𝙊𝙡𝙩𝙞𝙣𝙨𝙤𝙮 𝙩𝙪𝙢𝙖𝙣 𝙞𝙭𝙩𝙞𝙨𝙤𝙨𝙡𝙖𝙨𝙝𝙩𝙞𝙧𝙞𝙡𝙜𝙖𝙣 𝙢𝙖𝙠𝙩𝙖𝙗𝙞
563 subscribers
5.08K photos
512 videos
14 files
1.44K links
IMA_Oltinsoy_IM
Admin bilan bogʻlanish va murojaatlar uchun: @OltinsoyIMbot
Download Telegram
#IMA
#OltinsoyIM
#Sport

🏢IMA TIZIMIDAGI
OLTINSOY TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB

   BESH TASHABBUS AMALDA


            🤾‍♂ VOLEYBOL

Tashkil etilgan bu musobaqada bosh tashabbus O'zbekiston Respublikasi Voleybol Federatsiyasi Viloyat bo'limi tomonidan bevosita amalga oshirildi.

🏢O'smirlar o'rtasidagi mazkur musobaqa Oltinsoy tumani 1-o'rinni qo'lga kiritdi.

🎁G'olib bo'lgan tuman jamoalariga Federatsiyaning qimmatbaho sovg'alari berildi.

Biz ham maktabimiz  qatnashchi o'quvchilarini tabriklab qolamiz.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:👇

|Facebook |Instagram |Telegram
Жиноятчиликка қарши курашиш давр талаби.

Тумандаги 15-сонли болалар мусиқа ва санъат мактабининг фаоллар залида бугунги кунда мактаб ўқувчилари ва ёшлар томонидан содир этилаётган турли жиноятларни олдини олишга қаратилган тадбир ўтказилди. Тадбирни ихтисослашган мактабнинг директор ўринбосари Ш.Абдуллаева кириш сўзи билан очиб, ўқувчиларга тадбир қатнашчиларини таништириб ўтди. Шундан сўнг жиноят ишлар бўйича Олтинсой туман судининг раиси К.Назаров, туман прокурори ёрдамчиси У.Қурбонов, туман ИИБ катта мутахассиси Ш.Тўхтаев ва мактабнинг ЧЁТ раҳбари А.Бобоназаровлар жиноятчиликни олдини олиш бўйича қилиниши лозим бўлган ишларга атрофлича тўхталиб ўтдилар. Ўқувчилар томонидан берилган саволларига ҳам аниқлик билан жавоб қайтардилар.Табдир хар томонлама мазмунли ўтди.
Forwarded from Samandar Yaxshiboyev
#IMA
#Oltinsoy_ixtisoslashtirilgan_maktabi

⚡️OLTINSOY TUMANI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABIDA INSTITUT RAHBARIYATI VA TALABALARI!!

Ixtisoslashtirlgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hamda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti bilan tuzilgan o'zaro hamkorlik memorandumi asosida o'quvchilar uchun davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida institut ma'naviyat bo'limi rahbari B.R. Jo'rayev hamda iqtidorli, bir qator nomdor stipendiyalar sohiblari bo'lgan talabalar ishtirok etishdi.
Bunda:
1. Talabalarning yutuqlarga va xalqaro grantlarga erishishlari to'g'risida;
2. O'qishga kirishda tayyorgarlik jarayonlari;
3. Kirish imtihonlari to'g'risida ma'lumotlar berildi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:👇

|Facebook |Instagram |Telegram
Forwarded from DTPI rasmiy kanali
🔰Bugun Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti dekan o'rinbosari B. Jo'rayev va institut iqtidorli talabalari D. Jumayeva, A. Normurodova, Q. Bozorov va N. Norqobilovlar Oltinsoy tumanida joylashgan Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab bitiruvchi sinf o'quvchilari bilan uchrashdi.

Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning bitiruvchilariga ixtisoslik yo'nalishidan kelib chiqib kimyo, biologiya, fizika va tarix sohalari bo'yicha o'quvchilarga tushunchalar berildi. O'quvchilar institutimizga katta qiziqish bildirishib, o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

🌐@DTPI_uz'ning rasmiy sahifalarini kuzatib boring!

DTPI.uz|Facebook|Telegram|Instagram
# IMA
# Oltinsoy IM
# o‘rtoqlik_uchrashuvi

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi, Denov tuman 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi, Shoʻrchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻqituvchilari oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va sogʻlom muhitni yaratish maqsadida sportning futbol turi boʻyicha oʻrtoqlik uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

🌐🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️

🌐 Facebook/Telegram/|Instagram /