PRouD πŸ”LearningHub
178 subscribers
332 photos
52 videos
2 files
63 links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
πŸ‡ΊπŸ‡ΏPRouD LearningHub ga Marhamat! πŸ’šπŸ§‘πŸŽ‰Bizni Kuzatishda davom eting, sizni o’quv markazimiz bilan tanishtirishda davom etamiz.Bu hali hammasi emas!
πŸ‡·πŸ‡ΊΠ”ΠΎΠ±Ρ€ΠΎ ΠŸΠΎΠΆΠ°Π»ΠΎΠ²Π°Ρ‚ΡŒ Π² PRouD LearningHub! πŸ§‘πŸ’š ΠžΡΡ‚Π°Π²Π°ΠΉΡ‚Π΅ΡΡŒ с Π½Π°ΠΌΠΈ, ΠΌΡ‹ ΠΏΡ€ΠΎΠ΄ΠΎΠ»ΠΆΠΈΠΌ Π·Π½Π°ΠΊΠΎΠΌΠΈΡ‚ΡŒ вас с нашим ΡƒΡ‡Π΅Π±Π½Ρ‹ΠΌ Ρ†Π΅Π½Ρ‚Ρ€ΠΎΠΌ.  Π­Ρ‚ΠΎ Π΅Ρ‰Π΅ Π½Π΅ всС!

Iloji boricha tanishlaringizga tarqating.

https://t.me/PRouDLearningHub

Instagram:
Proud_learningHub
πŸ”₯5πŸ‘3πŸ’―1
Hammaga salom.

Ishonchimiz komilki PRouD LearningHub family ga a'zo bo'lganingizdan afsusda emassiz va kelajakda bu bilan faxrlanib yurishingiz uchun PRouD LearningHub jamoasi tinmay mehnat qilishdan charchamaydi Xudo hohlasa!

Shu o'rinda bizning family a'zolari va bo'lajak a'zolari uchun PRouD LearningHub tanlagan ta'lim metodikasi va atrofimizda ko'plab topiladigan mashxur o'quv markazlari orasida qanday muvaffaqiyat qozonish strategiyasi va kelajakdagi rejalarimiz bilan tanishtirishni ma'qul deb topdik!

Bizning Telegram va Instagram kanallarimizni kuzatishda davom eting va tez orada bular haqida batafsil ma'lumotlarga ega bo'lasiz Xudo hohlasa.

https://t.me/PRouDLearningHub
πŸ”₯6πŸ‘5πŸ’―1
πŸ”₯5
PRouD πŸ”LearningHub
Photo
Hammaga salom.

Ohirgi postimizda ta'kidlaganimizdek, biz PRouD LearningHub tanlagan ta'lim metodikasi, muvaffaqiyat qozonish strategiyasi va kelajakdagi rejalarimiz haqida PRouD family ning hozirgi a'zolari va bo'lajak a'zolariga ma'lumot berib o'tishga qaror qildik.

Bugun birinchi navbatda bizni tanlagan PRouDeR chilarimizni kelajaklarini keskin ravishda pozitiv tarafga o'zgartirishga hissa qo'shadigan IELTS imtihonidan yuqori ballar olishlarida eng muhim ahamiyat kasb etadigan ta'lim metodikamiz bilan tanishtirishdan boshlasak.

PRouD LearningHub da tahsil olayotganlar bilishadiki, har bir darajadagilar uchun ja'mi 5 ta kitobni

2 ta turli xil Student's book (sinfda o'tiladigan kitoblari);

2 ta ularning Workbook (uy vazifasi uchun bag'ishlangan kitoblari);

1 ta Test kitobi

o'z ichiga olgan maxsus o'quv qo'llanmalaridan foydalanyapmiz.

5 ta KITOB? Bitta darajadagilar uchun? Bundan ma'no nima? Bunaqada bitta darajani qachon tugatadi? degan savollar paydo bo'lishi aniq va bu savollarga mantiqli va o'rinli javobimiz bor va bu javoblarni o'qiganingizdan keyin ko'nglingizdan 'haa PRouD LearningHub ni qandaydir pul qilish uchun biznesmenlar emas balki bilim izlab kelganlarga chin dildan ta'lim berish uchun o'z ishini sevadigan va chin dildan dars o'tadigan haqiqiy pedagoglar ochgan ekan' degan hayol o'tishi tabiiy Xudo holasa.

Yanayam chuqurroq izoh beramiz:

Misol uchun odatda Elementary darajadagilar sinfda Student's book dan imkon boricha ko'proq mashqlar bajarishadi va wunga yarasha Workbook laridan uyga vazifa ham ko'proq bo'ladi. Natijada bizning PRouD family a'zolari uyda atigi yarim soat vazifa uchun vaqt ajratishni o'rniga endi ular soatlab PubG o'ynab isrof qiladigan vaqtlarini ingliz tilidan vazifalarni bajarish uchun sarflashlariga to'g'ri keladi. Bizning tajribamizdan kelib chiqib aytishimiz mumkinki o'quvchilar uyda qancha ko'p vaqtlarini tilni o'rganish uchun sarflashsa kelajakda buning samarasi ham shunga yarasha yuqori bo'ladi.

O'z o'zidan ma'lumki bizda bitta darsda bitta unit o'tilishi kerak degan tamoyil yo'q va shuning uchun kitoblar sonidan qat'iy nazar bitta darajani ikki yarim yoki uch oy o'tiladi va o'quvchilarni Level Test orqali keyingi darajaga o'tishga loyiqmi yoki yo'qmi bilib olinadi Xudo hohlasa.

Yana bir bor PRouD LearningHub ni tanlaganingiz va bizning jonkuyar ustozlarimizga ishonch bildirganingiz uchun katta rahmat deb qolamiz va biz hech qachon sizni muvaffaqiyat cho'qqisiga yetaklashdan charchamaymiz Xudo hohlasa.

Ha aytgancha ertaga Dushanba kunidan boshlab o'tgan oyda bizni o'z do'stlaringiz va tanishlaringizga tavsiya qilganingiz uchun bonuslarni olishni unutmang! PRouD LearningHub ni tavsiya etishda davom eting va oktabr oyida ham bonuslarga ega bo'ling. Biz bu yodamingizni juda ham qadrlaymiz chunki ustozlar bilishadiki o'zlari ta'lim berayotgan o'quvchilari o'zi bilan boshqa tanishi yoki do'stini olib kelsa bu ustozlar uchun judayam ko'p narsani anglatadi va yanayam shijoat bilan ishlashlariga ruhlantiradi.
πŸ”₯12πŸ‘4πŸ’―1
πŸ”₯5
PRouD πŸ”LearningHub
Photo
Hammaga salom.

PRouD LearningHub ni o'tgan oyda o'z oila a'zolaringizga, do'stlaringizga, hamkasblaringizga va tanishlaringizga tavsiya etganingiz uchun rahmat va buning uchun bonuslaringizni olishni unutmang.

Statistik ma'lumotarga ko'ra odamlar yaxwi ovqatlanishdan, oila davrasida vaqt o'tkazishdan va yana boshqa odamlarga yaxshilik qilishdan rohatlanish bilan birgalikda o'zlariga berilgan narxlardagi chegirmalardan ham yaxshigina ma'naviy va moddiy tarafdan zavq olishar ekan.

Shuning uchun sizlarga hozir yaxshigina trendda bo'lgan 'cash back' takliflarimiz davom oktabr oyida ham davom etishi haqida ma'lumot berib o'tmoqchimiz.

Ta'rif nomi: Refer a FRIEND

Buni sharti shuki siz markazimizga har bir olib kelgan tanishingiz yoki o'rtog'ingiz uchun usha oy uchun 4o ooo so'mdan cash back olishga haqli bulasiz.

Ya'ni agar siz:

1Γ—4o ooo
2Γ—8o ooo
3Γ—12o ooo
4Γ—16o ooo

Va eng muhimi agar siz bir oyda 5ta do'stingizni olib kelsangiz markazda bir oy BEPUL ta'lim olishga haqli bulasiz.


Markazimizda beginner darajadan boshlab IELTS darajasigacha guruhlar mavjud.
πŸ‘7πŸ”₯4πŸ₯°2
πŸ”₯6
Hammaga salom.

PRouD LearningHub family ga a'zo bo'lganlarga yana bir bor bizni tanlaganlari uchun tashakkur bildirgan holda, ushbu postimizni diqqat bilan o'qib atrofimizda shuncha taniqli o'quv markazlari joylashgan bo'lishiga qaramasdan PRouD LearningHub jamoasi nega qo'rqmasdan markaz ochishga qaror qilganiga va bizning bu markazlardan kelajakda ortda qolib ketmaslik uchun tanlagan strategiyamiz haqida ma'lumot olishingizni va buni do'stlaringizga ham ulashishingizni so'rab qolamiz.

Iqtisodiyotda 'leapfrogging' degan tushuncha bor. Bunda rivojlanish bosqichlarini sakrab o'tib jadal tarzda rivojlanish tushuniladi. Biz PRouD LearningHub marketing jamoasi aynan shu usuldan foydalanyapmiz va o'ylaymizki bu tanlagan yo'limiz barcha PROuD family ning hozirgi va bo'lajak a'zolariga birdek manzur bo'ladi Xudo hohlasa.

Hammaga ma'lumki hozirgi kunda o'qitish usuli yoki o'quvchilarining erishgan yaxshi natijalari uchun emas, balki faqatgina dizayni va instagramdagi postlari sabab narxi osmonda o'quv markazlari talaygina topiladi. Albatta hamma yoshlarni shunday chiroyli joylarda o'qigisi kelishi tabiiy lekin bunday markazlar odatda faqat 'aristokatlar' uchun va ularning man hammaning ham qurbi yetmaydigan 'falonchi' joyda o'qiyapman deya obro'larini oshirish uchun mo'ljallanadi. Qisqa qilib aytsak ota onangni puli ko'p bo'lsa shunday chiroyli joylarda o'qiysan va o'rtoqlaring orasida obro'ying bo'ladi puling bo'lmasa bilim berish uchun ochilgan oddiygina markazchalarda obro'yingni to'kib borib yuraverasan.

PRouD family ning hozirgi a'zolari guvohi bo'lishayotganidek, markazimiz dizaynida kundan kunga yaxshi tomonga o'zgarishlar kuzatilyapti va umid qilamizki shu yil ohirigacha dizayn bo'yicha barcha o'ylagan rejalarimizni amalga oshiramiz Xudo hohlasa. Eng asosiysi har bir Senior teacher larimiz uchun alohida Junior teacher larni jalb qilgan holda PRouD LearningHub da tahsil olayotgan o'quvchilarimizning IELTS olishgacha bo'lgan yo'lidagi barcha to'siqlarni yengib o'tishlari uchun qo'ldan kelgancha ko'maklashamiz Xudo hohlasa.

Yangi dizayn? Junior teachers? Demak kursni narxi tez orada oshishi tabiiy? Proud LearningHub ham o'zidan 'aristokratlar' yasab olgan ota-ona va o'quvchilar uchun xizmat qilarkanda? Degan o'y hayollar bo'lishi tabiiy. Dizaynni yaxshilash va Junior teacher larni ishga olishdan yagona maqsadimiz bizni tanlagan PRouD family a'zolari uchun o'sha hammaning ham cho'ntagi ko'tara olmaydigan joylardagi barcha sharoitlarni yaratib ularning ham bunga haqli ekanliklarini his qilishlarini va bundan ruhlanib IELTS olish uchun yanayam qattiqroq mehnat qilishlariga ruhlantirishdan iborat. Kursimizning narxi hali beri o'zgarmaydi Xudo hohlasa. Bizning markazimiz tabaqalashmagan holda barcha uchun ochiq bo'ladi nasib qilsa.

