OlympicUz
6.22K subscribers
26.8K photos
1.57K videos
11 files
6.7K links
Tezkor va ishonchli sport xabarlari Все самые последние и актуальные новости олимпийского движения!

📱 instagram.com/Olympic.uz 🇺🇿
💻 facebook.com/nocuzbekistan 🇺🇿
📲 Telegram/ @Olympicuz 🇺🇿
🐦 twitter.com/Olympicuz 🇺🇿
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sportchilarimiz Butunjahon jangovar sport oʻyinlarida ishtirok etishadi

Bugun Saudiya Arabistonining Ar Riyod shahrida Butunjahon jangovar sport oʻyinlari start oldi. 30-oktyabrga qadar davom etadigan musobaqada dunyoning 124 mamlakatidan tashrif buyurgan 1600 nafarga yaqin sportchi medallar uchun kurash olib boradi.

Xususan, Oʻzbekiston delegatsiyasi ham mazkur musobaqada qatnashadi. Hamyurtlarimiz 8 sport turida (dzyudo, fransuz boksi, sambo, kikboksing, belbogʻli kurash, ushu, pankration va grepling) 40 nafardan ortiq atlet bilan mamlakatimiz sharafini himoya qilishi kutilmoqda. Musobaqa tafsilotlari va hamyurtlarimizning undagi chiqishlarini “Sport” telekanali orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Наши спортсмены будут участвовать на Всемирных играх боевых искусств

Сегодня в городе Эр Рияд Саудовской Аравии стартовали Всемирные игры боевых искусств. В соревнованиях, которые продлятся до 30 октября, выступят около 1600 спортсменов из 124 стран мира.

В частности, делегация Узбекистана тоже примет участие в этом мультиспортивном состязании. Ожидается, что честь нашей страны будут защищать более 40 спортсменов в следующих видах спорта: дзюдо, французский бокс (сават), самбо, кикбоксинг, борьба на поясах, ушу, панкратион и грэпплинг. За соревнованиями можно наблюдать на телеканале "Sport".
Sportimiz mutasaddilari paraatletlarimizga oq yoʻl tilashdi

Ertaga Xitoyning Xanjchou shahrida IV Para Osiyo oʻyinlari boshlanadi. Oʻzbekiston delegatsiyasi musobaqaga joʻnab ketishi oldidan Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti O.Umarov, Yoshlar siyosati va sport vaziri oʻrinbosarlari - Sh.Mahmudov va M.Ismoilov, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi O.Kasimov, qoʻmita raisi oʻrinbosarlari – A.Kamilov hamda Sh.Tashmatovlar Milliy paralimpiya qoʻmitasiga tashrif buyurishdi. Ularni Osiyo Paralimpiya qoʻmitasi vitse-prezidenti – Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisi M.Tashxodjayev qarshi oldi.

Официальные лица отечественного спорта пожелали удачи параатлетам

Как вам известно, завтра в Ханчжоу стартуют IV Пара Азиатские игры. Перед стартом этих важных соревнований вице-президент Олимпийского Совета Азии О.Умаров, заместители Министра молодёжной политики и спорта - Ш.Махмудов и М.Исмоилов, Генеральный секретарь Национального Олимпийского комитета О.Касимов, заместители председателя комитета - А.Камилов и Ш.Ташматов посетили Национальный Паралимпийский комитет Узбекистана. Их встретил вице-президент Паралимпийского Совета Азии, председатель Национального Паралимпийского комитета Узбекистана М.Ташходжаев.
Qadring baland boʻlsin, ona tilim!

Bugun 21-oktyabr – oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunga 34 yil toʻldi. 1989-yilning aynan ushbu sanasida ona tilimiz oʻzining yangi rivojlanish davrini boshladi. Bugun mazkur sana Respublikamizning barcha tashkilotlarida oʻzgacha ruhda qarshi olinmoqda. Xususan, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasida ham.

“Ming yillar davomida sayqal topib, ota-bobolarimizdan meros boʻlib kelgan ona tilimiz hayotimizning ajralmas boʻlagi boʻlib ulgurgan. Bugun biz, oʻzbek sportining oilasi sifatida jonajon tilimizning yanada ravnaq topishi, uning dunyo boʻylab keng yoyilishi yoʻlida katta hajmdagi ishlarni amalga oshirmoqdamiz. Milliy gʻururimizga aylangan kurash sportining oʻzbek tilidagi atamalari jahon arenalarida, xususan, Osiyo oʻyinlarida ham yangramoqda. Bundan barchamiz gʻurur va iftixor hissini tuymoqdamiz. Fursatdan foydalanib, bugungi tarixiy kun bilan barcha hamyurtlarimizni mamlakatimizdagi Olimpiya harakati ishtirokchilari nomidan samimiy tabriklab qolamiz. Qadring baland boʻlsin, ona tilim!”.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi rahbariyati
⚽️  Ayni kunlarda futbol boʻyicha Oʻzbekiston Coca-Cola Superligasining 22-tur uchrashuvlari o’tkazilmoqda. Bugun MOQ qoshidagi "Olimpik" klubi o'z uyida "Bunyodkor" bilan kuch sinashadi.

