OlympicUz
11.5K subscribers
29K photos
1.8K videos
11 files
6.84K links
Tezkor va ishonchli sport xabarlari Все самые последние и актуальные новости олимпийского движения!

📱 instagram.com/Olympic.uz 🇺🇿
💻 facebook.com/nocuzbekistan 🇺🇿
📲 Telegram/ @Olympicuz 🇺🇿
🐦 twitter.com/Olympicuz 🇺🇿
Download Telegram
Boʻkalik sport faxriylariga ehtirom koʻrsatildi

Oʻzbekiston sport faxriylari kengashining tashabbusi bilan Toshkent viloyatining Boʻka tumanida faxriylar va yoshlar bilan uchrashuv, shuningdek, ommaviy sport tadbiri boʻlib oʻtdi. Tuman aholisi orasida oʻzining koʻp yillik fidoyi mehnati bilan nom qozongan Joʻra ota Toʻraxonov xotirasiga bagʻishlab oʻtkazilgan tadbirda tuman hokimligi mutasaddilari, 30 nafar sport faxriylari, 100 nafardan ziyod tuman yoshlari ishtirok etishdi.

Ветераны столичной области получили положительный заряд

По инициативе Совета ветеранов спорта Узбекистана в Букинском районе Ташкентской области состоялась встреча с ветеранами и молодёжью, а также массовое спортивное мероприятие, посвящённое памяти Жура Турахонова, прославившегося среди местного населения своим многолетним самоотверженным трудом. Во встрече приняли участие представители хокимията района, 30 ветеранов спорта, более 100 представителей подрастающего поколения.
Velosportchilarimiz AQSh va Chexiyada Parij-2024 reyting ochkolari uchun kurashishmoqda

Ayni kunlarda velosportning shosse yoʻnalishi boʻyicha dunyo boʻylab “2.2 Stages Class 2” tasnifiga kiruvchi musobaqalar boʻlib oʻtmoqda. Oʻzbekiston ayollar terma jamoasining asosini tashkil etuvchi “Tashkent city women professional cycling team” klubi AQSh va Chexiyada oʻtkazilayotgan musobaqalarda qatnashmoqda. Koʻpkunlik poygalarni oʻz ichiga olgan bahslar orqali sportchilar Parij-2024 Olimpiadasi reytingi uchun qimmatli ochkolarni oʻz hisoblariga yozib qoʻyishlari mumkin. Poygalar 30-aprelga qadar davom etadi.

AQShdagi turnirda qatnashayotgan tarkib: Olga Zabelinskaya, Nafosat Koziyeva, Margarita Misyurina, Sofiya Karimova.

Chexiyadagi turnirda qatnashayotgan tarkib: Shahnoza Abdullayeva, Yanina Kuskova, Madina Qahhorova, Yevgeniya Golotina, Yekaterina Knebeleva, Asal Rizayeva.
___
Отечественные велоспортсмены борются за рейтинговые очки Париж-2024 в США и Чехии

В эти дни во всём мире проводятся соревнования по шоссейному велоспорту, которые входят в классификацию “2.2 Stages Class 2”. Клуб “Tashkent City Women Professional Cycling Team”, составляющий основу женской сборной Узбекистана, участвует в соревнованиях в США и Чехии. Во время состязаний, которые включают в себя большинство видов программ, спортсмены имеют возможность заработать ценные рейтинговые очки на пути Олимпийских игр 2024 года в Париже. Гонки продлятся до 30 апреля.

Состав участниц турнира в США: Ольга Забелинская, Нафосат Козиева, Маргарита Мисюрина, София Каримова.

Состав участниц турнира в Чехии: Шахноза Абдуллаева, Янина Кускова, Мадина Каххорова, Евгения Голотина, Екатерина Кнебелева, Асаль Ризаева.
Qilichbozlarimiz uchun Parij-2024 Olimpiadasiga yoʻllanma beruvchi sikl boshlandi

Bugun Janubiy Koreyaning Seul shahrida qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Gran-pri musobaqasi boshlandi. Qayd etish oʻrinliki, ushbu start mazkur sport turida Parij-2024 Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasi uchun reyting ochkolarini taqdim qiluvchi birinchi turnir hisoblanadi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi ham katta tarkibda ishtirok etmoqda.

Reglamentga koʻra, bugun erkaklar oʻrtasida guruh bahslari va 1/64 final bosqichigacha boʻlgan janglar oʻtkazildi. Afsuski, ushbu bosqichga terma jamoamiz vakillaridan hech kim yetib kela olmadi. Ertaga qizlar oʻrtasidagi saralash bellashuvlari oʻtkaziladi. Hamyurtlarimiz quyidagi tarkibda ishtirok etishmoqda:

Для фехтовальщиков начался отборочный цикл на Олимпийские Игры 2024 года в Париже

Сегодня в Сеуле (Южная Корея) стартовал Гран-при по фехтованию на саблях. Стоит отметить, что этот турнир является первым рейтинговым в этом виде спорта, который предоставляет очки на пути Париж-2024. В состязаниях принимает участие также сборная Узбекистана.

По регламенту сегодня состоялись групповые встречи и противостояния до 1/64 финала среди мужчин. К сожалению, до этого этапа не дошёл никто из представителей отечественной делегации. Завтра пройдут отборочные соревнования среди девушек. Состав сборной Узбекистана:
🥈🥈 Yengil atletikachilarimiz qitʼa birinchiligidagi ilk medallarini qoʻlga kiritishdi

Maʼlum qilganimizdek, bugun Toshkentda yengil atletika boʻyicha 18 yoshgacha boʻlgan sportchilar oʻrtasida Osiyo chempionati start oldi. Qitʼamizning 40 ta mamlakatidan tashrif buyurgan atletlar qatnashayotgan nufuzli musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi dastlabki medallarini qoʻlga kiritdi.

Biroz avval yakunlangan qizlar oʻrtasidagi uzunlikka sakrash dasturida Sharifa Davronova, yigitlar oʻrtasidagi yadro uloqtirish sektorida esa Abduazim Rahmatulloyev kumush medallarga sazovor boʻlishdi. Qayd etish joiz, Sharifa Davronova hali oldinda oʻzining sevimli uch hatlab sakrash dasturida ham medallar uchun kurash olib boradi. Batafsil:

🥈🥈 Легкоатлеты Узбекистана завоевали первые медали ЧА

Как мы сообщали ранее, сегодня в Ташкенте стартовал чемпионат Азии по лёгкой атлетике среди спортсменов до 18 лет. Сборная Узбекистана завоевала свои первые медали на престижных состязаниях, в которых принимают участие атлеты из 40 стран континента.

В программе прыжков в длину среди девушек серебряную медаль завоевала Шарифа Давронова, а в секторе толкания ядра среди юношей на вторую ступень пьедестала почёта поднялся Абдуазим Рахматуллоев. Стоит отметить, что Шарифа Давронова будет бороться за награду в своей любимой программе тройного прыжка. Подробнее:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ikkinchi kun ham yuqori notada yakunlandi

Samarqandda baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha oʻtayotgan Osiyo chempionatining ikkinchi kuni ham oʻz nihoyasiga yetdi. Bugun kechki dasturda 500 metr masofaga kechgan final bahslari boʻlib oʻtdi. Unda startga chiqqan hamyurtlarimiz 5 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medallarini jamgʻarishdi. Gʻolib va sovrindorlar roʻyxati:

Второй день ЧА также завершился с наградами различного достоинства

Подведены итоги второго дня континентального первенства по гребле на байдарках и каноэ среди молодёжи. Отрадно отметить, что и во второй половине дня, в котором разыгрывались медали на дистанциях 500 м, сборная Узбекистана завоевала 9 наград. Подробнее:
Hurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar!

Yoshlar siyosati va sport sohasida davlat-xususiy sherikchilik loyihalari boʻyicha tashabbuskor takliflar qabul qilinadi

Sizlarni mazkur sohadagi loyihalarni amalga oshirish qiziqtirgan boʻlsa, Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimidagi sport taʼlim muassasalarning bino-inshootlari va bo‘sh yer maydonlarida quyidagi havola orqali obyektlar boʻyicha takliflaringizni bizlarga taqdim qilishingizni soʻraymiz.

