OlympicUz
11.5K subscribers
29K photos
1.8K videos
11 files
6.85K links
Tezkor va ishonchli sport xabarlari Все самые последние и актуальные новости олимпийского движения!

📱 instagram.com/Olympic.uz 🇺🇿
💻 facebook.com/nocuzbekistan 🇺🇿
📲 Telegram/ @Olympicuz 🇺🇿
🐦 twitter.com/Olympicuz 🇺🇿
Download Telegram
Ayni kunlarda qilichbozlikning shpaga va sablya yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari Rossiya Federatsiyasida boʻlib turishibdi. Hamyurtlarimiz Moskvadagi qilichbozlik markazida oʻquv-mashgʻulot yigʻinini oʻtkazib, Sochi shahriga yetib kelishdi.

Rejaga koʻra, sportchilarimiz 20-23-dekabr kunlari ushbu shaharda oʻtadigan xalqaro musobaqada ishtirok etishadi. Mazkur turnirda shpaga dasturida 15, sablya yoʻnalishida esa 8 nafar sportchimiz oʻz imkoniyatini sinab koʻrishi rejalashtirilgan.

В настоящее время представители сборной Узбекистана по шпаге и сабле пребывают в России. Наши фехтовальщики провели учебно-тренировочные сборы в Москве и после направились в Сочи.

Согласно плану, 20-23 декабря в этом городе пройдёт международное соревнование и узбекские спортсмены примут участие в этом старте. В состязаниях по шпаге выступят 15 наших представителей, а в направлении сабли - 8.
Yurtimizda ilk bor o‘tkazilgan dzyudo bo‘yicha klublar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati o‘z yakuniga yetdi. Erkaklar va ayollar o‘rtasida tashkil etilgan musobaqada Respublikamizning barcha hududlaridan 14 ta klub ishtirok etdi.

Chempionat yakunida erkaklar o‘rtasida Buxoro, ayollar toifasida esa Navoiy viloyati klubi g‘alaba qozondi. G‘olib va sovrindorlar mos ravishda 80, 60 va 40 million so‘mdan pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi. Har ikki yo‘nalishda shohsupaga ko‘tarilgan jamoalar:

Erkaklar:
🥇 Buxoro dzyudo klubi
🥈 Xorazm dzyudo klubi
🥉 Jizzax dzyudo klubi
🥉 Surxondaryo dzyudo klubi

Ayollar:
🥇 Navoiy dzyudo klubi
🥈 Xorazm dzyudo klubi
🥉 Qashqadaryo dzyudo klubi
🥉 Surxondaryo dzyudo klubi

Завершился чемпионат Узбекистана по дзюдо среди клубов, который был организован впервые. Соревнование проходило среди мужчин и женщин и в нём приняли участие 14 клубов со всех регионов нашей Республики.

По итогам чемпионата среди мужчин победу одержал клуб Бухары а среди женщин - представительницы Навои. Победителям и призёрам были вручены денежные призы в размере 80, 60 и 40 миллионов сум соответственно. Полный список клубов, которые поднялись на пьедестал:

Мужчины:
🥇 Клуб Бухары
🥈 Клуб Хорезма
🥉 Клуб Джизака
🥉 Клуб Сурхандарьи

Женщины:
🥇 Клуб навои
🥈 Клуб Хорезма
🥉 Клуб Кашкадарьи
🥉 Клуб Сурхандарьи
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
MOQ qoshidagi ⚪️ “Olimpik” futbol klubi yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi. Jamoamiz ayni paytda Turkiyaning Antalya shahrida boʻlib turibdi. Timur Kapadze shogirdlari ushbu shaharda 28-dekabrgacha yigʻin oʻtkazadi.

Qayd etish joiz, kelasi yil futbolchilarimizni masʼuliyatli turnirlar kutib turibdi. Xususan, aprel-may oylarida Qatar yashil maydonlarida Parij-2024 litsenzion turniri oʻtkaziladi. Turkiya yigʻiniga “Olimpik”ning 17 nafar oʻyinchisi, shuningdek, Olimpiya terma jamoasiga nomzod boʻlgan 9 nafar boshqa klub futbolchilari ham jalb etilgan.

Футбольный клуб ⚪️ "Олимпик" созданный при НОК начал подготовку к новому сезону. В настоящее время наши футболисты находятся в городе Анталья Турции. Подопечные Тимура Кападзе в этом городе проведут учебно-тренировочные сборы до 28 декабря.

Следует отметить, что в предстоящем году футболистов ожидают важные старты. В частности, в апреле-мае в Катаре пройдёт лицензионный турнир Париж-2024. К данному УТС привлечены 17 представителей клуба "Олимпик", а также, 9 футболистов, которые являются потенциальными кандидатами в Олимпийскую сборную.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Dunyoni lol qoldirgan yirik sport tadbirlari tashkilotchilari “Toshkent-2025” loyihalariga jalb etilmoqda

Shu kunlarda Gevin Feng boshchiligidagi Xitoyning “Zhejiang Dafeng Industry Co.,Ltd” kompaniyasining rahbariyati poytaxtimizda mehmon boʻlib turibdi. Bugun Yoshlar siyosati va sport vazirligida tashkilot mutasaddilari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Mehmonlarni vazir Adham Ikramov kutib oldi. Shuningdek, uchrashuvda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov ham ishtirok etdi.

Kunning ikkinchi yarmida uchrashuvning mantiqiy davomi Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi binosida oʻtdi. Unda MOQ va “Zhejiang Dafeng Industry Co.,Ltd” oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Организаторы крупных спортивных мероприятий мирового масштаба привлекаются к проектам "Ташкент-2025"

В эти дни в столице пребывает руководство Китайской компании “Zhejiang Dafeng Industry Co.,Ltd” во главе Гэвина Фенга. Сегодня в Министерстве молодёжной политики и спорта состоялась встреча с ответственными лицами организации. Гостей встретил Министр молодёжной политики и спорта Узбекистана Адхам Икрамов. На встрече также присутствовал Генеральный секретарь НОК Ойбек Касимов.

Во второй половине дня состоялось продолжение встречи в Национальном Олимпийском комитете Узбекистана. Во время мероприятия был подписан меморандум сотрудничества между НОК и "Zheijang Dafeng Industry Co.,Ltd".
⚡️ Taekvondochilarimiz Jahon kubogi finalida!

Xitoyning Usi shahrida taekvondo WT boʻyicha “Katta dubulgʻa” turniridan soʻng jamoaviy yoʻnalishda Jahon kubogi boshlandi. Quvonarlisi, unda ishtirok etayotgan Oʻzbekiston terma jamoasi final yoʻllanmasiga sazovor boʻldi.

Musobaqa aralash jamoaviy yoʻnalishda oʻtkazilmoqda. Hamyurtlarimiz chorak finalda Marokash, yarim finalda Janubiy Koreya vakillarini magʻlubiyatga uchratishga erishdi. Endi yurtdoshlarimiz oltin medal uchun Braziliya va Xitoy jamoalari oʻrtasidagi bahs gʻolibiga qarshi dayanga chiqishadi.

⚡️ Таэквондисты Узбекистана вышли в финал Кубка Мира!

В китайском Уси после завершения турнира из серии "Большого Шлема" по таэквондо WT начался Кубок Мира среди команд. Примечательно, что сборной Узбекистана удалось выйти в финал.

Соревнования проходят в командном-микст направлении. Наши представители в четвертьфинале преодолели таэквондистов Марокко, а в полуфинале выиграли спортсменов Южной Кореи. Теперь же, сборная Узбекистана за золотую медаль поднимется на даян против победителя противостояния Бразилии и Китая.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM