OlympicUz
10.3K subscribers
29.6K photos
1.84K videos
11 files
6.87K links
Tezkor va ishonchli sport xabarlari Все самые последние и актуальные новости олимпийского движения!

📱 instagram.com/Olympic.uz 🇺🇿
💻 facebook.com/nocuzbekistan 🇺🇿
📲 Telegram/ @Olympicuz 🇺🇿
🐦 twitter.com/Olympicuz 🇺🇿
Download Telegram
OlympicUz
Photo
Hamkorlik memorandumi amalda

O‘tgan yili O‘zbekiston va Ukraina Milliy Olimpiya qo‘mitalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolanib, tomonlar mazkur hujjat doirasida bir qator istiqbolli dasturlarni yo‘lga qo‘yib olishgan edi. Bugun ushbu rejalarni yana-da rivojlantirish bo‘yicha navbatdagi qadam tashlandi. Hamkorlik doirasida Ukraina Milliy Olimpiya qo‘mitasi Ijroqo‘m aʼzosi, Qo‘mitaning Kiyev shahri bo‘limi rahbari Pavel Kostenko bugun O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasiga tashrif buyurdi. Mehmonni MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov va Bosh kotib Oybek Kasimov qarshi olishdi. Unda tomonlar bir qator masalalarni muhokama qilib olishdi.

“Sizni Toshkentda ko‘rib turganimizdan bag‘oyat mamnunmiz. Darhaqiqat, O‘zbekiston va Ukraina Milliy Olimpiya qo‘mitalari so‘nggi davrda o‘zaro hamkorlikni kuchaytirmoqda. Davlatimiz rahbarining sportga qaratayotgan eʼtibori bilan atletlarimiz ham jahon arenalarida yuqori natijalarni ko‘rsatishyapti. Bir qator terma jamoalarimiz hamkorlik doirasida o‘zaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etib kelishmoqda. Biz sport olamida ulkan tajribaga ega bunday mamlakat bilan hamkorlikni yana-da mustahkamlashdan xursandmiz”, – dedi MOQ raisi.

O‘z o‘rnida, ukrainalik mutaxassis ham hamkorlikdan minnatdor ekanligini taʼkidladi.

“Avvalambor, Ukraina MOQ prezidenti Sergey Nazarovichning (Bubka) Sizga yo‘llagan iliq salomlarini yetkazishga ruxsat bersangiz. Darhaqiqat, mamlakatlarimiz sport sohasida do‘stona aloqalarni mustahkamlash yo‘lida izchil ish olib bormoqda. Hozirda Ukraina sportchilari ham bo‘lajak Olimpiya o‘yinlariga qizg‘in hozirlik ko‘rishmoqda. Tokio-2020 va boshqa yirik musobaqalarga tayyorgarlikdagi hamkorlikdan biz ham manfaatdormiz. Kelajakda ushbu do‘stona aloqalarni mustahkamlashdan umidvormiz”, – dedi Pavel Kostenko.

Suhbat davomida tomonlar, ayniqsa, yakkakurash, yengil atletika kabi sport turlarida terma jamoalar o‘rtasida qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil qilish, sportchilarning tibbiy va farmakologik taʼminotida hamkorlikni rivojlantirish, sport ilm-fani sohasida ukrainalik professor Marina Bulatova kabi mutaxassislar bilan ishlash kabi masalalar bo‘yicha rejalarni muhokama qilib olishdi.
OlympicUz
Photo
Nigora Tursunqulova hamda Ulug‘bek Rashitov Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olishdi!

Iordaniyaning Amman shahrida taekvondo WT bo‘yicha Osiyo qitʼasi uchun yo‘llanma beruvchi litsenzion turnirning birinchi kuni hal qiluvchi pallaga kirdi. Biroz avval hamyurtlarimiz Nigora Tursunqulova ayollar o‘rtasida -67 kg, Ulug‘bek Rashitov esa erkaklar o‘rtasida -68 kg vazn toifasida Tokio-2020 Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

Nigora Tursunqulova Tokio-2020 litsenziyasi uchun qatarlik Maram Fatnassi bilan to‘qnash keldi. Tursunqulova jangni o‘z nazoratida o‘tkazdi va yakunda g‘alaba qozonib, final bilan birga Olimpiada yo‘llanmasini ham qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, Nigora Tursunqulova faoliyatida ikkinchi bor Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritmoqda. Taekvondochimiz 17 yoshida Rio-2016 Olimpiadasida ham ishtirok etgan.

Shuningdek, 2018 yilgi o‘smirlar Olimpiadasi sovrindori Ulug‘bek Rashitov Olimpiada yo‘lida dastlab Mo‘g‘iliston, so‘ng Vyetnam va Qozog‘iston terma jamoasi vakillarini mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘ldi.

Shu tariqa Yangi O‘zbekistonning yosh taekvondochilari o‘zlarining chiroyli g‘alabalari bilan muxlislarimizni xursand qilishmoqda. O‘z navbatida, MOQ rahbari Rustam Shoabdurahmonov Iordaniyadagi delegatsiyamiz vakillari bilan bog‘lanib, MOQ raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi raisi Sherzod Tashmatov va sportchilarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy qutladi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi, Nigora Tursunqulova, Ulug‘bek Rashitov va uning yaqinlarini, o‘zbek sporti muxlislarini qo‘lga kiritilgan navbatdagi litsenziyalar bilan tabriklab qoladi. Ertaga bo‘lib o‘tadigan bahslarda ishtirok etuvchi yana bir vakilimiz Svetlana Osipovaga (+67 kg) ham mana shunday chiroyli g‘alabalar tilaymiz!

Нигора Турсункулова и Улугбек Рашитов завоевали лицензии на Токио-2020!

В Иордании лицензионный турнир для Азиатского континента по таэквондо WT достиг своего апогея. Немного ранее двое представителей Узбекистана - Нигора Турсункулова (-67 кг) и Улугбек Рашитов (-68 кг) завоевали лицензии на Олимпийские игры Токио-2020.

На пути к лицензии Турсункулова вышла на даян против Марам Фатнасси из Катара. Бой прошёл под превосходством нашей таэквондистки и в итоге Турсункулова не только вышла в финал, но и стала обладательницей лицензии Олимпиады в Токио.

Напоминаем, Токио-2020 станет второй Олимпиадой для Нигоры Турсункуловой. Ранее она принимала участие и в Рио-2016, когда ей было всего 17 лет.

Также, призёр юношеской Олимпиады Улугбек Рашитов успешно преодолел своих соперников из Монголии, Филиппинов и Казахстана и удостоился путёвки Токио-2020.

Таким образом, молодые таэквондисты нового Узбекистана порадовали своих поклонников яркими победами. В свою очередь, председатель НОК Рустам Шаабдурахманов связался с делегацией Узбекистана в Иордании и поздравил председателя ассоциации таэквондо WT Узбекистана Шерзода Ташматова и спортсменов с успехом.

Национальный Олимпийский комитет Узбекистана поздравляет ассоциацию таэквондо WT Узбекистана, Нигору Турсункулову, Улугбека Рашитова, их семью и близких с одержанной победой. Завтра ещё одна наша девушка Светлана Осипова (+67 кг) выйдет на даян. В свою очередь мы желаем успехов узбекской таэквондистке.
OlympicUz
Photo
Ular Tokioga borishadi: Ikkinchi oltin medalni ko‘zlayotgan Shahobiddin Zoirov

“Ular Tokioga borishadi” loyihamizning bugungi sonida Sizlarga boks bo‘yicha terma jamoamiz vakili Shahobiddin Zoirovni yaqindan tanishtiramiz. Qayd etish joiz, Shahobiddin hamyurtlarimiz orasida ikki karra Olimpiya o‘yinlari chempioniga aylangan ilk bokschi bo‘lishi mumkin.

Shahobiddin Shokirovich Zoirov 1993-yil 3-mart kuni Buxoroda tug‘ilgan. Muhammadqodir Abdullayevdan so‘ng boks bo‘yicha Olimpiada va jahon chempionligini qo‘lga kiritgan ikkinchi hamyurtimiz hisoblanadi. Boks saboqlarini dastlab Buxoroda oladi va keyinchalik terma jamoaga jalb etilib, sekin-asta yirik musobaqalarda zafar qucha boshlaydi. Murabbiyi Istam Kabinov.

2013-yil Iordaniya, 2015-yil Tailandda o‘tgan Osiyo chempionatining kumush medal sohibi. U, shuningdek, 2014-yil Janubiy Koreyada o‘tgan Osiyo o‘yinlarida shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan joy olgan. Asosiysi, hamyurtimiz keyingi faoliyatida mazkur finallarning revanshini oldi. 2016-yil Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida -52 kg vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Faoliyatida qisqa tanaffus qilgan Zoirov yana ringga qaytdi va birin-ketin g‘alabalarga erisha boshladi. 2019-yildan professional boksga qadam qo‘ydi. U Buyuk Britaniyaning mashhur “MTK Global” promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan. Hozirgacha professional boksda 3 jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan.

Keyinchalik havaskor boksga qaytdi va shu yilning o‘zida Rossiyaning Yekaterinburg shahrida o‘tgan jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi. 2020-yil Iordaniyada o‘tgan litsenzion musobaqadagi ishtiroki orqali Tokio-2020 Olimpiadasiga yo‘llanma oldi.

Ko‘rsatgan natijalari uchun 2016-yil “O‘zbekiston iftixori” va 2019-yil “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvonlari bilan taqdirlangan.
😍 🥇 Bugun kun qahramonlari! 🇺🇿 Taekvondochilarimiz Nigora Tursunqulova hamda Ulug‘bek Rashitovni Tokio-2020 Olimpiadasiga yo‘llanma olganlari bilan yana bir bor tabriklab qolamiz! 👏
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Toshkent shahar hokimligi tomonidan yoshlar uchun tashkil qilingan keng ko‘lamli “Toshkentning 5 tashabbus harakati” festivali o‘z ishini boshladi.

Festivalning ochilish marosimi Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxona yonida maxsus barpo etilgan shaharchada tantanali ravishda o‘tkazildi. Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Behzod Musayev, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ochib berishdi. Unda, shuningdek, MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov va uning birinchi o‘rinbosari Ravshan Irmatov ham ishtirok etishdi. 25 mayga qadar davom etadigan tadbirga barchangizni taklif etib qolamiz!