Ona xaqida sherlar
14K subscribers
1.6K photos
1.12K videos
13 files
768 links
🧑‍💻Reklama bo‘yicha➪ @rekfm1

Ota onangizga yaxshilik qiling.!

Ota Onangiz go‘daklik chog‘ingizda va ojiz paytingizda xaqqingizni berishganidek' ulargaham keksalik yoshiga yetib zaiflashib qolganida sizham ularning xaqlarini unutmang.
Download Telegram
ASSALAMU ALAYKUM!!!
HAYRLI TONG YAXSHILARIM!!!

    ❄️   SHANBA TONGI  MUBORAK BOʻLSIN!!!

                 YAXSHI KAYFIYAT KUN BUYI SIZNI TARK❄️ ETMASIN..!😊

@Ona_haqida_sherlar
🍃Ota onasiga mexribonlar kanali🌸

Yaqinlaringizga ulashing, obuna boʻlishni unutmang.🤗
Ona xaqida sherlar pinned «Variantlardan birini tanlab qoʻyila😊
Efir mavzusi desak ham boʻladi.
»
OTA

🎙Farishta


Ota, bu xayotning sinovlariga,
Bardoshim yetmadi kuchim yetmadi,
Baxtga qoʻllarimni uzatsam ota,
Baxt mening qoʻllarim sira tutmadi

Bu dunyo ishlarin unutib biroz,
Ota yoninggizda bugun qolayin,
Maylimi birbora erkalik qilib,
Ota, birozgina yigʻlab olayin

Faqat koyimangda , faqat urishmang
Bu koʻnglimni bugun erkin quyaman,
Kuchlilar yigʻlamas demangda ota
Gʻururimni shu kun chetga suraman

Soxta doʻstlarimdan yolgʻonlar qoldi,
Koʻnglim tilib ketdi bergan ozori,
Uzoqlashib borar xammasi mendan
Xuvillab boryapdi koʻngil bozori

Faqat, yigʻlaganim onam bilmasin,
Bilmasin bunchalar kuyganligimni,
Yuragim tirnagan ushal armonni
Onam bilmasinda suyganligimni

Ota, bu xayotning sinovlariga,
Bardoshim yetmadi kuchim yetmadi,
Baxtga qoʻllarimni uzatsam ota,
Baxt mening qoʻllarim sira tutmadi.

𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | Фариштам

@Ona_haqida_sherlar
🍃Ota onasiga mexribonlar kanali🌸

Yaqinlaringizga ulashing, obuna boʻlishni unutmang.🤗
Onalar duosi boʻlsin ijobat

Bu qanday dard erur, jumlai jahon.
Hatta falak   kӯz yosh  toʻkmoqda  beun.
Robbimga keltirib, chinakkam iymon.
Soʻraylik, dunyoni aylasin, Omon!

Yaxshiyam, dunyoda  bordir Onalar.
Yutga tinchlik, elga soʻrar Omonlik.
Kech bӯlmasdan, qiling, cheksiz  nolalar.
Onalar bor joyga kelmas yomonlik.

Osuda tun  oyning yogʻdusin quchib,
Joynomozga  egar,  nuroniy yuzin.
Qurʼoni karimni ming bora oʻpib,
Sogʻlik soʻrar, artib, yoshlangan kӯzin.

Ey, qodir Allohim, etib marhamat. 
Shu baloi dafni olgin dunyodan.
Onalar duosi boʻlsin ijobat..
Omonlik baxsh ayla, sirli samodan!

Muborak kunlarda, yurakda titroq.
Sajdada ӯltirar, Hoji Onalar.
Muqaddas boshida turaylik uygʻoq.
Yaratganga aytib, ming shukronalar!


     Dunyoga omonlik tilab, muborak qoʻllari duoda boʻlgan Hoji onalarning,  barcha moʻminai moʻminot ahlining iltijolari ijobat boʻlsin. Yurt osmoni osuda, xalqi omon boʻlsin!

Mavjuda Sayyid

@Ona_haqida_sherlar
🍃Ota onasiga mexribonlar kanali🌸

Yaqinlaringizga ulashing, obuna boʻlishni unutmang.🤗
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mirzabek Xolmedov - Sizni sog’indim onajon…

@Ona_haqida_sherlar
🍃Ota onasiga mexribonlar kanali🌸

Yaqinlaringizga ulashing, obuna boʻlishni unutmang

Instagram | Youtube
Live stream scheduled for
Live stream started
Live stream finished (3 hours)
🌨Assalomu alaykum. Yakshanba tongi muborak boʻlsin 😊👍

Sogʻ–salomat uygʻotgan Robbimizga xamdlar boʻlsin!

