PRouD πŸ”LearningHub
178 subscribers
332 photos
52 videos
2 files
63 links
Download Telegram
PRouD πŸ”LearningHub
Photo
Hammaga salom

Ta'kidlab o'tganimizdek biz keyingi haftadan baholash tizimiga o'tish arafasidamiz Xudo holasa va bizning ingliz tili va matematika fanlariga ixtisoslashgan markazimizda Proud LearningHub jamoasi ustozlari hafta davomida olgan baholaringizni ota-onalarga sms yoki jpg(rasm) tarzda yuborib turamiz.

Bundan tashqari, hafta davomida olgan bilimlaringizni va o'zlashtirish darajangizni monitoring qilib turish maqsadida har yakshanba kunlari Proud LearningHub jamoasi quyi darajadagilar uchun TEST, PRE-IELTS va IELTS darajada tahsil olayotganlar uchun MOCK EXAM o'tkazib boramiz Xudo holasa.

Hamma kelishi shart!

Shu bilan birga maktabning 11-sinfida va yoki litseyning 2-kursida tahsil olayotgan abiturientlarimizni umuman dam olishga qo'yish yoki shunchaki hech narsa o'rganmasdan Proud LearningHub ga kelib ketishlariga yo'l qo'yib berish niyatimiz yo'q. Shuning uchun ularga yakshanba kunlari ham alohida qo'shimcha darslar tashkil etiladi Xudo holasa. Bizda tahsil olayotgan abiturientlarimizning hammalari keyingi yil o'zlari hohlagan oliy o'quv yurtlariga kirib olishlarini ta'minlashimiz kerak nasib qilsa!

Yana bir bor hammaga Proud LearningHub ni tanlaganingiz uchun minnatdorchiligimizni bildiramiz va sizni bizning jamoamizga bo'lgan ishonchingizni ortig'i bilan oqlashga ertayu kech harakat qilamiz Xudo holasa.

Hamma o'quvchilarimiz ertaga soat 10 da testga kelishlari shart!

Ertaga soat 10.00 da bo'ladigan PRE-IELTS va IELTS guruhlarimiz uchun bo'ladigan MOCK EXAM o'zimizning o'quvchilarimizga tekin. Agarda biror do'stingiz mock exam olish niyatida bo'lsa ular ham kelib qatnashishlari mumkin 4o ooo so'm to'lagan holatda. Listening naushniklarda bo'ladi Xudo holasa.
πŸ‘2
😁4πŸ‘1πŸ–•1
Hammaga salom.

Kecha yakshanba kuni o'tkazgan testimizga kelganlarga katta rahmat natijalarni bugun kechgacha tekshirib sms tarzida yuboramiz Xudo holasa.

Testga arzirli sabablar tufayli kelolmaganlar ham bor mayli ularni to'gri tushunamiz. Lekin shunchaki hafta davomida 'QATTIQ' o'qib uydagilaga charchaganini bahona qilib kemaganlarga maslahatimiz bor: O'zingizni o'zingiz aldashni bas qiling sekund sari ommalashib borayotgan va yaqin kelajakda qayerga ishga kirmoqchi bo'lsangiz ham ingliz tilini bilasizmi degan savolga faxrlanib 'HA BILAMAN' deb berishni istasangiz Proud LearningHub ustozlari maslahatlariga rioya qilishni kanda qilmang deb qolamiz va keyingi yakshanba hammani testda kutamiz!

Yana bir yangilik: We have employed an ASSISTANT TEACHER!

Markazimizda deyarli har kuni mock exam o'tkazilishini va IELTS darajani bitirgan o'quvchilarimiz yuqori ballarni olishlarini ta'minlash maqsadida biz YORDAMCHI O'QITUVCHI ishga oldik. Mock exam olib borishdan tashqari bu o'qituvchimiz quyi darajada tahsil olayotgan lekin darslarni o'zlashtirishga qiynalayotgan o'quvchilarimizga alohida darslar o'tkazib yordam berib boradi Xudo holasa.

