OlympicUz
10.4K subscribers
29.5K photos
1.83K videos
11 files
6.87K links
Tezkor va ishonchli sport xabarlari Все самые последние и актуальные новости олимпийского движения!

📱 instagram.com/Olympic.uz 🇺🇿
💻 facebook.com/nocuzbekistan 🇺🇿
📲 Telegram/ @Olympicuz 🇺🇿
🐦 twitter.com/Olympicuz 🇺🇿
Download Telegram
OlympicUz
Photo
Yosh chim ustida xokkeychilarimiz pokistonlik tengqurlari bilan bellashishdi

Chim ustida xokkey yurtimizda tobora ommalashib borayotgan sport turlaridan biri hisoblanadi. Bu borada dunyoning yetakchi jamoalari bilan tashkil qilinayotgan oʻrtoqlik uchrashuvlari yoshlarimizning tajriba orttirishlarida katta turtki boʻlmoqda.

Shu kunlarda yurtimizda Pokiston sport va taʼlim qoʻmitalarining mutasaddilari yurtimizda mehmon boʻlib turishibdi. Ular bilan birga ushbu mamlakatning yosh sportchilari ham Oʻzbekistonga tashrif buyurgan. Safar davomida Andijon viloyatidagi chim ustida xokkey maydonida ikki mamlakat yoshlari oʻrtasida oʻrtoqlik uchrashuvlari tashkil etildi.

Ularning birida yoshlarimiz 4:3 hisobida ustun kelishgan boʻlsa, yana birida mehmonlarning qoʻli baland keldi. Sport tilida aytganda, umumiy hisobda esa doʻstlik gʻalaba qozondi.
--
Молодые хоккеисты Узбекистана соревновались с представителями Пакистана

Хоккей на траве является одним из видов спорта который быстрыми темпами развивается в нашей стране. В частности, организация товарищеских матчей с ведущими сборными командами мира оказывает содействие повышению опыта наших молодых представителей.

В настоящее время представители комитетов спорта и образования Пакистана находятся в Узбекистане. Вместе с ними прибыли и молодые спортсмены этой страны. Во время визита представителей Пакистана были организованы товарищеские матчи по хоккею на траве в городе Андижан.

В одном из этих противостояний нашим хоккеистам удалось одержать победу со счётом 4:3. Ещё в одном матче победили пакистанцы. Говоря спортивным языком в этих противостояниях победила дружба. Следует отметить, что сборная Пакистана - это одна из сильнейших команд не только континента, но и мира в этом виде спорта. Организация таких матчей очень важно для нашей молодёжи, в частности, для обмена опытом.
OlympicUz
Photo
Samarqand hokimi Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarining sovrindorlariga uy sovgʻa qildi

Samarqand shahrida Tokioda boʻlib oʻtgan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini taqdirlash tadbiri boʻlib oʻtdi. Unda viloyat hokimi E.Turdimov qatnashib, barcha Olimpiyachilarimizni erishilgan muvaffaqiyat bilan qutlab oʻtdi.

“Hammamiz musobaqani katta hayajon va qiziqish bilan kuzatib bordik. Shuni alohida mamnuniyat bilan aytib oʻtmoqchimanki, Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kiritish va unda ishtirok etishning oʻzi bir sharafdir. Shunday ekan, unda ishtirok etgan barcha sportchilarimizga va ularning ustoz, murabbiylariga alohida minnatdorchilik bildiraman”, – dedi viloyat hokimi.

Erishilgan har bir natijadan soʻng, ayniqsa, davlatimiz bayrogʻi yuksaklikka koʻtarilib, madhiyamiz baralla yangraganda barchalarimizning qalblarimiz gʻurur va iftixorga toʻldi.

Taʼkidlash joiz, Samarqanddan Olimpiada oʻyinlarida 10 nafar, Paralimpiya oʻyinlarida esa 4 nafar sportchilari ishtirok etib, qator medallarga sazovor boʻlishdi. Paralimpiya chempioni Husniddin Norbekovga Samarqand shahridan uch xonali, Paralimpiya oʻyinlari kumush medal sohibi Parvina Samandarova hamda dzyudo boʻyicha Olimpiya oʻyinlari bronza medali sovrindori Davlat Bobonovga esa ikki xonali uyning kaliti topshirildi.

Shuningdek, Olimpiya oʻyinlarida qatnashish uchun litsenziyani qoʻlga kiritgan sportchilarga Samarqand shahridan boshlangʻich toʻlovi toʻlangan ikki xonali uy hamda ularning murabbiylariga 25 million soʻmdan pul mukofoti berildi.
OlympicUz
Photo
Tanzila Norboyeva Jizzaxdagi ВMX trassasiga tashrif buyurdi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi raisi Tanzila Norboyeva Jizzaxda qurilayotgan ВMX trassasiga tashrif buyurib, tashkiliy jarayonlar bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida unga Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev hamrohlik qildi.

Arena 3400 oʻringa moʻljallangan. Shuningdek, majmuada konferens-zal, sport zali, VIP-maydon, 2 ta tennis korti, 2 ta mini-futbol stadioni va 100 kishiga moʻljallangan mehmonxona mavjud.

Qayd etish joiz, dunyoda bu kabi jahon standartlariga javob beradigan 32 ta ВMX obyekti bor. Kelgusida majmua velosportning yurtimizga kirib kelayotgan ВMX yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasining asosiy oʻquv bazasiga aylanadi. Yaqin kelajakda xorijlik mutaxassislarni jalb qilish va vakillarimizni ushbu yoʻnalish boʻyicha yirik musobaqalarga tayyorlash rejalashtirilgan.
--
Танзила Нарбаева посетила трассу ВМХ в Джизаке

Председатель Сената Олий Мажлиса Республики Узбекистан, руководитель федерации велосипедного спорта Узбекистана Танзила Нарбаева посетила велотрассу ВМХ в Джизаке и ознакомилась с организационными вопросами. Во время визита еë сопровождал хоким Джизакской области Эргаш Салиев.

Арена рассчитана на 3400 мест. Также, в комплексе имеется конференц-зал, спорт зал, VIP-зона, 2 теннисных корта, 2 стадиона для мини-футбола и даже гостиница на 100 персон.

К слову, во всём мире есть всего лишь 32 подобных объекта, отвечающий мировым стандартам. В дальнейшем комплекс станет основной базой для тренировок сборной Узбекистана по ВМХ, которая является новым направлением в нашем спорте. В ближайшее время запланировано привлечение иностранных специалистов и старт подготовки.