❄️Allohim rizqingizni barakali qilsin!
❄️Oilangizga tinchlik, hotirjamlik, baxt-saodat bersin!
❄️Yaxshi amallar va hayrli ishlar hamrohingiz boʻlsin!

❄️Alloh hammamizga ikki dunyo baxt-saodatini bersin Ilohim!

❄️Dam olish kuningiz maroqli va yoqimli oʻtsin...🤲

@Ona_haqida_sherlar
🍃Ota onasiga mexribonlar kanali🌸

Yaqinlaringizga ulashing, obuna boʻlishni unutmang
ONALAR OYOGI OSTIDA JANNAT!

Bola belda deydilar,soʻnmay tursa ehtiros,
Yor topilar har yoshda dillar dilga kelsa mos.
Bir gapim bor, birodar, yodda saqla, iltimos
Oʻz onangday mehribon ona topmoq chorasiz.

Doʻst topilar har kimga yaxshi yomon kunda ham
Yoʻl topadi har karvon oysiz qaro tunda ham
Butun dunyo qoʻlingda boʻlib tursa, shunda ham
Oʻz onangday hokisor ona topmoq chorasiz.

Omad seni yoʻqlasa- yotlar yaqin,qarindosh
Omad ketsa yaqin ham gʻiybat qilib otar tosh
Ming yalinma mingtaga ohlar urib, toʻkib yosh
Oʻz onangday hokisor ona topmoq chorasiz.

Ne qilsa ham bandasan,jon omonat bu taning,
Donomisan, nodonmi, oʻzingga xos dushmaning,
Borda qadr qilmasang,yoʻqda ne naf pushmoning.
Oʻz onangday mehri bor ona topmoq chorasiz.

Tur, birodar, eng aziz mehmoningdan xabar ol,
Dunyolardan kech bugun, suhbatin ol, birga qol.
Bilsang onang yoʻl kutar, sochlari oq, qaddi dol,
Oʻz onangday senga zor ona topmoq chorasiz!

@Ona_haqida_sherlar
🍃Ota onasiga mexribonlar kanali🌸

Yaqinlaringizga ulashing, obuna boʻlishni unutmang
Bir hakim zot boshqa bir hakim zotdan soʻradi:
- Dardimiz haqida soʻramaysizmi?
Savol soʻralgan hakim zot quyidagicha javob berdi:
- Dardi Alloh boʻlgan kishidan, dardingiz nedur deya, soʻraladimi?

@Ona_haqida_sherlar
🍃Ota onasiga mexribonlar kanali🌸

Yaqinlaringizga ulashing, obuna boʻlishni unutmang
Onam duosidan bu kunga yetdim

Osmonlar koʻksimda qiladi tazm,
Qoʻl choʻzsam, samoda yulduzni tutdim.
Nima ham qilardim mening bir oʻzim,
Onam duosidan bu kunga yetdim.

Qay tomonga borsam, yoʻllar ochilgan,
Har oʻng-u soʻlimda gullar sochilgan,
Iqbolimni tilab qoʻllar ochilgan,
Onam duosidan bu kunga yetdim.

Bir yigit umrining jafolari koʻp,
Adashgan yoʻllari, xatolari koʻp,
Mening-chi, ertamdan hamon koʻnglim toʻq,
Onam duosidan bu kunga yetdim.

Onamning duosi himoya qalqon,
Onam bor togʻlarni etarman talqon,
Muhabbatim olov, jasorat vulqon,
Onam duosidan bu kunga yetdim.

Vafo Moʻmin, oddiy, gʻarib shoirsan,
Dunyo sinovidan nega nolirsan,
Ayt-chi, sening oʻzing nega qodirsan,
Onang duosidan bu kunga yetding,
Otang duosidan bu kunga yetding.

© Vafo Moʻmin

@Ona_haqida_sherlar
🍃Ota onasiga mexribonlar kanali🌸

Yaqinlaringizga ulashing, obuna boʻlishni unutmang
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oqibat yoʻqolmasin, JIGARLARIM

Ota ona oʻtgandan keyin borishingiz kamayarkan..

Gruppangizga ulashing💐

@Ona_haqida_sherlar
🍃Ota onasiga mexribonlar kanali🌸

Yaqinlaringizga ulashing, obuna boʻlishni unutmang.
Live stream scheduled for
Assalomu alaykum barchaga xayrli kech ayrim sabablarga koʻra efir toʻxtab qoldi. Xudo xohlasa ertaga chiroylik qilib 10ga yaqin yordamchi admin tayinlaymiz Inshaalloh xammasi zoʻr boʻladi tayyorgarlik koʻrib turinglar 7 - Fevral 21:00 dan 00:00 gacha. Barcha ijodni yaxshi koʻradigan va Ota onasini yaxshi koʻradigan yaqinlarimizni taklif qilaylik Ota onasini mexribonlar safi kengaysin siladan iltimos..

