O'TKIR MULIKBOYEV SHE'RLARI
45 subscribers
1.86K photos
214 videos
36 files
14 links
Ijod ilhom doyasi,
Bor yuragim qoyasi.
Ishqdan u hosil bo'lgan,
Kerakmasmi soyasi

Bog'lanish uchun
@OtkirMulikboyev

πŸš”Mualliflik huquqisiz olish taqiqlanadi.
Download Telegram
GULLAR MENING O'G'IL QIZLARIM

Muallif: O'tkir Mulikboyev Qo'shrabot
Ijroda: Latofat Bo'ronova
SOG'INDIM QISHLOG'IM ADIRLARINGNI

Sog'indim qishlog'im adirlaringni,
Ilon izi ketgan qadrdon ko'cham.
Qo'ylar maraganda ohular chopgan,
Bo'ribosarlarim qo'rigan kecham.

Nihol bo'ylarini ko'kka cho'zgancha,
Bolalik tengdoshim yashnar daraxtlar.
Sho'xliklar ham o'tib ulg'aydik ketdik,
Diydor ko'rishtirmoq istab so'roqlar.

Bugun tog'lar sog'inch nigohin qadar,
O'zi katta qilgan etaklarida.
OsiΕ‚ib yer edim shirin mevasin,
Olis bolalikning ertaklarida.

Termulib qolaman tanish suvratin,
Tushirib jo'natgan menga tabiyat,
Bunchalar olislab ketding kelaqol,
Degandek qilganman o'zim tarbiyat.

Menga tanish yana go'zallik, borliq,
Yaqinlar sog'inmay ketdingmi deydi,
Olis bir o'lkada, qalbing muzlagan,
Bir yon vatan meni unutding deydi.

So'zlar topilmaydi sabablarim ko'p,
Ulg'aygach ro'zg'orning tashvishlari ko'p,
Umid kemasiga o'tirib olib,
Najot izlaganlar juda, juda ko'p.

Hali yuzlarini yorug' qilgancha,
Qaytaman oftobga bag'rimni tutib.
Sevib qolgan kabi jo'rtaga imlar,
Tunlar oymoni qo'lidan tutib.

Boshqacha go'zallik boshqacha sog'inch,
Suratga termulib kulaveraman.
Yig'lagan onimni yashirib o'tib,
Ko'zlarim, uzolmay turaveraman.

Vatan sog'inganman nafaslaringni,
Sensiz hali tuzuk olmadim nafas.
Bunchalar go'zalsan, oh tabiyatim,
Senga olam, dunyo qiladi havas.
05.05.2019

O'tkir Mulikboyev Qo'shrabot

O'tkir mulikboyev Sherlari
πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡
@OtkirQoshrabot
YOR MENI TANLA, MENI TANLA

(Qo'shiq uchun)

Gulim menga roz qilgil,
Bu ko'nglimni g'oz qilgil.
Oramizni soz qilgin.
Yor men tanla, meni tanla.
Muhabbatim chin sayla.

Ayibmi ko'z ko'rgani,
Ko'ngil yaqin bilgani.
Borsam hol so'ragali,
Bir meni tanla, meni tanla,
Muhabbatim chin sayla.

Komonmi yor qoshlaring,
Yigirmada yoshlaring.
Aylantirmam boshlaring
Yor meni tanla, meni tanla,
Muhabbatim chin sayla.

Ayt qizil qor yog'sinmi,
Oy qo'l silkib boqsinmi.
Dilim o'tlar yoqsinmi,
Yor meni tanla, meni tanla,
Muhabbatim chin sayla.

Orzu tutgan istaksan,
Qalb ko'shkimda yuksaksan.
Umrim bo'yi keraksan,
Yor meni tanla, meni tanla,
Muhabbatim chin sayla.

Yurmagay o'yin uchun,
O'tkirning ko'r ishq kuchin.
Har ne qilar sen uchun,
Yor meni tanla, meni tanla,
Muhabbatim chin sayla.

Birga yulduz sanaymiz,
Oy yuzlarin silaymiz.
G'am andux, ko'rmagaymiz,
Yor meni tanla, meni tanla,
Muhabbatim chin sayla.
05.05.2019

O'tkir Mulikboyev Qo'shrabot

O'tkir Mulikboyev sherlari
πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡
@OtkirQoshrabot
OMONMISIZ AZIZ SINFDOSHLARIM

(Ayting omonmisiz sinfdoshlarim...
Shahlo Ahrorova)

Beg'ubor sho'xlikdan, quvnagan ko'zlar,
Sho'xlik o'chog'ida o'ynagan do'stlar.
Jajji kulgulari yarashgan yuzlar,
Omonmisiz aziz sinfdoshlarim.

Birinchi ustozga boqqan hayratla,
Kitobga mehrni topgan do'stlarim.
Alochiman deya talashib yurgan,
Omonmisiz aziz sinfdoshlarim.

Ustozlar chorlagan bizni ziyoga,
Muhabbat uyg'otgan go'zal dunyoga.
Orzular qilardik talashib olam,
Omonmisiz aziz sinfdoshlarim.

Ulg'ayib qolardik qadrdon parta,
Dilxatim bitilgan uni chetiga,
Necha maktublarim kitob jiltida.
Omonmisiz aziz sinfdoshlarim.

Eslab qo'l silkimoq vaqti keldimi,
Tushlar sog'ingandan sizni ko'rdimi.
Bu ko'ngil qadringiz balki bildimi,
Omonmisiz aziz sinfdoshlarim.

Gullar tutay o'zim alochi qizga,
Oshiqlar bo'lganku do'stlarim sizga.
O'hshatdim men sizni olis yulduzga,
Omonmisiz aziz sinfdoshlarim.

Qaldirg'och palopon uchurma qilar,
Orzular yo'liga ko'chirma qilar.
O'quvchilik davrin kechinma bilar,
Omonmisiz aziz sinfdoshlarim.

Hayot yo'llaringiz turfa hil nurli,
Taqdir toshingizni yo'llari gulli.
Barbir yoshlik chog'i bizga sururli,
Omonmisiz aziz sinfdoshlarim.

Partaga bog'langan sunbul sochingiz,
Bilmaysiz qalbimga bog'langanini.
Potirlab sevmoqqa chog'langanini.
Omonmisiz aziz sinfdoshlarim.

Do'stlar ko'rishadi quchoq ochishib,
Biz sizni eslaymiz nurqanotlarim.
Qayda bo'lsangiz ham bo'lingiz omon,
Omonmisiz, aziz sinfdoshlarim.
05.05.2019

O'tkir Mulikboyev Qo'shrabot

O'tkir Mulikboyev Sherlari
πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡
@OtkirQoshrabot
HUSH KELDING, HUSH KO'RDIK SENI RAMAZON

G'aflat yoqasidan ko'tarib jonni,
Insonga tutqazib go'zal bir onni.
Allohni tanimoq berib imkonni,
Hush kelding, hush ko'rdik seni ramazon.

Zikr va duoga ochingiz qo'lni,
Ko'ringiz, ko'raylik hidoyat yo'lni.
Bo'stonlag'ay ro'za qalbdagi cho'lni,
Hush kelding , hush ko'rdik seni ramazon.

Fikru amalingiz tiniqlasharkan,
Shayton qarashlari siniqlasharkan.
G'am nari, anduhlar yiroqlasharkan,
Hush kelding, hush ko'rdik seni ramazon.

Masjidga yo'l olgan mitta jon yurak,
O'zi farishtaku g'ubor xati yo'q.
Namoz kichiklikdan o'qimoq kerak,
Hush kelding, hush ko'rdik, seni ramazon.

Hatmi havolalar shunchaki emas,
Tavba tazrular yurakdan chiqsin,
Faqir hayolatni , ziyolar yiqsin,
Hush kelding, hush ko'rdik seni ramazon.

Ongu-tafakkurlar go'zal bo'larkan,
Iymon butun dilga shodlik to'larkan,
Soliha farzandlar ato qilarkan,
Hush kelding, hush ko'rdik seni ramazon.

Islom oftob misol nurlarin tutgay,
Adashmang umringiz razolat yutgay.
Otalar, onalar solihlik kutgay,
Hush kelding, hush ko'rdik seni ramazon.

Tutgan ro'zangizga yaratgan guvoh,
Savobi barchasi sizga yog'ilgay.
Jannat darvozasi beshak ochilgay,
Hush kelding, hush ko'rdik seni ramazon.

Tiniq tafakkurla aytilgach azon,
Tarqaydi insonda tashvishdek to'zon.
Jilmayib ey O'tkir mehrini qazon,
Hush kelding, hush ko'rdik seni ramazon.

Arafa ko'ngildan dardlarni chaysin,
Murg'ak qarashlar ham endi ulg'aysin.
Mo'minlar nuryuzlar doim ko'paysin,
Hush kelding, hush ko'rdik seni ramazon.
05.05.2019

O'tkir Mulikboyev Qo'shrabot

O'tkir Mulikboyev sherlari
πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡
@OtkirQoshrabot
MEN SEVIB QOLAYAPMAN KUNDAN-KUN SENI

Yuragimda yoqdi muhabbat chiroq,
Ko'ksimda hayajon, vujudda titroq.
Og'irdek bu jonga bir zumlik firoq,
Ketma sog'inganim olislab yiroq.

Mayus chayqalmasin atirgul shoxi,
Xijronda yonmasin dillarni oxi.
Yuragi butunlar, sevarku ahir,
Balki oshiqligi jonni gunohi.

Aytmayman sevaman so'zini boshqa,
Ko'raman der tug'yon jondanda ortiq,
Labingga qo'ndirsam baxt kulguchlarin,
Mayli jonim sadqa bu jonim tortiq.

Chiroyingga oshiq bo'ldimmi tuyqus,
O'g'rincha mo'ralab olgandek hislar.
Kelgil suvratingda shuncha entikish,
Meni maftunlagan ilohiy kuchlar.

Men sevib qolayapman kundan- kun seni...
06.05.2019

O'tkir Mulikboyev Qo'shrabot

O'tkir Mulikboyev Sherlari
πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡
@OtkirQoshrabot
MEN DUO QILAMAN MUNAVVAR OYNI

Men duo qilaman munavar oyni,
Uyg'ondim o'zgacha hayajon bilan.
Ko'payib ketgandek sofdil qarashlar,
Saharlik boshlandi sof vijdon bilan.

Shukrona keltirib nematlariga,
Yaratgan yetkazgan kuningga shukr.
Mehr uyg'onadi muhabbat birla,
Ongu shururlarda iymon lavx zikr.

Bu oyning otguchi tongi boshqacha,
Duoda yettidan, yetmish yoshgacha.
Mo'minlik nafasi ufirganida,
Gul unar sahroda hatto toshgacha.

Azon eritadi dil muzligini,
Yuvadi vujudning, g'am tuzligini.
Haqni jamoliga bo'lib mahliyo,
Tarqatar bahoriy his, kuzligini.

Taomdan tiyilgan nafs jilovlanar,
Shayton yo'lolmasdan ho'p kalovlanar.
Kaftlar yuz o'pganda kalomi birla,
Ezgulik quyoshi chin alovlanar.

Siz bosgan ko'changiz izlari boshqa,
Parvona siz birla ezgu bir rishta.
Shukrona keltiring, nolimang sira
O'zi yashaysizku do'stim bihshitda.

Bismilloh bu so'zni sehri sezilgay,
Qilgan, va qilguchi amalingizdan.
Shaytonsifat kuchlar nari chekingay,
Namozga shaylangan qamalingizdan.

Tilda dilda doim bir amal g'oya,
Tamal tosh bo'lolgay islomiyatga.
Vatan go'zal, alloh jamoli go'zal,
Shu kerak aslida insoniyatga.

Tutgan ro'zangizga shafofat yog'gay.
O'tkir mo'minlarga mehrla boqqay.
06.05.2019

O'tkir Mulikboyev Qo'shrabot

O'tkir Mulikboyev Sherlari
πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡
@OtkirQoshrabot
FARISHTA QIZ FERUZA

(Qo'shiq uchun)

Yondi, yondi dilim yondi,
Muhabbat qay kuyga soldi.
Bir qarashda ko'nglim oldi,
Maftun etar gulyuza,
Farishta qiz Feruza.

Mehmon hislar qarshimda,
Noz birla qarashingda.
Ishq savdosi boshimda,
Maftun etar gulyuza,
Farishta qiz Feruza.

Dilni moh malagisan,
Bu ko'nglim keragisan.
Chin baxtning yuragisan,
Maftun etar gulyuza,
Farishta qiz Feruza.

Kulib kulib turishi,
Bu ko'ksimni urishi.
Hislar olg'a yurishi,
Maftun etar gulyuza,
Farishta qiz Feruza

Kokillaring silkir qo'l,
Nurli bo'lar hayot yo'l.
Rozin so'ra ko'nglim bo'l,
Maftun etar gulyuza,
Farishta qiz Feruza.

Nigohlarim roz so'rar,
Nigohlaring roz o'rar.
Baxt bizni kutib turar,
Maftun etar gulyuza,
Farishta qiz Feruza.
07.05.2019

O'tkir Mulikboyev Qo'shrabot

O'tkir Mulikboyev Sherlari
πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡
@OtkirQoshrabot
9-May Hotira va Qadirlash kuniga Bag'ishlanadi πŸ‘‡

https://t.me/joinchat/AAAAAD_J0AeHOiFRyQJW8A
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
CHALKASH HISSIYOT

Ko'zguda aksimning bir tamoni dard,
Telba oshiqlarning holiga o'hshash.
G'ururing poyiga to'shaysan goho,
Hijronlar zarbadir yurakka qaqshash.

Malayi mujrlar havolatar goh,
Sendan zo'ri yo'qdek,sendan g'o'ri yo'q.
Artila artila yaltir beshona,
Balki o'tgan zamon bo'lgan sho'ri yo'q

Yo'lda chuqurlarga tushib chiqar o'y,
Oyog'im qisadi ikki enlik yo'l.
Ko'zlarim ko'rgani yoqamdagi ter,
Ishora tilini tushunmaydi qo'l.

Sevgimi sochlari uzun sanamdan,
Dil ohu nihonin tasvirga olgan.
Jo'rtaga beparvo tutadi o'zni,
Muhabbat menga chin o'rganib qolgan.

Hayot sevar meni balki shungadir,
Sinovlar kulini ustimdan sochar.
Ko'nglim g'ariblashsa telba hissiyot,
Orzular etigin yechgancha qochar.

O'zimni o'nglayman tushunmasalar,
Qaldirg'och suv ichar ko'rsa yoshimni,
Qiynalsam imlayman va jim kutaman,
Baxt sari tutgancha burib boshimni.

Bilmam menda bugun chalkash hissiyot.
10.05.2019

O'tkir Mulikboyev Qo'shrabot

O'tkir Mulikboyev Sherlari
πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡
@OtkirQoshrabot
SHE'R YOZSAM SHE'RIMNI QUSHLAR TINGLAYDI

She'r yozsam she'rimni qushlar tinglaydi,
Og'ushiga chorlab tushlar tinglaydi.
Vafodor tuyilar oyning shullasi,
Sokin oqshomlarda meni tinglaydi

Havaskor atashar bu ham bir sharaf,
Orzuga yetmagan dilim yig'laydi.
Odamlar tushunmas ko'nglimni barbir,
Umid ishonch tamon yo'lin bilmaydi.

Bir birin aldaydi kuyinchak hayol,
Qaysidir najotkor kel deb undaydi.
Baxtini izlagan u ham bir yolg'iz,
Kemtik hislarining dardin o'ylaydi.

Palopon misoli ochiqqan hislar,
Og'zini ochadi kutib ko'nmaydi.
Qalbim sochgan chog'i orzudan urug',
Parvarishi kamdak sira unmaydi.

Kimdir maqtar shodlab, kimdir kam deydi.
Kulib, kulib nega ko'zing nam deydi.
So'rab olisharu bor quvonchimni,
Senga ortgizganim bori g'am deydi.

Uchib ketgim kelar firoqlasalar,
Yaqinlar yonimdan yiroqlasalar.
Zulmat ko'ksimdagi nurlikni shimar,
Faqat sherim jonga taskin kuy chalar.

O'tkirni sinishi, balki unishdir,
Mo'jiza dunyoda meni borligim.
Hali ko'rsatadi go'zal libosin,
Ertamga zafardir bugun xorligim.

She'r yozsam she'rimni qushlar tinglaydi.
Chorlab og'ushiga tushlar tinglaydi.
14.05.2019

O'tkir Mulikboyev Qo'shrabot

O'tkir Mulikboyev Sherlari
πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡
@OtkirQoshrabot
CHIROYLI QARASHLAR CHIROYLI KO'ZLAR

Chiroyli qarashlar, chiroyli ko'zlar,
Ol g'uncha lablari, chiroyli so'zlar.
Oshiq-u beqaror bo'lib qolaman,
Yo'limda chiqqanda chiroyli qizlar.

Nozi-karashmalar yarashib turar,
Go'zallik, nafosat talashib turar.
Muhabbat boshlaydi so'roqlarini,
Yurakda sevgidan imorat qurar.

Uzolmay qolganman biridan ko'zni,
Qaydan topay til lol oshiqi so'zni.
Yor bo'lsa tuhafasi toleni shuldir,
Tangri yarlaqagan o'shal gulyuzni.

Uyquda oromim yo'qolgan ul deb,
Jilmayar sochlari kokilin silkib,
Hayolim sendadir deya aytaman,
Qalbim yolg'izlikdan ketgay to'kilib,

Yonida aylanib yurib boraman,
Muhabbat qasrini qurib boraman.
Visolga talpingay nigohlarimiz,
Orzula hayollar surib boraman.

Chiroyli qarashlar, chiroyli ko'zlar,
Tikilsam yanog'i qizarar yuzlar.
18.05.2019

O'tkir Mulikboyev Qo'shrabot

O'tkir Mulikboyev Sherlari
πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡
@OtkirQoshrabot
YOMONSAN DEGANLAR YONIMGA KELSIN

Bazan erkinlikni tusaydi hayol,
Bilmayin qolaman boru yo'qligim.
Hech kimga og'irim tushmasa bo'ldi,
Esimdan chiqadi ochu-to'qligim.

Bor dunyoda yashab qolaychi picha,
Ro'yolar yoritmas taqdir ne desin.
Kulsam kulgichimga shaydodir dunyo,
Yamonsan deganlar yonimga kelsin.

Yahshi bo'lishsalar mendanda ortiq,
Vaqt kelib baxt otli sandiq ochaman.
Men boqiy yashayman hali ko'rasiz.
Ajal sirtmog'ini uzib qochaman,

Hali mensizlikka ko'nmaydi dunyo,
Ahir yahshi ko'rgan insondir aziz,
Sitam deb to'rt karra nolimayapman,
Qoldirmoq niyatda ortda nishon iz.

Injiq tabiyatim mamoqaldiroq,
Hovurni bosadi jalalar sellar.
Yomg'irdek tomchilar peshona teri,
Tole yorug'ligin kutadi yellar.

Intiqom oladi bir kuni quvonch,
Baxtla so'rashaman men o'sha damlar.
Shodlanib yashayman irg'itganimcha
Eski varaqlardek, qayg'ular, g'amlar.

Kimdir ranjitmoqqa urinmasin ham,
Ko'nglini og'ritar hislar bo'lmagan,
Quvonib yashaylik, ana O'tkirdek,
Dil qadax baxt istar biroq to'lmagan.

Yamonsan deganlar yonimga kelsin.
19.05.2019

O'tkir Mulikboyev Qo'shrabot

O'tkir Mulikboyev sherlari
πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡
@OtkirQoshrabot
ATLAS KIYING, ADRAS KIYING, O'ZBEK QIZI

Kammi ayting, adras ko'ylak, atlas ko'ylak,
Jiz etarmi sizni ko'rib, bu on yurak.
Varaqlasam o'zbek qizi rayhongulim,
Ibo-hayo sarlavhali gulgun yo'lak.

Qani endi kechagi huv uzun ko'ylak,
Ro'molingiz uchurdimi zamon zayli.
Ishq ko'chasi yondiradi yanog'ingiz,
Majnun topay, biz izlagan qani layli.

Sochildimi zebigardon momomunchoq,
Yuzlarini berkitadi bir ko'zmunchoq.
Ipak, tusli matolardan kechildimi,
Mo'dalari es-hush uchun chin ovunchoq.

Chiroylisiz hadda ortiq farishtadek,
Yurishingiz, turishingiz sarishtadek.
Biroq dilim og'riq tuyar tikilgan on,
Hurmatim bor sizga to'kis bir rishtadek.

Uzun-uzun sochlaringiz kesilmoqda,
Chin go'zallik bo'yoqlarla to'silmoqda.
O'hshataman libosingiz ochiq-sochiq,
Nahot kiprik ko'z pardadan kechilmoqda.

Qisqarmoqda etagingiz bo'ylari ham,
Yoqalari toraymoqda yenglari ham.
Qomatingiz ko'z-ko'z qilmoq sizga hosmas,
Ochiq libos yarashmagay kenglari ham.

Qulog'ingiz juft sirg'adan bezib borar,
Ovropacha erkalikni sezib borar.
Qizlarjona sizga cheksiz hurmatimni,
Sharimsiz his bilmam nega buzib borar.

Atlas kiying, adras kiying, milliy kiying,
Chin oshiqlar, orzulari ro'yobisiz.
Jannat diyor chamanining lolalari,
Umidisiz, ishonchisiz, ertasisiz.

Yamon ko'zlar yo'lamasin yo'lingizga,
Baxt uzugi taqilsin chin qo'lingizga.
Oppoq libos yarashadi farishtasiz,
Mehr tuydim bir qarashda ko'zingizda.

Men ko'rsam bas ibo-hayo nigohingiz,
Sochni o'rib do'ppi kiygan yagonangiz.
Quloq tuting o'gitlarin olib turing,
Onangizdir, sirdoshingiz, dugonangiz.

Orangizda yo'qdir menga begonangiz,
Atlas kiying, adras kiying o'zbek qizi.
19.05.2019

O'tkir Mulikboyev Qo'shrabot

O'tkir Mulikboyev Sherlari
πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡
@OtkirQoshrabot
LABLARIM VATANING OSTONASIN O'P

Go'zalsan etirof aylaganimdan,
Ko'nglimni bihshitu rizvonligi ko'p.
Chekka joyi bo'lmas, chekka qishlog'i,
Lablarim vataning ostonasin o'p.

Chiroyli ko'rinar, bog'lar, dalalar,
Tog'larga ulashgan adir, daralar.
Ufqni yoshartirib shaydoku ahir,
Oftob gul chamanni alqab mo'ralar.

Chiroyli, chiroyli so'lim go'shalar,
Qalbimga muhabbat quvnab to'shalar.
Issiqjon istima qiladi sensiz,
Seningla ushalmas orzum ushalar.

Kecham ham sen eding, ertamku sensan,
Poyingda ulg'aydim, qarog'im sensan,
Vatan jonimga jon tutgan qonimsan,
Umidga ishonchdek, yarog'im sensan.

Shaharlaring go'zal, jannat o'lkasan,
Ro'yi zamin uzra qadding mardona.
Qanday ko'ngil uzay boru yo'g'imsan,
Sursin etagingda bahor davrona.

Bag'ringda xalqing tinch, totuvdir ahil,
Hushboy bog'laringni mevasi sarxil.
Ko'rgan el sevgisin yashirolmaydi,
Na millat tanlamas nada biror til.

Shunchalar go'zalsan, shunchalar ko'rkam,
Rimni alishmaslar bedapoyangga,
Sodda Muhammadning qalami sensan,
Tazim aylajaklar ezgu g'oyangga.

O'tkir mehringni soch, quchog'ingni och,
Sen meni jonimsan boru jahonim,
Lablarim vataning ostonasin o'p,
Yashnagin, hur, obod O'zbekistonim.
22.05.2019

O'tkir Mulikboyev Qo'shrabot

O'tkir Mulikboyev Sherlari
πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡
@OtkirQoshrabot