Forwarded from Hilola Umarova
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni
Hurmatli vatandoshlar,
Qadrli pedagoglar!
Shonli tariximiz zarvaraqlariga nazar tashlar ekanmiz, bugungi tinch va faravon hayotimiz uchun necha o‘n yillar oldin zahmat chekkan ota-bobolarimizning buyuk xizmatlari yodimizga keladi.
Millat ravnaqi hamda o‘zbek yoshlarining bilimli va ma’rifatli bo‘lib kamol topishi yo‘lida jonbozlik ko‘rsatgan jadid hamyurtlarimizning buyuk jasorati, Ikkinchi jahon urushida qatnashgan bobolarimizning mardlik va fidoyiligi bugungi yoshlar uchun katta o‘rnak bo‘lishi tabiiy. O‘tmishimizning bu lavhalari buyuk tariximizning ajralmas bir bo‘lagi, desam ayni haqiqat bo‘ladi.
Xotira — aziz, qadr — muqaddas. Bugungi xotirjam hayotimiz va Jonajon O‘zbekistonimizning nurli kelajagi, ertangi istiqboli uchun o‘z vaqtida umrini baxshida etgan minglab vatandoshlarimiz xotirasi biz uchun doimo aziz va muqaddasdir!
Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
#Live
#Attestatsiya_2024
✅ Xabaringiz bor, mamlakatimizning barcha hududlarida attestatsiya jarayonlari qizg‘in o‘tkazilmoqda.
✅ Xususan, 10-13-may kunlari fransuz, hind, ingliz, koreys, nemis, xitoy, yapon, qirg‘iz, qozoq, tojik, turkman tili va adabiyoti fanlaridan dars beruvchi pedagoglar malaka toifasi uchun test sinovlarini topshirishi belgilangan.
🏃♂️ Ayni vaqtda bo‘lib o‘tayotgan test sinovlarida barcha hudud pedagoglari faol ishtirok etmoqda.
Fotolavhalarda respublikamizda bo‘lib o‘tayotgan test sinovi jarayonlar aks etgan.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Attestatsiya_2024
Fotolavhalarda respublikamizda bo‘lib o‘tayotgan test sinovi jarayonlar aks etgan.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2024
⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga qabul jarayonlari iyun oyidan boshlanadi, imtihonlar esa iyul oyida o‘tkaziladi
Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov ma’lum qildi.
Prezident maktablariga o‘quvchilar belgilangan yillik qabul kvotasi doirasida ikkita sinfga bir xil 12 nafardan jami 24 nafar o‘quvchi hamda ijod va ixtisoslashtirilgan maktablariga Agentlik tomonidan belgilangan kvota doirasida o‘quvchilar qabul qilinadi.
❗️Agentlik tizimidagi maktablarga o‘quvchilarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari tomonidan quyidagi hujjatlar onlayn shaklda Agentlikning rasmiy veb-sayti ariza.piima.uz orqali qabul qilinadi:
➡️o‘quvchilarning tegishli o‘quv yili natijasiga ko‘ra baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi;
➡️imtihon ruxsatnomasini shakllantirish jarayonida foydalanish uchun o‘quvchilarning oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;
➡️o‘quvchilarning tug‘ilganlik haqida guvohnomasi va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti ma’lumotlari, bog‘lanish uchun mobil telefon raqamlari.
✍️ Hujjat topshirish jarayonida o‘quvchilarning ota-onasi (qonuniy vakili) kirish imtihonlari shartlari va talablari bilan tanishganligi to‘g‘risidagi onlayn ofertani tasdiqlaydi.
📝 O‘quvchilar Prezident maktabi hamda ixtisoslashtirilgan maktablariga hujjat topshirish jarayonida ularga ixtiyoriy ravishda o‘z hududidagi ixtisoslashtirilgan maktablaridan birini qo‘shimcha tanlash imkoniyati beriladi.
📌 Bunda, Prezident maktabi kirish imtihonining 2-bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, o‘qishga kira olmagan o‘quvchilar hududdagi o‘zi tanlagan ixtisoslashtirilgan maktabiga belgilangan kvota doirasida, to‘plagan ballari ketma-ketligi bo‘yicha imtihonsiz qabul qilinadi. Bunda kvota doirasidan oshib ketsa imtiyoz qo‘llanilmaydi.
✍️ Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Forwarded from Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy (Dildora Musayeva)
#Diqqat
#Tarqating
❗️❗️❗️ MAKTAB VA MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA PUL YIG‘IMI QAT’IYAN TAQIQLANADI
❇️ So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali maktablar va maktabgacha ta'lim tashkilotlarida turli xil tadbirlar o‘tkazish uchun o‘quvchilardan pul mablag‘lari yig‘ilayotganligi haqida xabarlar tarqalmoqda.
📣 Eslatib o'tamiz: Ta’lim muassasalarida sinf xonalarini ta’mirlash (remont), turli tadbirlar (so‘nggi qo‘ng‘iroq va bayramlar) uchun pul yig‘ish qat’iyan taqiqlanadi!
❗️Agarda Siz, qaysidir maktab yoki maktabgacha ta'lim tashkilotlarida pul yig‘ish bilan bog‘liq holatlar haqida xabardor bo‘lsangiz, Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining ☎️ Ishonch telefoni — 76-227-35-45 ga murojaat qilishingiz so‘raladi.
👉Viloyatimiz tumanlaridagi ta'lim-tarbiya tizimiga mas'ullarning ☎️ telefon raqamlari:
▪️Termiz shahar MMTB —99-504-05-01
▪️Angor tuman MMTB — 94-460-79-51
▪️Boysun tuman MMTB — 90-746-08-76
▪️Bandixon tuman MMTB — 90-746-60-50
▪️Denov tuman MMTB — 94-204-03-04
▪️Jarqo'rg'on tuman MMTB — 97-450-00-84
▪️Muzrabot tuman MMTB — 99-124-13-53
▪️Oltinsoy tuman MMTB — 99-425-75-75
▪️Sariosiyo tuman MMTB — 99-217-99-89
▪️Uzun tuman MMTB — 97-352-32-42
▪️Termiz tuman MMTB — 97-807-00-87
▪️Sherobod tuman MMTB — 91-589-44-00
▪️ Sho'rchi tuman MMTB — 91-909-90-60
▪️Qiziriq tuman MMTB — 90-355-54-34
▪️Qumqo'rg'on tuman MMTB — 91-588-62-05
❗️Murojaatingiz haftaning dushanba — juma kunlari soat 09:00 dan 18:00 ga qadar qabul qilinadi.
⚡️Sizning murojaatingiz boshqarma boshlig'i nazoratida bo‘lib, O'zbekiston Respublikasining "Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to'g'risida"gi qonuniga asosan, boshqarmaning tegishli mutaxassislari tomonidan o‘rganiladi.
ESLATMA: O'z tasdig'ini topmagan, asossiz va yolg'on xabarlarni tarqatish O'zR MJTK 202-moddasi 2-bandi va jinoyat kodeksining 244-moddasi 6-bandiga asosan tegishli tartibda javobgarlikka sabab bo'ladi.
✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Telegram
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:
Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html
Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/
Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb
Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html
Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/
Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb
Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ustoz_va_shogird
📍Ustoz va shogird: Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘quvchilarini pedagog kasbiga maqsadli tayyorlash va bitiruvchilarning bandligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori haqida.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
📍Ustoz va shogird: Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘quvchilarini pedagog kasbiga maqsadli tayyorlash va bitiruvchilarning bandligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori haqida.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
📣 Umumtaʼlim maktablarida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazishga doir zarur tavsiyalar
✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan umumtaʼlim muassasalarida 2023-2024-oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqildi.
🔹 Unga koʻra, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari:
➖ joriy yilning 25-may kuni soat 8:00 dan 9:00 ga qadar tashkil etiladi;
➖ maktab oʻquvchilari sonidan kelib chiqqan holda faqatgina 1-, 4-, 9-, 11-sinf oʻquvchilari jalb etiladi;
➖ mahalla faollari, ota-onalar va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bilan hamkorlikda yongʻin va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilingan holda tashkil etiladi;
➖ faxriy oʻqituvchilar, ota-onalar, mahalla faollari, oʻrnak boʻladigan maktabning sobiq bitiruvchilari taklif etiladi;
➖ yil davomida namunali xulq va aʼlo baholarga oʻqib, eng yuqori reyting koʻrsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilar ragʻbatlantiriladi;
➖ maktab hayotida faol ishtirok etayotgan, odob-axloqi, intiluvchanligi bilan tengdoshlariga oʻrnak boʻlayotgan oʻquvchilarning ota-onalariga “Eng faol ota”, “Jonkuyar ona”, “Masʼuliyatli ota-ona”, “Aʼlochi oʻquvchi otasi”, “Bilimli qiz onasi” nominatsiyalari boʻyicha tashakkurnomalar beriladi.
📍 2023-2024-oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish davomida quyidagilar taqiqlanadi:
➖ turli restoran va kafelar, xonadonlarda “Bitiruv oqshomlari”ni oʻtkazish, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestasiyalarini oʻtkazishda, taʼlim muassasalarini yangi oʻquv yiliga tayyorlash borasida oʻquvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul mablagʻlarini yigʻish;
➖ bitiruv tadbirlarida oʻquvchilardan qimmatbaho sovgʻalar uchun pul yigʻish, bitiruv kechalariga atab qimmat kiyimlar olish, yengil avtomashinalarda sayr tashkil etish.
➖ oʻquvchilarning guruh-guruh boʻlib xiyobonlar, istirohat bogʻlari, choʻmilish havzalariga borishi.
👉 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimdagi barcha xodimlar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillaridan joriy oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazishda mazkur tavsiyalarga amal qilishlarini soʻrab qoladi.

☑️ Ixtisoslashtirilgan maktablar tajribasi umumta'lim maktablariga tadbiq etilmoqda
🔘 Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktab ma'muriyati tomonidan yangi baholash tizimi joriy etilgan umumta'lim maktablarida seminar tashkil qilindi.
▶️ Seminarda Vazirlar Mahkamasining 263-sonli qarori yuzasidan to'liq ma'lumotlar taqdim etilib, o'qituvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.
◾Shu bilan birga 4-CHSB imtihonlariga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish bo'yicha bajarilishi lozim bo'lgan ishlar yuzasidan suhbat o'tkazilib, ko'rsatmalar berildi.
🌍 Maktabning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:👇
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube