π—£π—¦π—œπ—«π—’π—Ÿπ—’π—š π—¦π—”π—œπ——π—” π—œπ—žπ—₯𝗒𝗠𝗒𝗩𝗑𝗔
319 subscribers
2.09K photos
2.15K videos
1.59K links
Dr.Anvarovna markazi muttahassisi, oliy ma'lumotli psixolog Saida Ikromovna tomonidan
Gvozdterapiya
Tanaga yo'naltirilgan terapiya
Psixoanaliz
Konsultativ suhbat yo'nalishlarida sizga foydamiz tegayotganidan mamnunmiz!
Download Telegram
🧠 Ong ostiga kambagβ€˜allik dasturlaydigan soβ€˜zlar va iboralar

Bismillah!
Quyidagi biz oddiy deb o'ylagan soβ€˜zlar yoki iboralar bolaning ong ostida β€œpul yetmaydi”, β€œboylik men uchun emas”, β€œboylar yomon” degan cheklovchi e’tiqodlarni shakllantiradi:

1. "Pul yoβ€˜q."
Bola bu soβ€˜zni doim eshitib ulgβ€˜aysa, uning ong ostida "pul doim yetishmaydi" degan dastur shakllanadi.
βœ… Ong osti bu soβ€˜zni haqiqat deb qabul qiladi, har qanday imkoniyatda oβ€˜zini cheklaydi.

2. "Pulni osmondan yogβ€˜dirishmaydi."
Bu ibora bolaning orzu qilish va kreativ fikrlash salohiyatini chegaralaydi.

3. "Pulni topish osonmi." "O'zi kelyaptimi pulni?"
Ong ostida: "Demak, boy boβ€˜lish uchun oβ€˜zimni qiynashim kerak yoki bu faqat baxtlilar uchun", degan e’tiqod shakllanadi.

4. "Pul so'rayverma, pul odamni buzadi."
Bu soβ€˜zlar ong ostida boylikni yomon narsa sifatida qabul qilishga olib keladi.
Bola ong ostida boylikka nisbatan salbiy e’tiqod bilan ulgβ€˜ayadi.

5. "Meni har doim pulim yo'q, shunga koβ€˜nik."
Bu ibora bolaning shaxsiy imkoniyatlariga cheklov oβ€˜rnatadi.

6. "Menga kerakmas, menga oddiysi boβ€˜lsa yetadi."
Bu oddiylikni targβ€˜ib qilayotganday tuyuladi, lekin ong ostida "yaxshi narsalar menga toβ€˜gβ€˜ri kelmaydi" degan dasturni yaratadi.
Unutmang, so'zlar bu kalitlardir.


⚠️ Rasmiy kanal
⚠️ Rasmiy guruh
πŸŽ₯ Instagram
❀️ Savol-javob va chat guruhi
❀1