OlympicUz
6.04K subscribers
26.4K photos
1.53K videos
11 files
6.64K links
Tezkor va ishonchli sport xabarlari Все самые последние и актуальные новости олимпийского движения!

📱 instagram.com/Olympic.uz 🇺🇿
💻 facebook.com/nocuzbekistan 🇺🇿
📲 Telegram/ @Olympicuz 🇺🇿
🐦 twitter.com/Olympicuz 🇺🇿
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Delegatsiyamiz vakillari hamyurtlarimiz shohsupaga koʻtarilganlarida joʻsh urib Vatan madhiyasini kuylashmoqda. Olgʻa, Oʻzbekiston!👏

🇺🇿Истинные патриоты Родины и болельщики узбекского спорта поддерживают наших соотечественников на Играх Исламской солидарности👏
👏 Konya-2021: Paralimpiyachilarimiz musobaqani 8 ta medal bilan tugatishdi

Para stol tennisi bahslarida ishtirok etgan hamyurtimiz Rasul Atamuradov juftlik bellashuvlarida bronza medaliga sazovor boʻldi. Pokiston vakili bilan ishtirok etgan vakilimiz aylana tizimda oʻtgan juftlik dasturida uchinchi natijani qayd etdi. Shu tariqa Paralimpiyachilarimiz 3 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallari bilan musobaqani yakunlashmoqda.

Конья-2021: Паралимпийцы Узбекистана завершили своё участие в Играх с 8 медалями

Расул Атамурадов, выступавший на Играх Исламской солидарности в парных соревнованиях по пара-настольному теннису, завоевал бронзовую награду. Его напарником в данной программе был представитель Пакистана. Таким образом, Паралимпийская сборная Узбекистана завоевала на Конья-2021: 3 золотые, 2 серебряные и 3 бронзовые награды.
🥇🥇🥇Konya-2021: Ruslan Nurudinov ham oltin "xet-trik"chilarimiz qatoriga qo‘shildi

Taniqli og‘ir atletikachimiz, Olimpiada chempioni Ruslan Nurudinov chempionlikka erishgan musobaqalari sonini yana bittaga ko‘paytirdi. Islom birdamligi o‘yinlarida -109 kg vazn toifasida ishtirok etgan Nurudinov dast ko‘tarishda 187 kg, siltab ko‘tarishda 230 kg va ikki kurash bo‘yicha 417 kg bilan o‘yinlar rekordini o‘rnatgan holda g‘alabani tantana qildi va delegatsiyamiz hisobiga 3 ta oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.

🥇🥇🥇Конья-2021: Руслан Нурудинов - трёхкратный триумфатор Игр Исламской солидарности!

На Играх Исламской солидарности наш соотечественник - Олимпийский чемпион по тяжёлой атлетике Руслан Нурудинов (-109 кг) завоевал в своей карьере очередное золото. С первой же попытки установил рекорд Игр (177 кг), в последующем ему покорились 187 кг. В толчке он поднял 230 кг, а по сумме двух упражнений 417 кг. Таким образом, во всех видах программы Нурудинов праздновал чемпионство.
🥈Konya-2021: Kemran Nurillayev kumush medal sohibi

Islom birdamligi oʻyinlarida dzyudochilarimizning sermahsul ishtiroki boshlandi. -60 kg vazn toifasida ishtirok etgan Kemran Nurillayev finalda ozarbayjonlik Balabay Agʻabayevga imkoniyatni boy berib qoʻydi va kumush medal bilan taqdirlandi.

🥈Конья-2021: Кемран Нуриллаев принёс первую медаль от дзюдоистов Узбекистана!

Дзюдоисты вступили в борьбу за награды Игр Исламской солидарности. В весовой категории до 60 кг Кемран Нуриллаев вышел в финал и завоевал серебряную медаль. В решающей схватке он встретился с соперником из Азербайджана и не смог одолеть его. Таким образом, первая серебряная медаль от сборной Узбекистана в активе Нуриллаева.
🥇🥉Konya-2021: Diyora chempion, Sitada bronza medal

-52 kg vazn toifasida ishtirok etgan ikki nafar dzyudochimiz shohsupaga koʻtarildi. Diyora Keldiyorova ushbu musobaqada ham oʻz vaznida tengsiz ekanini koʻrsatgan boʻlsa, Sita Qadamboyeva bronza medaliga sazovor boʻldi.