⚽️  Coca-Cola Superliga. 22-tur

⚪️ OlimpikBunyodkor 🔵

16:00, 21-oktyabr

🏟 JAR stadioni, Toshkent

⚽️ В настоящее время проходит 22-тур Суперлиги Coca-Cola Узбекистана по футболу. Сегодня клуб "Олимпик", созданный при НОК сыграет в столичном дерби против команды "Бунёдкор".

⚽️ Суперлига Coca-Cola. 22-тур.

⚪️ Олимпик - Бунёдкор 🔵

16:00, 21-октября

🏟 Стадион ЖАР, Ташкент
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
21-22-oktyabr kunlari Turkiyada qilichbozlik bo‘yicha “Satellite” tasnifiga kiruvchi navbatdagi musobaqa bo‘lib o‘tadi. Istanbul shahri mezbonlik qiladigan turnirda rapira va sablya bo‘yicha yakkalik bahslari tashkil etiladi va unda Parij-2024 Olimpiadasi uchun reyting ochkolari o‘ynaladi.

Dasturga ko‘ra, bugun sablyachilar o‘rtasida g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan Musa Aymuratov hamda Sherzod Mamutov jang qilishadi. Ertaga rapira qurolida kechadigan bellashuvlarda Umida Ilyasova yurtimiz sharafini himoya qiladi.

21-22 октября в городе Стамбул Турции пройдёт очередной международный турнир по фехтованию “Satellite”. Соревнования будут проходит среди рапиристов и саблистов в одиночном разряде. Следует отметить ,что в данном турнире будут разыгрываться ценные рейтинговые очки ОИ Париж-2024.

Согласно регламенту, сегодня пройдут выступления саблистов. От имени Узбекистана выступят Муса Аймуратов и Шерзод Мамутов. Завтра пройдут состязания среди рапиристов, в которых выступит и наша соотечественница Умида Ильясова.
⚽️ Coca-Cola Superliga | 22-tur

⚪️ Olimpik 1:1 Bunyodkor 🔵

Gollar
: J.Jaloliddinov 29’ - D.Ergashev 90’.

Kichik tanaffusdan keyin asosiy tarkibi bilan Superliga bahslariga qo’shilgan “Olimpik” navbatdagi ochkoni o’z hisobiga yozdirib qo’ydi. “Bunyodkor”ni qabul qilgan Timur Kapadze shogirdlari 1:1 hisoboda durang qayd etishdi.

⚽️Суперлига Coca-Cola | 22 тур

⚪️Олимпик 1:1 Бунёдкор 🔵

Голы:
Дж.Джалолиддинов 29’ - Д.Эргашев 90’.

После небольшого перерыва “Олимпик”, выступавший с основным составом в рамках Суперлиги, записал на свой счёт очередное очко. Подопечные Тимура Кападзе, принимавшие у себя на поле столичный "Бунёдкор", сыграли вничью, 1:1.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Chirchiqda og’ir atletika bo’yicha kattalar va yoshlar (U-20) o’rtasida O’zbekiston kubogi bahslari boshlandi. 29-oktyabrga qadar davom etadigan musobaqada Respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 200 nafarga yaqin sportchi g’oliblik uchun bellashadi.

Bu yilgi kubok bahslarining ishtirokchilari ro’yxatida Ruslan Nurudinov, Rustam Jangabayev, Doston Yoqubov, Sarvar Zafarjonov, Sunnatilla O’sarov, Qurbonmurod Namozov, Nigora Abdullayeva, Tursunoy Jabborova kabi terma jamoa yetakchilarining nomlarini uchratish mumkin. Mazkur turnir murabbiylar shtabi uchun asosiy terma jamoaga nomzod zaxira tarkibini ko’zdan kechirib olish, viloyatlardagi iqtidorli yoshlarni seleksiya qilish imkonini taqdim etadi.
___
Сегодня в Чирчике стартует Кубок Узбекистана по тяжёлой атлетике среди взрослых и молодёжи (U-20). В соревнованиях, которые продлятся до 29 октября, выступят около 200 спортсменов, из разных регионов нашей Республики.

