OlympicUz
10.3K subscribers
29.6K photos
1.84K videos
11 files
6.87K links
Tezkor va ishonchli sport xabarlari Все самые последние и актуальные новости олимпийского движения!

📱 instagram.com/Olympic.uz 🇺🇿
💻 facebook.com/nocuzbekistan 🇺🇿
📲 Telegram/ @Olympicuz 🇺🇿
🐦 twitter.com/Olympicuz 🇺🇿
Download Telegram
🥉Konya-2021: Kamonchilarimiz ham medal bilan qaytishadi

Kamondan otish bo’yicha terma jamoamiz a'zolari ham Islom birdamligi o’yinlarining shohsupasiga ko’tarilishdi. Mikst dasturida Amirxon Sadikov hamda Ziyodaxon Abdusattorova dueti bronza medalini qo’lga kiritdi.

Конья-2021: Отечественные лучники также завоевали медали

Члены сборной Узбекистана по стрельбе из лука также поднялись на пьедестал почёта Игр Исламской солидарности. Амирхон Садиков и Зиёдахон Абдусатторова в микст дуэте завоевали бронзовую медаль.
🥇🥈Konya-2021: Suzish bahslarida oltin va kumush medal!🔥

Suzuvchilarimiz ham Islom birdamligi oʻyinlarida chempionlar qatoridan joy olishdi. 100 metrga erkin usulda suzish dasturida kechgan bellashuvda Aleksey Tarasenko 49.54, Xurshidjon Tursunov esa 49.61 soniya natija bilan mos ravishda oltin va kumush medallarga sazovor boʻlishdi. Barakalla, yigitlar!

🥇🥈 Конья-2021: Золотая и серебряная медали от пловцов!

Представители сборной Узбекистана по плаванию завоевали награды в соревнованиях вольным стилем на 100 метровой дистанции. Алексей Тарасенко занял первое место (49.54 секунды) и Хуршиджон Турсунов - второе (49.61).
🥈Konya-2021: Chusovitina yetakchiligidagi qizlarimiz jamoaviy dasturda kumush medal olishdi

Bugun sport gimnastikasi bo'yicha ham bellashuvlar boshlandi. Unda bahslarga kirishgan ayollar jamoamiz shohsupaga koʻtarildi. Oksana Chusovitina, Dildora Aripova hamda Ominaxon Halilovadan iborat trio faqatgina mezbonlardan ortda qolib, kumush medalga sazovor bo'ldi.

🥈Конья-2021: Команда гимнасток во главе с Чусовитиной завоевала серебро!

Сегодня стартовали соревнования по спортивной гимнастике. Участвовавшие в них наши соотечественницы поднялись на вторую ступень пьедестала почёта. Состав команды: Оксана Чусовитина, Дилдора Арипова и Оминахон Халилова.
😍🏊‍♂️ Kun qahramonlaridan Aleksey Tarasenko va Xurshidjon Tursunovni taqdirlash marosimi suratlarda

📸 Foto: Anvar Ilyasov

😍🏊‍♂️ Фотогалерея с церемонии награждения чемпиона и серебряного призёра по плаванию Алексея Тарасенко и Хуршиджона Турсунова

📸 Фото: Анвара Ильясова
🥈Konya-2021: Sport gimnastikasida ikkinchi kumush

Sport gimnastikasi bellashuvlarida delegatsiyamiz hisobiga yana bir kumush medal yozildi. Ayollar oʻrtasida koʻpkurash dasturida ishtirok etgan Dildora Aripova ikkinchi bor sovrindorlar qatoridan joy oldi. Hamyurtimiz bahslarda 48.400 ball jamgʻarib, shohsupaning ikkinchi pogʻonasiga ko'tarildi.

🥈Конья-2021: Второе серебро от сборной Узбекистана по спортивной гимнастике

В соревнованиях по спортивной гимнастике делегация Узбекистана завоевала ещё одну серебряную медаль. Дилдора Арипова, участвовавшая в программе многоборья среди женщин с результатом 48.400 очков ещё раз поднялась на вторую ступень пьедестала почёта.
🥉Konya-2021: Sevinch Rahimova karatechilarimizning birinchi medalini taqdim etdi

Karate bahslarida -55 kg vazn toifasida ishtirok etgan Sevinch Rahimova sovrindorlar qatoridan oʻrin egalladi. Yurtdoshimiz bronza medali uchun kechgan jangda indoneziyalik raqibasini yaqqol ustunlik bilan magʻlubiyatga uchratib, Islom birdamligi oʻyinlarida karatechilarimizning ilk medaliga mualliflik qildi.

🥉 Конья-2021: Каратистка Севинч Рахимова - бронзовый призёр Игр!

Севинч Рахимова, выступавшая в соревнованиях по каратэ в весовой категории до 55 кг, вошла в число призёров. В борьбе за бронзовую медаль наша соотечественница с явным преимуществом одолела соперницу из Индонезии и завоевала бронзу.
🥇🔥Konya-2021: Suzuvchilarimiz musobaqa rekordini oʻrnatib chempion boʻlishdi!