Yana ertangi efirda chin dildan yordam beradigan 2 - ta qiz 3 - oʻgʻil bola kerak bormi.
@mlyfm yozila kutaman

𝙾𝚝𝚊 𝚘𝚗𝚊𝚜𝚒𝚐𝚊 𝚖𝚎𝚡𝚛𝚒𝚋𝚘𝚗𝚕𝚊𝚛
Yana bir nima qolib ketibdi😁
Koʻpchilik menda sher bor deb yozyapti iltimos kimda oʻzi yozgan sheri boʻlsa text varianti adminga tashlang navbati bilan kun ora joylab boramiz.
Admin @mlyfm

Yaxshi dam olilar ertagacha😊
Ona… Ona… Mexribon ona…
Sizga o’xshamadi o’g’lingiz,
U erkaroq, o’jarroq yana…
Ayting nima istar ko’nglingiz,
Nima yegingiz kelayapti ona…

Palovmi? yo sergo’sht norinmi?
Xech tortinmay ayting barini…
Poyingizga sochay borimni,
Nima yegingiz kelyapti ona…

“ Bolam-bolam “ deb yuravermang,
Har narsaga kuyunavermang.
E bo’ldi… Pensiyangizni xech kimga bermang,
Hamma qadrini bilyapti ona…

Endi og’iz oshga yetganda,
“ Oshqozonga botar “ demangda.
Axir topib keldingizku biz yeganda!
Ex bu hayot shunaqa ekanda…


O’ylab emas, o’ynab yeng siz ham,
Sal gerdaying, “ Bolam topib kelibdi “ deng siz ham…
Bizsiz luqma totmadingiz lek,
Yog’li oshlar yedik sizsiz ham…

Ex onam, onam…
Bir, ikki so’m oshinganim bor,
Yuring… Ketdik boramiz bozor.
Imkonim bor ayting bemalol,
Nima kiygingiz kelayapti ona…

“ E yo’q “ deysiz, “ bolam qo’y ” deysiz,
“ O’zing yeb ham o’zing to’y “ deysiz.
Buncha meni g’amimni yeysiz?
Men qolib xatto bolamni deysiz…
Bolamanda hali ham bola…

Qarshimdagi munis, azizam,
Maylimi bir gapimni aytsam.
Negadir zo’r yoza olmayapman,
Zo’r qo’shiqlar ayta olmayapman…
Menga nima bo’layapti ona?
Ko’p yig’lagim kelayapti ona…

Shu yo’sinda kunlar o’tyapti,
Dardim meni sekin yutayapti.
She’r yozilgan daftarni yopdim,
Yana qaytib ishimga chopdim.

Hayot yo’llarida o’zimga,
Bir, ikkita yangi nom topdim.
Mashxur o’g’il, bemexr bola…
Qulog’imdan bir cho’zgin ona…

Yuragimdan ketgazib g’ubor,
“ Bolam, sen yaxshisan “ deng bir bor.
Atrofingizda bo’lib parvona,
Rozi qilay deymanda ona…
Rozi qilay deyman…..

@Ona_haqida_sherlar
🍃Ota onasiga mexribonlar kanali🌸

Yaqinlaringizga ulashing, obuna boʻlishni unutmang..!
.

O'zim bilan gohi ovvora o'zim
Nechta hurliqoga bo'lganman Maftun
Shu yoshga kirib lek aytmagan so'zim
Ona Doringizni ichdizmi Bugun

Bir kam dunyo kamin to'ldirayin deb
Sarsonaman yana tinmay kunu-tun
Bir bora so'rmabman goh ko'ngil uchun
Ona Doringizni ichdizmi Bugun

Siqilganda borib taftizni quchib
Yana sizga borib to'kaman dardim
Demabman bir lekin qo'ng'iroq qilib
Ona Doringizni ichdizmi Bugun

Mehr kutdim gohi nechta sanamdan
Do'st deya chopibman xudo bergan kun
Do'st chiqmadi boshqa, mushtiparimdan
Ona Doringizni ichdizmi Bugun

To'rtta dori olib uyga kirmabman
Dorixona yo'lim to'ssa ham har kun
Ayting ona qaysi doriz tugagan
Ona, Doringizni ichdizmi Bugun

Men o'sha shoirman men o'sha hofiz
Qo'lda gitarasin quchgan sho'x o'g'ling
Uyga qaytayabman ayting ne etay
Ona Doringizni ichdizmi Bugun

Boburbek Temirov

@Ona_haqida_sherlar
🍃Ota onasiga mexribonlar kanali🌸

Yaqinlaringizga ulashing, obuna boʻlishni unutmang..!