PRouD πŸ”LearningHub
178 subscribers
332 photos
52 videos
2 files
63 links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
A typical day at Proud LearningHub...
πŸ”₯13πŸ‘4πŸ’―1
🀣9πŸ”₯4
PRouD πŸ”LearningHub
Photo
Hammaga salom.

Proud family a'zolariga oldingi postlarimiz orqali bildirib o'tganimizdek bizda yana bir INGLIZ TILI ustozi uchun vakansiyamiz mavjud va ko'pchiligingiz guvohi bo'lganingizdek bizda nominantlar bor!!! Lekin afsuski ularning tajribasi bo'lsada, ularning asl dars o'tish qobiliyati va bilim darajasi sinov darslarida namoyon bo'lib qolyapti.

Boltani charxlang!

Bir odam o'rmon xo'jaligida besh yil daraxt kesuvchi bo'lib ishlasa ham ishda hech ko'tarilmabdi. Biroq yaqindagina jamoaga qo'shilgan hamkasbi ko'p o'tmasdan 10 kishilik brigadaga boshliq bo'libdi. Albatta, u bundan g'azablandi va o'sha kuniyoq boshliqning oldiga shoshdi. 'Sen besh yil avval har kuni qancha daraxt kesayotgan bo'lsang, bugun ham kuniga shuncha daraxtni qulatyapsan. Bizning kompaniyaning rivoji natijaga bog'liq. Bizga ko'p yillik emas, yaxshi natija beradigan ishchilar kerak' dedi boshliq.

O'rmon kesuvchi jon jahdi bilan ishga kirishdi, bosh ko'tarmay mehnat qildi. Biroq, harakatlar zoye ketdi va hamkasbi kabi natija ko'rsata olmadi. Bu samarasiz o'zgarishlarni payqagan boshliq unga raqibi bilan suhbatlashib ko'rishni maslahat berdi. 'Ehtimol, u sen bilmagan nimadandir boxabar bo'lsa kerak'.

'Har gal birorta daraxtni yiqitgansan so'ng, 2 daqiqa dam olaman va boltamni charxlayman. Ohirgi marta boltangni qachon charxlaganing yodingdami?' Bu savol nishonga tekkan edi.

Hurmatli hamkasblar ohirgi marta boltangizni qachon charxlagansiz?

Qissadan hissa shuki biz Proud LearningHub jamoasi o'z ustida tinmay mehnat qiladigan ya'ni 'boltasini muntazam charxlab yuradigan' ustoz qidiryapmiz va shunday ustoz topilmaguncha qidirishda davom etamiz Xudo holasa. Sifat biz uchun birinchi o'rinda! Darslarimiz har tomonlama bizda tahsil olayotgan o'quvchilarimiz uchun birdek foydali va mazmunli bo'lishi kerak.

Proud LearningHub da tahsil olayotgan va kelajakda azgincha yo'llanma va training bilan bemalol dars o'tib keta oladigan potensial o'quvchilarimiz bor va biz ulardan IELTS dan yuqori natijalarni kutib qolamiz va Proud jamoasi a'zosiga aylanishlari uchun qo'ldan kelgancha yordam beramiz nasib qilsa.
πŸ”₯5πŸ’―2πŸ‘1
P. S

Ertaga yangi beginner guruhimiz ochiladi Xudo hohlasa. Bir necha Proud family a'zolari allaqachon tanishlarini yozdirib qo'yishgan va sizda ham agar
0 dan o'rganmoqchi bo'lgan tanishlaringiz bo'lsa ertaga 14.30 da olib kelsangiz bo'ladi.

Har bir olib kelgan tanishlaringiz uchun bonus: 4o ooo

Support uchun oldindan rahmat!!!
πŸ”₯4πŸ‘2
πŸ”₯5
PRouD πŸ”LearningHub
Photo
Hammaga salom

Postimizni odatimizga muvofiq Proud Family a'zolariga minnatdorchiligimizni va IELTS olish yo'lida qattiq mehnat qilishda dadil dadil qadam bosishdan to'xtamasliklarini ta'kidlash bilan boshlaymiz.