Proud LearningHub ni ingliz tilini o'rganishni hohlayotgan tanishlariga tavsiya qilayotgan bizning sobiq va hozirgi o'quvchilarimizga samimiy minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz.
We are highly proud of having you!

Yana bir bor Proud LearningHub ga ishonch bildirganingiz uchun katta rahmat va biz bu ishonchni oqlash uchun astoydil mehnat qilishdan charchamaymiz Xudo holasa.
πŸ‘6πŸ‘2
Hammaga salom

Barcha o'quvchilarimiz uchun foydali bo'lgan yangiliklarimiz davom etadi Xudo holasa.

Endi agar bizning markazimizda tahsil olayotgan o'quvchilarimiz IELTS imtihonidan quyidagi ballarni qo'lga kiritishsa biz ularni moliyaviy rag'batlantirishga qaror qildik:

Overall 7 - $1ooπŸ’΅

Overall 7.5 - $2ooπŸ’΅πŸ’΅

Overall 8.0 - $3ooπŸ’΅πŸ’΅πŸ’΅

Overall 8.5 -$5ooπŸ’΅πŸ’΅πŸ’΅πŸ’΅πŸ’΅

Overall 9.0 - $1oooπŸ’΅πŸ’΅πŸ’΅πŸ’΅πŸ’΅πŸ’΅
                                  πŸ’΅πŸ’΅πŸ’΅πŸ’΅πŸ’΅πŸ’΅

Bundan tashqari overall (umumiy) natijasi 7 ball va undan yuqori chiqqan talabalarga davlat tomonidan IELTS imtihoni uchun to'lagan $175πŸ’΅πŸ’΅ qaytarib beriladi.

Shunday qilib sizda IELTS olish uchun ketgan harajatlaringizni ma'lum bir qismini qaytarib olish imkoniyati mavjud.

O'ylaymizki bu moliyaviy rag'batlar sizlarni IELTS imtihoniga yanayam qattiqroq va jiddiyroq tayyorlanishga undaydi!

Yana bir bor PRouD LearningHub ni tanlaganingiz uchun katta rahmat va ishonamizki sizning bu tanlovingiz kelajakda hayotingizn o'zgartiradigan ulkan imkoniyatlar eshigini ochib beradi Xudo holasa!
πŸ‘10
😁5
Hammaga salom!

Darslar mobaynida ta'kidlab o'tayotganimizdek PRouD LearningHub da har yakshanba quyi darajadagilar uchun test va PRE-IELTS va IELTS darajadagilar uchun MOCK EXAM o'tkazib boriladi Xudo holasa.

Va yana bir bor yangilik:

PRouD LearningHub da abiturientlarimiz uchun yakshanba kuni READING CLUB tashkil etamiz Xudo holasa shu sababli abiturientlarimizdan o'zlari bilan lug'at kitob va daftarlarini olib kelishlarini so'rab qolamiz. Shu oyni ohirlarigacha READING CLUB bizda tahsil olayotgan barcha o'quvchilarimiz uchun ham tashkil etiladi Xudo holasa.

Eeee yana testmi? Yakshanba kuni odamlarga o'xshab dam olsak bo'lmasmikin deb xo'rsinib qo'yayotgan lekin, IELTS dan nechi olmoqchisan deb so'rasa 8+ deya javob beradigan ayrim 'mehnatkash' o'quvchilarimiz diqqatiga:

Biz qachonki hayotida ko'p yutuqlarga erishgan, o'ziga to'q odamlarga  ko'zimiz tushganda ularga o'xshashni havas qilamiz va doim bizga ular bu darajaga xuddi bir kechada erishgandek tuyuladi. Lekin biz  ularni kechalari bilan qilgan mehnatlarini uyqudan kechib maqsadi uchun doim olg'a intilganini va ko'zlagan niyatlariga erishish uchun o'z dangasiligu ustidan g'olib chiqqanini bilmaymiz. Maqsadga faqat orzu qilish bilan erishilmaydi, buning uchun diqqatni bir joyga qaratib mehnat qilish kerak!

O'z maqsadi va kelajakdagi yutuqlari sari faqat va faqat olg'a intiladigan PRouD LearningHub o'quvchilariga yana bir bor bizni tanlashgani uchun o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz va ingliz tilini o'rganishlari uchun jamoamiz bilan birga qo'limizdan kelgancha yordam berishga harakat qilamiz Xudo holasa.

Hamma yakshanba 10.00 da kesin.
πŸ‘5😁2πŸ’―1
πŸ‘2
πŸ‘4πŸ”₯3πŸ’―2
PRouD πŸ”LearningHub
Photo
Hammaga salom.

Ishonamizki IELTS journey ni PRouD LearningHub family a'zosi sifatida boshlagan va davom ettirayotganingizdan mamnunsiz!

Ochilganimizga endigina 15 kun bo'lganiga qaramasdan PRouD family a'zolari yorug'lik tezligida 150 dan oshdi ko'z tegmasin! Buning uchun avvalambor Allohga cheksiz hamdu sanolar bo'lsin deymiz va PRouD LearningHub ga tinmay o'z tanishlarini olib kelayotgan bizning sobiq va sodiq o'quvchilarimizga ulkan minnatdorchiligimizni bildirib o'tamiz.

O'z o'rnida ta'kidlab o'tishimiz kerakki 5-sentabrdan 21-sentabrgacha o'z tanishlarini PRouD family ga olib kelgan o'quvchilarimiz uchun va'da qilingan bonuslar sentabr oyini ohirida o'z egalariga topshiriladi Xudo holasa! Mabodo kimnidir esdan chiqarib qo'ysak iltimos behijolat ofisda adminstratormizga murojaat qilishingiz mumkin.

Endi asosiy yangilikka o'tsak:

Soni 150 dan oshgan PRouD family a'zolarini sentabr oyi ohirigacha 250 ga yetkazish maqsadida o'ziga xos 'challenge' o'tkazishga qaror qildik va o'ylaymizki bu sizlar uchun ham va bo'lajak PRouDeR lar uchun ham ma'naviy va moddiy tarafdan foydali bo'ladi Xudo holasa.

Agar siz 22-sentabrdan 30-sentabrgacha bo'lgan muddat mobaynida PRouD LearningHub ga o'z tanishlaringizni ingliz tili va matematikani o'rganishlari uchun olib kelsangiz biz:

Sizga πŸ‘‰πŸ‘‰πŸ‘‰ 5⃣0⃣ 0⃣0⃣0⃣ so'm

Tanishingizga πŸ‘‰πŸ‘‰πŸ‘‰ 3⃣0⃣ 0⃣0⃣0⃣ so'm

miqdorda cash back taqdim etamiz Xudo holasa! Shoshiling vaqt judayam kam qoldi! Tanishlaringizni olib kelganingizda adminstratorimizni ogohlantirib qo'yishni unutmang!

Yana bir bor PRouD family a'zolariga bizga ishonch bildirib qo'llab quvvatlayotganingiz uchun katta rahmat va biz bu ishonchingizni oqlash uchun tinim bilmay harakat qilishda davom etamiz Xudo holasa.

Oldinda hali foydali yangiliklarimiz judayam ko'p, shuning uchun kanalimizga a'zo bo'lishda davom eting va iloji bo'lsa oila a'zolaringizni ham kanalimizga quyidagi ssilka orqali taklif qiling.

https://t.me/PRouDLearningHub

PRouD - build your great-great future with us!

Challenge ga tayyor bo'lsangiz like bosishni unutmangπŸ‘
πŸ‘15πŸ”₯5πŸ–•1
πŸ”₯7πŸ’―1
PRouD πŸ”LearningHub
Photo
Hammaga hayrli kech.

