Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
626 subscribers
4.39K photos
273 videos
4 files
1.16K links
Maktabimizning tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

🌐 https://instagram.com/PTMA_MTIM
🌐 https://t.me/PTMA_MTIM
🌐 https://www.facebook.com/groups/ptma.muzrabot.im
▶️ https://www.youtube.com/@Muzrabot_tuman_IM

Murojaat uchun: +998(93)5418097
Download Telegram
#Diqqat
#Tarqating

❗️❗️❗️ MAKTAB VA MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA PUL YIG‘IMI QAT’IYAN TAQIQLANADI

❇️
So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali maktablar va maktabgacha ta'lim tashkilotlarida turli xil tadbirlar o‘tkazish uchun o‘quvchilardan pul mablag‘lari yig‘ilayotganligi haqida xabarlar tarqalmoqda.

📣 Eslatib o'tamiz: Ta’lim muassasalarida sinf xonalarini ta’mirlash (remont), turli tadbirlar (so‘nggi qo‘ng‘iroq va bayramlar) uchun pul yig‘ish qat’iyan taqiqlanadi!

❗️Agarda Siz, qaysidir maktab yoki maktabgacha ta'lim tashkilotlarida pul yig‘ish bilan bog‘liq holatlar haqida xabardor bo‘lsangiz, Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining ☎️ Ishonch telefoni — 76-227-35-45 ga murojaat qilishingiz so‘raladi.

👉Viloyatimiz tumanlaridagi ta'lim-tarbiya tizimiga mas'ullarning ☎️ telefon raqamlari:

▪️Termiz shahar MMTB —99-504-05-01
▪️Angor tuman MMTB —
94-460-79-51
▪️Boysun tuman MMTB —
90-746-08-76
▪️Bandixon tuman MMTB —
90-746-60-50
▪️Denov tuman MMTB —
94-204-03-04
▪️Jarqo'rg'on tuman MMTB — 97-450-00-84
▪️Muzrabot tuman MMTB —
99-124-13-53
▪️Oltinsoy tuman MMTB —
99-425-75-75
▪️Sariosiyo tuman MMTB — 99-217-99-89
▪️Uzun tuman MMTB —
97-352-32-42
▪️Termiz tuman MMTB —
97-807-00-87
▪️Sherobod tuman MMTB — 91
-589-44-00
▪️ Sho'rchi tuman MMTB — 91-909-90-60
▪️Qiziriq tuman MMTB — 90-355-54-34
▪️Qumqo'rg'on tuman MMTB —
91-588-62-05

❗️Murojaatingiz haftaning dushanba — juma kunlari soat 09:00 dan 18:00 ga qadar qabul qilinadi.

⚡️Sizning murojaatingiz boshqarma boshlig'i nazoratida bo‘lib, O'zbekiston Respublikasining "Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to'g'risida"gi qonuniga asosan, boshqarmaning tegishli mutaxassislari tomonidan o‘rganiladi.

ESLATMA: O'z tasdig'ini topmagan, asossiz va yolg'on xabarlarni tarqatish O'zR MJTK 202-moddasi 2-bandi va jinoyat kodeksining 244-moddasi 6-bandiga asosan tegishli tartibda javobgarlikka sabab bo'ladi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ustoz_va_shogird

📍Ustoz va shogird: Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘quvchilarini pedagog kasbiga maqsadli tayyorlash va bitiruvchilarning bandligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori haqida.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Umumtaʼlim maktablarida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazishga doir zarur tavsiyalar

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan umumtaʼlim muassasalarida 2023-2024-oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqildi.