Postimiz so'nggida odatdagidek bizning PRouD LearningHub family a'zolariga bizni tanlashgani va bizni tinmay tanishlariga tavsiya berishayotgani uchun chuqur minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz. Markazimizda potensial yoshlarimiz ko'p va biz ulardan tez orada qolgan o'quvchilarimizga ham o'rnak bo'ladigan band score lar kutib qolamiz Xudo hohlasa.

To be continued...

+998940349009
+998903234525
πŸ”₯11πŸ‘5
πŸ”₯5πŸ’―2
PRouD πŸ”LearningHub
Photo
Hammaga salom.

Barcha PRouD family a'zolariga bizni tanlashgani va bizni tanishlariga tavsiya etishda davom etishayotgani uchun minnatdorchiligimizni bildirib o'tamiz. Bu PRouD LearningHub ustozlarini tasavvur qilib bo'lmas darajada ruhlantiradi va sizlarni IELTS dan yuqori ballar olishga yetaklash yo'lida bo'shashmaslikka undaydi.

We strongly believe that you are all enjoying your IELTS journey with us at PRouD LearningHub!

Yana bir yangilik: PRouD LearningHub yashin tezligida rivojlanishda davom etyapti ko'z tegmasin. Shuning uchun bizning markazda saboq olish uchun ro'yhatdan o'tib yangi guruh ochilishini kutayotganlar uchun jamoamizga yana bir ustoz jalb etishni to'g'ri deb bildik.

πŸ“’πŸ“’We are hiring an English TeacherπŸ“’πŸ“’

PRouD LearningHub da yangi INGLIZ TILI USTOZ uchun vakansiya mavjud.

Talablar:

- kamida 2 yillik tajribaga ega bo'lishi;
- darsni auditoriyaga yetkazib bera olish qobiliyati;
- universitet darajasiga ega bo'lishi;
- to'liq bir stavka ishlay olishi;
- IELTS 7+ sertifikatiga ega bo'lishi va eng muhimi Ingliz tili o'rgatishdan rohatlanishi lozim.

PROUD jamoasiga qo'shilishning afzalliklari:

- do'stona muhit va jamoa;
- ish staji yuritish;
- sifatli dars o'tish uchun barcha sharoitlar;
- 6 ooo ooo - 2o ooo ooo oylik maosh

Agar sizning shunday tanishlaringiz bo'lsa bu xabarni yetkazib qo'yishni unutmang.

Contact number:
+998903234525
πŸ’―5πŸ‘3πŸ”₯3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
A typical day at Proud LearningHub...
πŸ”₯13πŸ‘4πŸ’―1
🀣9πŸ”₯4
PRouD πŸ”LearningHub
Photo
Hammaga salom.

Proud family a'zolariga oldingi postlarimiz orqali bildirib o'tganimizdek bizda yana bir INGLIZ TILI ustozi uchun vakansiyamiz mavjud va ko'pchiligingiz guvohi bo'lganingizdek bizda nominantlar bor!!! Lekin afsuski ularning tajribasi bo'lsada, ularning asl dars o'tish qobiliyati va bilim darajasi sinov darslarida namoyon bo'lib qolyapti.

Boltani charxlang!

Bir odam o'rmon xo'jaligida besh yil daraxt kesuvchi bo'lib ishlasa ham ishda hech ko'tarilmabdi. Biroq yaqindagina jamoaga qo'shilgan hamkasbi ko'p o'tmasdan 10 kishilik brigadaga boshliq bo'libdi. Albatta, u bundan g'azablandi va o'sha kuniyoq boshliqning oldiga shoshdi. 'Sen besh yil avval har kuni qancha daraxt kesayotgan bo'lsang, bugun ham kuniga shuncha daraxtni qulatyapsan. Bizning kompaniyaning rivoji natijaga bog'liq. Bizga ko'p yillik emas, yaxshi natija beradigan ishchilar kerak' dedi boshliq.