Postimizni yana bir bor bizni qo'llab quvvatlashda tinmay davom etayotgan bizning PRouD LearningHub family ning barcha a'zolariga tashakkur aytishdan boshlamoqchimiz sababi bu bizga bo'lgan ishonchni yuqori ekanligini bildiradi va biz bu ishonchni qadrlagan holda qattiq mehnat qilishdan aslo charchamaymiz Xudo holasa!

Proud LearningHub da darslarimiz ertalab 8.30-18.30 gacha davom etsada, 18.30 dan keyin ham darslar qo'yilishini so'rayotganlar ham bor. Shuning uchun haftdaning toq kunlari 18.30-20.30 gacha yangi BEGINNER guruhi ochishga qaror qildik va bu o'z o'rnida kunduzi ishlab kechqurun bekor yurmasdan ingliz tilini o'rganishni rejalashtirayotgan tanishlaringiz uchun ayni muddao deb o'ylaymiz.

Aytgancha:

Yaqin kunlarda INSTAGRAM sahifamizni ishga tushirish arafasidamiz va 'follower' lar yig'ishda ham PRouD family a'zolarining faol tarzda qo'llab quvvatlashlarini so'rab qolamiz Xudo holasa! Bizni qo'llab quvvatlashda tinmay davom eting va biz ham bizning PRouDeR larga ingliz tilini mukammal tarzda o'rganishlari uchun barcha sharoitlarni yaratib boraveramiz nasib qilsa.

Teamwork makes the dream work!

Join our channel to stay updated:
https://t.me/PRouDLearningHub

Our contact number:
+998940349009
πŸ‘7πŸ”₯3❀1🀣1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
πŸ‡ΊπŸ‡ΏPRouD LearningHub ga Marhamat! πŸ’šπŸ§‘πŸŽ‰Bizni Kuzatishda davom eting, sizni o’quv markazimiz bilan tanishtirishda davom etamiz.Bu hali hammasi emas!
πŸ‡·πŸ‡ΊΠ”ΠΎΠ±Ρ€ΠΎ ΠŸΠΎΠΆΠ°Π»ΠΎΠ²Π°Ρ‚ΡŒ Π² PRouD LearningHub! πŸ§‘πŸ’š ΠžΡΡ‚Π°Π²Π°ΠΉΡ‚Π΅ΡΡŒ с Π½Π°ΠΌΠΈ, ΠΌΡ‹ ΠΏΡ€ΠΎΠ΄ΠΎΠ»ΠΆΠΈΠΌ Π·Π½Π°ΠΊΠΎΠΌΠΈΡ‚ΡŒ вас с нашим ΡƒΡ‡Π΅Π±Π½Ρ‹ΠΌ Ρ†Π΅Π½Ρ‚Ρ€ΠΎΠΌ.  Π­Ρ‚ΠΎ Π΅Ρ‰Π΅ Π½Π΅ всС!

Iloji boricha tanishlaringizga tarqating.

https://t.me/PRouDLearningHub

Instagram:
Proud_learningHub
πŸ”₯5πŸ‘3πŸ’―1
Hammaga salom.

Ishonchimiz komilki PRouD LearningHub family ga a'zo bo'lganingizdan afsusda emassiz va kelajakda bu bilan faxrlanib yurishingiz uchun PRouD LearningHub jamoasi tinmay mehnat qilishdan charchamaydi Xudo hohlasa!

Shu o'rinda bizning family a'zolari va bo'lajak a'zolari uchun PRouD LearningHub tanlagan ta'lim metodikasi va atrofimizda ko'plab topiladigan mashxur o'quv markazlari orasida qanday muvaffaqiyat qozonish strategiyasi va kelajakdagi rejalarimiz bilan tanishtirishni ma'qul deb topdik!

Bizning Telegram va Instagram kanallarimizni kuzatishda davom eting va tez orada bular haqida batafsil ma'lumotlarga ega bo'lasiz Xudo hohlasa.

https://t.me/PRouDLearningHub
πŸ”₯6πŸ‘5πŸ’―1
πŸ”₯5
PRouD πŸ”LearningHub
Photo
Hammaga salom.

