Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
563 subscribers
4.13K photos
257 videos
4 files
1.1K links
Maktabimizning tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

🌐 https://instagram.com/PTMA_MTIM
🌐 https://t.me/PTMA_MTIM
🌐 https://www.facebook.com/groups/ptma.muzrabot.im
▶️ https://www.youtube.com/@Muzrabot_tuman_IM

Murojaat uchun: +998(93)5418097
Download Telegram
#Muzrabot_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#besh_tashabbus

Bugun  Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 10-11 sinf o'quvchilari o'rtasida “Zakovat" intellektual o'yinining 1-saralash bosqichi oʻtkazildi.

🌍 Maktabning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:👇

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
Forwarded from Zakovat: Surxondaryo
🟦🟦🟦 🟦🟦

🏆 “Zakovat intellektual klubi” NNT tomonidan maktab oʻquvchilari oʻrtasida yoʻlga qoʻyilgan “Oʻquvchilar ligasi” turnirining joriy oʻquv yili mavsumidagi ilk 1-tur oʻyini 19-sentabr payshanba kuni boʻlib oʻtadi.

🏆 Oʻquvchilar ligasi bir o‘quv yili doirasidagi uch mavsum (kuz, qish, bahor) davomida bo‘lib o‘tadi. Har bir mavsum 10 ta turni o‘z ichiga oladi. O‘yinlar butun respublika bo‘yicha bir vaqtda, sinxron ravishda har payshanba, soat 15:00 da boshlanadi.

❗️ Ushbu liga oʻyinlarni siz oʻz maktabingizda ham oʻtkazishingiz mumkin. Buning uchun koʻp narsa talab qilinmaydi. Yil yakunida doimiy ravishda ligalarimizni oʻtkazib kelishda faollik koʻrsatib keladigan koordinator-ustozlar ragʻbatlantirib boriladi.

☑️ Oʻquvchilar ligasini oʻz maktabida oʻtkazish boʻyicha biz bilan hamkorlik qilishni istaydigan ustozlarimizni volontyorlikga chorlaymiz. Batafsil maʼlumot uchun @SalohiddinOdilov manziliga murojaat qiling.

📲 @Surxondaryo_ZakovatNNT
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Zakovat: Surxondaryo
❗️ 21-sentabr, shanba kuni Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” turnirining Surxondaryo viloyati bosqichi bo‘lib o‘tadi!

Viloyat bosqichi o‘yini jami 30 ta savoldan iborat bo‘lgan uch turda o‘tkaziladi va unga quyidagi taʼlim muassasalari taklif etiladi:

1. Termiz shahridagi PM
2. Roʻzi Choriyev nomidagi Surxondaryo ISMI
3. Termiz shahar 1-son IMI
4. Termiz shahar 2-son IMI
5. Termiz shahar 3-son IM
6. Angor tuman IM
7. Bandixon tuman IM
8. Boysun tuman IM
9. Denov tuman 1-son IM
10. Denov tuman 2-son IMI
11. Jarqoʻrgʻon tuman IM
12. Muzrabot tuman IM
13. Oltinsoy tuman IM
14. Qiziriq tuman IM
15. Qumqoʻrgʻon tuman IM
16. Sariosiyo tuman IMI
17. Uzun tuman IM
18. Sherobod tuman IM
19. Shoʻrchi tuman IM


👥 Turnirda jamoalar 7 nafar (6 nafar asosiy va 1 nafar zaxira) ishtirokchidan iborat bo‘ladi.

📝 Viloyat bosqichida qatnashadigan jamoalardan o‘yinga o‘zlari bilan maxsus shakldagi arizani to‘ldirgan holda olib kelishlari talab etiladi.

📍 Viloyat bosqichi o‘yini 21-sentabr, shanba kuni soat 9:00 da Termiz shahridagi Prezident maktabi sport zalida boshlanadi. (lokatsiya)

🏆 Viloyat bosqichida dastlabki uchta o‘rinni egallagan jamoalar respublika bosqichida ishtirok etadi.

📲 @Surxondaryo_ZakovatNNT
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM