Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
559 subscribers
3.94K photos
244 videos
4 files
1.05K links
Maktabimizning tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

🌐 https://instagram.com/PTMA_MTIM
🌐 https://t.me/PTMA_MTIM
🌐 https://www.facebook.com/groups/ptma.muzrabot.im
▶️ https://www.youtube.com/@Muzrabot_tuman_IM

Murojaat uchun: +998(93)5418097
Download Telegram
🏆“Zakovat” intellektual o‘yini bo‘yicha “Surxondaryo viloyati hokimi kubogi” g'oliblari aniqlandi

⚡️Bugun Boysun tumanining "Bibishirin" mahallasi hududida joylashgan turizm kompleksida "Boysun bahori" xalqaro folklor festivali doirasida umumiy o‘rta ta’lim va ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari o‘rtasida “Surxondaryo viloyati hokimi kubogi” uchun “Zakovat” intellektual turnirining yakuniy final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

🔘Unda tuman va shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktab jamoalari ishtirok etishdi. O‘yin qizg‘in va bahs-munozaralarga boy bo‘ldi.

☑️ Ushbu intellektual o'yinda Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi ham faol ishtirok etib, sovrindorlar qatoridan joy oldi.

🔹G‘olib va sovrindorlarga “Surxondaryo viloyati hokimi kubogi” hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.


🌍 Maktabning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:👇

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
Forwarded from Xusniddin Mamadiyev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni

Hurmatli vatandoshlar,
Qadrli pedagoglar!

Shonli tariximiz zarvaraqlariga nazar tashlar ekanmiz, bugungi tinch va faravon hayotimiz uchun necha o‘n yillar oldin zahmat chekkan ota-bobolarimizning buyuk xizmatlari yodimizga keladi.

Millat ravnaqi hamda o‘zbek yoshlarining bilimli va ma’rifatli bo‘lib kamol topishi yo‘lida jonbozlik ko‘rsatgan jadid hamyurtlarimizning buyuk jasorati, Ikkinchi jahon urushida qatnashgan bobolarimizning mardlik va fidoyiligi bugungi yoshlar uchun katta o‘rnak bo‘lishi tabiiy. O‘tmishimizning bu lavhalari buyuk tariximizning ajralmas bir bo‘lagi, desam ayni haqiqat bo‘ladi.

Xotira — aziz, qadr — muqaddas. Bugungi xotirjam hayotimiz va Jonajon O‘zbekistonimizning nurli kelajagi, ertangi istiqboli uchun o‘z vaqtida umrini baxshida etgan minglab vatandoshlarimiz xotirasi biz uchun doimo aziz va muqaddasdir!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
#Live
#Attestatsiya_2024

Xabaringiz bor, mamlakatimizning barcha hududlarida attestatsiya jarayonlari qizg‘in o‘tkazilmoqda.

Xususan, 10-13-may kunlari fransuz, hind, ingliz, koreys, nemis, xitoy, yapon, qirg‘iz, qozoq, tojik, turkman tili va adabiyoti fanlaridan dars beruvchi pedagoglar malaka toifasi uchun test sinovlarini topshirishi belgilangan.

🏃‍♂️Ayni vaqtda bo‘lib o‘tayotgan test sinovlarida barcha hudud pedagoglari faol ishtirok etmoqda.

Fotolavhalarda respublikamizda bo‘lib o‘tayotgan test sinovi jarayonlar aks etgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2024

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga qabul jarayonlari iyun oyidan boshlanadi, imtihonlar esa iyul oyida o‘tkaziladi

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov ma’lum qildi.

Prezident maktablariga o‘quvchilar belgilangan yillik qabul kvotasi doirasida ikkita sinfga bir xil 12 nafardan jami 24 nafar o‘quvchi hamda ijod va ixtisoslashtirilgan maktablariga Agentlik tomonidan belgilangan kvota doirasida o‘quvchilar qabul qilinadi.

❗️Agentlik tizimidagi maktablarga o‘quvchilarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari tomonidan quyidagi hujjatlar onlayn shaklda Agentlikning rasmiy veb-sayti ariza.piima.uz orqali qabul qilinadi:

➡️o‘quvchilarning tegishli o‘quv yili natijasiga ko‘ra baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi;

➡️imtihon ruxsatnomasini shakllantirish jarayonida foydalanish uchun o‘quvchilarning oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;

➡️o‘quvchilarning tug‘ilganlik haqida guvohnomasi va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti ma’lumotlari, bog‘lanish uchun mobil telefon raqamlari.

✍️ Hujjat topshirish jarayonida o‘quvchilarning ota-onasi (qonuniy vakili) kirish imtihonlari shartlari va talablari bilan tanishganligi to‘g‘risidagi onlayn ofertani tasdiqlaydi.

📝 O‘quvchilar Prezident maktabi hamda ixtisoslashtirilgan maktablariga hujjat topshirish jarayonida ularga ixtiyoriy ravishda o‘z hududidagi ixtisoslashtirilgan maktablaridan birini qo‘shimcha tanlash imkoniyati beriladi.

📌 Bunda, Prezident maktabi kirish imtihonining 2-bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, o‘qishga kira olmagan o‘quvchilar hududdagi o‘zi tanlagan ixtisoslashtirilgan maktabiga belgilangan kvota doirasida, to‘plagan ballari ketma-ketligi bo‘yicha imtihonsiz qabul qilinadi. Bunda kvota doirasidan oshib ketsa imtiyoz qo‘llanilmaydi.

✍️ Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Diqqat
#Tarqating

❗️❗️❗️ MAKTAB VA MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA PUL YIG‘IMI QAT’IYAN TAQIQLANADI

❇️
So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali maktablar va maktabgacha ta'lim tashkilotlarida turli xil tadbirlar o‘tkazish uchun o‘quvchilardan pul mablag‘lari yig‘ilayotganligi haqida xabarlar tarqalmoqda.

📣 Eslatib o'tamiz: Ta’lim muassasalarida sinf xonalarini ta’mirlash (remont), turli tadbirlar (so‘nggi qo‘ng‘iroq va bayramlar) uchun pul yig‘ish qat’iyan taqiqlanadi!

❗️Agarda Siz, qaysidir maktab yoki maktabgacha ta'lim tashkilotlarida pul yig‘ish bilan bog‘liq holatlar haqida xabardor bo‘lsangiz, Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining ☎️ Ishonch telefoni — 76-227-35-45 ga murojaat qilishingiz so‘raladi.

👉Viloyatimiz tumanlaridagi ta'lim-tarbiya tizimiga mas'ullarning ☎️ telefon raqamlari:

▪️Termiz shahar MMTB —99-504-05-01
▪️Angor tuman MMTB —
94-460-79-51
▪️Boysun tuman MMTB —
90-746-08-76
▪️Bandixon tuman MMTB —
90-746-60-50
▪️Denov tuman MMTB —
94-204-03-04
▪️Jarqo'rg'on tuman MMTB — 97-450-00-84
▪️Muzrabot tuman MMTB —
99-124-13-53
▪️Oltinsoy tuman MMTB —
99-425-75-75
▪️Sariosiyo tuman MMTB — 99-217-99-89
▪️Uzun tuman MMTB —
97-352-32-42
▪️Termiz tuman MMTB —
97-807-00-87
▪️Sherobod tuman MMTB — 91
-589-44-00
▪️ Sho'rchi tuman MMTB — 91-909-90-60
▪️Qiziriq tuman MMTB — 90-355-54-34
▪️Qumqo'rg'on tuman MMTB —
91-588-62-05

❗️Murojaatingiz haftaning dushanba — juma kunlari soat 09:00 dan 18:00 ga qadar qabul qilinadi.

⚡️Sizning murojaatingiz boshqarma boshlig'i nazoratida bo‘lib, O'zbekiston Respublikasining "Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to'g'risida"gi qonuniga asosan, boshqarmaning tegishli mutaxassislari tomonidan o‘rganiladi.

ESLATMA: O'z tasdig'ini topmagan, asossiz va yolg'on xabarlarni tarqatish O'zR MJTK 202-moddasi 2-bandi va jinoyat kodeksining 244-moddasi 6-bandiga asosan tegishli tartibda javobgarlikka sabab bo'ladi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ustoz_va_shogird

📍Ustoz va shogird: Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘quvchilarini pedagog kasbiga maqsadli tayyorlash va bitiruvchilarning bandligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori haqida.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM