OlympicUz
8.84K subscribers
27.7K photos
1.7K videos
11 files
6.79K links
Tezkor va ishonchli sport xabarlari Все самые последние и актуальные новости олимпийского движения!

📱 instagram.com/Olympic.uz 🇺🇿
💻 facebook.com/nocuzbekistan 🇺🇿
📲 Telegram/ @Olympicuz 🇺🇿
🐦 twitter.com/Olympicuz 🇺🇿
Download Telegram
Ekvador tatamilarida tarix yangilandi! Yoshlar oʻrtasida yakuniga yetgan dzyudo boʻyicha jahon chempionatida terma jamoamiz vakillari 4 ta medalga sazovor boʻlishdi. Ahamiyatlisi, ushbu yosh toifasida hali hech bir dunyo birinchiligida buncha medal qoʻlga kiritilmagan edi. Musobaqa qahramonlari bilan tanishing:

🥇Oltin medal:
-90 kg: Jahongir Mamatrahimov

🥈Kumush medal:
-66 kg: Azizbek Ortiqov

🥉Bronza medal:
-78 kg: Irisxon Qurbonboyeva
+100 kg: Islombek Ravshanqulov

На завершившемся чемпионате мира по дзюдо среди молодёжи представители сборной Узбекистана завоевали 4 медали. Примечательно, что в этой возрастной категории ещё ни на одном мировом первенстве не было завоевано столько медалей.

Медалисты:

🥇Золото:
-90 кг: Джахонгир Маматрахимов

🥈Серебро:
-66 кг: Азизбек Ортиков

🥉Бронза:
-78 кг: Ирисхон Курбанбоева
+100 кг: Исломбек Равшанкулов
🥇🔥Konya-2021: Zafarjonov mutlaq chempion!

Ogʻir atletikachimiz Sarvarbek Zafarjonov Islom birdamligi oʻyinlarida delegatsiyamiz uchun 3 ta oltin medalni taqdim etdi. Dast koʻtarish mashqida oʻz gʻalabasini tantana qilgan polvonimiz siltab ko’tarishda 199 kg, ikki kurashda esa 366 kg bilan mutlaq chempionlikni rasmiylashtirdi!

🥇🔥Конья-2021: Зафаржонов - абсолютный чемпион!


Тяжелоатлет из Узбекистана Сарварбек Зафаржонов на Играх Исламской солидарности завоевал 3 медали золотого отлива. Победитель в рывке занял первые места и в остальных программах (толчок-199 кг, по сумме двух упражнений-366 кг). Таким образом, он стал абсолютным чемпионом в своей весовой категории.
🥇Konya-2021: Delegatsiyamizda navbatdagi oltin!

Chempionlarimiz safi kengaymoqda. Badiiy gimnastikachimiz Taxmina Ikromova halqada o’tkazilayotgan bellashuvlarda eng yuqori ballga sazovor bo’ldi. Uning chiqishini hakamlar hay’ati 33.650 ball bilan baholashdi. Yurtdoshimizga kelgusi dasturlarda ham omad tilaymiz!

🥇Конья-2021: Золото от гимнасток!

Представительница художественной гимнастики Тахмина Икрoмова завоевала золотую медаль в упражнении с обручем, набрав 33.650 баллов. Пожелаем успехов в предстоящих выступлениях!
🥉Konya-2021: Sunnatilla O’sarov bronza medalini naqd qildi

Islom birdamligi o’yinlarida og’ir atletikachilarimizning muvaffaqiyatli ishtiroki davom etmoqda. Hozirda erkaklar o’rtasida -96 kg vazn toifasidagi bellashuvlar o’tkazilyapti. Ortda qolgan dast ko’tarish mashqi yakuni bo’yicha Sunnatilla O’sarov 164 kg bilan bronza medaliga sazovor bo’ldi.

🥉Конья-2021: Суннатила Усаров - бронзовый медалист!

Продолжается успешное участие в Играх Исламской солидарности представителей тяжёлой атлетики Узбекистана. Суннатила Усаров (-96 кг) в рывке поднял 164 кг и завоевал бронзовую награду.
🥈Konya-2021: Taxmina Ikromova bugun ajoyib sport formasida

Mahoratli badiiy gimnastikachimiz Taxmina Ikromova yana bir yo’nalishda shohsupaga ko’tarildi. Sportchimiz bu gal to’p bilan mashq dasturida kumush medalga sazovor bo’ldi. Barakalla, Taxmina!

🥈Конья-2021: Ещё одна медаль от Икромовой!

Тахмина Икромова завоевала очередную награду на Играх Исламской солидарности. На этот раз у неё серебро в упражнении с мячом.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Konya-2021: Dzyudochilarimiz mashgʻuloti yakuniy pallada

Islom birdamligi oʻyinlari dasturidan oʻrin olgan dzyudo bahslari ertaga start oladi. Hamyurtlarimiz hozirda Konyadagi Atletlar shaharchasi va belgilangan mashgʻulot zallarida eng yuqori sport formalariga chiqish uchun soʻnggi tayyorgarlikni olib bormoqdalar.

Конья-2021: Дзюдоисты ведут заключительный этап подготовки

Соревнования по дзюдо на Играх Исламской солидарности стартуют уже завтра. Отечественные единоборцы ведут свою заключительную тренировку перед важными состязаниями, чтобы подойти к ним в своей максимальной форме.
Konya-2021: Sunnatilla O’sarov chiqishini 3 ta medal bilan tugatdi 🥉🥉🥈

Og’ir atletikachimiz Sunnatilla O’sarov Islom birdamligi o’yinlarida ishtirokini yakunladi. -96 kg vazn toifasida ishtirok etgan O’sarov siltab ko’tarishda 190 kg bilan bronza va ikki kurash yakunida 354 kg bilan kumush medalga sazovor bo’ldi. Hamyurtimizning umumiy natijasi 354 (164+190) kgni tashkil etdi. Bungacha u dast ko’tarishda ham bronza medalini naqd qilgan edi.

Конья-2021: Суннатила Усаров - трёхкратный медалист! 🥉🥉🥈

Суннатила Усаров (-96 кг) завершил своё выступление на Играх Исламской солидарности двумя бронзовыми и одной серебряной медалями. По итогам состязаний он занял третье место в толчке (190 кг) и по сумме двух упражнений (354 кг) удостоился серебряной медали. Таким образом, в его активе 1 серебро и 2 бронзы на турецких соревнованиях.
Konya-2021: Badiiy gimnastikachi qizlarimizdan navbatdagi medallar 🥈🥈🥉

Badiiy gimnastikachilarimiz uchun Islom birdamligi oʻyinlari dasturidan oʻrin olgan individual bellashuvlar omadli oʻtmoqda. Taxmina Ikromova bulava hamda tasmada kumush, Sabina Tashkenbayeva esa bulava dasturida bronza medaliga sazovor boʻldi.

Конья-2021: Очередные медали от гимнасток 🥈🥈🥉

На Играх Исламской солидарности в индивидуальной программе соревнований по художественной гимнастике наши соотечественницы показывают хороший профессионализм. Тахмина Икромова завоевала серебряные медали в упражнениях с булавами и лентой, Сабина Ташкенбаева удостоилась бронзы в соревнованиях с булавами.
🥉 Konya-2021: Nigora Suvonova dast koʻtarishda uchinchi

Bugungi kun dasturida uchinchi ogʻir atletikachimiz medallar uchun kurashga kirishdi. -76 kg vazn toifasida bahs olib borayotgan Nigora Suvonova dast koʻtarish mashqi yakuni boʻyicha 93 kg bilan bronza medalini qoʻlga kiritdi. Yurtdoshimizga siltab koʻtarish mashqida ham muvaffaqiyatli ishtirok etishini tilab qolamiz.

🥉Конья-2021: Нигора Сувонова - бронзовый призёр Игр!

В весовой категории до 76 кг в состязаниях среди женщин отечественная тяжелоатлетка Нигора Сувонова в рывке завоевала бронзу. Ей покорились 93 кг.
😍🥇 Konya-2021: Guruh mashqida gimnastikachi qizlarimiz gʻolib!

Konya arenalarida davlatimiz madhiyamiz yana bir bor jarang sochmoqda. Bu gal badiiy gimnastika boʻyicha guruh mashqlarida qizlarimiz tengsiz boʻlishdi. Shahzoda Ibragimova, Nargiza Jumaniyazova, Nilufar Aʼzamova, Mumtozabonu Isʼhoqzoda va Mariya Pakdan iborat beshlik 5 halqadagi dasturda (Xurshidabonu Abduraufova zaxirada) 34.750 ball bilan oltin medallarga sazovor boʻldi.

😍🥇 Конья-2021: Очередное золото от граций!

В групповых упражнениях с пятью обручами наши соотечественницы завоевали золотую медаль. Шахзода Ибрагимова, Наргиза Джуманиязова, Нилуфар Азамова, Мумтозабону Исхокзода и Мария Пак, набрав 34.750 баллов удостоились первого места.
🥉🥉Konya-2021: Qilichbozlarimiz ham medallar poygasiga kirishdilar

Bugundan Islom birdamligi oʻyinlari doirasida qilichbozlik boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi vakillari ham ishtirokini boshlashdi. Erkaklar oʻrtasida rapira qurolida kechgan bellashuvlarda yarim finalgacha yetib borgan Ilyas Molina hamda Doniyor Sadullayev bronza medaliga sazovor boʻlishdi.

🥉🥉Конья-2021: Фехтовальщики завоевали первые награды на Играх

С сегодняшнего дня вступили в борьбу за награды представители фехтования. Приятно отметить, что в первый же день порадовали поклонников узбекского спорта Ильяс Молина и Дониёр Садуллаев. В соревнованиях на рапирах они удостоились бронзовых медалей.
🥇Konya-2021: Muhammad Yusuf Asranov delegatsiyamizga yana bir oltin medalni tuhfa qildi

Islom birdamligi oʻyinlarida atletlarimiz oltin medal qoʻlga kiritayotgan sport turlari geografiyasi yanada kengaymoqda. Bu gal qilichbozlik sportida vakilimiz chempionga aylandi. Erkaklar oʻrtasida rapira qurolida bahs olib borgan Muhammad Yusuf Asranov finalda turkiyalik Martino Minutoni magʻlubiyatga uchratib, shohsupaning eng yuqori pogʻonasiga koʻtarildi.

🥇 Конья-2021: Мухаммад Юсуф Асранов - чемпион Игр!

Представитель сборной Узбекистана по фехтованию завоевал первую золотую медаль на V Играх Исламской солидарности. В соревнованиях среди мужчин наш соотечественник Мухаммад Юсуф Асранов в финале одолел представителя хозяев состязаний и поднялся на высшую ступень пьедестала почёта.
🥈 Konya-2021: Suzish dasturida yana bir kumush

Erkin usulda suzish boʻyicha ixtisoslashgan vakilimiz Aleksey Tarasenko 200 metr masofaga kechgan dasturning finalida ishtirok etdi. Kuchli raqobatda yurtdoshimiz 1:50.01 daqiqa vaqt koʻrsatib, musobaqada oʻzining ikkinchi kumush medalini qoʻlga kiritdi.

Конья-2021: Очередное серебро от пловцов Узбекистана!

В плавании вольным стилем на 200 метровой дистанции наш соответственник Алексей Тарасенко с результатом 1:50.01 занял второе место. Это его второе по счёту серебро на данных турецких состязаниях.
🥉Konya-2021: Har bir ogʻir atletikachimiz shohsupaga koʻtarilmoqda

Musobaqada ishtirok etayotgan ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi vakillarining har biri shohsupaga koʻtarilmoqda. Jumladan, ayni paytda oʻtkazilayotgan ayollar oʻrtasidagi -81 kg vazn toifasida Rigina Adashbayev dast koʻtarish mashqida 99 kg toshni boʻysundirib, bronza medaliga sazovor boʻldi.

🥉Конья-2021: Ещё одна бронза у сборной Узбекистана по тяжёлой атлетике

Каждый представитель сборной Узбекистана, выступающих на V Играх Исламской солидарности, поднимаются на пьедестал почёта. На этот раз своим результативным выступлением порадовала поклонников узбекского спорта Ригина Адашбаева (-81 кг). Она подняла 99 кг в рывке и завоевала бронзовую награду.
🥉Konya-2021: Eldorbek Usmonov suzishdagi toʻrtinchi medalimizga mualliflik qildi

Konyadagi Olimpiya suzish havzasida suzish bellashuvlari davom etmoqda. 100 metrga erkaklar oʻrtasida batterflyay usulida suzish dasturida hamyurtimiz Eldorbek Usmonov 53.79 soniya bilan bronza medalini qoʻlga kiritdi.

🥉Конья-2021: Элдорбек Усмонов - бронзовый призёр Игр Исламской солидарности

Продолжаются соревнования по плаванию в рамках Конья-2021. Наш соотечественник Элдорбек Усмонов с результатом 53.79 секунд занял третье место (баттерфляй).
🥈Konya-2021: Badiiy gimnastikachilarimizdan yana bir xushxabar

Guruh mashqida ishtirok etayotgan badiiy gimnastikachilarimizdan yana bir ajoyib yangilik. 3 tasma va 2 ta to’pda o’z dasturlarini namoyish qilgan qizlarimiz kumush medal bilan taqdirlanishdi.

🥈Конья-2021: Очередная награда в копилку делегации Узбекистана

В групповых упражнениях (3 ленты, 2 мяча) наши соотечественницы заняли второе место. Таким образом, в данном виде спорта сборная Узбекистана выступила достойно, завоевав медали всех достоинств.
🥉Konya-2021: Suzuvchi qizlarimiz ham sovrindorlar qatorida

Islom birdamligi oʻyinlarida suzuvchi qizlarimiz delegatsiyamiz hisobiga navbatdagi medalni taqdim qilishdi. 4x200 metrga erkin usulda suzish boʻyicha estafeta yoʻnalishida Afsona Niyazova, Alyona Vasileva, Sitora Odilova hamda Ulyana Nizmutdinovadan iborat kvartet 9:09.67 daqiqa bilan bronza medalga sazovor boʻldi.

🥉Конья-2021: Ещё одна медаль от сборной Узбекистана по плаванию

В женской эстафете по плаванию вольным стилем 4×200 метров наши соотечественницы заняли третье место. С результатом 9:09.67 минуты представительницы сборной Узбекистана (Афсона Ниязова, Алёна Василева, Ситора Одилова и Ульяна Назмутдинова) завоевали бронзовую награду.