PRouD πŸ”LearningHub
178 subscribers
332 photos
52 videos
2 files
63 links
Download Telegram
PRouD πŸ”LearningHub
Video
Mrs. Madina haqida yanada ko'proq ma'lumot...

Ustozning binoyimizning 2-etajdagi Al-Xorazmiy hozirda esa Proud LearningHub nomi ostida birlashgan markazdagi shogirdlari 16 yoshli Sabina Suyunova ustozi Mrs. Madina ning to'g'ri ko'rsatmalari va o'zining oldiga qo'ygan maqsadi sari tinmay intilishlari tufayli IELTS dan yaqindagina 7.0 natijani qo'lga kiritdi.

Sabina bu natijasi orqali ota-onasi va ustozlari ishonchini oqladi va hozirda AQSH yoki Buyuk Britaniya universitetlaridan birida tahsil olish uchun barcha jarayonlarni boshlab yuborgan. Biz ishonch bilan ayta olamizki u chet el universitetlariga qabul qilinishi orqali ota-onasi va ustozlarini yana bir bor faxrlantira oladi Xudo hohlasa.

Shu o'rinda ta'kidlab o'tishimiz kerakki ingliz tilini o'rganish yosh avlod uchun hozirgi kunda judayam muhim ahamiyat kasb etadi. Misol uchun, Dubayga yoki Umra safariga borib kelayotganlarning deyarli barchasi ular Arab davlatlari bo'lsada u yerda barcha ingliz tilida muloqot qilishidan ajablanishganini ta'kidlashmoqda. Va biz ishonch bilan ayta olamizki Toshkentda ham 5-10 yildan keyin yosh avlodning deyarli barchasi hamma yerda ingliz tilida muloqot qilishni boshlashadi. Agar siz farzandlaringiz zamondan va tengdoshlaridan ortda qolishlarini istamasangiz darhol farzandlaringizni ingliz tili kursiga yozdiring.

Bizning Proud LearningHub da Mrs. Madina boshchiligida ingliz tilidan guruhlar ochilish arafasida. Agar sizning farzandlaringiz ham Sabinadek IELTS dan yuqori ballar olib chiqishini hohlasangiz tezda bizning kurslarimiz uchun ro'yhatdan o'ting.

Ma'lumot uchun telefon:
+998940349009
πŸ‘5❀2πŸ”₯2πŸ’―2
Hammaga salom!

O'tgan hafta Proud LearningHub da IELTS grammar darslariga Start bergan edik va ishonamizki bu darsga qatnashgan Proud Family a'zolarimiz murakkab gaplar tuzish uchun yana bir muhim qoidani o'zlashtirishdi.

Ertaga 5-fevral soat 11.00 da Proud LearningHub da yana bir muhim yakshanbadagi uyqudan kechib kelishga arziydigan mavzu tushuntiriladi Xudo hohlasa. Intermediate, Upper-intermediate, Pre-IELTS va IELTS guruhida tahsil olayotgan barcha Prouder lar qatnashishlari shart!

Agar sizning bizda tahsil olmaydigan lekin yuqoridagi aytib o'tilgan darajalarda tahsil olayotgan do'stlaringiz bo'lsa, ularni ham taklif qilishingiz mumkin.

P. S. Ertalab azooonda 11.00 da uyg'onadigan o'quvchilarimiz ham yo'q emas va ulardan haftada hech bumasa bir kun ertaroq uyg'onib darsga vaqtida yetib kelishlarini so'rab qolamiz!
πŸ”₯14
πŸ”₯2
PRouD πŸ”LearningHub
Photo
Hammaga salom,

Proud LearningHub da tahsil olayotgan nafaqat katta guruhlardagi, balki bizning English for Kids guruhlarimizda ingliz tilini katta qiziqish bilan o'rganayotgan kichik Prouder larimizda ham sezilarli o'sish kuzatilyapti va bu o'zgarishlarni ularning ota-onalari ham yaqindan kuzatib borishyapti va yana bir bor markaz tanlashda adashmaganliklariga ishonch hosil qilishmoqda.

Shu o'rinda ta'kidlab o'tishimiz kerakki, o'z ukalarini, qarindoshlarini, qo'shni yoki tanishlarini olib kelayotgan lekin Kids guruhlarimiz mavzularda oldinga o'tib ketganligi sababli Proud ofisimizda yangi guruh ochilishi uchun ro'yhatdan o'tib ketganlar uchun

Dushanba/Chorshanba/Juma

0⃣9⃣.0⃣0βƒ£βž–1⃣1⃣.0⃣0⃣

vaqt oralig'ida 0 dan Kids guruhlarimiz ochilyapti Xudo Hohlasa va ular O'ZBEKπŸ§‘β€πŸ«, RUSπŸ§‘β€πŸ«, va INGLIZπŸ§‘β€πŸ« TILLARIDA olib boriladi.

Eng quvonarlisi, dastlabki 2 ta darsimiz πŸ†“ ya'ni bepul buladi va ota-onalar ham darslarimizni kirib kuzatishlari mumkin chunki biz darslarimiz sifatiga garantiya beramiz. Shuning uchun, bu yangilikni iloji boricha oila a'zolaringizga, qarindoshlaringizga, qo'shni va tanishlaringizga yetkazishlaringizni so'rab qolamiz.

Ha aytgancha, bizni tinmay o'z tanishlariga tavsiya qilayotgan o'quvchilarimizga samimiy minnatdorchiligimizni bildirgan holda, o'z bonuslaringizni ofisimizdan olishni unutmasligingizni so'rab qolamiz.

P.S. Keyingi haftadan jajji bolajonlarimiz uchun POCHEMUCHKA ham ochiladi nasib qilsa. Bu haqda keyingi postlarimizda batafsil...
πŸ‘3πŸ”₯3
Hammaga salom,

Yakshanba kungi ADVANCED GRAMMAR darslarimiz davom etadi va Intermediate, Pre-IELTS va IELTS darajada tahsil olayotgan Prouderlarimizni ertaga soat 11.oo da Proud LearningHub da kutamiz Xudo hohlasa.

Grammar darsi bilan birga VOCABULARY bo'yicha ham ko'plab kerakli ma'lumotlar berib o'tamiz va ishonamizki ertangi darsimiz oldingilaridek foydali bo'ladi nasib qilsa.

Huddi shu darajalarda o'qiyotgan tanishlaringizni ham bu darslarimizga taklif etishingiz mumkin.
πŸ”₯5
πŸ’―4
Hammaga salom,

Oldingi postlarimizda eslatib o'tganimizdek, Proud LearningHub da ertadan 7 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun ertalab 9-11 oralig'ida Easy English For Kids guruhlari ochilyapti Xudo hohlasa.

Bundan tashqari, 7 yoshga to'lmagan va maktabga chiqayotgan bo'lishiga qaramasdan yozish va o'qishga qiynalayotgan bolajonlar uchun πŸ“’πŸ“’POCHEMUCHKA πŸ“’πŸ“’ EURO guruhlarimiz ham

Dushanba/Chorshanba/Juma

16.00-17.30

oralig'ida ertadan o'z faoliyatini boshlaydi Xudo hohlasa.

Bu guruhlarimizda ularni:

1. Ingliz va Rus tilllari - alifbosini yozma va bosma harflarini, bu tillarda kichik matnlar o'qishni o'rgatish;

2. Nutqlarini rivojlantirish - Ingliz, Rus va O'zbek tillarida lug'at boyligini oshirish va atrof muhitimiz haqida dunyoqarashlarini rivojlantirishni - kichik ertaklar, hikoyalar va qiziqarli savol javoblar orqali;

3. Quvnoq Matematika - uchta tilda sanoq sonlarni o'rganish va rasmlar orqali qo'shish ayirish qobiliyatlarini rivojlantirish;

4. Ijodkorlik va yaratuvchanlik qobiliyatlarini rivojlantirish - rasmlar chizish, qog'ozlardan har xil elementlar yasash va kreativ video darslar;

5. Mantiqiy fikrlashni yaxshilash uchun mashqlar;

6. Musiqiy fizkultminutlar;

7. She'rlar yodlash va har xil qiziqarli syujetdagi teatr o'yinlarini sahnalashtirish...

kabi bir biridan foydali va qiziqarli mashqlar kutyapti. Bundan tashqari 17.30-18.00 da ularga qo'shimcha Ingliz tili darslari o'tib beriladi.

Bir oylik to'lov atigi - 3oo ooo so'm.

+998940349009
πŸ”₯3
πŸ”₯4πŸ‘1
PRouD πŸ”LearningHub
Photo
Hammaga salom,

Bugungi postimiz MATEMATIKA va uning hayotimizdagi roli haqida bo'ladi Xudo hohlasa. Sizlardan iltimos postni ohirigacha uqing chunki ohirida sizlarni matematik va samaradorlik qobiliyatingizni kichik savol orqali tekshirib ko'ramiz nasib qilsa.