Примечательно, что в списке участников можно увидеть и знаменитых тяжелоатлетов нашей сборной: Руслан Нурудинов, Рустам Жангабаев, Достон Якубов, Сарвар Зафаржонов, Суннатилла Усаров, Курбонмурод Намозов, Нигора Абдуллаева, Турсуной Жабборова. Данный турнир позволит тренерам оценить возможности кандидатов, которые войдут в резервный состав сборной и отобрать талантливых молодых спортсменов.
Yosh bokschilarimiz to‘liq tarkib bilan Osiyo chempionatiga yo‘l olishdi

23-oktyabr - 3-noyabr kunlari Qozog‘istonning Astana shahrida boks bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Unda to‘liq tarkib bilan ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi musobaqada qatnashish uchun Astana shahriga jo‘nab ketdi. Hamyurtlarimizning musobaqaga yo‘l olgan tarkibi bilan tanishing:

Молодые боксёры Узбекистана полным составом примут участие в первенстве Азии

С 23 октября по 3 ноября в городе Астана Казахстана пройдёт чемпионат Азии по боксу среди юниоров и молодёжи. В соревнованиях полным составом примет участие и сборная Узбекистана. Список участников:
Xanchjou-2022: Oʻzbekiston delegatsiyasi Para Osiyo oʻyinlarini muvaffaqiyatli boshladi

Xitoyning Xanchjou shahrida IV Para Osiyo oʻyinlari start oldi. Oʻzbekiston delegatsiyasi musobaqaning birinchi kunini muvaffaqiyatli boshladi. Para-kanoe bahslarida hamyurtlarimiz Shahzoda Mamadaliyeva (VL3), Irodaxon Rustamova (VL2) hamda Azizbek Abdulhabibov (KL2) oʻz dasturlarida oltin medallarni qoʻlga kiritishdi.

Ayni paytda para-yengil atletika bahslarida medallar oʻynalmoqda. Hamyurtimiz Sarvar Azimov F32 klassida kechgan klab uloqtirish bahsida 39.13 metr bilan bronza medaliga sazovor boʻldi.

Ханчжоу-2022: Делегация Узбекистана успешно стартовала на Пара Азиатских играх

Как вам известно, в городе Ханчжоу Китая стартовали IV Пара Азиатские игры. Первый день соревнований делегация Узбекистана начала успешно. Наши параканоисты - Шахзода Мамадалиева (VL3), Иродахон Рустамова (VL2) и Азизбек Абдулхабибов (KL2) в своих программах завоевали золотые медали.

В настоящее время проходят состязания по пара-лёгкой атлетике. Наш соотечественник Сарвар Азимов в метании клаба (категория F32) завоевал бронзовую медаль с результатом 39.13 метров.
Xanchjou-2022: Safiya Burxanova navbatdagi oltin medalga mualliflik qildi

Para-yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Safiya Burxanova navbatdagi oltin medalni keltirdi. Ayollar oʻrtasida F12 klassida yadro uloqtirish dasturida ishtirok etgan hamyurtimiz 13.87 metr natija bilan oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Ханчжоу-2022: Сафия Бурханова добавила ещё одно золото в копилку делегации Узбекистана

Представительница сборной Узбекистана по пара-лёгкой атлетике Сафия Бурханова завоевала золотую медаль Пара Азиады Ханчжоу-2022. Выступая в программе толкании ядра (категория F12) Бурханова установила результат 13.87 метров и заняла первое место.
Xanchjou-2022: Para-taekvondochi Ziyoda Isoqova kumush medalga ega chiqdi

Para-taekvondo bahslarida ham delegatsiyamiz hisobiga navbatdagi medal yozildi. Ayollar oʻrtasida -48 kg vazn toifasida finalgacha yetib borgan hamyurtimiz Ziyoda Isoqova kumush medalga sazovor boʻldi.

Ханчжоу-2022: Пара-таэквондистка Зиёда Исакова стала серебряным призёром!

Ещё одна медаль была добавлена в копилку делегации Узбекистана. Наша пара-таэквондистка Зиёда Исакова, выступавшая в весовой категории -48кг, завоевала серебряную медаль Пара Азиатских игр.
Xanchjou-2022: Para-taekvondo bahslarida yana bir medal

Para-taekvondo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Sanjar Muxtorov ham oʻz nomini sovrindorlar qatoriga yozib qoʻydi. -58 kg vazn toifasida bahs olib borgan yurtdoshimiz bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Ханчжоу-2022: Ещё одна медаль от узбекского пара-таэквондиста

Представитель сборной Узбекистана по пара-таэквондо Санжар Мухторов, также, записал своё имя в ряд призёров. Выступая в весовой категории -58кг, Мухторов стал бронзовым призёром.