Olimjon Haydarov
6.88K subscribers
2.8K photos
2.06K videos
27 files
677 links
Шахсий блог.
Шахсий қарашларим, воқеаларга шахсий муносабатларим.
@olimjon1115 - Мурожаат ва таклифлар учун
Download Telegram
Шу йил 29 июл куни товламачиликда айбланиб ҳибсга олинган Olimjon Xaydarovнинг тергови якунланган.

Укасининг хабар беришича, суд келаётган ҳафтада – 2023 йил 31 октябр, сешанба куни, Фарғона вилояти, Фарғона тумани Жиноий судида бўлиб ўтади.

©️ Musannif Adham
Forwarded from Asliddin Kamol 👑
Siyosiy mahbus, Olimjon Haydarovning sudi 31-oktyabr kunida belgilangani ma'lum boʻldi. Ochiq tarzda oʻtadigan sudda jamoatchilik faollari, jurnalistlar va boshqalar bemalol borib, ishtirok etishlari mumkin.

Olimjon Haydarov ham, Abduqodir Moʻminov kabi, tergov vaqtida melisaning "erkaklik soʻzim", "20 yillik melisalik soʻzim" degan va'dalariga ishonib, ularning talablariga rozi boʻlgan. Ammo, melisalar har ikki holatda ham va'dasiga vafo qilmadi.
Eskilar, "fohishani koʻz yoshiga, melisani tabassumiga ishonma" - deb bejizga aytmagan. Dunyoda soʻzida turmaydigan eng yolgʻonchi kishilar kim deb soʻrashsa, men hech ikkilanmasdan, oʻzbek melisasi deb javob beraman.

31-oktaybrdagi sud ham katta ehtimol bilan, Abduqodir Moʻminovning sudi kabi, jamoatchilikdan yashirin oʻtkaziladi. Bunga yoʻl qoʻymaslik uchun, imkon qadar ko'p kishi, sud jarayoniga borishi kerak!

@AsliddinKamol
31 октябрь, соат 11:00 да Фарғонада Олимжон Ҳайдаровнинг суди бўларкан. Суд очиқ. ОАВ ва жамоат фаоллари бориши керак бу судга.

...

Олимжон Ҳайдаровга ОЗОДЛИК!
Ҳа, айнан озодлик талаб қиламан!
Адолат падолат эмас, о-зод-лик!
Унга қўйилган айбловларнинг ҳаммасини уюштирилган деб биламан.
5-6 та фаолларни чақириб, паналарда қўйиб берган видеоларинг ҳам инсценировка.
Ҳали Аллоҳ сенларниям киноларингни албатта қўйиб беради.

©️ Farukh Samarkandi
13-oktabr kuni Farg'ona viloyat huquq-tartibot idoralari Olimjon Xaydarov'ga nisbatan tergovni yakunlab, ish hujjatlarini Jinoyat ishlari bo'yicha Farg'ona tuman sudiga oshirgan edi.

Eshitishimcha, taniqli bloger va jamoatchilik faoli ustidan sud ishi 31-oktabr kuni soat 11:00'da shu tuman sudida boshlanadi.

Haydarovning yaqinlariga ish ochiq tarzda ko'rilishi aytilgan.

Ma'lumot uchun, tergov organi Olimjon Haydarovga nisbatan Jinoyat kodeksining 139-moddasi 2-qismi (ommaviy axborot vositalarida, telekommunikasiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirish orqali tuhmat qilish), 139-moddasi 3-qismi “a” bandi (og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda ayblab tuhmat qilish), 140-moddasi 3-qismi “a” bandi (jabrlanuvchini o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan bog‘liq holda haqorat qilish), 165-moddasi 2-qismi “a” “b” bandlari (takroran yoki xavfli residivist tomonidan, ko‘p miqdorda tovlamachilik qilish) bilan ayb e'lon qilgan.