Ko'pchilikka ma'lumki bugungi kunda o'quv markazlarning soni judayam ko'p va bu o'z o'rnida ota-onalarga farzandlari uchun ularning orasidan ishonchli o'quv markazni tanlab olishda qiyinchilik tug'dirishi tabiiy albatta. Natijada ko'plab ota-onalar birorta o'quv markazga farzandlarini 'yaxshi natija qiberishar' degan umidda berib qo'yaqolishadi.

Hurmatli ota-onalar farzandingiz ta'limi va kelajagi 'lotereya' ga o'xshab 'taxminan raqamlarni tanladim chiqib qolar' bo'lishi kerakmas!

Siz tanlagan o'quv markazi farzandlaringiz uchun foydali va zarur bilimlarni bera olishi va eng muhimi o'zidan qandaydir 'biznesmen' yasab olganlarning biznesi bo'lmasligi kerak!

Shunday ikkilanib farzandlari uchun haqiqiy, ishini katta ishtiyoq bilan va chin dildan yondashuvchi pedagoglar ishlaydigan o'quv markazini qidirayotgan ota-onalarga Proud LearningHub aynan sizlar qidirgan OILAVIY markaz ekanligini ta'kidlab o'tishni lozim deb topdik.

Shu o'rinda bir oiladan kelib tahsil olayotgan o'quvchilarimiz uchun maxsus 'Family members' maxsus narx ta'rifimiz hozirda mavjud. Bunda agar siz birorta oila a'zoyingiz bilan Proud Family a'zosiga aylansangiz har kuni oylik to'lovingiz

Kattalar uchun:
399 ooo emas
375 ooo

1-7 sinflar uchun:
35o ooo emas
325 ooo bo'ladi

Bundan asosiy maqsadimiz ota-onalar qiynalib topgan pullarini faqatgina bitta farzanlarini o'qitish uchun nomi chiqqan 'krutoy' va qimmat markazda o'qitishni o'rniga o'sha pulga 2 ta yoki 3 ta farzandlarini ingliz tili kursiga bera olishlariga imkoniyat yaratishdan iborat.

Farzandlaringiz kelajagi lotereya bo'lmasligi kerak!!!
πŸ”₯10
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Our hardworking students don't even want to relax on Sundays.....

Your hard work will pay off as long as you patiently and gradually keep learning....
πŸ”₯8πŸ‘3
πŸ”₯8πŸ’―4πŸ‘1
PRouD πŸ”LearningHub
Photo
Hammaga salom.

Kutganimizdan uzoqroq vaqt olgan Proud Team ga yangi ustoz qidirish ishlari uzoq qidiruv va saralashlardan keyin vanihoyat nihoyasiga yetdi. Hozircha albatta!

2 oy oldin IELTS dan 7.0 olgan

- bilimli;
- tajribali;
- o'z nutqini auditoriyaga yetkazib bera oladigan;
- o'ziga ishongan

va shuningdek mehnatkash va dars o'tishga ishtiyoqi baland ustoz
OTABEK NASRIDDINOVπŸ“’πŸ“’πŸ“’

Shu o'rinda ta'kidlab o'tishimiz joizki bizda ingliz tilini o'rganishni istaydigan oila a'zolaringiz va tanishlaringiz uchun yangi ingliz tili guruhlari ochilyapti va bizda Proud Family a'zolarini xursand qiladigan ajoyib aksiyamiz 16.11.2022 dan boshlab amal qiladi.

Bunda agar siz Proud LearningHub ga tanishlaringizni olib kelsangiz biz sizga har bir yangi o'quvchi uchun

4⃣0⃣ 0⃣0⃣0⃣  emas

7⃣0⃣ 0⃣0⃣0⃣

so'mdan bonus beramiz. Olib kelgan do'stlaringiz yoki tanishlaringizni administratorimiz orqali ro'yhatdan o'tkazishni unutmang.