Ohirgi postimizda ta'kidlaganimizdek, biz PRouD LearningHub tanlagan ta'lim metodikasi, muvaffaqiyat qozonish strategiyasi va kelajakdagi rejalarimiz haqida PRouD family ning hozirgi a'zolari va bo'lajak a'zolariga ma'lumot berib o'tishga qaror qildik.

Bugun birinchi navbatda bizni tanlagan PRouDeR chilarimizni kelajaklarini keskin ravishda pozitiv tarafga o'zgartirishga hissa qo'shadigan IELTS imtihonidan yuqori ballar olishlarida eng muhim ahamiyat kasb etadigan ta'lim metodikamiz bilan tanishtirishdan boshlasak.

PRouD LearningHub da tahsil olayotganlar bilishadiki, har bir darajadagilar uchun ja'mi 5 ta kitobni

2 ta turli xil Student's book (sinfda o'tiladigan kitoblari);

2 ta ularning Workbook (uy vazifasi uchun bag'ishlangan kitoblari);

1 ta Test kitobi

o'z ichiga olgan maxsus o'quv qo'llanmalaridan foydalanyapmiz.

5 ta KITOB? Bitta darajadagilar uchun? Bundan ma'no nima? Bunaqada bitta darajani qachon tugatadi? degan savollar paydo bo'lishi aniq va bu savollarga mantiqli va o'rinli javobimiz bor va bu javoblarni o'qiganingizdan keyin ko'nglingizdan 'haa PRouD LearningHub ni qandaydir pul qilish uchun biznesmenlar emas balki bilim izlab kelganlarga chin dildan ta'lim berish uchun o'z ishini sevadigan va chin dildan dars o'tadigan haqiqiy pedagoglar ochgan ekan' degan hayol o'tishi tabiiy Xudo holasa.

Yanayam chuqurroq izoh beramiz:

Misol uchun odatda Elementary darajadagilar sinfda Student's book dan imkon boricha ko'proq mashqlar bajarishadi va wunga yarasha Workbook laridan uyga vazifa ham ko'proq bo'ladi. Natijada bizning PRouD family a'zolari uyda atigi yarim soat vazifa uchun vaqt ajratishni o'rniga endi ular soatlab PubG o'ynab isrof qiladigan vaqtlarini ingliz tilidan vazifalarni bajarish uchun sarflashlariga to'g'ri keladi. Bizning tajribamizdan kelib chiqib aytishimiz mumkinki o'quvchilar uyda qancha ko'p vaqtlarini tilni o'rganish uchun sarflashsa kelajakda buning samarasi ham shunga yarasha yuqori bo'ladi.

O'z o'zidan ma'lumki bizda bitta darsda bitta unit o'tilishi kerak degan tamoyil yo'q va shuning uchun kitoblar sonidan qat'iy nazar bitta darajani ikki yarim yoki uch oy o'tiladi va o'quvchilarni Level Test orqali keyingi darajaga o'tishga loyiqmi yoki yo'qmi bilib olinadi Xudo hohlasa.

Yana bir bor PRouD LearningHub ni tanlaganingiz va bizning jonkuyar ustozlarimizga ishonch bildirganingiz uchun katta rahmat deb qolamiz va biz hech qachon sizni muvaffaqiyat cho'qqisiga yetaklashdan charchamaymiz Xudo hohlasa.

Ha aytgancha ertaga Dushanba kunidan boshlab o'tgan oyda bizni o'z do'stlaringiz va tanishlaringizga tavsiya qilganingiz uchun bonuslarni olishni unutmang! PRouD LearningHub ni tavsiya etishda davom eting va oktabr oyida ham bonuslarga ega bo'ling. Biz bu yodamingizni juda ham qadrlaymiz chunki ustozlar bilishadiki o'zlari ta'lim berayotgan o'quvchilari o'zi bilan boshqa tanishi yoki do'stini olib kelsa bu ustozlar uchun judayam ko'p narsani anglatadi va yanayam shijoat bilan ishlashlariga ruhlantiradi.
πŸ”₯12πŸ‘4πŸ’―1
πŸ”₯5
PRouD πŸ”LearningHub
Photo
Hammaga salom.

