IKKIMIZ ORAMIZDA
Muhabbat bir afsona,
Ikkimiz oramizda.
Baxt bog'lari qo'yniga,
Kel birga boramizda.
Qoplab vada vaz aytmay,
Ochiqchaku sevgimiz.
Hijronlarni tog'ini,
Kel birga yoramizda.
Balki yog'ar qor-qirov,
Yomg'irlanar dil birrov.
Shunday yashaylikki yor,
O'tkazmasin g'am so'rov.
Tutashganda qalbimiz,
Kel turmush quramizda,
Samo kabi ishqimiz,
Baxt kular oramizda.
19.09.2020
O'tkir Mulikboyev Qo'shrabot
Muhabbat bir afsona,
Ikkimiz oramizda.
Baxt bog'lari qo'yniga,
Kel birga boramizda.
Qoplab vada vaz aytmay,
Ochiqchaku sevgimiz.
Hijronlarni tog'ini,
Kel birga yoramizda.
Balki yog'ar qor-qirov,
Yomg'irlanar dil birrov.
Shunday yashaylikki yor,
O'tkazmasin g'am so'rov.
Tutashganda qalbimiz,
Kel turmush quramizda,
Samo kabi ishqimiz,
Baxt kular oramizda.
19.09.2020
O'tkir Mulikboyev Qo'shrabot
MUALLIM, O'QTUVCHI AZIZ USTOZLAR
Men sizni osmonga o'hshatdim nurli,
Yashil o'rmonlarga shaydoman durli.
Sehrli olamga boshlagan o'sha,
Ziyodan to'shalgan yo'lingiz gulli.
Quyoshsiz tabiyat yashnamas sizsiz,
Ulug'lar yodlari ketmagay izsiz.
Bulutlar orasin yorib nurli kun,
Sizga talpinadi ezgulik so'zsiz.
Muzlagan, mudragan ochasiz dilni,
Bezaysiz jumlalab chiroylab tilni.
Qora tuyg'ularni kuydirib o'tda,
Qaqnusdek mo'jiza qilasiz kulni.
Charchoqlarni surib, turasiz kulib,
O'quvchim bir nihol, yashnasin unib.
Bolamdek azizsan, qarog'im degan,
Ilmga tashnaqalb, qilgansiz yo'nib.
Porloq kelajakka istiqbol tutib,
Yashaysiz kamtardil zafarin kutib.
Mevasin bergan chog' nihollaringiz,
Quvonib qo'yasiz, charchoq unitib.
Kitoblar ertaning najotkorlari,
Ustozlar ertamiz ijodkorlari.
Sizlar qalbimiz yorug' osmoni,
Azìz vatanimiz ilmkorlari.
Yuraklar tubidan kelgay ovozlar,
Hayot yo'lingizda doim parvozlar,
Sizlarga ehtirom eng buyuk haddim,
Muallim, o'qtuvchi, aziz ustozlar.
01.10.2019
O'tkir Mulikboyev Qo'shrabot
Men sizni osmonga o'hshatdim nurli,
Yashil o'rmonlarga shaydoman durli.
Sehrli olamga boshlagan o'sha,
Ziyodan to'shalgan yo'lingiz gulli.
Quyoshsiz tabiyat yashnamas sizsiz,
Ulug'lar yodlari ketmagay izsiz.
Bulutlar orasin yorib nurli kun,
Sizga talpinadi ezgulik so'zsiz.
Muzlagan, mudragan ochasiz dilni,
Bezaysiz jumlalab chiroylab tilni.
Qora tuyg'ularni kuydirib o'tda,
Qaqnusdek mo'jiza qilasiz kulni.
Charchoqlarni surib, turasiz kulib,
O'quvchim bir nihol, yashnasin unib.
Bolamdek azizsan, qarog'im degan,
Ilmga tashnaqalb, qilgansiz yo'nib.
Porloq kelajakka istiqbol tutib,
Yashaysiz kamtardil zafarin kutib.
Mevasin bergan chog' nihollaringiz,
Quvonib qo'yasiz, charchoq unitib.
Kitoblar ertaning najotkorlari,
Ustozlar ertamiz ijodkorlari.
Sizlar qalbimiz yorug' osmoni,
Azìz vatanimiz ilmkorlari.
Yuraklar tubidan kelgay ovozlar,
Hayot yo'lingizda doim parvozlar,
Sizlarga ehtirom eng buyuk haddim,
Muallim, o'qtuvchi, aziz ustozlar.
01.10.2019
O'tkir Mulikboyev Qo'shrabot
O'QUVCHI
Jaji qo'llarida Alifbo jildi
Pirpirak lentalar taqilgan sochga.
Oppoq bandchasi bor ko'ylaklarida,
Bilimlar koniga shoshar o'quvchi.
Mahkam tutib olgan qo'liga biyron.
Saralab olganda qalamlarini,
Maktab ostonsin haklaydi jayron,
Ko'zida ertaga ishonch o'quvchi.
Chiroyli kiyingan orzuga o'hshar,
O'g'il qiz o'stirgan onalar ilhaq.
Otaga sevinch yosh tamini bergan,
Chopqilab bormoqda murg'ak o'quvchi.
Nutqin hozirlagan jajji so'zomon,
Qo'lini ko'ksiga qo'ygancha chopar.
Og'rig'i bo'lmagan savollariga,
Javob ahtaradi tinmas o'quvchi.
Ko'zlarin uzmaydi ustozdan bir zum,
Partalar hamrohi, doskalar sirdosh,
Jurnalda ilk bora olgan bahosi,
Hayrati yuzida daho o'quvchi.
Minglab, million qadar ko'zlarga inar,
O'qtuvchi mehribon qattiqqo'l sinar.
Ziyo maskanida unib ulg'ayar.
Sho'xligi o'ziga o'hshar o'quvchi.
Muallim, ustozga aylanadi rost,
Chuchuk tillarida ehtirom lutf.
Qo'lidan kelmasi yo'q mitti jonda,
Bilog'on, bilimga chanqoq o'quvchi.
Ko'rib yoshligini eslaydi ona,
Sezdirmas hayolga berilgan ota.
Bolalik podsholik, oltinga teng yo'l,
O'zligin anglaydi ildam o'quvchi.
Buyik ish oldidan hozirlangandek,
Kundalik bahosin tutar o'quvchi.
Ilk baho vatanga bo'lgan muhabbat,
Bilimlar koniga shoshar o'quvchi.
05.09.2019
O'tkir Mulikboyev Qo'shrabot
Jaji qo'llarida Alifbo jildi
Pirpirak lentalar taqilgan sochga.
Oppoq bandchasi bor ko'ylaklarida,
Bilimlar koniga shoshar o'quvchi.
Mahkam tutib olgan qo'liga biyron.
Saralab olganda qalamlarini,
Maktab ostonsin haklaydi jayron,
Ko'zida ertaga ishonch o'quvchi.
Chiroyli kiyingan orzuga o'hshar,
O'g'il qiz o'stirgan onalar ilhaq.
Otaga sevinch yosh tamini bergan,
Chopqilab bormoqda murg'ak o'quvchi.
Nutqin hozirlagan jajji so'zomon,
Qo'lini ko'ksiga qo'ygancha chopar.
Og'rig'i bo'lmagan savollariga,
Javob ahtaradi tinmas o'quvchi.
Ko'zlarin uzmaydi ustozdan bir zum,
Partalar hamrohi, doskalar sirdosh,
Jurnalda ilk bora olgan bahosi,
Hayrati yuzida daho o'quvchi.
Minglab, million qadar ko'zlarga inar,
O'qtuvchi mehribon qattiqqo'l sinar.
Ziyo maskanida unib ulg'ayar.
Sho'xligi o'ziga o'hshar o'quvchi.
Muallim, ustozga aylanadi rost,
Chuchuk tillarida ehtirom lutf.
Qo'lidan kelmasi yo'q mitti jonda,
Bilog'on, bilimga chanqoq o'quvchi.
Ko'rib yoshligini eslaydi ona,
Sezdirmas hayolga berilgan ota.
Bolalik podsholik, oltinga teng yo'l,
O'zligin anglaydi ildam o'quvchi.
Buyik ish oldidan hozirlangandek,
Kundalik bahosin tutar o'quvchi.
Ilk baho vatanga bo'lgan muhabbat,
Bilimlar koniga shoshar o'quvchi.
05.09.2019
O'tkir Mulikboyev Qo'shrabot
ULG'AYISH BO'SAG'ASIDA
Men minib boraman najot kemasin,
Haqsizlik tig'ida daralar oshib.
Umidim shamlari erib bitar chog',
Yurak qaynab borar ko'ksimdan toshib.
To'htamay o'taman ortimdagi yo'l,
Qiyin kunlarimning chizig'idek jo'n.
Ko'ksim yonib ketar haqsizliklarga,
Bir rostin ortida yalg'onlari o'n.
Yavoyi yo'rg'adek o'rganmoq qiyin,
Turli davralarning og'usi chalar.
Ko'zlarin uzmasdan jon olishga shay,
Qadrdon ilonning yog'ini yalar.
Hanjarni ortingdan uradi biri,
Tiriklik og'u deb o'rgatar haslar.
Chiroyli ko'rinar sohta iltifot,
Jilmaysam qayg'udan qorayar kaslar.
Uchma-uch bugunim ertasiga ham,
Sabrim tolosh bo'lar qattiyatimda.
Hech kimga ishonib bo'lmas deydilar,
Biroq umid, ishonch haqiyqatimda.
Men yana ulg'ayish bo'sag'asida,
Minib borayapman najot kemasin.
07.10.2020
O'tkir Mulikboyev Qo'shrabot
Men minib boraman najot kemasin,
Haqsizlik tig'ida daralar oshib.
Umidim shamlari erib bitar chog',
Yurak qaynab borar ko'ksimdan toshib.
To'htamay o'taman ortimdagi yo'l,
Qiyin kunlarimning chizig'idek jo'n.
Ko'ksim yonib ketar haqsizliklarga,
Bir rostin ortida yalg'onlari o'n.
Yavoyi yo'rg'adek o'rganmoq qiyin,
Turli davralarning og'usi chalar.
Ko'zlarin uzmasdan jon olishga shay,
Qadrdon ilonning yog'ini yalar.
Hanjarni ortingdan uradi biri,
Tiriklik og'u deb o'rgatar haslar.
Chiroyli ko'rinar sohta iltifot,
Jilmaysam qayg'udan qorayar kaslar.
Uchma-uch bugunim ertasiga ham,
Sabrim tolosh bo'lar qattiyatimda.
Hech kimga ishonib bo'lmas deydilar,
Biroq umid, ishonch haqiyqatimda.
Men yana ulg'ayish bo'sag'asida,
Minib borayapman najot kemasin.
07.10.2020
O'tkir Mulikboyev Qo'shrabot
KULSAM YIG'LAYDI
Kulsam yig'laydi ovvoralar,
Dilimga shundan g'am oralar.
Ko'zim panalab g'iybat qilishar,
O'tirsam tursam ichi qoralar.
Chalishsa jimman, turtib ko'rishar,
Bitta jilmaysam kuyar oshnalar.
Zulikdek so'rar erkinlik tutsam,
Ko'pdek ko'rinar qonga tashnalar.
Dahlizdek kichik baxt ini sirti,
Ichida butun, dunyo yaralar.
Yashayman unda ko'rmaslar bilsin,
Shunga ko'nglimdan shodlik taralar.
Yamonlarim ko'p yahshim tutadi,
Vaqt chambaragi elab yutadi.
Ketsam o'zimdan nokasga erib,
Ko'zimga dunyo og'u surtadi.
Kulib yashayman yamonlar kuysin,
Yahshilar birga shodlikni suysin.
Muhabbat bilan hamroh boraman,
Menga ergashgan chin baxtni tuysin.
Qolganlar qolar g'am porasida,
Yahshilarim ko'p el orasida.
07.10.2020
Kulsam yig'laydi ovvoralar,
Dilimga shundan g'am oralar.
Ko'zim panalab g'iybat qilishar,
O'tirsam tursam ichi qoralar.
Chalishsa jimman, turtib ko'rishar,
Bitta jilmaysam kuyar oshnalar.
Zulikdek so'rar erkinlik tutsam,
Ko'pdek ko'rinar qonga tashnalar.
Dahlizdek kichik baxt ini sirti,
Ichida butun, dunyo yaralar.
Yashayman unda ko'rmaslar bilsin,
Shunga ko'nglimdan shodlik taralar.
Yamonlarim ko'p yahshim tutadi,
Vaqt chambaragi elab yutadi.
Ketsam o'zimdan nokasga erib,
Ko'zimga dunyo og'u surtadi.
Kulib yashayman yamonlar kuysin,
Yahshilar birga shodlikni suysin.
Muhabbat bilan hamroh boraman,
Menga ergashgan chin baxtni tuysin.
Qolganlar qolar g'am porasida,
Yahshilarim ko'p el orasida.
07.10.2020
SUT CHAYGAN OQSHOMLAR SURGANCHA HAYOL
Yuragim qizdirib ketgansan o'sha,
Oyning nigohidan seni izlayman.
Sut chaygan oqshomlar surgancha hayol,
Bir zumga vaslingni ko'rmoq istayman.
Muhabbat sochganda yo'limizga gul,
Tutqazdi bu hayot qo'limizga pul.
Iliq tuyg'ularni sovitmoq mahol,
Ayriliq so'zini aytar bo'ldi til.
Diydor kechalari izsiz yo'qoldi,
Qidirib sarsonu ko'zimiz toldi,
Parchalangan yurak darz ketgan ko'zgu,
Muhabbat qasrimiz huvillab qoldi.
Yana ko'rishamiz taqdir hazili,
Sinovlar chekinib ketgandek nari.
Davlatmand hayolni surib bir chetga,
Yo'l olmoq istadik faqat baxt sari.
Sut chaygan oqshomlar surgancha hayol,
Bir zumga vaslingni ko'rmoq istayman.
10.10.2020
O'tkir Mulikboyev Qo'shrabot
Yuragim qizdirib ketgansan o'sha,
Oyning nigohidan seni izlayman.
Sut chaygan oqshomlar surgancha hayol,
Bir zumga vaslingni ko'rmoq istayman.
Muhabbat sochganda yo'limizga gul,
Tutqazdi bu hayot qo'limizga pul.
Iliq tuyg'ularni sovitmoq mahol,
Ayriliq so'zini aytar bo'ldi til.
Diydor kechalari izsiz yo'qoldi,
Qidirib sarsonu ko'zimiz toldi,
Parchalangan yurak darz ketgan ko'zgu,
Muhabbat qasrimiz huvillab qoldi.
Yana ko'rishamiz taqdir hazili,
Sinovlar chekinib ketgandek nari.
Davlatmand hayolni surib bir chetga,
Yo'l olmoq istadik faqat baxt sari.
Sut chaygan oqshomlar surgancha hayol,
Bir zumga vaslingni ko'rmoq istayman.
10.10.2020
O'tkir Mulikboyev Qo'shrabot
SENI DER ON..
Yona yona ko'ksim qovjirar,
Kul bo'ladi ko'nglimdagi ishq.
O'tlantirib yoqib yuborgan,
Yurak o'zin bilsada pishiq.
Sevgi nozik nihol bo'lgancha,
Joy oladi dil bog'laridan.
Yumalaydi hijron toshlari,
Ashkim sabab roz tog'laridan.
Kun, tun bilan o'rin almashar,
Vaqt o'tgani sezilmas bir dam.
Nigohiga tikilgan ko'yi,
To'kis deydi topolmas dil kam.
Faqat u deb urmoqda ko'ksim,
Muhabbatdan yaralmoqda baxt.
Orzularim yozgancha quloch,
Visol ko'shki qurar oltin taxt.
Seni der on umid, istak, dard..
14.10.2020
O'tkir Mulikboyev Qo'shrabot
Yona yona ko'ksim qovjirar,
Kul bo'ladi ko'nglimdagi ishq.
O'tlantirib yoqib yuborgan,
Yurak o'zin bilsada pishiq.
Sevgi nozik nihol bo'lgancha,
Joy oladi dil bog'laridan.
Yumalaydi hijron toshlari,
Ashkim sabab roz tog'laridan.
Kun, tun bilan o'rin almashar,
Vaqt o'tgani sezilmas bir dam.
Nigohiga tikilgan ko'yi,
To'kis deydi topolmas dil kam.
Faqat u deb urmoqda ko'ksim,
Muhabbatdan yaralmoqda baxt.
Orzularim yozgancha quloch,
Visol ko'shki qurar oltin taxt.
Seni der on umid, istak, dard..
14.10.2020
O'tkir Mulikboyev Qo'shrabot
YAHSHILANIB BORAR KUNDAN KUN HAYOT
O meni g'aribga chiqargan ko'nglim,
Yetaklay boshlading buyiklik tamon.
Kitoblar changlarin artib ochaman.
Angladim, bo'lganman hudbin va yamon.
Sehrli so'zlarni topgandek basir,
Qalbimga ziyoning qadaldi urug'i.
Izlardim baxt qani, taxt qani deya,
O'tmaslashgan ekan aql surug'i.
Topdim bobolarning hikmatlarini,
Topdim islomiylik sunnatlarini.
Alloh qalbimizning tirik iymoni,
Topdim buyik davlat zahmatlarini.
Sabr ne sabot ne o'rganib chiqdim,
G'ayridin hislardan chekindim nari.
Vafo va sadoqat insoniy boylik
Mehrla yorishgay ko'ngillar qari.
Berildim chunonam ilmu-ziyoga,
Bilmaslarim ko'pdir, anglabon yetdim.
Orzular gulshanin qurdim bog'ini,
Ro'yobga intilib umidga yetdim.
Baxt bu tiriklikni o'zi ekan rost,
Baxt bu ota-onang borlig'i chin rost.
Opa ukang, singling va yaqinlaring,
Baxt bu borligidir, quvonchidir rost.
Varaqlay boshladim hayot kitobin,
Vafoli bir yorni istaydi hayol.
Umrlik hayotim mazmunga boylar
Uchrasa bo'lg'usi eng baxtli ayol.
Yurib ketayapman hayot kitobin,
Oppoq joylariga orzular bitib.
Yangi sahiyfamni sarlavhasiga,
Baxt ana turibdi deyman jo'n kutib.
Yahshilanib borar kundan kun hayot...
15.10.2020
O'tkir Mulikboyev Qo'shrabot
O meni g'aribga chiqargan ko'nglim,
Yetaklay boshlading buyiklik tamon.
Kitoblar changlarin artib ochaman.
Angladim, bo'lganman hudbin va yamon.
Sehrli so'zlarni topgandek basir,
Qalbimga ziyoning qadaldi urug'i.
Izlardim baxt qani, taxt qani deya,
O'tmaslashgan ekan aql surug'i.
Topdim bobolarning hikmatlarini,
Topdim islomiylik sunnatlarini.
Alloh qalbimizning tirik iymoni,
Topdim buyik davlat zahmatlarini.
Sabr ne sabot ne o'rganib chiqdim,
G'ayridin hislardan chekindim nari.
Vafo va sadoqat insoniy boylik
Mehrla yorishgay ko'ngillar qari.
Berildim chunonam ilmu-ziyoga,
Bilmaslarim ko'pdir, anglabon yetdim.
Orzular gulshanin qurdim bog'ini,
Ro'yobga intilib umidga yetdim.
Baxt bu tiriklikni o'zi ekan rost,
Baxt bu ota-onang borlig'i chin rost.
Opa ukang, singling va yaqinlaring,
Baxt bu borligidir, quvonchidir rost.
Varaqlay boshladim hayot kitobin,
Vafoli bir yorni istaydi hayol.
Umrlik hayotim mazmunga boylar
Uchrasa bo'lg'usi eng baxtli ayol.
Yurib ketayapman hayot kitobin,
Oppoq joylariga orzular bitib.
Yangi sahiyfamni sarlavhasiga,
Baxt ana turibdi deyman jo'n kutib.
Yahshilanib borar kundan kun hayot...
15.10.2020
O'tkir Mulikboyev Qo'shrabot
YASASHNI BOSHLADIM BAXT TUMORINI
Yasashni boshladim baxt tumorini,
Chayib ketkazaman dil g'uborini.
Uchrasa ko'nglimga bir yaqin sanam,
Yor qilay, roz olib beg'uborini.
Yahshilar yamonga aylanib qolmas,
Sevmoq, sevilmoqlik lavzila tolmas.
Ikki dil eshigi, tutashgan chog'i,
Yurakni ilitgan chin sevgi o'lmas.
Ahtarib chiqaman kashonalardan
Bog'u-rog' yaratgan baxt xonalardan.
O'ylamang boylikka uchganimcha yo'q,
Ahtardim qalbi boy ishoralardan.
Yuzida ko'rinsa tolening naqshi,
Erkalab suyaman, ko'raman yahshi.
Bir umr yor bo'lmoq istagi bo'lsa,
Unga ataladi umrimning baxshi.
Yuzim yorishadi ko'rib boraman,
Bir shirin hayolni surib boraman.
Yuragim jizillab urib qolgan chog',
Visol dengizida suzib boraman.
Manzili yaqinu balki olisdan,
Baxtim imoratin qurib boraman.
25.10.2020
O'tkir Mulikboyev Qo'shrabot
Yasashni boshladim baxt tumorini,
Chayib ketkazaman dil g'uborini.
Uchrasa ko'nglimga bir yaqin sanam,
Yor qilay, roz olib beg'uborini.
Yahshilar yamonga aylanib qolmas,
Sevmoq, sevilmoqlik lavzila tolmas.
Ikki dil eshigi, tutashgan chog'i,
Yurakni ilitgan chin sevgi o'lmas.
Ahtarib chiqaman kashonalardan
Bog'u-rog' yaratgan baxt xonalardan.
O'ylamang boylikka uchganimcha yo'q,
Ahtardim qalbi boy ishoralardan.
Yuzida ko'rinsa tolening naqshi,
Erkalab suyaman, ko'raman yahshi.
Bir umr yor bo'lmoq istagi bo'lsa,
Unga ataladi umrimning baxshi.
Yuzim yorishadi ko'rib boraman,
Bir shirin hayolni surib boraman.
Yuragim jizillab urib qolgan chog',
Visol dengizida suzib boraman.
Manzili yaqinu balki olisdan,
Baxtim imoratin qurib boraman.
25.10.2020
O'tkir Mulikboyev Qo'shrabot
Hayot kuldiradi yig'latib tinmay,
Sinovlar kundalik yumishdek kechar.
Ishonib bo'lmasdek o'zgarmas dunyo,
Lag'zada yaralmoq oni vaqt bichar.
O'tkir Qo'shrabot
Sinovlar kundalik yumishdek kechar.
Ishonib bo'lmasdek o'zgarmas dunyo,
Lag'zada yaralmoq oni vaqt bichar.
O'tkir Qo'shrabot
Sevgi deb atadim hamma so'zimni,
Bir senga yoqishlik yulduzni tutmoq.
Orzuga aylandi tuyg'ular hislar,
Ko'k oydan tongandek seni unutmoq.
31.10.2020
O'tkir Qo'shrabot
Bir senga yoqishlik yulduzni tutmoq.
Orzuga aylandi tuyg'ular hislar,
Ko'k oydan tongandek seni unutmoq.
31.10.2020
O'tkir Qo'shrabot
UMID YURAGIMNING HAR NAFASIDA
Mag'lubman eng yahshi hislar ortida,
Ochiq eshik turar qarshimda mavhum.
Ergashsam ziyoning yog'dulariga,
Dilim umidlanar bo'lmasdan mag'zun.
Yolg'izdek bir asir qiyofa hayol,
Rejalar tuzular, g'ijimlanar so'ng.
Boshlagan ishlarim to'htab qolgandek,
Ko'ngil, ko'chalari kelmas sira o'ng.
Tarafim olguchi yo'qdek, tuyilar,
Yana hovotirli ko'chalar izg'ib.
O'zligim ahtarib boraman dil hun,
Umid ilinj tutar g'am ketar to'zg'ib.
Shahd turdim o'rnimdan eshik tutg'ichi,
Sokin tuyg'ularga yurak qulay joy.
Uchrashuv joyiga shoshgan oshiqdek,
Deraza ortida mo'ralaydi oy.
Ketdim mag'zun holning yechib libosin,
Shodlik yopinchiqin olgancha tutib.
Ertamga kundalik tuzib rejalar,
Boraman qadrdon umidni tutib.
Umid yuragimning har nafasida..
03.11.2020
O'tkir Mulikboyev Qo'shrabot
Mag'lubman eng yahshi hislar ortida,
Ochiq eshik turar qarshimda mavhum.
Ergashsam ziyoning yog'dulariga,
Dilim umidlanar bo'lmasdan mag'zun.
Yolg'izdek bir asir qiyofa hayol,
Rejalar tuzular, g'ijimlanar so'ng.
Boshlagan ishlarim to'htab qolgandek,
Ko'ngil, ko'chalari kelmas sira o'ng.
Tarafim olguchi yo'qdek, tuyilar,
Yana hovotirli ko'chalar izg'ib.
O'zligim ahtarib boraman dil hun,
Umid ilinj tutar g'am ketar to'zg'ib.
Shahd turdim o'rnimdan eshik tutg'ichi,
Sokin tuyg'ularga yurak qulay joy.
Uchrashuv joyiga shoshgan oshiqdek,
Deraza ortida mo'ralaydi oy.
Ketdim mag'zun holning yechib libosin,
Shodlik yopinchiqin olgancha tutib.
Ertamga kundalik tuzib rejalar,
Boraman qadrdon umidni tutib.
Umid yuragimning har nafasida..
03.11.2020
O'tkir Mulikboyev Qo'shrabot
Uyg'ongil iliq bir hissiyot bilan,
Tong senga tutqazar shodlikni tuhfa.
Sen qarshi ololsang nematin qo'shlab,
Baxt sendan ajralmas qilmagil shubha.
04.11.2020
O'tkir Qo'shrabot
Tong senga tutqazar shodlikni tuhfa.
Sen qarshi ololsang nematin qo'shlab,
Baxt sendan ajralmas qilmagil shubha.
04.11.2020
O'tkir Qo'shrabot
Vodarig' hislarim seni qarshingda,
Yonar fonuschalar raqsini boshlar.
Yashirib turolmam nazaring sezmish,
Bir odim qolganda ko'nglim yo'l boshlar.
04.11.2020
O'tkir Qo'shrabot
Yonar fonuschalar raqsini boshlar.
Yashirib turolmam nazaring sezmish,
Bir odim qolganda ko'nglim yo'l boshlar.
04.11.2020
O'tkir Qo'shrabot
IXTIYORA
Yoz ko'nglima aylayin mashq,
Qizir hayol boshlaydi rashk.
O'ltir deydi o'ltirmaydi,
To'fon kibi darchasi ashk.
Kezar kirib chiqmas joy yo'q,
Bildim demas, ko'rmoq gashti.
Bisyor erur, dil qo'nalg'a,
Ishq bog'ining kishvar dashti.
Pano izlab yor vaslig'a,
Yetmoq istar holda tabi.
Qo'l qalamni tutgan onda,
Orziqar qalb oshiq kabi.
O'ltarma deb sarsor yo'lda,
Borur bo'ldim ixtiyora.
Hayot sinov, hayot siylov,
Yashar bo'ldim baxtiyora.
09.11.2020
O'tkir Mulikboyev Qo'shrabot
Yoz ko'nglima aylayin mashq,
Qizir hayol boshlaydi rashk.
O'ltir deydi o'ltirmaydi,
To'fon kibi darchasi ashk.
Kezar kirib chiqmas joy yo'q,
Bildim demas, ko'rmoq gashti.
Bisyor erur, dil qo'nalg'a,
Ishq bog'ining kishvar dashti.
Pano izlab yor vaslig'a,
Yetmoq istar holda tabi.
Qo'l qalamni tutgan onda,
Orziqar qalb oshiq kabi.
O'ltarma deb sarsor yo'lda,
Borur bo'ldim ixtiyora.
Hayot sinov, hayot siylov,
Yashar bo'ldim baxtiyora.
09.11.2020
O'tkir Mulikboyev Qo'shrabot
ERTA UCHUN UMID BO'LMASA
Toshqin soy ham toshishdan to'xtar,
Ko'ngil to'siq oshishdan to'xtar.
Hayot nursiz hazonga o'hshar,
Ertang uchun umid bo'lmasa.
Bosgan yo'ling tikan paykali,
Jussang bo'lar hayol haykali.
Bu dunyoning yo'qdir sayqali,
Erta uchun umid bo'lmasa.
Tik qadlar ham egilib borar,
Yoqang ochiq bo'g'ilib borar.
Dilda g'ashlik tug'ilib borar,
Ertang uchun umid bo'lmasa.
Qo'lin niqtab ko'rsatar hamma,
Umid guli so'ligan damda.
Deysan shuncha azoblar kamma,
Erta uchun umid bo'lmasa.
Zirqiraydi ayoq-qo'l vujud,
Isi boshqa atroflaring dud.
Qo'l siltaysan barini unut,
Ertang uchun umid bo'lmasa.
Osmon qular go'yo boshingga,
Pashsha tushar yegan oshingga.
Mum qaraysan taqdir toshingga,
Erta uchun umid bo'lmasa.
Ro'yo kabi orzular bari,
Zulmatlanar ko'ngillar qari.
Sarg'ayasan vaqt o'tgan sari,
Ertang uchun umid bo'lmasa.
Talosh bo'lar rizqing yulinar,
Chekkadasan juda bilinar.
Har qadamda bag'ring tilinar,
Erta uchun umid bo'lmasa.
Yuzing siniq mo'rtlashar hayol,
Yashash zavqin hislolmay hiyol.
So'ngi chora o'zing qo'lga ol,
Ertang uchun umid bo'lmasa.
09.11.2020
O'tkir Mulikboyev Qo'shrabot
Toshqin soy ham toshishdan to'xtar,
Ko'ngil to'siq oshishdan to'xtar.
Hayot nursiz hazonga o'hshar,
Ertang uchun umid bo'lmasa.
Bosgan yo'ling tikan paykali,
Jussang bo'lar hayol haykali.
Bu dunyoning yo'qdir sayqali,
Erta uchun umid bo'lmasa.
Tik qadlar ham egilib borar,
Yoqang ochiq bo'g'ilib borar.
Dilda g'ashlik tug'ilib borar,
Ertang uchun umid bo'lmasa.
Qo'lin niqtab ko'rsatar hamma,
Umid guli so'ligan damda.
Deysan shuncha azoblar kamma,
Erta uchun umid bo'lmasa.
Zirqiraydi ayoq-qo'l vujud,
Isi boshqa atroflaring dud.
Qo'l siltaysan barini unut,
Ertang uchun umid bo'lmasa.
Osmon qular go'yo boshingga,
Pashsha tushar yegan oshingga.
Mum qaraysan taqdir toshingga,
Erta uchun umid bo'lmasa.
Ro'yo kabi orzular bari,
Zulmatlanar ko'ngillar qari.
Sarg'ayasan vaqt o'tgan sari,
Ertang uchun umid bo'lmasa.
Talosh bo'lar rizqing yulinar,
Chekkadasan juda bilinar.
Har qadamda bag'ring tilinar,
Erta uchun umid bo'lmasa.
Yuzing siniq mo'rtlashar hayol,
Yashash zavqin hislolmay hiyol.
So'ngi chora o'zing qo'lga ol,
Ertang uchun umid bo'lmasa.
09.11.2020
O'tkir Mulikboyev Qo'shrabot
Qiz ko'nglin bilmoqqa shoshar yigitlar,
Oshiqlik maktubin bitgancha jondan.
Birinchi muhabbat so'zsiz kecharu,
Binosi yurakdir vadasi qondan.
09.11.2020
O'tkir Qo'shrabot
Oshiqlik maktubin bitgancha jondan.
Birinchi muhabbat so'zsiz kecharu,
Binosi yurakdir vadasi qondan.
09.11.2020
O'tkir Qo'shrabot
Yur ketdik vadalar oshyoni qaynoq,
Bo'salar singari orziqdirar qalb.
Kuzatib turaman hiyobonlarda,
Orzumas ko'pincha tug'iladi dard.
09.11.2020
O'tkir Qo'shrabot
Bo'salar singari orziqdirar qalb.
Kuzatib turaman hiyobonlarda,
Orzumas ko'pincha tug'iladi dard.
09.11.2020
O'tkir Qo'shrabot
Aldash oson, avrash oson,
Balki bor ko'p insonni.
Qiyin lekin topmoq mumkin,
Ko'ngli tiniq insonni.
09.11.2020
O'tkir Qo'shrabot
Balki bor ko'p insonni.
Qiyin lekin topmoq mumkin,
Ko'ngli tiniq insonni.
09.11.2020
O'tkir Qo'shrabot
SOYABONSIZ YOMG'IR QUCHOG'IDA KEZ
G'uborga aylangan gardlar to'kilar,
Ko'ngil ezg'ilagan dardlar to'kilar.
Yurak bo'shashadi, hislar so'kilar,
Soyabonsiz, yomg'ir quchog'ida kez.
Izlar yuviladi, xato manzillar,
Ezg'ilab o'tgan chog', taqdiriy zillar.
Metin irodangni sindirsa hillar,
Soyabonsiz yomg'ir quchog'ida kez.
Kimdir aloviga yog' sepishadi,
Ko'zlar, ko'zlaringda g'am ekishadi.
Abgorsan, sinasan bir tepishadi,
Soyabonsiz, yomg'ir quchog'ida kez.
Darbadar oshiqsan kiborlanar his,
Aldamchi hayolga aylanadi tus.
Oyog'ing osmonda uchganida hush,
Soyabonsiz, yomg'ir quchog'ida kez.
Sarg'ayib qoladi ekkan gullaring,
Aylanmay qoladi g'ovdan tillaring.
Do'sting hanjaridan vayron dillaring,
Soyabonsiz, yomg'ir quchog'ida kez.
Hisobing o'marsa ishongan qo'llar,
Yalg'on manzil bo'lsa ishongan yo'llar.
Yomg'irmas, boshingga tomchilar do'llar,
Soyabonsiz, yomg'ir quchog'ida kez.
Aylanar bu tegra boshing uzra g'ir,
Sen chida, sabr qil, ishon yana bir.
Baxt kutar qaydadir, taqdir saqlar sir,
Soyabonsiz, yomg'ir quchog'ida kez.
16.11.2020
O'tkir Mulikboyev Qo'shrabot
G'uborga aylangan gardlar to'kilar,
Ko'ngil ezg'ilagan dardlar to'kilar.
Yurak bo'shashadi, hislar so'kilar,
Soyabonsiz, yomg'ir quchog'ida kez.
Izlar yuviladi, xato manzillar,
Ezg'ilab o'tgan chog', taqdiriy zillar.
Metin irodangni sindirsa hillar,
Soyabonsiz yomg'ir quchog'ida kez.
Kimdir aloviga yog' sepishadi,
Ko'zlar, ko'zlaringda g'am ekishadi.
Abgorsan, sinasan bir tepishadi,
Soyabonsiz, yomg'ir quchog'ida kez.
Darbadar oshiqsan kiborlanar his,
Aldamchi hayolga aylanadi tus.
Oyog'ing osmonda uchganida hush,
Soyabonsiz, yomg'ir quchog'ida kez.
Sarg'ayib qoladi ekkan gullaring,
Aylanmay qoladi g'ovdan tillaring.
Do'sting hanjaridan vayron dillaring,
Soyabonsiz, yomg'ir quchog'ida kez.
Hisobing o'marsa ishongan qo'llar,
Yalg'on manzil bo'lsa ishongan yo'llar.
Yomg'irmas, boshingga tomchilar do'llar,
Soyabonsiz, yomg'ir quchog'ida kez.
Aylanar bu tegra boshing uzra g'ir,
Sen chida, sabr qil, ishon yana bir.
Baxt kutar qaydadir, taqdir saqlar sir,
Soyabonsiz, yomg'ir quchog'ida kez.
16.11.2020
O'tkir Mulikboyev Qo'shrabot