"OfariN" akademik honandalik jamoasi
27 subscribers
310 photos
60 videos
8 files
28 links
Quvnoqlik, inoqlik, insoniy tuyğularni hech qachon unutmang...
Download Telegram
Akustika (yun. akustikos – eshitaman) – fizikaning tovush hodisalarini, ya’ni jismda mexanik to‘lqinlarning paydo bo‘lishi, tarqalishi va ularni qabul qilish jarayonlarini, tovush hodisasi bilan boshqa fizik hodisalar orasidagi bog‘lanishni o‘rganadigan bo‘limi. Tovushning tarqalish va qaytish qonunlari Yevklid zamonida aniqlangan edi. 17-asrga kelib, tonning yuksakligi va tebranishlar soni orasida bog‘lanish borligi aniqlandi. Galiley va fransuz fizigi Mersenn (1588–1648) tovush to‘lqinining havoda tarqalishini ilmiy tushuntirdilar va tovush tezliginio‘lchadilar. Torrichelli vakuumda(havosiz joyda) tovush tarqalmasligini isbot qildi. Reley A.ning nazariy asoschisi bo‘ldi; uning "Tovush nazariyasi" (1877) kitobi bosilib chiqdi. A. quyidagi sohalarga bo‘linadi:

umumiy A.,

fiziologik A.,

elektr A.,

me’moriy A.

qurilish A.si,

musiqa Axi,

gidroakustika,

atmosfera A.si

harbiy A.