Biz reklama uchun blogger yoki boshqa mashxurlarga pul berib ularni yana boyitgandan ko'ra o'zimizning Proud Family a'zolarini bizni rivojlanishimiz yo'lida qo'llab quvvatlaganlari uchun minnatdorchilik sifatida rag'batlantirishni afzal ko'ramiz va ularga Support and Trust uchun yana bir bor minnatdorchilik bildirib qolamiz.
πŸ’―10πŸ”₯6πŸ‘2
Hammaga salom

Yangi beginner guruhimiz ochildi Xudo hohlasa. Bir necha Proud family a'zolari allaqachon tanishlarini yozdirib qo'yishgan va sizda ham agar
0 dan o'rganmoqchi bo'lgan tanishlaringiz bo'lsa toq kunlari 14.30 da olib kelsangiz bo'ladi.

Har bir olib kelgan tanishlaringiz uchun bonus: 7o ooo

Support uchun oldindan rahmat!!!
πŸ”₯7
πŸ”₯8
PRouD πŸ”LearningHub
Photo
Hammaga salom

Barcha Proud family a'zolariga bizni tanlaganliklari va bizni tanishlariga tinmay tavsiya etayotganlari va bir biridan potensiali kuchli o'rtoqlari va tanishlarini olib kelayotganlari uchun samimiy minnatdorchilgimizni bildiramiz. Bu Proud Team ustozlari o'tayotgan darslar o'quvchilarimizga manzur bo'layotganini va o'z o'rnida bu ustozlarimizga chin dildan dars o'tishlari va yanayam tinmay qattiqroq mehnat qilishni davom ettirishlari uchun juda katta motivation hisoblanadi.

Yana bir fiscal ya'ni soliq yili yakunlanmoqda....

Iqtisodiyotni tushungan har bir odam  yoki shu sohada ishlaydigan tanishlari bor odam yilning tugashi ular uchun qanchalik murakkab hisob kitoblarga to'la va ertalabgacha ishxonalarida qolib ketishlarini yaxshi bilishadi yoki hech bumasa eshitishgan.

Shuning uchun sizlardan ham iltimos ham talab imkon boricha oyni ohirini kutmasdan to'lovlarni amalga oshirib qo'yinglar bo'lmasa Proud Team ning ham 'Debit/Credit' balansini yillik hisoboti to'g'ri chiqmaydi. Natijada ustozlarimiz yangi yilni sizlar kabi oila davrasida emas qog'ozlar to'la ofisda o'tkazishlariga to'g'ri keladi! Iltimos to'lovlar shu hafta va keyingi haftada hammada yopilsin.

Thank you for your support and cooperation in advance. Your assistance and responsibility on this matter is highly appreciated🀝🀝🀝
πŸ‘4πŸ”₯2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
New Year is coming....

It was exciting to see it was snowing in our country again after such a long time, wasn't it huh?
πŸ‘8πŸ”₯5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Biz deyarli barcha narsani

- qanday turishni;
- qanday yurishni;
- qanday gapirishni;
- qanday muloqot qilishni;
- qanday yozishni;
- qanday o'qishni;
- qanday hayotda muvaffaqiyat qozonishni huddi shu tarzda o'rganamiz.

Ingliz tilini 0 dan o'rganib IELTS dan yuqori ball olishgacha bosib o'tadigan yo'limiz ham huddi shunday bo'ladi. Faqat bir ikki yiqilib yarim yo'lda tashab ketadiganlar emas, balki yiqiliganda turishga o'zida kuch topa oladiganlar kuchli irodali shaxslar IELTS dan yuqori ballarni qo'lga kirita olishadi.

Failure is not falling down. Failure is falling down and not getting up again.

Keep working hard and achieve IELTS which can open a window of opportunities!

Share it with your contacts.
πŸ”₯5πŸ‘1
🀣6
PRouD πŸ”LearningHub
Photo
Hammaga salom,

Proud LearningHub da tahsil olib yuqori natija qayd etgan Prouderlarimiz uchun bonuslarimiz to'plamini yana bir bor yodga solib o'tmoqchimiz va bu bonuslarimiz ularni yanada shijoat bilan IELTS dan yuqori ballarga intilishlarini davom ettirishlariga yaxshigina sabab va motivatsiya bo'ladi deb ishonamiz.