O'rmon kesuvchi jon jahdi bilan ishga kirishdi, bosh ko'tarmay mehnat qildi. Biroq, harakatlar zoye ketdi va hamkasbi kabi natija ko'rsata olmadi. Bu samarasiz o'zgarishlarni payqagan boshliq unga raqibi bilan suhbatlashib ko'rishni maslahat berdi. 'Ehtimol, u sen bilmagan nimadandir boxabar bo'lsa kerak'.

'Har gal birorta daraxtni yiqitgansan so'ng, 2 daqiqa dam olaman va boltamni charxlayman. Ohirgi marta boltangni qachon charxlaganing yodingdami?' Bu savol nishonga tekkan edi.

Hurmatli hamkasblar ohirgi marta boltangizni qachon charxlagansiz?

Qissadan hissa shuki biz Proud LearningHub jamoasi o'z ustida tinmay mehnat qiladigan ya'ni 'boltasini muntazam charxlab yuradigan' ustoz qidiryapmiz va shunday ustoz topilmaguncha qidirishda davom etamiz Xudo holasa. Sifat biz uchun birinchi o'rinda! Darslarimiz har tomonlama bizda tahsil olayotgan o'quvchilarimiz uchun birdek foydali va mazmunli bo'lishi kerak.

Proud LearningHub da tahsil olayotgan va kelajakda azgincha yo'llanma va training bilan bemalol dars o'tib keta oladigan potensial o'quvchilarimiz bor va biz ulardan IELTS dan yuqori natijalarni kutib qolamiz va Proud jamoasi a'zosiga aylanishlari uchun qo'ldan kelgancha yordam beramiz nasib qilsa.
πŸ”₯5πŸ’―2πŸ‘1
P. S

Ertaga yangi beginner guruhimiz ochiladi Xudo hohlasa. Bir necha Proud family a'zolari allaqachon tanishlarini yozdirib qo'yishgan va sizda ham agar
0 dan o'rganmoqchi bo'lgan tanishlaringiz bo'lsa ertaga 14.30 da olib kelsangiz bo'ladi.

Har bir olib kelgan tanishlaringiz uchun bonus: 4o ooo

Support uchun oldindan rahmat!!!
πŸ”₯4πŸ‘2
πŸ”₯5
PRouD πŸ”LearningHub
Photo
Hammaga salom

Postimizni odatimizga muvofiq Proud Family a'zolariga minnatdorchiligimizni va IELTS olish yo'lida qattiq mehnat qilishda dadil dadil qadam bosishdan to'xtamasliklarini ta'kidlash bilan boshlaymiz.

Ko'pchilikka ma'lumki bugungi kunda o'quv markazlarning soni judayam ko'p va bu o'z o'rnida ota-onalarga farzandlari uchun ularning orasidan ishonchli o'quv markazni tanlab olishda qiyinchilik tug'dirishi tabiiy albatta. Natijada ko'plab ota-onalar birorta o'quv markazga farzandlarini 'yaxshi natija qiberishar' degan umidda berib qo'yaqolishadi.

Hurmatli ota-onalar farzandingiz ta'limi va kelajagi 'lotereya' ga o'xshab 'taxminan raqamlarni tanladim chiqib qolar' bo'lishi kerakmas!

Siz tanlagan o'quv markazi farzandlaringiz uchun foydali va zarur bilimlarni bera olishi va eng muhimi o'zidan qandaydir 'biznesmen' yasab olganlarning biznesi bo'lmasligi kerak!