🥇🥉 Конья-2021: Келдиёрова - чемпионка, у Кадамбоевой - бронза!

В весе до 52 кг честь Узбекистана на Играх Исламской солидарности в соревнованиях по дзюдо защищали две спортсменки. И обе поднялись на пьедестал почёта. Диёра Келдиёрова удостоилась золотой медали, а Сита Кадамбоева заняла третье место.
🔥Konya-2021: Akbar Joʻrayev ogʻir atletikachilarimizning zafarli ishtirokini davom ettirmoqda

Ogʻir atletika boʻyicha Tokio-2020 chempioni Akbar Joʻrayev Islom birdamligi oʻyinlarida +109 kg vazn toifasida qatnashmoqda. Hamyurtimiz hozirgina yakunlangan dast koʻtarish mashqida 200 kg natija qayd etib, delegatsiyamiz gʻaznasini yana bir oltin medal bilan toʻldirdi. Eʼtiborlisi, Akbar ham bu koʻrsatkichi bilan musobaqa rekordini oʻrnatishga muvaffaq boʻldi.

🔥Конья-2021: Акбар Джураев - чемпион Игр Исламской солидарности!

Олимпийский чемпион Акбар Джураев (+109 кг) доказал своё превосходство на турецкой арене. Наш соотечественник в рывке поднял 200 кг и занял первое место. Этот результат позволил ему обновить рекорд соревнований среди атлетов данной весовой категории.
🥇Konya-2021: Nurillayevlar uchun yana bir xursandchilik

Islom birdamligi oʻyinlarida ishtirok etayotgan aka-uka Nurillayevlarning kattasi ham musobaqada shohsupaga koʻtarildi. -66 kg vazn toifasida qatnashgan Sardor Nurillayev finalda marokashlik Abdurahmon Boushitani magʻlubiyatga uchratib, oltin medal sohiblari qatoridan joy oldi.

🥇Конья-2022: Второе золото от дзюдоистов в копилку делегации Узбекистана!

На этот раз медаль высшей пробы завоевал Сардор Нуриллаев (-66 кг). Его оппонентом в финале был представитель Марокко Абдурахмон Боушита, которого наш соответственник одолел и поднялся на первую ступень пьедестала почёта.
👏🥇Konya-2021: Dzyudochilarimizda uchinchi oltin!

Dzyudo boʻyicha terma jamoamiz vakilasi Nilufar Ermagambetova ham Islom birdamligi oʻyinlarida oltin medalga sazovor boʻldi. -57 kg vazn toifasida ishtirok etgan qoraqalpogʻistonlik dzyudochimiz finalda jazoirlik Yamina Xalatani ippon bilan magʻlubiyatga uchratdi.

👏🥇 Конья-2021: У отечественных дзюдоистов третье золото!

Узбекская дзюдоистка Нилуфар Эрмагамбетова в весовой категории до 57 кг завоевала золотую медаль. В решающем поединке ей удалось одолеть соперницу из Алжира и оформить чемпионский титул. Таким образом, золото от Эрмагамбетовой приносит сборной Узбекистана по дзюдо третье по счёту золото!
🥇🥇🥇Konya-2021: Akbar Joʻrayev ogʻir atletikachilarimizning ishtirokiga chiroyli nuqta qoʻydi 🔥

Ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi ham Islom birdamligi oʻyinlaridagi ishtirokini yakunlandi. +109 kg vazn toifasida qatnashgan soʻnggi vakilimiz Akbar Joʻrayev dast koʻtarishda 200 kg, siltab koʻtarishda 246 kg va ikki kurash boʻyicha 446 kg natija bilan mutlaq chempionlikni qoʻlga kiritish barobarida delegatsiyamiz uchun muhim 3 ta oltin medalni taqdim qildi. Barakalla, Akbar!

Конья-2021: Акбар Джураев - лучший в своей весовой категории на турецкой арене!

Завершилось выступление отечественных тяжелоатлетов на Играх Исламской солидарности. В весовой категории свыше 109 кг Акбар Джураев, в рывке поднявший 200 кг, в толчке 246 и по сумме двух упражнений зафиксировавший 446 кг, стал абсолютным чемпионом Конья-2021. Таким образом, он принёс делегации Узбекистана 3 золотые медали.
🥇Konya-2021: Shahram Ahadovning gʻalabasi sharafiga yana bir bor madhiyamiz yangraydi

Dzyudochilarimiz Islom birdamligi oʻyinlarining birinchi kunini toʻrtta oltin medal bilan yakunlashdi. Hozirgina -73 kg vazn toifasining final bahsida Shahram Ahadov ozarbayjonlik Narimon Mirzayevni magʻlubiyatga uchratib, oltin medal sohibiga aylandi.

Конья-2021: На турецкой арене ещё раз прозвучал Государственный гимн Республики Узбекистан!

Дзюдоист Шахрам Ахадов (-73 кг) поднялся на высшую ступень пьедестала почёта на Играх Исламской солидарности. В финале он одолел азербайджанца Наримона Мирзаева и завоевал золотую медаль.
🥉🥉Konya-2021: Shpagachi yigitlarimizda ikki bronza

Mahoratli shpagachilarimiz Fayzulla Alimov hamda Nodirbek Moʻminov Islom birdamligi oʻyinlarida sovrindorlar qatoridan joy olishdi. Alimov yarim finalda ozarbayjonlik Ruslan Hasanovga 11:12, Moʻminov esa qirgʻizistonlik Roman Petrovga 10:15 hisobida imkoniyatni boy berdi va bronza medaliga ega chiqishdi.

🥉🥉Конья-2021: От шпажистов Узбекистана 2 бронзы!

Файзулла Алимов и Нодирбек Муминов на Играх Исламской солидарности завоевали бронзовые награды. Алимов в полуфинале уступил азербайджанцу Руслану Хасанову - 11:12, а Муминов кыргызскому оппоненту Роману Петрову 10:15 и заняли третьи места.
🥉Konya-2021: Dzyudochilarimiz ilk kunni 100 foizlik natija bilan yakunlashdi

Bugun bahslarga kirishgan dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Konya-2021 V Islom birdamligi oʻyinlarida kunini ajoyib gʻalaba bilan yakunladi. Quvonarlisi, bellashuvlarni boshlagan 7 nafar vakilimizning barchasi shohsupaga koʻtarildi. Eng so’ngi bo’lib -63 kg vazn toifasida bahs olib borgan Sevinch Isoqova bronza medali uchun kechgan bellashuvda senegallik raqibasi ustidan gʻalaba qozonib, sovrindorlar qatoridan joy oldi. Bungacha jamoamizning 6 nafar a’zosi ham shohsupaga ko’tarilgan edi.

Конья-2021: Дзюдоисты Узбекистана завершили стартовый день Игр с великолепным результатом!

Сегодня на турецких состязаниях все 7 дзюдоистов из Узбекистана, которые соревновались за награды, поднялись на пьедестал почёта. Очередную медаль Игр завоевала Севинч Исакова (-63 кг). Она в борьбе за бронзовую награду одолела соперницу из Сенегала и заняла третье место.
🥉Konya-2021: Petryakov ikki karra bronza medali sohibi

Yosh suzuvchimiz Yegor Petryakov Konya havzalarida yana bir bor sovrindorlar qatoridan joy oldi. Kuni kecha 400 metrga erkin usulda suzish bahsida bronza medali bilan taqdirlangan atletimiz bugun ayni shu masofaga kompleks dasturda kechgan bellashuvda ham uchinchi natijani qayd etdi.

🥉 Конья-2021: Петряков завоевал вторую бронзу Игр!

Узбекский пловец Егор Петряков, занявший накануне третье место в заплыве на 400 метров вольным стилем, сегодня на этой же дистанции в комплексной программе был удостоен также бронзовой награды. Это его по счёту вторая медаль на текущих Играх Исламской солидарности.
🥈🥉Konya-2021: Suzuvchimiz Oʻzbekiston rekordini yangiladi

Suzish bahslaridagi eng qiziqarli yoʻnalishlardan biri hisoblanmish 50 metrga erkin usulda suzish boʻyicha final bellashuvi yakunlandi. Unda ishtirok etgan 2 nafar vakilimiz sovrindorlar qatoridan joy oldi. Yakunda Xurshidjon Tursunov 22.51 soniya bilan ikkinchi, 22.72 soniya qayd etgan Aleksey Tarasenko esa uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Tursunovning natijasi yangi Oʻzbekiston rekordi sifatida qayd etildi.