🔹 Unga koʻra, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari:

joriy yilning 25-may kuni soat 8:00 dan 9:00 ga qadar tashkil etiladi;

maktab oʻquvchilari sonidan kelib chiqqan holda faqatgina 1-, 4-, 9-, 11-sinf oʻquvchilari jalb etiladi;

mahalla faollari, ota-onalar va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bilan hamkorlikda yongʻin va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilingan holda tashkil etiladi;

faxriy oʻqituvchilar, ota-onalar, mahalla faollari, oʻrnak boʻladigan maktabning sobiq bitiruvchilari taklif etiladi;

yil davomida namunali xulq va aʼlo baholarga oʻqib, eng yuqori reyting koʻrsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilar ragʻbatlantiriladi;

maktab hayotida faol ishtirok etayotgan, odob-axloqi, intiluvchanligi bilan tengdoshlariga oʻrnak boʻlayotgan oʻquvchilarning ota-onalariga “Eng faol ota”, “Jonkuyar ona”, “Masʼuliyatli ota-ona”, “Aʼlochi oʻquvchi otasi”, “Bilimli qiz onasi” nominatsiyalari boʻyicha tashakkurnomalar beriladi.

📍 2023-2024-oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish davomida quyidagilar taqiqlanadi:

turli restoran va kafelar, xonadonlarda “Bitiruv oqshomlari”ni oʻtkazish, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestasiyalarini oʻtkazishda, taʼlim muassasalarini yangi oʻquv yiliga tayyorlash borasida oʻquvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul mablagʻlarini yigʻish;

bitiruv tadbirlarida oʻquvchilardan qimmatbaho sovgʻalar uchun pul yigʻish, bitiruv kechalariga atab qimmat kiyimlar olish, yengil avtomashinalarda sayr tashkil etish.

oʻquvchilarning guruh-guruh boʻlib xiyobonlar, istirohat bogʻlari, choʻmilish havzalariga borishi.

👉 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimdagi barcha xodimlar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillaridan joriy oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazishda mazkur tavsiyalarga amal qilishlarini soʻrab qoladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
☑️ Ixtisoslashtirilgan maktablar tajribasi umumta'lim maktablariga tadbiq etilmoqda

🔘 Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktab ma'muriyati tomonidan yangi baholash tizimi joriy etilgan umumta'lim maktablarida seminar tashkil qilindi.

▶️ Seminarda Vazirlar Mahkamasining 263-sonli qarori yuzasidan to'liq ma'lumotlar taqdim etilib, o'qituvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

Shu bilan birga 4-CHSB imtihonlariga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish bo'yicha bajarilishi lozim bo'lgan ishlar yuzasidan suhbat o'tkazilib, ko'rsatmalar berildi.

🌍 Maktabning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:👇

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Guliston shahridagi Prezident maktabining 6-sinf oʻquvchisi Muhammadjon Olimboyev IMAS olimpiadasida oltin medal sohibi bo’ldi.

Samarqand shahridagi Prezident maktabining 7-sinf oʻquvchisi Shohrux Umrzoqov IMC olimpiadasining xalqaro bosqichiga yoʻllanmani
qoʻlga kiritdi.

Andijon shahridagi Prezident maktabi tomonidan “Professional development“ loyihasining navbatdagi
sahifasini taqdim qilindi.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida taniqli ijodkorlar bilan uchrashuv
tashkil etildi.

Abdulla Qodiriy nomidagi
ijod maktabi, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi, Peshku, Mingbuloq tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablarida "Ochiq eshiklar kuni" bo‘lib o‘tdi.

Ogahiy nomidagi ijod maktabida adib Ulugʻbek Hamdam bilan ijodiy
muloqot oʻtkazildi.

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tomonidan Oʻzbekiston xalq shoiri Halima Xudoyberdiyeva tavalludining 77 yilligi munosabati bilan videoroliklar tanlovi
eʼlon qilindi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida "Al-Xorazmiy volontyorlari" guruhining ochilish marosimi
boʻlib oʻtdi.

Buxoro tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 8-sinf o’quvchisi Sunnatjon
Toirov IELTSdan yuqori natijaga ega boʻldi.

Toshkent viloyati maktab oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan Intellektual olimpiadada Oqqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi va Yangiyoʻl shahar ixtisoslashtirilgan maktab-internati jamoalari gʻoliblikni
qoʻlga kiritdi.

Oqdaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi”
bo‘lib o‘tdi.

Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktab maʼmuriyati tomonidan yangi baholash tizimi joriy etilgan umumtaʼlim maktablari uchun seminar
tashkil qilindi.

Qoʻqon shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari xalqaro taʼlim grantlarini
qoʻlga kiritdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM