PRouD πŸ”LearningHub
178 subscribers
332 photos
52 videos
2 files
63 links
Download Telegram
PRouD πŸ”LearningHub
Photo
Hello everyone,

Our Proud Teachers firmly believe that our students are using their extended winter holiday to their advantage by studying very hard while staying at home safe and sound during this unprecedented times.

Proud Team are highly PROUD to announce to have just begun to work closely together in partnership with Official UK University Representative -- SI-UK.

Here is more information about this extensively Trusted Education Agency...

SI-UK provides free independent advice and support to Uzbekistan students applying to study in the UK.
Our international education consultants are fully experienced and trained by trusted university partners and the British Council, and are here to help guide you through each step of the application process to any UK university, language school or college.

A Global Education Agency
82 global offices in 40 countries help support thousands of students who are applying to study in the UK.

Official UK University Representative
SI-UK enjoys over 400 visits a year from UK university admission officers, academics and international officers.

Our Vision
We believe international students should have access to trusted, expert advice about UK universities and courses.

In short, come into our Proud LearningHub, work hard, enjoy your IELTS journey, achieve your goals and walk out of The London Heathrow Airport and make yourself and your parents PROUD!

And stay tuned as we have more exciting news to come...
πŸ‘6
PRouD πŸ”LearningHub
Photo
Hammaga salom

Bizning Proud Ustozlari qattiq ishonishadiki bu misli ko'rilmagan vaqtlarda bizning o'quvchilarimiz o'zlarining uzaytirilgan qishki ta'tillarini uyda xavfsiz qolgan holda qattiq o'qish orqali o'zlarining foydalariga ishlatishyapti.

Proud Jamoasi Buyuk Britaniya Universitetlarining rasmiy vakili -- SI-UK bilan yaqindan hamkorlikda ishlashni boshlaganini faxr bilan e'lon qilamiz.

Quyida bu keng miqyosda ishoniladigan ta'lim agentligi haqida batafsil ma'lumotlar...

SI-UK Buyuk Britaniya Universitetlarida tahsil olishni hohlagan O'zbekiston studentlariga bepul maslahat va beminnat yordam beradi...
Bizning xalqaro ta'lim bo'yicha konsultantlarimiz to'la ravishda tajribali va ishonchli universitetlar hamkorlari va British konsulligi tomonidan malakalari oshirilgan konsultantlardir va ular sizga Buyuk Britaniyaning hohlagan universiteti, til maltabi yoki kollejiga ariza topshirishning har bir qadamida sizga yordam berib borishadi.

Dunyo bo'ylab ta'lim agentligi...
40 ta davlatdagi 82 ta ofislari Buyuk Britaniya Universitetlarida tahsil olishni hohlagan minglab studentlarga yordam ko'rsatadi.

Buyuk Britaniya Universitetlarining Rasmiy Vakili...
SI-UK har yili 400 dan ortiq Buyuk Britaniya Universitetlarining o'qishga qabul qiluvchi ofitserlari, olimlari va xalqaro ta'lim ofitserlarini tashriflarini uyushtiradi.

Bizning fikrimiz...
Biz ishonamizki xalqaro studentlarda Britaniya Universitetlari va Kurslari  haqida ishonchli expertlar tomonidan maslahatlar va yo'llanmalar olishga imkoniyat bo'lishi kerak.

Qisqa qilib aytadigan bo'lsak Proud LearningHub ga kirasiz, qattiq o'qiysiz, IELTS o'rganishdagi mashaqqatlardan rohatlanasiz, o'ylagan maqsadingizga erishasiz va Londonning o'sha mahshur Heathrow aeroportidan chiqib ketasiz va bu orqali o'zingizni va ota onangizni FAXRlantirasiz Xudo hohlasa.

Bular faqat baland parvoz gaplar emas, va'da berayotgan va taklif qilayotgan barcha ishlarimiz sekin sekin amalda o'zlarining tasdig'ini topib boryapti. Bizning eng dastlabki o'quvchimiz REGENT'S UNIVERSITY LONDON ga qabul qilindi va viza oldi Xudoga shukr. Bu haqida keyingi postlarimizda batafsil...

Iloyim barcha Proud Family a'zolariga o'zlari hohlagan davlatlarida o'zlari hohlagan universitetlarida tahsil olish nasib qilsin🀲🀲🀲
πŸ”₯5πŸ‘2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hi everyone,

We have just launched our new short video project so that our Prouders can benefit from it while learning English with us at Proud LearningHub!

The very first one is done by our Proud Teacher Mr. Otabek under the nickname of Mr. Wild.