Bonuslarimiz to'plami bilan tanishing:

Overall 7 - $1ooπŸ’΅

Overall 7.5 - $2ooπŸ’΅πŸ’΅

Overall 8.0 - $3ooπŸ’΅πŸ’΅πŸ’΅

Overall 8.5 -$5ooπŸ’΅πŸ’΅πŸ’΅πŸ’΅πŸ’΅

Overall 9.0 - $1oooπŸ’΅πŸ’΅πŸ’΅πŸ’΅πŸ’΅πŸ’΅
                                  πŸ’΅πŸ’΅πŸ’΅πŸ’΅πŸ’΅πŸ’΅

Bundan tashqari overall (umumiy) natijasi 7 ball va undan yuqori chiqqan talabalarga davlat tomonidan IELTS imtihoni uchun to'lagan $175πŸ’΅πŸ’΅ qaytarib beriladi.

Shunday qilib sizda IELTS olish uchun ketgan harajatlaringizni deyarli barchasini qaytarib olish imkoniyati mavjud.

Eslatib o'tamiz MOCK guruhimiz a'zolari bilishadiki bizda allaqachon doimiy tarzda 7+ natijani qayd etib kelayotgan studentlarimiz bor va ular 8+ natijani qayd etishni o'z oldilariga maqsad qilib qo'yganlar va biz ularning barchalariga charchamasdan maqsad sari dadil dadil qadam bosishda davom etishlarini tilab qolamiz.
πŸ”₯8πŸ’―2πŸ‘1
🀣4
PRouD πŸ”LearningHub
Photo
Hammaga salom,

Barcha Proud Family a'zolariga o'quv yilini dastlabki 4 oyida tinmasdan ingliz tilini o'rganganlari va ustozlari bergan vazifalarni o'rnida bajarib kelganlari uchun Proud Team o'z minnatdorchiligini bildiradi va o'zlari ko'zlagan natijalariga dadil dadil qadam bosishda davom etishlarini tilab qoladi.

Winter holiday is finally here...

Eslatib o'tamiz qishki ta'til munosabati bilan Proud LearningHub 28-dekabrdan 2-yanvarga qadar yopiq bo'ladi. Darslarimiz 3-yanvardan boshlab davom etadi Xudo hohlasa.

Hamma Prouder larimizga yangi yilda yanayam shijoat bilan qaytib IELTS topshiradigan o'quvchilarimiz yuqori natijalarga erishishlariga va barcha abiturientlarimiz o'zlari orzu qilgan universitetlarga kirib olishlariga ishonamiz va biz ham bunga qo'limizdan kelgancha harakat qilamiz nasib qilsa. Hali IELTS topshirishni rejalashtirmayotgan o'quvchilarimizga esa vaqt borida tinmasdan o'zlari ustilarida ishlab ota-onalari va ustozlari faxrlanib yuradigan natijalarga erishishlariga umid bildiramiz.

Enjoy your vacation...

More posts to come...
πŸ’―7πŸ‘4
Hammaga salom,

Kun juda sovuqligi tufayli Proud Family a'zolarining ko'pchiligi darslarga qatnasha olishmayapti. Shu sababli xonalarimiz issiq hamma sharoitlar bo'lishiga qaramasdan Proud Team darslarni vaqtinchalik to'xtatib turishga qaror qildi. Shunday qilib bu hafta boshqa darslar o'tkazilmaydi va darslarimiz Dushanba 16-yanvardan davom etadi Xudo hohlasa. Qolib ketgan darslarni Proud ustozlari yakshanba kunlari o'tib berishadi nasib qilsa.

Ishonamizki bu hozirda sovuq ob-havo tufayli dars qoldirishga majbur bo'layotgan o'quvchilarimiz uchun ham adolatdan bo'ladi va ular mavzulardan ortda qolib ketishmaydi Xudo hohlasa.
πŸ”₯10