PLC Engineers
2.72K subscribers
154 photos
136 videos
9 files
274 links
Gurux:📲
https://t.me/+3vBiDbFzSUE0ZjMy

YouTube📲
https://youtube.com/@plcengineers?si=Ex6SeGHKkfmKjh1G

Dastur va uni o'rnatish uchun qo'llanma:📲
https://t.me/+EKbjOF-3KuE1ZGU6

Kanalni qo‘llab quvvatlash:📲
https://t.me/boost/PLC_Enginers
Download Telegram
Forwarded from Engineering (𝑯𝒂𝒔𝒂𝒏 𝑻𝒐𝒊𝒓𝒐𝒗)
⏳ Vaqt relesi (taymerli rele) — bu elektr zanjirini ma’lum bir vaqt oralig‘idan so‘ng avtomatik ravishda yoqish yoki o‘chirishni ta’minlaydigan qurilma. U asosan avtomatlashtirish tizimlarida ishlatiladi va ishlab chiqarish jarayonlarini, elektr uskunalarini, yoritish tizimlarini va boshqa turli qurilmalarni belgilangan vaqtda boshqarish uchun qo‘llaniladi.

🪩 Vaqt relesining ishlash prinsipi
Vaqt relesi belgilangan vaqt oralig‘idan so‘ng o‘z kontaktlarini yopish yoki ochish orqali elektr zanjirini boshqaradi. Bu vaqt oraliq foydalanuvchi tomonidan oldindan sozlanadi va qurilma bu vaqt o‘tgach avtomatik ravishda kerakli amalni bajaradi. Ishlash prinsipi bo‘yicha vaqt relelari quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Elektromexanik vaqt relelari – vaqtni mexanik yoki elektromagnit yordamida nazorat qiladi. Bu relelar ishonchli, lekin katta o‘lcham va og‘irlikka ega bo‘lishi mumkin.
2. Elektron vaqt relelari – raqamli yoki analog elektron komponentlar yordamida ishlaydi va aniqroq vaqtni nazorat qiladi.
3. Pnevmatik vaqt relelari – havo bosimi o‘zgarishiga asoslangan bo‘lib, sekin harakatlanuvchi tizimlarda qo‘llanadi.
4. Termal vaqt relelari – harorat o‘zgarishi orqali ishlaydi va issiqlikning kengayishidan foydalanadi.

😄 Vaqt relesining asosiy qismlari
🔘 Taymer mexanizmi – vaqtni belgilash uchun ishlatiladi.
🔘 Kontaktlar – elektr zanjirini yoqish yoki o‘chirish uchun javobgar bo‘lgan elementlar.
🔘 Ulanish terminallari – elektr tarmog‘iga ulanadigan qism.
🔘 Boshqaruv tugmalari yoki displey – vaqtni sozlash va o‘zgartirish uchun ishlatiladi.

⚙️Vaqt relesining qo‘llanilishi
Vaqt relelari sanoat, maishiy va avtomatlashtirish tizimlarida keng qo‘llaniladi:
1. Yoritish tizimlarida – belgilangan vaqtda chiroqlarni avtomatik yoqish va o‘chirish.
2. Ishlab chiqarish jarayonlarida – turli jarayonlarni belgilangan vaqt oralig‘ida avtomatlashtirish.
3. Dasturlashtirilgan sug‘orish tizimlarida – dalalarni avtomatik sug‘orish.
4. Konditsioner va isitish tizimlarida – haroratni avtomatik boshqarish.
5. Elektr dvigatellarni boshqarishda – motorlarni kerakli vaqt davomida ishga tushirish yoki o‘chirish.
✅Vaqt relesining afzalliklari
🔘 Energiyani tejash – ortiqcha ishlovchi qurilmalarni avtomatik ravishda o‘chirib, elektr energiyasini tejaydi.
🔘 Avtomatlashtirish – inson aralashuvisiz tizimlarni boshqarish imkoniyatini yaratadi.
🔘 Jarayonlarni soddalashtirish – ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarini avtomatlashtirish orqali samaradorlikni oshiradi.
🔘 Ishonchlilik va xavfsizlik – noto‘g‘ri ishlashning oldini olish va qurilmalarni himoya qilish imkonini beradi.

🔎 Vaqt relesini tanlash bo‘yicha maslahatlar
🔘 Ishlash kuchlanishi va tok kuchi – rele ulanadigan tizimga mos kelishi kerak.
🔘 Vaqt oralig‘i – qurilma belgilangan vaqt diapazonida ishlay olishi lozim.
🔘 Kontaktlarning turi va sig‘imi – rele orqali boshqariladigan yuk turi va sig‘imi hisobga olinishi kerak.
🔘 Ishlash muhiti – harorat, namlik va tashqi ta’sirlar bardoshli bo‘lishi muhim.
🔘 Qo‘shimcha funksiyalar – masalan, ekran, dasturlash imkoniyati yoki masofadan boshqarish kabi qulayliklar

⚙️ @Engineer_in_progress
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥5❤2
Forwarded from Engineering (𝑯𝒂𝒔𝒂𝒏 𝑻𝒐𝒊𝒓𝒐𝒗)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😄 PUSKATEL haqida umumiy tushunchalar va uning ishlash jarayoni

💠 "Industry 5.0" loyihasidagi mashgʻulotlarimizdan lavha

👨‍🏫 @UrinjonChoriyev

P.s: Sifatli taʼlim - sifatli video.
MBga achinmaysiz. Wi-Fi mezza😁🤝


⚙️ @PLC_Enginers
⚙️ @Engineer_in_progress
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🤩4🔥1
Frontend nima🧐
Backend nima🧐

Yumor orqali ajoyib tushuntirish✅

Telegram👇
PLC_Enginers⚙️

You tube👇
PLC_Engineers⚙️
🤣9👍5🔥2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
PLC anons📽

Qolgani ham tez orada......


Bizni kuzatishda davom eting. Hali eng yaxshilari oldinda.....🚀

Telegram👇
PLC_Enginers⚙️

You tube👇
PLC_Engineers⚙️
🥰11👍10🔥9👏6😍6
TIC TAC......⏳
Tez orada "TIA Portalda Foydalanuvchi ma'lumot turini yaratish" mavzusida Master Class👨🏻‍💻

Bizni kuzatishda davom eting. Hali eng yaxshilari oldinda.....🚀

Telegram👇
PLC_Enginers⚙️

You tube👇
PLC_Engineers⚙️
🔥5👍3👏3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"TIA Portalda Foydalanuvchi ma'lumot turini yaratish" mavzusida ustozimizdan Master Class👨🏻‍💻

Teacher: Kasimov F.O👨🏻‍💻


Bizni kuzatishda davom eting. Hali eng yaxshilari oldinda.....🚀

Telegram👇
PLC_Enginers⚙️

You tube👇
PLC_Engineers⚙️
🔥6👍3👨‍💻1
DAVRIY_JADVAL.exe
24.4 MB
D.I Mendeliyevning davriy jadvali haqida ma'lumot beruvchi dastur.

Arxivdan chiqib qoldi😉


Bizni kuzatishda davom eting. Hali eng yaxshilari oldinda.....🚀

Telegram👇
PLC_Enginers⚙️

You tube👇
PLC_Engineers⚙️
👍3🔥3
#Temperatura

Temperatura o'lchash vositalari bo'yicha harorat diapazonlari

Issiqlikdan kengayish:
Suyuqlikning shisha termometrlari: -200 °C dan 600 °C gacha o'lchaydi.
Dilotometrik va bimetalli termometrlar: -150 °C dan 700 °C gacha o'lchaydi.

Ishchi jismning o'zgarmas hajmda bosimining o'zgarishi:
Manometrik termometrlar:-150 °C dan 600 °C gacha.
Gazli: -267 °C dan 600 °C gacha.
Suyuqlikli: -150 °C dan 350 °C gacha.
Bug’-suyuqlikli (kondensatsion): -50 °C dan 350 °C gacha.

Termoelektrik effekt (TEK):
Termoelektrik termometrlar: -200 °C dan 2500 °C gacha.

Elektr qarshiligini o'zgarishi:
Metalli qarshilik termometrlari: -260 °C dan 1100 °C gacha.
Yarim o‘tkazgichli qarshilik termometrlari: -272 °C dan 600 °C gacha.

Issiqlikda nurlanish:
Umumiy pirometrlar:
700 °C dan 6000 °C gacha.
Kvazimonoxromatik pirometrlar: 300 °C dan 2800 °C gacha.
Spektral nisbatli pirometrlar: 50 °C dan 3500 °C gacha.
To'liq nurlanish pirometrlari: 50 °C dan 3000 °C gacha.

Telegram👇
PLC_Enginers⚙️

You tube👇
PLC_Engineers⚙️
👍5🔥2
#Temperatura
#Termopara
Termopara, haroratni o ‘lchashda ishlatiladigan asbob bo‘lib, ikki turli metallning ulangan joyida hosil bo‘ladigan elektr toki orqali haroratni aniqlashga yordam beradi. Termoparalar turli xil turlarga bo‘linadi.
Misol uchun termoparaning quyidagi turlari mavjud:
K: Xromel-alyumin o‘lchash chegarasi uzoq muddatli (0÷1100°C),qisqa muddat (-180÷1300°C).
J: Jeleza-konstanta uzoq muddatli (0÷700°C), qisqa muddat (-180÷800°C)
N: Nikrosil-nikel uzoq muddatli (0÷1100°C), qisqa muddat (-270÷1300°C)
R: 13% Platina-Rodiy va Platina uzoq muddatli (0÷1600°C), qisqa muddat (-50÷1700°C)
S: 10% Platina-Rodiy va Platina uzoq muddatli (0÷1600°C),qisqa muddat (-50÷750°C)
B: 30% Platina-Rodiy va 6% Platina-Rodiy uzoq muddatli (200÷1700°C),qisqa muddat (0÷1820°C).
T: Mis- Konstanta uzoq muddatli (-185÷750°C), qisqa muddat (-250÷400°C)
E: Xromel-Konstanta uzoq muddatli (0÷800°C), qisqa muddat (-40÷900°C)


Telegram👇
PLC_Enginers⚙️

You tube👇
PLC_Engineers⚙️
👍6🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Temperatura
#Termopara
Termopara, haroratni o ‘lchashda ishlatiladigan asbob bo‘lib, ikki turli metallning ulangan joyida hosil bo‘ladigan elektr toki orqali haroratni aniqlashga yordam beradi.

Telegram👇
PLC_Enginers⚙️

You tube👇
PLC_Engineers⚙️
👍4🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Temperatura
#Termopara

Zeebek effekti(termopara)
НИЯУ МИФИ
Teacher: Гервидс Валериан Иванович

Bu ko'rib turganlaringiz bir OTM da o'tiladigan fizika darsidan lavha. Bu o'qituvchi ham fizik va uning ishlab chiqarish, avtomatika va shu kabilarga umuman aloqasi yo'q. U shunchaki barcha yo'nalishlar uchun yagona fizik asosni ko'rsatib beradi xolos. Menimcha biz ham tezroq ta'lim berish(o'rganish) uslubimizni o'zgartirsak anchaa manfaatli bo'lsa kerak.....

Telegram👇
PLC_Enginers⚙️

You tube👇
PLC_Engineers⚙️
👍4🔥4❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Hazil😉

Siz IT chi misiz

Telegram👇
PLC_Enginers⚙️

You tube👇
PLC_Engineers⚙️
😁11🤣6👍1
👍3🔥2
#Sarf, #Kariolis
#Pасходомер, #Кориолис
KARIOLIS SARF O'LCHAGICH🫗
​Kariolis sarf o'lchagich oqim sensori va uzatgichdan iborat.Sensor naychalarning sarfini,zichligini va haroratini to'g'ridan-to'g'ri o'lchaydi.Konvertor sensordan olingan ma'lumotlarni standart chiqish signaliga aylantiradi.
Yuqori aniqlik va ishonchli in o'lchov sifatini oshiradi.
Sensorga kiradigan o'lchanayotgan vosita teng yarimga bo'linadi va sensor naychalarining har biri orqali oqadi,naychalar bir-biriga qarama-qarshi yo'nalishda tepaga va pastga siljiydi.
O'lchanayotgan vosita sensor orqali harakatlanganda, "Coriolis effekti" Deb nomlanuvchi hodisa paydo bo'ladi.Sensor naychasining aylanadigan harakatidagi muhitning translatsiya harakati Coriolis tezlashuvining paydo bo'lishiga olib keladi,bu esa o'z navbatida Coriolis kuchini paydo qiladi.Ushbu kuch unga naycha orqali berilgan naychaning harakatiga,ya'ni naycha tsiklining yarmi davomida yuqoriga qarab harakat qilganda, ichkariga kiradigan suyuqlik uchun Kariolis kuchi pastga yo'naltiriladi.Suyuqlik naychaning bukilgan qismidan o'tishi bilan,kuch yo'nalishi teskari tomonga o'zgaradigan.Shunday qilib,naychaning kirish yarmida suyuqlik bilan ishlaydigan kuch naychaning joyini o'zgartirish,chiqishda esa o'z hissasini qo'shadi.Bu naychaning egilishiga olib keladi.



Bizni kuzatishda davom eting. Hali eng yaxshilari oldinda.....🚀

Telegram👇
PLC_Enginers⚙️

You tube👇
PLC_Engineers⚙️
👍6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Принцип действия Кориолисова расходомера
#Sarf, #Kariolis
#Pасходомер, #Кориолис
Bizni kuzatishda davom eting. Hali eng yaxshilari oldinda.....🚀

Telegram👇
PLC_Enginers⚙️

You tube👇
PLC_Engineers⚙️
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Rektefikatsiya

Rektifikatsion kalonna qanday ishlashi va bu jarayon qanday kechishini bilasizmi?🧐

Videoda batafsil📽👆👆👆

Telegram👇
PLC_Enginers⚙️

You tube👇
PLC_Engineers⚙️
🔥5👍4👏2
👍4
Sanoatda qo‘llaniladigan elektr o‘lchov vositalari
Sanoat jarayonlarini samarali boshqarish va nazorat qilish uchun turli elektr o‘lchov vositalari qo‘llaniladi. Ushbu vositalar elektr parametrlarini o‘lchash, tahlil qilish va muammolarni aniqlash uchun ishlatiladi. Keling, eng muhim elektr o‘lchov asboblari bilan tanishamiz.
⚡️ 1. Voltmeter
Funktsiyasi: Elektr zanjirida kuchlanishni (V) o‘lchaydi.
Turlari:
Analog (o‘lchov strelkali)
Raqamli (digital)
True RMS (aniqroq natija beradi)
Qo‘llanilishi: Elektr ta’minot liniyalari, motorlar va avtomatlashtirilgan tizimlarning kuchlanishini nazorat qilishda ishlatiladi.
🔥 2. Ampermetr
Funktsiyasi: Elektr zanjiridan o‘tuvchi tok kuchini (A) o‘lchaydi.
Turlari:
Oqim kuchlanishiga bog‘liq ravishda o‘lchaydigan (shuntli)
Klemmli ampermetr (kontakt qilmasdan o‘lchash imkonini beradi)
Qo‘llanilishi: Elektr motorlari, transformatorlar, generatorlar va boshqa qurilmalarning tok sarfini nazorat qilish.
⚙️ 3. Ohmmetr
Funktsiyasi: Elektr qarshiligini (Ω) o‘lchaydi.
Turlari:
Analog
Raqamli
Megaohmmetr (yuqori qarshiliklarni o‘lchaydi)
Qo‘llanilishi: Kabel va simlarning izolyatsiyasini tekshirish, elektronik komponentlarning sog‘lig‘ini aniqlash.
🔎 4. Multimetr
Funktsiyasi: Bir nechta o‘lchov imkoniyatlarini o‘z ichiga olgan universal asbob.
O‘lchash mumkin bo‘lgan kattaliklar:
Kuchlanish (V)
Tok (A)
Qarshilik (Ω)
Kapasitans (F)
Diod testi
Qo‘llanilishi: Elektr jihozlarini ta’mirlash, avtomatlashtirish tizimlarini sozlash va diagnostika qilish.
🌡 5. Osillograf
Funktsiyasi: Elektr signallarining vaqtga bog‘liq grafik tasvirini ko‘rsatadi.
Qo‘llanilishi: Sanoat elektronikasi, avtomatlashtirish va sensor tizimlarini diagnostika qilish, chastota va tebranishlarni o‘lchash.
🔋 6. Elektr energiyasi hisoblagichi
Funktsiyasi: Sarflangan elektr energiyasini (kWh) o‘lchaydi.
Qo‘llanilishi: Korxona elektr ta’minoti tizimlarida iste’molni nazorat qilish va optimallashtirish.
🎛 7. Izolyatsiya qarshiligini o‘lchagich (Megohmmetr)
Funktsiyasi: Kabel va elektr qurilmalarining izolyatsiya sifati va qarshiligini tekshiradi.
Qo‘llanilishi: Elektr motorlari, generatsiya tizimlari, transformator va yuqori kuchlanishli liniyalar diagnostikasida.

Telegram👇
PLC_Enginers⚙️

You tube👇
PLC_Engineers⚙️
👍7
🤔4