PRouD LearningHub ni o'tgan oyda o'z oila a'zolaringizga, do'stlaringizga, hamkasblaringizga va tanishlaringizga tavsiya etganingiz uchun rahmat va buning uchun bonuslaringizni olishni unutmang.

Statistik ma'lumotarga ko'ra odamlar yaxwi ovqatlanishdan, oila davrasida vaqt o'tkazishdan va yana boshqa odamlarga yaxshilik qilishdan rohatlanish bilan birgalikda o'zlariga berilgan narxlardagi chegirmalardan ham yaxshigina ma'naviy va moddiy tarafdan zavq olishar ekan.

Shuning uchun sizlarga hozir yaxshigina trendda bo'lgan 'cash back' takliflarimiz davom oktabr oyida ham davom etishi haqida ma'lumot berib o'tmoqchimiz.

Ta'rif nomi: Refer a FRIEND

Buni sharti shuki siz markazimizga har bir olib kelgan tanishingiz yoki o'rtog'ingiz uchun usha oy uchun 4o ooo so'mdan cash back olishga haqli bulasiz.

Ya'ni agar siz:

1Γ—4o ooo
2Γ—8o ooo
3Γ—12o ooo
4Γ—16o ooo

Va eng muhimi agar siz bir oyda 5ta do'stingizni olib kelsangiz markazda bir oy BEPUL ta'lim olishga haqli bulasiz.


Markazimizda beginner darajadan boshlab IELTS darajasigacha guruhlar mavjud.
πŸ‘7πŸ”₯4πŸ₯°2
πŸ”₯6
Hammaga salom.

PRouD LearningHub family ga a'zo bo'lganlarga yana bir bor bizni tanlaganlari uchun tashakkur bildirgan holda, ushbu postimizni diqqat bilan o'qib atrofimizda shuncha taniqli o'quv markazlari joylashgan bo'lishiga qaramasdan PRouD LearningHub jamoasi nega qo'rqmasdan markaz ochishga qaror qilganiga va bizning bu markazlardan kelajakda ortda qolib ketmaslik uchun tanlagan strategiyamiz haqida ma'lumot olishingizni va buni do'stlaringizga ham ulashishingizni so'rab qolamiz.

Iqtisodiyotda 'leapfrogging' degan tushuncha bor. Bunda rivojlanish bosqichlarini sakrab o'tib jadal tarzda rivojlanish tushuniladi. Biz PRouD LearningHub marketing jamoasi aynan shu usuldan foydalanyapmiz va o'ylaymizki bu tanlagan yo'limiz barcha PROuD family ning hozirgi va bo'lajak a'zolariga birdek manzur bo'ladi Xudo hohlasa.

Hammaga ma'lumki hozirgi kunda o'qitish usuli yoki o'quvchilarining erishgan yaxshi natijalari uchun emas, balki faqatgina dizayni va instagramdagi postlari sabab narxi osmonda o'quv markazlari talaygina topiladi. Albatta hamma yoshlarni shunday chiroyli joylarda o'qigisi kelishi tabiiy lekin bunday markazlar odatda faqat 'aristokatlar' uchun va ularning man hammaning ham qurbi yetmaydigan 'falonchi' joyda o'qiyapman deya obro'larini oshirish uchun mo'ljallanadi. Qisqa qilib aytsak ota onangni puli ko'p bo'lsa shunday chiroyli joylarda o'qiysan va o'rtoqlaring orasida obro'ying bo'ladi puling bo'lmasa bilim berish uchun ochilgan oddiygina markazchalarda obro'yingni to'kib borib yuraverasan.