Shunday ikkilanib farzandlari uchun haqiqiy, ishini katta ishtiyoq bilan va chin dildan yondashuvchi pedagoglar ishlaydigan o'quv markazini qidirayotgan ota-onalarga Proud LearningHub aynan sizlar qidirgan OILAVIY markaz ekanligini ta'kidlab o'tishni lozim deb topdik.

Shu o'rinda bir oiladan kelib tahsil olayotgan o'quvchilarimiz uchun maxsus 'Family members' maxsus narx ta'rifimiz hozirda mavjud. Bunda agar siz birorta oila a'zoyingiz bilan Proud Family a'zosiga aylansangiz har kuni oylik to'lovingiz

Kattalar uchun:
399 ooo emas
375 ooo

1-7 sinflar uchun:
35o ooo emas
325 ooo bo'ladi

Bundan asosiy maqsadimiz ota-onalar qiynalib topgan pullarini faqatgina bitta farzanlarini o'qitish uchun nomi chiqqan 'krutoy' va qimmat markazda o'qitishni o'rniga o'sha pulga 2 ta yoki 3 ta farzandlarini ingliz tili kursiga bera olishlariga imkoniyat yaratishdan iborat.

Farzandlaringiz kelajagi lotereya bo'lmasligi kerak!!!
πŸ”₯10
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Our hardworking students don't even want to relax on Sundays.....

Your hard work will pay off as long as you patiently and gradually keep learning....
πŸ”₯8πŸ‘3
πŸ”₯8πŸ’―4πŸ‘1
PRouD πŸ”LearningHub
Photo
Hammaga salom.

Kutganimizdan uzoqroq vaqt olgan Proud Team ga yangi ustoz qidirish ishlari uzoq qidiruv va saralashlardan keyin vanihoyat nihoyasiga yetdi. Hozircha albatta!

2 oy oldin IELTS dan 7.0 olgan

- bilimli;
- tajribali;
- o'z nutqini auditoriyaga yetkazib bera oladigan;
- o'ziga ishongan

va shuningdek mehnatkash va dars o'tishga ishtiyoqi baland ustoz
OTABEK NASRIDDINOVπŸ“’πŸ“’πŸ“’

Shu o'rinda ta'kidlab o'tishimiz joizki bizda ingliz tilini o'rganishni istaydigan oila a'zolaringiz va tanishlaringiz uchun yangi ingliz tili guruhlari ochilyapti va bizda Proud Family a'zolarini xursand qiladigan ajoyib aksiyamiz 16.11.2022 dan boshlab amal qiladi.

Bunda agar siz Proud LearningHub ga tanishlaringizni olib kelsangiz biz sizga har bir yangi o'quvchi uchun

4⃣0⃣ 0⃣0⃣0⃣  emas

7⃣0⃣ 0⃣0⃣0⃣

so'mdan bonus beramiz. Olib kelgan do'stlaringiz yoki tanishlaringizni administratorimiz orqali ro'yhatdan o'tkazishni unutmang.

Biz reklama uchun blogger yoki boshqa mashxurlarga pul berib ularni yana boyitgandan ko'ra o'zimizning Proud Family a'zolarini bizni rivojlanishimiz yo'lida qo'llab quvvatlaganlari uchun minnatdorchilik sifatida rag'batlantirishni afzal ko'ramiz va ularga Support and Trust uchun yana bir bor minnatdorchilik bildirib qolamiz.
πŸ’―10πŸ”₯6πŸ‘2
Hammaga salom

Yangi beginner guruhimiz ochildi Xudo hohlasa. Bir necha Proud family a'zolari allaqachon tanishlarini yozdirib qo'yishgan va sizda ham agar
0 dan o'rganmoqchi bo'lgan tanishlaringiz bo'lsa toq kunlari 14.30 da olib kelsangiz bo'ladi.

Har bir olib kelgan tanishlaringiz uchun bonus: 7o ooo

Support uchun oldindan rahmat!!!
πŸ”₯7
πŸ”₯8