Adliya bo'limi boshlig'i N. Xoliyorov, Ichki ishlar bo'limi  inspektor psixologi S. Xolmamatovlar ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
📌Tadbirdan ko‘zlangan maqsad, yoshlarning jamoat joylarda yurush turish qoidalari, voyaga yetmagan yoshlarning huquqbuzarliklari uchun belgilangan javobgarliklari haqida ma‘lumotlar berish.

📌O‘quvchilar soha vakillariga o‘zlari qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi
.

🌐🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:👇

⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️

|Facebook |Instagram |Telegram
#ChSB_imtihonlari
#Oltinsoy_ixtisoslashtirilgan_maktabi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

O‘quvchilarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida 18-may soat 10:00 da mutaxasislik fanlaridan(matematika, fizika, ingliz tili, kimyo, biologiya) ChSB (chorak bo‘yicha Summativ baholash)  sinovlari o'tkazilmoqda.



🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.

|Facebook |Instagram |Telegram