Juda ko'pchilik matematika fanini o'rganayotgan o'quvchilardan nega bu fanni tanladingiz deb so'ralsa, ular chunki bu fan institutga kirishimga yordam beradi deya bir xil javob berishadi.

Aslida hayotimizning har bir sohasida, hoh u kundalik hayotimizdagi - mashina minishda, ovqat tayyorlashda, harid qilish va pul tejashda bo'lsin, hoh kasbimizga doir - bugalteriyada, moliya-iqtisodda, savdo-sotiqda, injenerlikda va hattoki IT sohalarida bo'lsin matematika juda katta rol o'ynaydi.

Eng muhimi, matematika turli xil mavzulardagi masalalarni turli xil yechimlarini  izlashga va ularni ichidan eng yaxshi yechimni tanlab olishga undaydi. Bu qobiliyatni rivojlantirgan o'quvchilar keyinchalik hayotimizda uchraydigan katta va kichik muammolarni samarali yechimini topishda qiynalishmaydi.

Keling keyingi postimizga o'tishdan oldin sizlarga va'da qilingan testimizni yechishga urinib ko'ring.

70 dona oq qog'oz turibdi. Har 10 soniyada 10 ta qog'oz sanash mumkin. Bu holda 50 ta qog'oz sanab olish uchun nechi soniya vaqt ketadi?

Javobni komentariyaga izohi bilan yozib qoldirishingiz mumkin.
πŸ”₯11❀1
PRouD πŸ”LearningHub
Photo
Hammaga salom,

Kecha bir oddiy matematik samaradorlik haqida masala tashlagan edik, ma'lum bo'lishicha buni ba'zilar Agata Kristining Erkyul Puarosiga berilgan savol deb tushunib haliyam javobini qidirib yurishgan ekanπŸ˜…πŸ€¦πŸΏβ€β™‚πŸ˜

Matematik jihatdan javob 2 ta: Yani 50 soniyada 50 ta list sanab olish yoki 20 soniyada 20 ta listni sanab olinsa qolgan listlar soni 50tani tashkil etadi.

Lekin matematik samaradorlik jihatidan javob bitta: 20 soniyada 20 ta oq qo'g'ozni sanab olinsa, 50 tasi qoladi va ishimizni vaqtni tejagan holda samarali yakunlagan bo'lamiz.

Bu qandaydir sekundlar oladigan ish edi. Endi o'ylab ko'ring, agar sizga soatlar, kunlar, haftalar yoki oylar oladigan topshiriq berilsachi siz buni samarali uddalashga tayyormisiz?

Bizning Proud LearningHub da

Seshanba/Payshanba/Shanba

10.30-12.00
15.30-17.00

Vaqt oralig'ida ochilayotgan Matematika kurslarimiz nafaqat o'quvchilarni oliy o'quv yurtlariga tayyorlashga, balki ularni shaxsiy hayotlarida va mehnat faoliyatlarida uchraydigan muammolarga samarali yechim topish xususiyatlarini ham rivojlantirishga qaratilgan.

Kurs narxi atigi:

35o ooo --- 1-7 sinflar uchun
399 ooo --- 8-sinf va katta yoshdagilar uchun.

Shu o'rinda farzandini o'qishiga ko'p pul ketadi o'qimay qo'yaqolsin deb o'zlari har 3 kunda choyxona va GAP dan beri kelmaydigan ota-onalar uchun bir maslahat:

Ta'lim ga kiritilgan investitsiya eng zo'r investitsiyadir!

Buni farzandlari ta'limiga vaqtida choyxona va GAP dan kechib investitsiya kiritgan va hozir huzurini ko'rib yashayotgan ota-onalar juda yaxshi tushunishadi. O'z farzandlarini o'zlari yemay ichmay ilmli, salohiyatli qilgan, qilayotgan va qilmoqchi bo'lgan ota-onalar baraka topishsin!
πŸ‘6πŸ”₯3πŸ’―2
Hammaga salom,

Sizlarga yana bir ba'zi 'skidka' tovarlarga to'la do'konlar ishlatadigan bir strategiya haqida 'brain teaser' savol tashlashdan oldin yangi ochilayotgan matematika guruhlarimiz 1-martdan juft kunlari

10.30-12.00
15.30-17.00

oralig'ida bo'lishini eslatib o'tamiz.