Murojaat uchun:

Manzil: 100017, Toshkent shahri, A.Qodiriy koʻchasi, 2-uy
Telefon: +998 71 239-24-25, +998 71 239-24-24
E-mail: invest@minsport.uz
Sayt: minsport.uz
Telegram bot: @minsport_dxsh_bot

Уважаемые предприниматели и бизнесмены!

Принимаются инициативные предложения по проектам государственно-частного партнёрства в сфере Молодёжной политики и спорта

Уважаемые предприниматели и бизнесмены, если вы заинтересованы в реализации проектов на условиях государственно-частного партнёрства в сфере Молодёжной политики и спорта, просим Вас представить нам свои предложения по объектам в зданиях и сооружениях спортивных образовательных учреждений системы Министерства и на свободных земельных участках по ссылке ниже.

Для подачи заявки:

Адрес: 100017, г. Ташкент, ул.А.Кадыри, дом 2
Телефон: +998 71 239-24-25, +998 71 239-24-24
E-mail: invest@minsport.uz
Сайт: minsport.uz
Telegram bot: @minsport_dxsh_bot
🥉 Osiyo chempionatida uchinchi medal

Toshkentda oʻtayotgan yengil atletika boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi uchinchi medaliga sazovor boʻldi. Qizlar oʻrtasida 1500 metrga yugurish dasturida startga chiqqan hamyurtimiz Maftuna Ahmedova uchinchi boʻlib marraga yetib keldi va bronza medaliga sazovor boʻldi.

1500 metr, qizlar:
🥇 Xan Nguyen (Vetnam) 🇻🇳 – 4:35.15
🥈 Ayana Bolatbekkizi (Qozogʻiston) 🇰🇿 – 4:36.75
🥉 Maftuna Ahmedova (Oʻzbekiston) 🇺🇿 – 4:39.57

🥉 Третья награда ЧА по лёгкой атлетике

Представители сборной Узбекистана удостоились третьей по счёту медали континентального первенства. Автором бронзовой медали в беге на дистанции 1500 метров среди девушек стала Мафтуна Ахмедова.

Бег на 1500 м, девушки:
🥇 Хан Нгуен (Вьетнам) 🇻🇳– 4:35.15
🥈 Аяна Болатбеккизи (Казахстан) 🇰🇿 – 4:36.75
🥉 Мафтуна Ахмедова (Узбекистан) 🇺🇿 – 4:39.57
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yengil atletika boʻyicha Osiyo chempionatining tantanali ochilish marosimi oʻtkazildi

Poytaxtimizda start olgan yengil atletika boʻyicha U18 Osiyo chempionatining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasining stadionida oʻtgan tadbirda Osiyo yengil atletika assotsiatsiyasi prezidenti Dahlan Al Hamad, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi, Oʻzbekiston triatlon federatsiyasi raisi Viktor Mahmudov, Yoshlar siyosati va sport vazirining oʻrinbosari Shaxrullo Mahmudov, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, mamlakat yengil atletika federatsiyasi mutasaddilari va musobaqa mehmonlari ishtirok etishdi.
___
Состоялась торжественная церемония открытия ЧА по лёгкой атлетике

В столице состоялась торжественная церемония открытия чемпионата Азии U18 по лёгкой атлетике. В мероприятии, прошедшем на стадионе Федерации лёгкой атлетики Узбекистана, приняли участие президент Азиатской легкоатлетической ассоциации Дахлан Аль Хамад, Секретарь Совета безопасности при Президенте Республики Узбекистан, председатель Федерации триатлона Узбекистана Виктор Махмудов, заместитель министра Молодёжной политики и спорта Шахрулло Махмудов, Генеральный секретарь Национального Олимпийского комитета Узбекистана Ойбек Касимов, представители Федерации лёгкой атлетики страны и гости соревнований.