PRouD family ning hozirgi a'zolari guvohi bo'lishayotganidek, markazimiz dizaynida kundan kunga yaxshi tomonga o'zgarishlar kuzatilyapti va umid qilamizki shu yil ohirigacha dizayn bo'yicha barcha o'ylagan rejalarimizni amalga oshiramiz Xudo hohlasa. Eng asosiysi har bir Senior teacher larimiz uchun alohida Junior teacher larni jalb qilgan holda PRouD LearningHub da tahsil olayotgan o'quvchilarimizning IELTS olishgacha bo'lgan yo'lidagi barcha to'siqlarni yengib o'tishlari uchun qo'ldan kelgancha ko'maklashamiz Xudo hohlasa.

Yangi dizayn? Junior teachers? Demak kursni narxi tez orada oshishi tabiiy? Proud LearningHub ham o'zidan 'aristokratlar' yasab olgan ota-ona va o'quvchilar uchun xizmat qilarkanda? Degan o'y hayollar bo'lishi tabiiy. Dizaynni yaxshilash va Junior teacher larni ishga olishdan yagona maqsadimiz bizni tanlagan PRouD family a'zolari uchun o'sha hammaning ham cho'ntagi ko'tara olmaydigan joylardagi barcha sharoitlarni yaratib ularning ham bunga haqli ekanliklarini his qilishlarini va bundan ruhlanib IELTS olish uchun yanayam qattiqroq mehnat qilishlariga ruhlantirishdan iborat. Kursimizning narxi hali beri o'zgarmaydi Xudo hohlasa. Bizning markazimiz tabaqalashmagan holda barcha uchun ochiq bo'ladi nasib qilsa.

Postimiz so'nggida odatdagidek bizning PRouD LearningHub family a'zolariga bizni tanlashgani va bizni tinmay tanishlariga tavsiya berishayotgani uchun chuqur minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz. Markazimizda potensial yoshlarimiz ko'p va biz ulardan tez orada qolgan o'quvchilarimizga ham o'rnak bo'ladigan band score lar kutib qolamiz Xudo hohlasa.

To be continued...

+998940349009
+998903234525
πŸ”₯11πŸ‘5
πŸ”₯5πŸ’―2
PRouD πŸ”LearningHub
Photo
Hammaga salom.

Barcha PRouD family a'zolariga bizni tanlashgani va bizni tanishlariga tavsiya etishda davom etishayotgani uchun minnatdorchiligimizni bildirib o'tamiz. Bu PRouD LearningHub ustozlarini tasavvur qilib bo'lmas darajada ruhlantiradi va sizlarni IELTS dan yuqori ballar olishga yetaklash yo'lida bo'shashmaslikka undaydi.

We strongly believe that you are all enjoying your IELTS journey with us at PRouD LearningHub!

Yana bir yangilik: PRouD LearningHub yashin tezligida rivojlanishda davom etyapti ko'z tegmasin. Shuning uchun bizning markazda saboq olish uchun ro'yhatdan o'tib yangi guruh ochilishini kutayotganlar uchun jamoamizga yana bir ustoz jalb etishni to'g'ri deb bildik.

πŸ“’πŸ“’We are hiring an English TeacherπŸ“’πŸ“’

PRouD LearningHub da yangi INGLIZ TILI USTOZ uchun vakansiya mavjud.

Talablar:

- kamida 2 yillik tajribaga ega bo'lishi;
- darsni auditoriyaga yetkazib bera olish qobiliyati;
- universitet darajasiga ega bo'lishi;
- to'liq bir stavka ishlay olishi;
- IELTS 7+ sertifikatiga ega bo'lishi va eng muhimi Ingliz tili o'rgatishdan rohatlanishi lozim.

PROUD jamoasiga qo'shilishning afzalliklari:

- do'stona muhit va jamoa;
- ish staji yuritish;
- sifatli dars o'tish uchun barcha sharoitlar;
- 6 ooo ooo - 2o ooo ooo oylik maosh

Agar sizning shunday tanishlaringiz bo'lsa bu xabarni yetkazib qo'yishni unutmang.

Contact number:
+998903234525
πŸ’―5πŸ‘3πŸ”₯3