©️ Ilyos Safarov
Chindanam, nega Haydarovning qo'lga olinishi operatsiyasidan tayyorlangan video faqat 3-4 jurnalistga qo'yib berildi, nega hammaga emas? Tergov siri deyilsa, nega tor doirada qo'yib berildi, sirliligi qani ishni, qani bu yerda aybsizlik prezumpsiyasi?

O'ngigayam, teskarisigayam na mantiq, na qonunlarga to'g'ri kelmayaptiku.

©️ Ilyos Safarov
Ertaga Farg'ona viloyati Farg'ona tumanida Olimjon Haydarovning sudi soat 11:00 ga belgilangan. Ertaga OAV vakillari ham ishtiroki kutilmoqda
Олимжон Ҳайдаровнинг суди бошланди. Суд адвокатнинг илтимосини рад этди

Бугун, 31 октябрь куни жиноят ишлари бўйича Фарғона туман судида блогер Олимжон Ҳайдаров (1989 йилда Россия Федерациясида туғилган, блогер, муқаддам судланмаган)га оид жиноят ишини кўриб чиқиш бўйича очиқ суд жараёни бошланди. Бу ҳақда Олий суд матбуот хизмати хабар берди.

Ушбу жиноят иши жиноят ишлари бўйича Фарғона туман судининг раиси Авазбек Эргашев раислигида кўриб чиқилмоқда.

Суд мажлиси очиқ деб эълон қилингач, дастлаб судланувчининг ҳимоячиси томонидан суд жараёни мобайнида аудио ва видеоёзувни амалга ошириш ҳақидаги илтимосномаси юзасидан тарафлар фикри тингланган. Жиноят иши доирасидаги жабрланувчиларнинг шахсига доир маълумотлар оммага ошкор этилишини хоҳламаслиги боис илтимосномани рад қилиш ҳақидаги фикрлари инобатга олиниб, суд судланувчининг ҳимоячиси келтирган илтимосномани рад қилиш ҳақида ажрим чиқарди.

“Шу ўринда таъкидлаш жоизки, мазкур жиноят иши очиқ суд мажлисида кўрилаётганлиги боис жамоатчилик ва оммавий ахборот воситалари вакиллари унда кузатувчи сифатида иштирок этишлари мумкин”, дейди Олий суд матбуот хизмати раҳбари Азиз Обидов.

Эслатиб ўтамиз, Ҳайдаровга нисбатан Жиноят кодексининг 139-моддаси 2-қисми (оммавий ахборот воситаларида, телекоммуникация тармоқларида ёки Интернет жаҳон ахборот тармоғида жойлаштириш орқали туҳмат қилиш), 139-моддаси 3-қисми “а” банди (оғир ёки ўта оғир жиноят содир этишда айблаб туҳмат қилиш), 140-моддаси 3-қисми “а” банди (жабрланувчини ўз хизмат ёки фуқаролик бурчини бажариши муносабати билан боғлиқ ҳолда ҳақорат қилиш), 165-моддаси 2-қисми “а”, “б” бандлари (такроран ёки хавфли рецидивист томонидан, кўп миқдорда товламачилик қилиш) билан айб эълон қилинган.

Олий суд сайтидаги очиқ маълумотларга кўра, даъвогарлар орасида Қўқон шаҳри ҳокими Маъруф Усмонов ҳам бор.

https://qalampir.uz/n/92299
Шу йил 29 июл куни товламачиликда айбланиб, асоссиз, ҳеч қандай далилларсиз ҳибсга олинган Olimjon Xaydarovнинг суди давом этяпти. Ўтган сешанба куни бошланган биринчи суд мажлисида Олимжондан "жабрланган"ини даъво қилганлар кўрсатма берган ва жабрлангани бўйича судга биронта ҳам далил тақдим эта олмаган.