Watch, learn and share with your friends and acquaintances...
πŸ”₯10πŸ‘3πŸ’―1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ProudπŸ”LearningHub is becoming world famous😁😁😁

Enjoy the spectacular view and the sound of the powerful Indian Ocean...
🀣5πŸ”₯3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hi everyone,

We are pretty convinced that our Prouders will find another educational video made by Mr. Wild greatly beneficial and will be highly pleased to add this word to their vocabulary to be able to use it later on their IELTS journey...

Watch and Learn.

Sharing is caring. So share it with those who are learning EnglishπŸ‘Š
πŸ”₯12πŸ₯°1
πŸ”₯2
PRouD πŸ”LearningHub
Photo
Hammaga salom,

Proud Family a'zolari va ularning ota-onalari Proud Team tomonidan olib borilayotgan darslarni sifati va metodikasidan juda mamnun ekanliklariga ishonchimiz komil sababi ular o'z tanishlariga Proud LearningHub ni tinmay tavsiya etishda davom etishyapti. Buning uchun ularga samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz va biz minnatdorchilik sifatida taklif qilayotgan 1o% bonuslarini ofisimizdan bemalol so'rab olishlarini so'rab qolamiz.

Shu o'rinda fevralni boshidan ingliz tilini o'rganaman deb yurgan tanishlaringiz uchun Proud LearningHub da barcha darajadagi guruhlar borligini eslatib o'tmoqchimiz.

Yangi beginner guruhi ham 2-fevraldan ochilish arafasida va darslar ko'p yillik tajribaga ega Mrs. Madina tomonidan

14.30 - 16.30
16.30 - 18.30

gacha bo'lgan vaqtlar oralig'ida olib boriladi.

Mrs. Madina ko'p yillar davomida binomizning 2-etajida 2022-yilning noyabrigacha faoliyat olib borganlar va qisqa tanaffusdan so'ng yana ingliz tili o'rganish maqsadidagi yoshlarimizga dars berish uchun safimizga qaytyaptilar Xudo hohlasa. Mrs. Madina va ularning yaqinda IELTS dan yuqori ballni qo'lga kiritgan o'quvchilari haqida keyingi postlarimizda batafsil ma'lumot berib o'tamiz nasib qilsa.

Biz Proud LearningHub jamoasi yana bir bor Proud Family a'zolariga SUPPORT uchun o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz va ishonamizki barcha bizda tahsil olayotgan o'quvchilarimiz o'z oldilariga qo'ygan maqsadlariga erishishadi Xudo hohlasa.


Ma'lumot uchun tel:
+998940349009
πŸ”₯3πŸ’―2
Hammaga salom

Qisqa tanaffusdan so'ng safimizga qaytayotgan Madina ustozimiz haqida yanada ko'proq ma'lumotlar.


Eslatib o'tamiz payshanba 2-fevral kuni

14.30-16.30
16.30-18.30

vaqtlar oralig'ida darslari boshlanadi Xudo hohlasa. Ko'pchilik Proud Family a'zolari guvohi bo'lishganidek markazimizga duch kelgan odamni ustoz qib oladigan odatimiz yo'q. Ularni bilimlarini sinab, dars o'tish qobiliyatlari bormi yoki yo'qmi shularni tekshirib keyin safimizga qo'shib olyapmiz.

Qisqa qilib aytganda bu ustozimiz ham Proud LearningHub dagi boshqa ustozlar kabi nutqini auditoriyaga yetkazib bera oladigan, o'ziga ishongan, bilimli, tajribali va jonkuyar ustozlardan.

Ingliz tilini o'rganish istagida yurgan tanishlaringizni bemalol tavsiya etsangiz bo'ladi, sizni uyaltirib qo'ymaymiz Xudo hohlasa.
πŸ”₯7πŸ’―1
PRouD πŸ”LearningHub
Video
Mrs. Madina haqida yanada ko'proq ma'lumot...

Ustozning binoyimizning 2-etajdagi Al-Xorazmiy hozirda esa Proud LearningHub nomi ostida birlashgan markazdagi shogirdlari 16 yoshli Sabina Suyunova ustozi Mrs. Madina ning to'g'ri ko'rsatmalari va o'zining oldiga qo'ygan maqsadi sari tinmay intilishlari tufayli IELTS dan yaqindagina 7.0 natijani qo'lga kiritdi.

Sabina bu natijasi orqali ota-onasi va ustozlari ishonchini oqladi va hozirda AQSH yoki Buyuk Britaniya universitetlaridan birida tahsil olish uchun barcha jarayonlarni boshlab yuborgan. Biz ishonch bilan ayta olamizki u chet el universitetlariga qabul qilinishi orqali ota-onasi va ustozlarini yana bir bor faxrlantira oladi Xudo hohlasa.

Shu o'rinda ta'kidlab o'tishimiz kerakki ingliz tilini o'rganish yosh avlod uchun hozirgi kunda judayam muhim ahamiyat kasb etadi. Misol uchun, Dubayga yoki Umra safariga borib kelayotganlarning deyarli barchasi ular Arab davlatlari bo'lsada u yerda barcha ingliz tilida muloqot qilishidan ajablanishganini ta'kidlashmoqda. Va biz ishonch bilan ayta olamizki Toshkentda ham 5-10 yildan keyin yosh avlodning deyarli barchasi hamma yerda ingliz tilida muloqot qilishni boshlashadi. Agar siz farzandlaringiz zamondan va tengdoshlaridan ortda qolishlarini istamasangiz darhol farzandlaringizni ingliz tili kursiga yozdiring.

Bizning Proud LearningHub da Mrs. Madina boshchiligida ingliz tilidan guruhlar ochilish arafasida. Agar sizning farzandlaringiz ham Sabinadek IELTS dan yuqori ballar olib chiqishini hohlasangiz tezda bizning kurslarimiz uchun ro'yhatdan o'ting.

Ma'lumot uchun telefon:
+998940349009
πŸ‘5❀2πŸ”₯2πŸ’―2
Hammaga salom!

O'tgan hafta Proud LearningHub da IELTS grammar darslariga Start bergan edik va ishonamizki bu darsga qatnashgan Proud Family a'zolarimiz murakkab gaplar tuzish uchun yana bir muhim qoidani o'zlashtirishdi.

Ertaga 5-fevral soat 11.00 da Proud LearningHub da yana bir muhim yakshanbadagi uyqudan kechib kelishga arziydigan mavzu tushuntiriladi Xudo hohlasa. Intermediate, Upper-intermediate, Pre-IELTS va IELTS guruhida tahsil olayotgan barcha Prouder lar qatnashishlari shart!

Agar sizning bizda tahsil olmaydigan lekin yuqoridagi aytib o'tilgan darajalarda tahsil olayotgan do'stlaringiz bo'lsa, ularni ham taklif qilishingiz mumkin.

P. S. Ertalab azooonda 11.00 da uyg'onadigan o'quvchilarimiz ham yo'q emas va ulardan haftada hech bumasa bir kun ertaroq uyg'onib darsga vaqtida yetib kelishlarini so'rab qolamiz!
πŸ”₯14
πŸ”₯2
PRouD πŸ”LearningHub
Photo
Hammaga salom,

Proud LearningHub da tahsil olayotgan nafaqat katta guruhlardagi, balki bizning English for Kids guruhlarimizda ingliz tilini katta qiziqish bilan o'rganayotgan kichik Prouder larimizda ham sezilarli o'sish kuzatilyapti va bu o'zgarishlarni ularning ota-onalari ham yaqindan kuzatib borishyapti va yana bir bor markaz tanlashda adashmaganliklariga ishonch hosil qilishmoqda.

Shu o'rinda ta'kidlab o'tishimiz kerakki, o'z ukalarini, qarindoshlarini, qo'shni yoki tanishlarini olib kelayotgan lekin Kids guruhlarimiz mavzularda oldinga o'tib ketganligi sababli Proud ofisimizda yangi guruh ochilishi uchun ro'yhatdan o'tib ketganlar uchun

Dushanba/Chorshanba/Juma

0⃣9⃣.0⃣0βƒ£βž–1⃣1⃣.0⃣0⃣

vaqt oralig'ida 0 dan Kids guruhlarimiz ochilyapti Xudo Hohlasa va ular O'ZBEKπŸ§‘β€πŸ«, RUSπŸ§‘β€πŸ«, va INGLIZπŸ§‘β€πŸ« TILLARIDA olib boriladi.

Eng quvonarlisi, dastlabki 2 ta darsimiz πŸ†“ ya'ni bepul buladi va ota-onalar ham darslarimizni kirib kuzatishlari mumkin chunki biz darslarimiz sifatiga garantiya beramiz. Shuning uchun, bu yangilikni iloji boricha oila a'zolaringizga, qarindoshlaringizga, qo'shni va tanishlaringizga yetkazishlaringizni so'rab qolamiz.

Ha aytgancha, bizni tinmay o'z tanishlariga tavsiya qilayotgan o'quvchilarimizga samimiy minnatdorchiligimizni bildirgan holda, o'z bonuslaringizni ofisimizdan olishni unutmasligingizni so'rab qolamiz.