Endi bugungi masalaga o'tsak:

Do'kondor futbolkani 50$ dan optom narxda oladi va do'konida odatda 200$ dan sotadi. Lekin u bir yakshanba kuni 'skidka' qilishga qaror qildi va futbolka narxini 5o% ga ko'tarib 50% ga tushirdi. Mahsulotning ustiga 50% skidka deb yozib qo'ydi.

1-savol: Mahsulotning skidkadagi narxi nech pul?
2-savol: Sotuvchi aslida narxni nechi foizga tushirgan?
3-savol: Sotuvchi skidkadagi futbolkadan necha foiz daromad oladi?

Javoblaringizni kanalimizdagi postning kommentariyasiga yozib qoldiring.
πŸ”₯4
Bizning kuchli, aqlli, talantli va simply wonderful barcha o'zbek ayol qizlarimizga 8-mart Xalqaro bayrami muborak bo'lsin. Hech qachon unutmang sizlarni yaxshi ko'rishadi, ardoqlashadi va qadrlashadi.
❀5πŸ”₯3
PRouD πŸ”LearningHub
Photo
Hammaga salom,

Ishonamizki kundan kunga safi kengayib borayotgan Prouderlarimiz o'tilayotgan darslarni yaxshi o'zlashtirishyapti va yanayam bilimga chanqoq ekanliklarini guruhlarda ustozlardan ko'proq vazifala bering deyishlaridan bilib olish mumkin.

Hozirgi paytda Proud Family a'zolarimizning juda katta qismi chet elda, aniqrog'i English speaking mamlakatlarida o'qishlarini davom ettirish istagini bildirishyapti va chet el universitetlari haqida ko'proq ma'lumotga muhtojlik sezishyapti. Shuni inobatga olgan holda, biz yaqindan hamkorlik qilayotgan SI-UK bizning o'quvchilarimiz uchun maxsus online webinar tashkil etishyapti va biz bu uchun ularga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

SI-UK Uzbekistan-Kaplan International Webinar

16-mart, 2023
16.30

Shunday qilib, payshanba soat 16.30 da Proud LearningHub da Buyuk Britaniyaning 18 ta top universitetlarini o'z ichiga olgan KAPLAN International vakili bilan bo'ladigan onlayn webinar ni o'tkazib yubormang!

Ushbu webinar da bizning Prouderlarimiz Birlashgan Qirollik Universitetlarida tahsil olish bo'yicha  o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob topishlari mumkin bo'ladi Xudo hohlasa.

Chet elda tahsil olishni hohlayotgan tanishlaringizni ham bemalol webinar ga taklif qilishingiz mumkin

P.S. Juma kuni 20.00 da Angliyada joylashgan University of Reading ning Londondagi vakili bilan onlayn webinar bo'ladi Xudo hohlasa. Va keyingi qadam Amerika universitetlariga bo'ladi nasib qilsa.
πŸ‘3πŸ”₯2πŸ’―2❀1
Hammaga salom,

O'ylaymizki Prouderlar ta'tillarini maroqli tarzda o'tkazishdi va o'tkazishyapti. Biz Proud LearningHub ustozlar jamoasi Proud Family a'zolarini Allohning rahmati yog'iladigan Ramazon oyi kirib kelgani bilan chin dildan muborakbod etamiz va Alloh bu oyni barchamizga muborakli va xayrli qilsin InshaAlloh🀲🀲🀲

Iftorlik vaqti kechki darslarimizning tugash soatiga juda yaqin bo'lgani sababli, Proud Family a'zolarining oila davrasida iftorlik qila olishlarini ta'minlash maqsadida

14.30-16.30
16.30-18.30

oralig'ida bo'ladigan darslarimiz

14.30-16.15
16.15-18.00

oralig'ida bo'lib o'tishini ma'lum qilmoqchimiz. Muborak Ramazon oyida Prouderlarimiz ro'za tutib, namozlarni ado etish bilan birgalikda Proud ustozlari tomonidan beriladigan vazifalarni o'z vaqtida bajarib bilimlarini mustahkamlab borishda davom etishlariga ishonamiz.

Ramazon oyi barchamiz uchun hayrli, fayzli va savoblarga to'la oy bo'lsin🀲🀲🀲
πŸ”₯7πŸ’―2❀1πŸ₯°1
PRouD πŸ”LearningHub
Photo
Yarmi hazil yarmi chin....

'O'sha men edim.... '

Bir guruh turistlar timsoh fermasini ko'rgani borishibdi. Suvni o'rtasida qayiqda turganda ferma egasi 'Kim suvga sakrab, qirg'oqqacha tirik yetib olsa, bir million dollar beraman', debdi. Hamma jim turganmish. Shu payt bir yigit 'shalop' etib suvga tushib, shosha pisha qirg'oqqa suza boshlabdi. Timsohlar ortidan boribdi, ammo omadi kelib, yigit sog' salomat qirg'oqqa chiqib olibdi. Fermer majbur bo'lib, va'da qilingan bir million dollarni beribdi. Yigit xotini bilan mehmonxonaga qaytgach, xotiniga 'yaxshi bo'ldiyu, ammo men suvga o'zim sakramadim. Kimdir suvga turtib yubordi... ' desa, xotini 'o'sha men edim' deyarmishπŸ˜‚πŸ€¦πŸΏβ€β™‚πŸ˜‚

Qissadan hissa shuki, har doim omadli erkakni ortida katta ishlarga turtki beradigan onasi va yoki ayoli turar ekan.

Gapimizning isboti sifatida, bugungi kunda yosh Proud Family a'zolarimizning ko'pchiligini onalari markazga yetaklab kelishganini, ustozlaridan doim farzandlarini o'zlashtirishi haqida so'rab surishtirishlarini ko'rishimiz mumkin.

Hurmatli Prouderlar sizlar hozir 'timsohlar' to'la hayot degan beshavqat daryodasiz. Ota-onalaringiz buni juda yaxshi tushunishadi va shuning uchun ham yaxshi o'qib ta'lim olishingiz uchun barcha sharoitlarni yaratib berishyapti. Endi o'sha timsohlar to'la daryodan qirg'oqqa omon chiqib omadli millioner bo'la olish olmasligingiz qanchalik 'yaxshi suza olishingiz' ya'ni qanchalik yaxshi o'qish yoki o'qimasligingizga bog'liq☝️☝️☝️
πŸ”₯11πŸ‘3πŸ’―1🀣1
πŸ’―3
PRouD πŸ”LearningHub
Photo
Hammaga salom,

Ustoz uchun eng katta yutuqlardan biri bu o'z shogirdlari ustozni do'stlariga, qarindoshlariga va tanishlariga tavsiya etishidir. Ko'z tegmasin deyarli barcha o'quvchilarimiz Proud ustozlarini boshqalarga tavsiya etib ularni markazga olib kelishda davom etishyapti va bu ustozlar uchun ularning olib borayotgan darslari o'quvchilari uchun birdek qiziqarli va tushunarli bo'layotganini bildiradi va dars o'tishga bo'lgan ishtiyoqi yanayam ortib boraveradi.

Biz ishonch bilan ayta olamizki biroz tanaffusdan so'ng yana ustozlik faoliyatiga qaytgan Miss Madinada ana shu ishtiyoq kun sayin ortib boryapti sababi ustozning shogirdlari Miss Madinani o'z tanishlariga tavsiya etishda davom etishyapti. Shu o'rinda aytib o'tishimiz kerakki, o'quvchilarining o'zlashtirish darajalari juda yuqori va buni isbotini o'tgan hafta olingan Level Test (92% pass rate) natijalaridan yaqqol bilishimiz mumkin.

Ustozning yangi

Seshanba/Payshanba/Shanba kunlari
16.15-18.00

da bo'lib o'tadigan Pre-intermediate guruh darslariga bugundan start beriladi Xudo hohlasa va agar sizlarda shu darajadagi tanishlaringiz bo'lsa, ikkilanmasdan 'proba' darsiga qatnashib ko'rishlari mumkin.

Bundan tashqari Proud LearningHub da barcha darajadagi guruhlar mavjud. Minnatdorchilik sifatida tanishlariga tavsiya etganlar uchun 4o ooo so'm bonusimiz ham bor.

IELTS darajadagi Proud Family a'zolarimiz ham asta sekin imtihonga kirib chiqishni boshlashyapti va ular o'zlarining yuqori natijalari bilan izdoshlari uchun 'role model' vazifasini bajarib berishadi Xudo hohlasa. Just wait for it🀞

Murojaat uchun telefon:
+998940349009
πŸ”₯6πŸ’―2