Набатдаги суд эртага, 2023 йил 7 ноябр, сешанба куни, соат 10:00 да Фарғона вилоят Фарғона тумани Жиноий ишлар бўйича судида (Водил қишлоғида, Фарғона шаҳридан тахминан 20 км масофада жойлашган) бўлиб ўтади. Унда асосий "жабрланувчи" бўлган, Қўқонда шу йил ёзда ёниб кетган бозорнинг паттачиси Олим Ҳасановнинг кўрсатмаси тингланади.

Суд мажлиси очиқ бўлади: унда исталган киши қатнашиши мумкин.

Musannif Adham
Olimjon Haydarov ga yozilgan arizalar kim va nima uchun yozgan
Avvalroq Olimjon Haydarovga nisbatan qo'yilgan ayblovlar bo'yicha sud majlisi boshlangani , unda 6 nafar jabrlanuvchilar,5 ta epizod bo'yicha arizalr berishgani haqida yozgan edik. Endi shu 5 ta epizod bo'yicha batafsil to'xtalib o'tamiz. Eslatib o'taman maqolada foydalanilgan  ma'lumotlar   Farg'ona viloyati IIB da ishlayotgan vijdonli , tergov boshqarmasi tomonidan Olimjon Haydarovga nisbatan qilinayotgan adolatsizlikka indamay qarab turishga vijdoni yo'l qo'ymayotgan xodimlar tomonidan taqdim qilingan. MAqola shu ma'lumot va vaziyatni taxlil qilish natijasida yozilmoqda, xaqiqatda   xolat yozilganidan farqli bo'lishi mumkin. Demak tartib bilan  epizodlar va ularni taxlil qilishni boshlaymiz....
1. Sodiqov Vohidjon ,,Hududgaz Farg'ona" filiali sobiq raxbari.
Olimjon Haydarovga qo'yilgan ayblarning eng kuchli bo'lgani shu . Sababi 1 ariza  1guvoh ko'rsatmasi (xatto shu ikki hujjatda xam farqlar mavjud) dan boshqa  hech qanday dalil , asos bo'lmasa xam jinoiy ish ochib , ayblov e'lon qilingan. Faraz qiling, ,,Ali ,,G'ani meni shantaj qildi , men Valiga pul berdim , Vali pulni g'aniga olib borib berdi' degan tushuntirish xatining o'ziga asoslanib  «G'ani»ni qamashmoqda. xech qanday dalil yo'q. Bir dona ham. Shunchaki 2ta tushuntirish xati va majburan olingan ariza bor xolos. undan tashqari Sodiqov va Olimjon o'rtasidagi munosabat yaxshi bo'lgan. 31.10.2023 kungi sud  majlisida ham V.Sodiqov  Olimjon Haydarovga xechqanday xusumati va adovati  yo'qligini qayta-qayta takrorlagan. Safardan qaytnda  uni chaqirib ariza yozdirishgani, IIB xodimlariga Olimjondan da'vosi yo'qligini aytgani xaqida ko'rsatma bergan. Uning bu so'zlari sud majlisi bayonnomasidan ,,Tasodifan" tushib qolmaydi degan umiddamiz. V. Sodiqov  Olimjon Haydarovni aybdor demasada , negadir dastlabki tergovda uning nomidan boshqa ko'rsatmalar yozib olingan Malumotlarga qaraganda bu ishni avvaliga ishga qo'shishmoqchi bo'lishmagan , lekin  shaxsan Farg'ona viloyat IIB tergov boshqarmasi boshlig'i polkovnik M.A SATTOROV  bu arizani ham Olimjon Haydarov ishiga qo'shishni talab qilgan. U bunday talab Farg'ona viloyati DXX tomonidan  qo'yilganini ham aytib o'tgan (tasdiqlanmagan ma'lumotlar) shuningdek bu epizod bo'yicha asosiy figura V.Sodiqov emas uning yordamchisi S.A .
S.A xozirda guvoh bo'lgani  , xali ko'rsatma bermagani sabab ishni bog'liq jihatlarini  vaqtincha ochiqlamay  turamiz. Shuni aytish mumkinki S.A  Olimjon Haydarov bilan yaxshi va doimiy  do'stona munosabatda bo'lgan, telefonda ko'p gaplashgan . Shuningdek S.A Olimjon Haydarovga qarshi guvohlik bergan vaqtda  IIB nazoratida ya'ni qamoqda bo'lgan . Uning ham  ko'rsatmalarini ixtiyoriy berganiga ishonmayman .Qisqasi bu epizod  Farg'ona viloyati IIB tergov boshqarmasi  boshlig'i ,,Tashabbusi" bilan yuzaga kelgan. Aks xolda Olimjon Haydarov rostdan V.Sodiqovdan  tovlamachilik yo'li bilan pul talab qilganida , voqea sodir bo'lgan vaqtda IIB ga ariza qilgan bo'lar edi. Oradan bir yil o'tib emas (arizada xolat 2022 yilda  bo'lgani  yozilgan, Ariza esa 2023 yil avgust oyida yozilgan.
2. Abduvahobov Faxriddin ,,Don va  don maxsulotlari" MCHJ raxbari
Arizaga asos 2022-yil,16 -dekabrdagi videomaqola. Bu xam ,,Ixtiyoriy ariza ekaniga shubxa yo'q. Sababi  ariza xolat sodir bo'lganidan roppa rosa 8 oy o'tib ,,Tasodifan" Olimjon Haydarov qamalgan paytda ,14.08.2023 da yozilgan. Ishonchim komilki  Olimjon tayyorlagan videodan F.Abduvahobov qattiq jahllangan bo'lsa ham ,8oy emas 8 yil o'tsa 
ham  ariza yozmas edi. Sababi olimjon Haydarov Marg'ilondagi bozor muammosini olib chiqqacgh o'sha vaqtdagi Margilon  shahar xokimi  A.Ziyovuddinov  adbirkorlar va F.Abduvahobovni chaqirib ,,kelishtirib" qo'ygan , qaytib bu masala ko'tarilmasligini buyurgan. Taxminimcha F.Abduvahobov ,,O'z ixtiyori" bilan ariza yozishga 2 ta xolat sabab bo'lgan . Birinchisi Marg'ilonni o'sha vaqtdag xokimi  A.Ziyovuddinov Prezident tomonidan ishdan olindi. Ikkinchisi Marg'ilon shahar IIB boshlig'i A.A.Asqarov uni chaqirib ,,Maslaxat" bergan. Bunday maslaxat berishiga A.A.Asqarovda biror jiddiy sabab bormidi ? Albatta! bor edi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Olimjon Xaydarov
Суд жараёнини билмоқчи бўлганларга,
Худойберди Зоминий дан репортаж:
Olimjon Xaydarovning sudi haqida fikrlarim…

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevdan ushbu holat boʻyicha blogerni, oʻz oilasi bagʻriga qaytishida amaliy yordam berishlarini soʻrab qolaman!

Saida Mirziyoyeva

Sardor Umurzakov

Sherzod Asadov

Komil Allamjonov

Farruh Omonov

Ўзбекистон Республикаси Олий суди
Olimjon Xaydarov нинг иши бўйича навбатдаги суд мажлиси бугун, 2023 йил 10 ноябр, соат 11:00 да Фарғона вилояти, Фарғона туман Жиноий ишлар судида (Водил шаҳарчасида) кўрилади.

Ўтган икки суд мажлисида "жабрланувчилар" сўроқ қилинган ва Олимжонга қўйилаётган айбларнинг биронтаси ўз исботини топмаган. Бугунги суд мажлисида иш бўйича гувоҳларнинг кўрсатмалари тингланади.
Musannif Adham
Олимжон Ҳайдаровнинг учинчи марта ўтказилган бугунги судида "Марғилондон"дан ариза ёзган сохта жабрланувчининг 3 та гувоҳи тингланган. Гувоҳларнинг учаласи ҳам Олимжоннинг фойдасига кўрсатма бериб, "жабрланувчи"ни ўзини ёмонлаб ташлаган. Иш тескарисига айланиб кетган. Суд ҳам ҳайрон бўлиб, "ия, судланувчи сенлармисанлар Олимжонми?" -деб юборибди.

Аллоҳ ҳаммангни тилингни мана шундай тескари айлантириб, хақни гапиртириб қўяди керак бўлса.

Бобикчалар! Сенларам ўз эгангни талашни бошлайсан ҳадемай. 😁
Олимжон Ҳайдаровнинг кейинги суди келаётган хафтанинг сешанба кунига белгиланибди.
Навбатдаги судда халқаро ташкилотлардан ҳам кузатувчилар бориши кутилмоқда.

Farukh Samarkandi
Олимжон Хайдаровнинг иши бўйича навбатдаги 4-суд мажлиси 2023 йил 14 ноябр, сешанба соат 11:00 да Фарғона вилояти, Фарғона туман Жиноий ишлар судида (Водил шаҳарчасида) бўлиб ўтади
Olimjon Xaydarov ni doʻstlari ko'p boʻlgan ekan! Rasmdagi doʻstlaridan kimlar uning sudiga bordi?

Siyosiy mahbus, Olimjon Haydarovning navbatdagi sud ishi 2023 yil 14 noyabr, seshanba soat 11:00 da Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tuman, jinoiy ishlar sudida bo‘lib o‘tadi.

Shu vaqtgacha Olimjonning uchta sud majlisi oʻtdi. Toshkent va voha tomonlardan kishilar borib, sud majlisida ishtirok etishdi. Lekin vodiylik biror bloger, jurnalist yoʻqlab bormadi. Vodiyda bitta ham bloger, jurnalist yoʻqmi yoki hammasi daraxt ekish bilan bandmi?

P.s: Dima Qayum endi uzurli. Menimcha qishga tappi gʻamlash bilan band boʻlsa kerak...



Asliddin Kamol
Olimjon Haydarov sudi noma'lum kunga qoldirildi.
Sabablari ma'lum emas.
Олимжон Ҳайдаровнинг суди номаълум кунга қолдирилибди.

Халқаро кузатувчилар яна бир ҳафта Фарғонада меҳмонхонада кутадиган бўлишди. Уларга бу вақтда Фарғона, Андижон ва Наманганнинг гўзал гўшаларини кўрсатадиган ишончли кўнгилли борми?

Шарифа Мурод опа бўшмасмисиз мободо?
Оз моз инглизча, оз моз ўрисча билсангиз бўлди экан.

©️ Farukh Samarkandi
Siyosiy mahbus, Olimjon Xaydarov ning navbatdagi sud ishi nomaʼlum sabablarga koʻra, nomaʼlum muddatga qoldirildi.

Menimcha, Olimjonga qoʻyilgan ayblovlarning hech biri sudda oʻz tasdigʻini topmayotganligi sababli, sud nomaʼlum muddatga qoldirilgan. Ungacha yangi ayblovlar, yangi arizachilar izlashsa kerak. Olimjon Haydarov ishi tushunarli boʻldi. U fikr politsiyasi tomonidan soxta ayblovlar bilan xibsga olingan. Lekin, hozirgi kunda Olimjonga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi nega bekor qilinmayotgani gʻalati? Axir, sud majlisida unga nisbatan bu jazo turini qoʻllash uchun yetarli asoslar chiqmadiku? Ya'ni Olimjonni qamoqda saqlash uchun hech qanday huquqiy asos mavjud emas. Lekin uni hanuzgacha panjara ortida saqlashmoqda. Nega? Qaysi asosga koʻra?


@AsliddinKamol