PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)
18.2K subscribers
1.33K photos
127 videos
2.43K links
Shifokor pediatr Maqsud Muxtorovning shaxsiy telegram kanali

Donat uchun: https://tirikchilik.uz/pediatric_uz

Kanaldan ma'lumot olinganda manbasi ko'rsatilsin! Manba ko'rsatilmasa rozi emasmiz!

Reklama👉 @tibbiy_reklama1
Download Telegram
Kanalimizda muntazam ravishda koronavirus haqida ma’lumot berilishiga qanday qaraysiz?
Anonymous Poll
36%
Yaxshi bo‘lardi!
51%
Kerak emas!
14%
Manga farqi yo‘q!
Bolalarda D vitamini yetishmovchiligi yoki raxitning boshlang‘ich davrini qanday aniqlash mumkin(Onalar bilishi kerak)?

Dastlab bola hayotining 2-3 oyligida nerv tizimi tomonidan quyidagi klinik belgilar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi:
-bezovtalik
-qo‘zgaluvchanlik
-uyqu buzilishi(uyquning yuzaki bo‘lishi yoki kam uxlashi)

Keyinchalik bolada ishtahaning pasayishi, baland tovushdan cho‘chish, birdan yorug‘lik tushganda seskanish holatlari yuzaga keladi. Bola ko‘p terlaydigan bo‘ladi(kaftlar, oyoq kaftlari, tanada), ayniqsa boshning sochli qismida ko‘proq kuzatiladi. Ajralgan ter nordon hidli bo‘ladi, u terini zararlaydi va qichishish keltirib chiqaradi. Oqibat bola boshini yostiqqa ishqalaydi, ensa sohasidagi sochlari to‘kiladi. Terida issiqlik toshmalari paydo bo‘ladi.

Bolada liqildoqlarni bekilishi va tishlarini chiqishi kechikadi. Lekin shunda ham ayrim onalar beparvolik qilishadi. Yuqoridagi belgilarga e’tibor berishmaydi. Vaholanki yuqoridagi belgilar aniqlandimi? Hattoki bittasi bo‘lsa ham, bolani kechiktirmasdan PEDIATR ko‘rigiga olib boring!

Kasallikni davolagandan ko‘ra, uni oldini olgan ming marta yaxshiroq! Zero, vaqtliroq harakat qilsangiz bolani bir umrlik nogironlikdan asrab qolasiz!

“Juda ko‘p berilgan savollarni inobatga olgan holda, bu post yana boshqadan joylashga majbur bo‘ldim! Ayniqsa onalar har bir yozgan postimni o‘qib borishsa foydadan holi bo‘lmaydi!”

©Doctor Muxtorov

https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
Chaqaloqning qulog‘i og‘rishini qanday aniqlash mumkin?

Ko‘plab holatlarda chaqaloqlar yig‘isining asosiy sabablaridan biri bu quloq og‘rig‘i hisoblanadi. Og‘riq kuchi jihatidan quloq og‘rig‘i tish og‘rig‘iga tengdir.
Chaqaloqning qulog‘ida og‘riq bor yoki yo‘qligini aniqlash uchun pediatrlar “Tragus” belgisidan foydalanishadi.

Tragus simptomi- bunda chaqaloq qulog‘i suprasining tragus(yuqorida rasmda ko‘rsatilgan козелок) qismiga ohista bosiladi, agar o‘rta yoki tashqi quloqda yallig‘lanish bo‘lsa, simptom musbat bo‘ladi. Bu holatda chaqaloq yig‘lashi yoki yig‘isi kuchayishi mumkin.

© Doctor Muxtorov

https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
Bolalar isitma qilgan paytda parasetamol(Sefekon D) shamchalari va tabletkasini qanday dozalarda qo‘llash kerak?

Shamchani bir martalik qo‘llash dozalari:

-1 oylikdan 3 oylikgacha - 50 mg
-3 oylikdan 3 yoshgacha - 100 mg
-3 yoshdan kattalarga - 250 mg

❗️Bir kunda 3 tagacha shamcha qo‘llash mumkin!

Tabletkani bir martalik qo‘llash dozalari (Parasetamol 200 mg tabletkasi uchun):

-1 oylikdan 3 oylikgacha - 50 mg (1/4 tab yoki chorak tab)
-3 oylikdan 3 yoshgacha - 100 mg ( 1/2 tab yoki yarimta tab)
-3 yoshdan kattalarga - 200 mg (1 tab )

❗️Tabletkani ham yuqoridagi dozada kuniga 3 mahal berish mumkin!

‼️Eslatma! Tabletka va shamchalarni bola tana harorati 38 °C dan oshgandan keyin qo‘llash mumkin!

© Doctor Muxtorov

https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
Bolalarda qorin dam bo‘lishini kamaytiruvchi Simetikon(Bobotik,Espumizan, Kolikvel) tarkibli tomchilar qanday dozalarda beriladi?

Bola hayotining 28 kunidan 2 yoshgacha kuniga 8 tomchidan(20 mg simetikon) 4 marta buyuriladi.

2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 14 tomchidan (35 mg simetikon) 4 marta buyuriladi.

6 yoshdan katta bolalarga va kattalarga 16 tomchidan (40 mg simetikon) 4 marta buyuriladi.

Yuqoridagi preparatlarni faqat vrach Pediatr tavsiyasi bilan qo‘llang!

© Doctor Muxtorov

https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