Konyadagi Olimpiya suzish havzasi bugun oʻzbek suzuvchilarining yana bir gʻalabasiga shohid boʻldi. Erkaklar oʻrtasida 4x100 metrga kompleks usulda suzish dasturida yigitlarimiz Islom birdamligi o'yinlari rekordi bilan marraga birinchi boʻlib yetib kelishdi va oltin medallarni qoʻlga kiritdilar. Qahramonlar: Aleksey Tarasenko, Eldorbek Usmonov, Vladislav Mustafin, Xurshidjon Tursunov.

🥇 🔥Конья-2021: Отечественные пловцы стали чемпионами, установив рекорд соревнований!

На турецкой арене узбекские пловцы одержали очередную победу. В программе комплексного плавания в мужской эстафете 4х100 метров отечественные атлеты, установив рекорд Игр, финишировали первыми и завоевали золотые медали. Состав команды: Алексей Тарасенко, Элдорбек Усмонов, Владислав Мустафин, Хуршиджон Турсунов.
🥇Konya-2021: Saymatov Islom birdamligi oʻyinlari chempioni!

Mahoratli karatechimiz Sadriddin Saymatov musobaqa yakuni arafasida delegatsiyamiz uchun juda ham qimmatli oltin medalni taqdim qildi. -67 kg vazn toifasida jang qilgan sportchimiz hal qiluvchi bellashuvda Marokash vakilidan ustun kelib, Islom birdamligi oʻyinlarining chempioniga aylandi.

🥇 Конья-2021: Сайматов - чемпион Игр Исламской солидарности

Садриддин Сайматов, выступавший в весовой категории до 67 кг в соревнованиях по каратэ, завоевал чемпионский титул. В финальном поединке он одолел представителя Марокко и стал победителем Игр.
Konya-2021: Bugun bellashuvlar yakuniga yetadi

Bir necha kun davom etgan Konya-2021 V Islom birdamligi o‘z poyoniga yetib bormoqda. Bugun musobaqada so‘nggi kun bahslari va tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Oxirgi kun dasturida hamyurtlarimiz quyidagi 4 sport turida medallar uchun kurashni davom ettiradilar:

Kamondan otish, bronza medali uchun: Ozodbek Ungalov

Sport gimnastikasi: Oksana Chusovitina, Ominaxon Halilova, Dildora Aripova

Karate: Zulxumor Tursunaliyeva (-61 kg), Bonu Egamberdiyeva -68 kg, Ulbolsin Jangaziyeva (+68 kg), Alisulton Hojiyeva (-84 kg), G‘ofurjon Zohidov(+84 kg)

Kikboksing: Mavlonbek Muhammadjonov (-54 kg ful kontakt), Hasanjon Baratov (-91 kg ful kontakt), Dilrabo Toirova (-56 kg ful kontakt), Robiya Qo‘chqorova (-70 kg ful kontakt), Mahliyo Abdumannopova (-65 kg ful kontakt), Mahmud Hayotov (-75 kg ful kontakt), Murodbek Azimov (-86 kg lou kik).

Конья-2021: Анонс заключительного дня Игр Исламской солидарности

Сегодня состоится торжественная церемония закрытия V Игр Исламской солидарности. В последний день турецких соревнований медали будут разыгрываться в 4-х видах спорта. Во всех из них выступят наши соотечественники:

Стрельба из лука, за бронзу: Озодбек Унгалов

Спортивная гимнастика: Оксана Чусовитина, Оминахон Халилова, Дилдора Арипова

Каратэ: Зулхумор Турсуналиева (-61 кг), Бону Эгамбердиева -68 кг, Улболсин Жангазиева (+68 кг), Алисултон Хожиева (-84 кг), Гофуржон Зохидов(+84 кг)

Кикбоксинг: Мавлонбек Мухаммаджонов (-54 кг фул контакт), Хасанжон Баратов (-91 кг фул контакт), Дилрабо Тоирова (-56 кг фул контакт), Робия Кучкарова (-70 кг фул контакт), Махлиё Абдуманнопова (-65 кг фул контакт), Махмуд Хаётов (-75 кг фул контакт), Муродбек Азимов (-86 кг лоу кик).
Kun tarixi: Rio-2016 va Pekin-2008 Olimpiadalarining medallari, Osiyo o‘yinlarining ochilishi

18 avgust sanasi sportimiz tarixida yorqin xotiralar bilan yodimizda qolgan. Ushbu sanada Pekin-2008 Olimpiadasida trampolinchimiz Yekaterina Xilko, Rio-2016 Olimpiadasida esa bokschimiz Murodjon Ahmadaliyev bronza medalini qo‘lga kiritishgan bo‘lsa, 4 yil muqaddam Indoneziya mezbonligida biz uchun eng muvaffaqiyatli o‘tgan Osiyo o‘yinlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan.

День в истории: Олимпийские медали Рио-2016 и Пекин-2008, церемония открытия Азиатских игр

18 августа вошло в историю узбекского спорта своими яркими событиями и впечатляющими моментами. В этот день на XXIX летних Олимпийских Играх в Пекине наша соотечественница Екатерина Хилько завоевала бронзовую медаль (трамполин) и на Олимпиаде Рио-2016 узбекский боксёр Муроджон Ахмадалиев занял третье место. Также, 4 года назад в этот же день прошла церемония открытия Азиатских Игр Джакарта-2018, которая была наиболее успешной для делегации Узбекистана.