P.S. Keyingi haftadan jajji bolajonlarimiz uchun POCHEMUCHKA ham ochiladi nasib qilsa. Bu haqda keyingi postlarimizda batafsil...
πŸ‘3πŸ”₯3
Hammaga salom,

Yakshanba kungi ADVANCED GRAMMAR darslarimiz davom etadi va Intermediate, Pre-IELTS va IELTS darajada tahsil olayotgan Prouderlarimizni ertaga soat 11.oo da Proud LearningHub da kutamiz Xudo hohlasa.

Grammar darsi bilan birga VOCABULARY bo'yicha ham ko'plab kerakli ma'lumotlar berib o'tamiz va ishonamizki ertangi darsimiz oldingilaridek foydali bo'ladi nasib qilsa.

Huddi shu darajalarda o'qiyotgan tanishlaringizni ham bu darslarimizga taklif etishingiz mumkin.
πŸ”₯5
πŸ’―4
Hammaga salom,

Oldingi postlarimizda eslatib o'tganimizdek, Proud LearningHub da ertadan 7 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun ertalab 9-11 oralig'ida Easy English For Kids guruhlari ochilyapti Xudo hohlasa.

Bundan tashqari, 7 yoshga to'lmagan va maktabga chiqayotgan bo'lishiga qaramasdan yozish va o'qishga qiynalayotgan bolajonlar uchun πŸ“’πŸ“’POCHEMUCHKA πŸ“’πŸ“’ EURO guruhlarimiz ham

Dushanba/Chorshanba/Juma

16.00-17.30

oralig'ida ertadan o'z faoliyatini boshlaydi Xudo hohlasa.

Bu guruhlarimizda ularni:

1. Ingliz va Rus tilllari - alifbosini yozma va bosma harflarini, bu tillarda kichik matnlar o'qishni o'rgatish;

2. Nutqlarini rivojlantirish - Ingliz, Rus va O'zbek tillarida lug'at boyligini oshirish va atrof muhitimiz haqida dunyoqarashlarini rivojlantirishni - kichik ertaklar, hikoyalar va qiziqarli savol javoblar orqali;

3. Quvnoq Matematika - uchta tilda sanoq sonlarni o'rganish va rasmlar orqali qo'shish ayirish qobiliyatlarini rivojlantirish;

4. Ijodkorlik va yaratuvchanlik qobiliyatlarini rivojlantirish - rasmlar chizish, qog'ozlardan har xil elementlar yasash va kreativ video darslar;

5. Mantiqiy fikrlashni yaxshilash uchun mashqlar;

6. Musiqiy fizkultminutlar;

7. She'rlar yodlash va har xil qiziqarli syujetdagi teatr o'yinlarini sahnalashtirish...

kabi bir biridan foydali va qiziqarli mashqlar kutyapti. Bundan tashqari 17.30-18.00 da ularga qo'shimcha Ingliz tili darslari o'tib beriladi.

Bir oylik to'lov atigi - 3oo ooo so'm.

+998940349009
πŸ”₯3
πŸ”₯4πŸ‘1
PRouD πŸ”LearningHub
Photo
Hammaga salom,

Bugungi postimiz MATEMATIKA va uning hayotimizdagi roli haqida bo'ladi Xudo hohlasa. Sizlardan iltimos postni ohirigacha uqing chunki ohirida sizlarni matematik va samaradorlik qobiliyatingizni kichik savol orqali tekshirib ko'ramiz nasib qilsa.

Juda ko'pchilik matematika fanini o'rganayotgan o'quvchilardan nega bu fanni tanladingiz deb so'ralsa, ular chunki bu fan institutga kirishimga yordam beradi deya bir xil javob berishadi.

Aslida hayotimizning har bir sohasida, hoh u kundalik hayotimizdagi - mashina minishda, ovqat tayyorlashda, harid qilish va pul tejashda bo'lsin, hoh kasbimizga doir - bugalteriyada, moliya-iqtisodda, savdo-sotiqda, injenerlikda va hattoki IT sohalarida bo'lsin matematika juda katta rol o'ynaydi.

Eng muhimi, matematika turli xil mavzulardagi masalalarni turli xil yechimlarini  izlashga va ularni ichidan eng yaxshi yechimni tanlab olishga undaydi. Bu qobiliyatni rivojlantirgan o'quvchilar keyinchalik hayotimizda uchraydigan katta va kichik muammolarni samarali yechimini topishda qiynalishmaydi.

Keling keyingi postimizga o'tishdan oldin sizlarga va'da qilingan testimizni yechishga urinib ko'ring.

70 dona oq qog'oz turibdi. Har 10 soniyada 10 ta qog'oz sanash mumkin. Bu holda 50 ta qog'oz sanab olish uchun nechi soniya vaqt ketadi?

Javobni komentariyaga izohi bilan yozib qoldirishingiz mumkin.
πŸ”₯11❀1