🥈🥉 Конья-2021: Отечественные пловцы обновили рекорд Узбекистана

Завершился финальный заплыв на 50 метров вольным стилем, считающийся одним из самых интересных видов в плавании. Участвовавшие в нём 2 представителя нашей страны вошли в число призёров. В итоге Хуршиджон Турсунов занял второе место с результатом 22.51 секунды, а Алексей Тарасенко-третье, одолев заданную дистанцию за 22.72 секунды. Результат Турсунова был отмечен как новый рекорд Узбекистана.
🥉Konya-2021: Umida Ilyasova yarim finalda imkoniyatni boy berdi

Qilichbozlik boʻyicha rapira yoʻnalishida ayollar oʻrtasida oʻtkazilayotgan bellashuvlarda finalchilar nomi maʼlum boʻldi. Yarim finalda turkiyalik raqibasiga qarshi bahs olib borgan hamyurtimiz Umida Ilyasova imkoniyatni boy berib qoʻydi. Shu tariqa, Ilyasova bronza bilan taqdirlamoqda.

🥉Конья-2021: Умида Ильясова завоевала бронзу Игр Исламской солидарности

Стали известны финалисты соревнований по фехтованию на рапирах среди женщин. Наша соотечественница Умида Ильясова, выступавшая в полуфинале против соперницы из Турции, упустила шанс. Таким образом, Ильясова завоевала бронзу.
🥈Konya-2021: Sablyachi qizlarimiz ham sovrindorlar qatorida

Sablya boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi Islom birdamligi oʻyinlarining kumush medal sohibiga aylanishdi. Jamoaviy dasturda yarim finalda Turkiyani 45:31 hisobida magʻlub etgan qizlarimiz finalda ozarbayjonlik raqibalariga 34:45 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqani ikkinchi oʻrinda yakunladilar. Shu oʻrinda terma jamoamiz tarkibini yana bir bor eslatib oʻtsak: Zaynab Dayibekova, Paola Pliyego, Aysulu Usnatdinova, Sevinch Ismoilova.

🥈Конья-2021: Женская команда саблисток вошла в число призёров!

Женская сборная Узбекистана по сабле стала серебряным призёром Игр Исламской солидарности. В командной программе наши соотечественницы, одолевшие в полуфинале представительниц Турцию со счётом 45:31,в решающей встрече уступили соперницам из Азербайджана, 34:45. Таким образом, женская сборная по сабле завоевала серебро Конья-2021. Состав женской команды Узбекистана: Зайнаб Дайибекова, Паола Плиего, Айсулу Уснатдинова, Севинч Исмоилова.
🥈Konya-2021: Eʼtibor markazida yana suzuvchilarimiz

Suzuvchilarimiz bugungi bellashuvlarni ancha sermahsul oʻtkazishmoqda. Yigitlarimiz 4x200 metr masofaga erkin usulda kechgan final bellashuvida ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritishdi. Hamyurtlarimiz soʻnggi metrlargacha mezbonlar bilan gʻoliblik uchun kurash olib borishdi, biroq yakunda gʻalaba turkiyalik suzuvchilarga nasib etdi. Tarkib: Aleksey Tarasenko, Olimjon Odilov, Yegor Petryakov, Xurshidjon Tursunov.

🥈Конья-2021: В центре внимания снова пловцы

Пловцы Узбекистана заняли второе место в финальном заплыве мужской эстафеты вольным стилем 4х200 метров. Наши соотечественники до последних метров боролись за победу с хозяевами Игр, но в итоге победа досталась турецким спортсменам. Состав: Алексей Тарасенко, Олимжон Одилов, Егор Петряков, Хуршиджон Турсунов.
🏀 Konya-2021: Basketbolchi qizlarimiz chorak finalga yoʻl olishdi

3x3 basketbol boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi musobaqani muvaffaqiyatli boshladi. Bugun hamyurtlarimiz guruh bosqichi doirasida dastlab Malini 13:10, soʻng Ugandani 12:10 hisobida magʻlubiyatga uchratib, chorak final yoʻl olishdi. Endi ular ertaga Eronga qarshi bahs olib borishadi.

🏀 Конья-2021: Женская команда Узбекистана по баскетболу вышла в четвертьфинал

Сборная Узбекистана по баскетболу 3х3 успешно начала соревнования. Наши соотечественницы в рамках группового этапа обыграли сначала дружину Мали со счётом 13:10, а затем представительниц Уганды, 12:10 и вышли в четвертьфинал. Теперь им предстоит встреча со сборной Ирана.