PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)
19.4K subscribers
1.31K photos
124 videos
2.4K links
Shifokor pediatr Maqsud Muxtorovning shaxsiy telegram kanali

Donat uchun: https://tirikchilik.uz/pediatric_uz

Kanaldan ma'lumot olinganda manbasi ko'rsatilsin! Manba ko'rsatilmasa rozi emasmiz!

Reklama👉 @tibbiy_reklama1
Download Telegram
Bolalar isitma qilgan paytda parasetamol(Sefekon D) shamchalari va tabletkasini qanday dozalarda qo‘llash kerak?

Shamchani bir martalik qo‘llash dozalari:

-1 oylikdan 3 oylikgacha - 50 mg
-3 oylikdan 3 yoshgacha - 100 mg
-3 yoshdan kattalarga - 250 mg

❗️Bir kunda 3 tagacha shamcha qo‘llash mumkin!

Tabletkani bir martalik qo‘llash dozalari (Parasetamol 200 mg tabletkasi uchun):

-1 oylikdan 3 oylikgacha - 50 mg (1/4 tab yoki chorak tab)
-3 oylikdan 3 yoshgacha - 100 mg ( 1/2 tab yoki yarimta tab)
-3 yoshdan kattalarga - 200 mg (1 tab )

❗️Tabletkani ham yuqoridagi dozada kuniga 3 mahal berish mumkin!

‼️Eslatma! Tabletka va shamchalarni bola tana harorati 38 °C dan oshgandan keyin qo‘llash mumkin!

© Doctor Muxtorov

https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
Bolalarda qorin dam bo‘lishini kamaytiruvchi Simetikon(Bobotik,Espumizan, Kolikvel) tarkibli tomchilar qanday dozalarda beriladi?

Bola hayotining 28 kunidan 2 yoshgacha kuniga 8 tomchidan(20 mg simetikon) 4 marta buyuriladi.

2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 14 tomchidan (35 mg simetikon) 4 marta buyuriladi.

6 yoshdan katta bolalarga va kattalarga 16 tomchidan (40 mg simetikon) 4 marta buyuriladi.

Yuqoridagi preparatlarni faqat vrach Pediatr tavsiyasi bilan qo‘llang!

© Doctor Muxtorov

https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
Bolalarga ich yumshatuvchi(surgi dori) sifatida beriladigan Dyufalak(laktuloza)ni qanday dozalarda qo‘llash kerak?

💠3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga - boshlang‘ich doza 5 ml, qo‘llovchi doza 5 ml

💠3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda - boshlang‘ich doza 5-10 ml, qo‘llovchi doza 5-10 ml

💠7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga - boshlang‘ich doza 15 ml, qo‘llovchi doza 10 ml

💠14 yoshdan katta bolalarga- boshlang‘ich doza 15-45 ml, qo‘llovchi doza 10-25 ml

❗️Preparat kuniga bir marta, ertalab ovqat mahalida qabul qilinadi!
2 kundan keyin ya’ni laktulozani klinik effekti yuzaga chiqqandan keyin dozani kamaytirish mumkin!

Ichak disbakteriozini davolash uchun quyida dozalarda qabul qilinadi:

💠1 yoshgacha bolalarga- 1,5-3 ml

💠1 yoshdan 3 yoshgacha - 3 ml

💠4 yoshdan 5 yoshgacha - 5 ml

💠7 yoshdan katta bolalarga - 10 ml

🛑Eslatma! Yuqoridagi dozalar ma’lumot uchun berildi! Preparat dozasini Vrach Pediatr bolaning holatiga qarab individual ravishda belgilaydi!

© Doctor Muxtorov

Kanalga qo‘shilish:👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
Gijja kasalliklari(Gelmintozlar)ni uy sharoitida qanday aniqlash mumkin?(Onalar uchun)

Gijja kasalliklarini uy sharoitida kasallikning klinik belgisiga qarab aniqlash mumkin! Quyida ko‘p uchraydigan kasalliklar belgilari!

⚡️Ostritsa(Enterobioz) bilan zararlanish belgilari:

Qichishish(anal teshigi atrofida va jinsiy organlarda, kechqurun kuzatiladi)
Ishtaha pasayishi
Xotira pasayishi
Bosh og‘rig‘i
Yuzdagi oq dog‘lar
Uyqu buzilishi(kuchli qichishish tufayli)
Tishini g‘ichirlatishi(uyqu paytida)
Qorinda og‘riq (kindik atrofida,kuchsiz)
Og‘iz qurishi
Ich ketishi
Enurez
Vulvovaginit(qiz bolalarda)

⚡️Askarida(Askaridoz) bilan zararlanish belgilari:

Ishtaha pasayishi
Ozib ketish
Isitma(davriy ravishda)
Ich ketish(yoki qotishi)
Ko‘ngil aynishi
Qusish (kam hollarda)
Qorinda og‘riq(kindik atrofida va qovurg‘a ostida)
Qo‘zg‘aluvchanlik
Tez charchash
Bosh og‘rig‘i
Uyqu buzlishi(Tungi qo‘rquv)
Tishini g‘ichirlatishi(Uyqu paytida)
Anemiya
Ko‘p so‘lak ajralishi
Soch to‘kilishi(tanga shaklida)

🛑Bolada yuqoridagi belgilarning bir nechtasi(2 tadan ko‘p) aniqlanganda, uni yuqumli kasalliklari shifokori yoki Pediatr ko‘rigiga olib borish zarur!

© Doctor Muxtorov

Kanalga qo‘shilish:👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
Кесарча кесиш билан туғилганми – демак у семиз бўлади.

JAMA Pediatrics журналида Гарвард тиббиёт ходимларининг мақоласи чоп этилди. Унда олимлар кесарча кесиш ва табиий йўл билан туғилган болаларнинг кейинги хаётидаги ўзгаришларни тадқиқот қилишган.

Тадқиқотда жами 15000 онадан туғилган 22000 болани текширувдан ўтказилган. Кўпроқ кўп болали оилаларни жалб қилинган, яъни бир онадан хам табиий йўл хам кесарча кесиш йўли билан туғилганларни солиштирилган.

Текширув натижалари қуйидагича бўлди:

🔰Умумий хисобда кесарча кесиш билан туғилганлар табиий йўл билан туғилганларга нисбатан 15 % кўпроқ семизликка учрар экан.

🔰Бир оиладаги фарзандлар ичида, кесарча кесиш билан туғилганлар табиий йўл билан туғилганларга нисбатан 64 % кўпроқ семизликка учрар экан.


🔰Кесарча кесиш кўпроқ ёши катта бўлиб фарзанд кўрадиган аёлларда қилинар экан.

Бунинг сабаби қилиб кесарча кесиш вақтида болага ўтадиган микробни кўрсатишмоқда. Бу микроб бола ёши катта бўлганда организм модда алмашинувини тезлатиб юборади ва унда кучли очқаш хамда ортиқча овқат истеъмолига сабаб бўлади

Каналга уланиш:👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