Umumiy A. tovushning paydo bo‘lishi va tarqalishini hamda akustik o‘lchash usullarini o‘rganadi. Tovush qisqa vaqt davom etadigan hodisa, uni energiya bilan ta’minlab turibgina uzoq davom ettirish mumkin. Tovush hosil bo‘lishi uchun tebranish davom etishi kerak (avtotebranish). Tebranish tebranish amplitudasi, soni, davri, tebranish shakli bilan, tovush to‘lqini to‘lqin uzunligi, to‘lqinlar 282tarqalish tezligi, to‘lqin energiyasi bilan ifodalanadi. Fiziologik A. tovushning eshitilishi, organizmga ta’siri va hokazo bilan shug‘ullanadi. Bunday A.ning asosiy tushunchalarini Om va Gelmgols yaratgan. Elektr A. tovush energiyasining elektr energiyasiga, elektr energiyasining tovush energiyasiga aylanishi, to-vush yozib olish, bino A.si va ultrato-vush texnikasi bilan shug‘ullanadi. Nemis ixtirochisi F. Reys telefon (1861) va ingliz ixtirochisi A. G. Bell (1876) mikrofon ixtiro qilganlaridan so‘ng tele-graf aloqasi amalga oshirildi. 1900 yil tovushli kino vujudga keldi. 1925 yildan tovush yozib olishning elektr A. usu-li joriy qilindi. Elektron lampalar ixtiro qilingandan so‘ng elektr A. tez taraqqiy etdi. Me’moriy A. va qurilish A.si binoning hamma joyida tovush va musiqaning yaxshi eshitilishini ta’-minlash, tashqi shovqinni kamaytirish masalalari bilan shug‘ullanadi. Qurilish A.sida reverberatsiyani amerikalik olim U. Sebin (Sabine) tadqiq qilgan va qurilish materiallarining tovush o‘tkazish parametrlarini aniqlagan. Musiqa A.si musiqa hodisalari (to-vush, tovushqator, hamohanglik, musiqa tizimlari va boshqalar)ning ob’ektiv fi-zik qonuniyatlarini o‘rganib, ularga musiqani idrok etish jarayoni nuqtai nazaridan yondashadi. Atmosfera A.si va gidroakustika tovushning bir jin-sli bo‘lmagan va qatlamli muhitlarda tarqalishini o‘rganadi. Dengiz bir jinsli bo‘lmagan muhit, unda tovush to‘lqinlari buriladi, yutiladi va sochiladi, bu uzoq, masofadagi kemaning turgan joyini aniqlashni qiyinlashtiradi. Bu hodisalar atmos-feraga ham tegishlidir. Harbiy A. tovush tezligini bilgan holda dushman turgan joyni aniqlash, tovush qaytishi yerdamida samolyotlarning uchish yo‘nalishini, kuzatish pun-ktidan uzoqligini va hokazoni aniqlash bilan shug‘ullanadi. Tovush tutish – radio-lokatsiya, tovush eshitish – pelengatsiya harbiy ishda keng tatbiq qilinadi. Suv osti kemalari, samolyotlar, akustik mi-nalar ultratovush bilan boshqariladi.Ad.: Isakovich M. A., Obhaya akustika, M., 1973; Xayasaka Tetsuo, Elektroakustika, per.s yapon. I. I. Ivanchika, M., 1982; Pavlovskaya V. I. i dr., Akustika i elek-troakusticheskaya apparatura, M., 1986
Tovush (fizikada) — keng maʼnoda — gazsimon, suyuq yoki qattiq muhitda toʻlqin shaklida tarqaladigan elastik muhit zarralarining tebranma harakati. Tor maʼnoda — odam va hayvonlarning maxsus sezgi organlari orqali qabul qilisheshitish hodisasi. Eshitiladigan va eshitilmaydigan T. bor. Chastotasi 16 Gs — 20 kGs gacha boʻlgan toʻlqinlar inson qulogʻida T. sezgisini uygʻotadi. Chastotasi 16 Gs dan kichik boʻlgan elastik toʻlqinlar infratovush deb ataladi. Chastotasi vq20 kGs Q 1 GGs boʻlgan toʻlqinlar ultratovush va chastotasi u>1GGs dan yuqori boʻlgan toʻlqinlar gipertovush deyiladi. Infra, ultra va gipertovushlarni inson qulogʻi eshitmaydi. Gaz va suyuqliklardagi T. toʻlqini faqat boʻylama toʻlqin, qattiq jismlarda tarqaladigan toʻlqinlar esa ham boʻylama, ham koʻndalang boʻlishi mumkin. T. tezligi quruq havoda 15° trada 0,34 km/s, suyukdikda 152 km/s, qattiq jismda 5Q6 km/s (olmosda 18 km/s) boʻladi.
Insonlar qabul qilgan T.larni ularning yuksakligi, tembri va qattiqligiga qarab bir-biridan farq qiladi. Ana shu har bir subʼyektiv bahoga T. toʻlqinining aniq fizik xarakteristikam moye keladi.
Har qanday real T. oddiy garmonik tebranish emas, balki maʼlum chastotalar toʻplamiga ega boʻlgan garmonik tebranishlarning yigʻindisidan iborat. Berilgan T.da ishtirok etuvchi tebranishlar chastotalari toʻplami T.ning akustik spektri debataladi. Agar T.da maʼlum intervaldagi barcha chastotaga ega boʻlgan tebranishlar ishtirok etsa, u holda spektr tutash spektr deyiladi. Agar T. bir-biridan chekli intervallar bilan ajralib turuvchi diskret chastotali tebranishlardan tashkil topgan boʻlsa, spektr chizikli spektr deyiladi. Shovqinlar, mas., daraxtlarning shamolda shitirlashi tutash spektrga, cholgʻu asboblari T.lari esa chiziqli spektrga ega boʻladi.
Yuza birligi orqali vaqt birligida T. toʻlqini olib oʻtayotgan energiya T. intensivligi deb ataladi. Elastik muhit boʻylab T. tarqalganda u tarqalmagan paytdagiga nisbatan ortiqcha bosim hosil boʻladi, uni T. bosimi deyiladi. T. intensivligi T. bosimining amplitudasiga hamda muhit xossasiga va toʻlqin shakliga bogʻliq. T. intensivligi Xalqaro birliklar tizimida VtGʻm2 larda oʻlchanadi. T. intensivligi va chastotasiga bogʻliq boʻlgan T. qattiqligi xarakateristikasi xam mavjud. Odam qulogʻi 1 — 5 kGs chastota sohasida juda sezgir boʻladi. Bu sohada eshitish boʻsagʻasi, yaʼni eng kuchsiz eshitiluvchi T.larning intensivligi 10~12 VtGʻm2, unga moye T. bosimi 10~5 NGʻm2 kattalikka teng . Odam qulogʻi eshitadigan T.ning eng yuqori intensivligi 1 VtGʻm2 ga teng . Ult ratovush texnikasida bundan ham yuqori (104 kVtGʻm2 gacha) intensivlikka erishilgan. Ultratovushning bu xususiyatidan texnika, biol. va tibbiyotda keng foydalaniladi.
Tovush mexanik energiyaning materiyabo‘ylab to‘lqinlar yordamida tarqalishidir. Tovush chastota, to‘lqin uzunligi, davr, amplituda va tezlik bilan xarakterlanadi.
Kundalik turmushda tovush atamasini havoda tarqaluvchi va odam eshita oladigan to‘lqinlarga nisbatan qo‘llashadi. Biroq fizikada tovush deb har qanday materiyada tarqaluvchi mexanik to‘lqinlarga aytiladi. Tovush va u bilan bog‘liq hodisalarni o‘rganuvchi fan bo‘limi akustika deyiladi.
Tovush (musiqada) — musiqaning ifoda kuchiga ega eng kichik tarkibiy qismi. Musikiy T.lar maʼlum musiqiy tizimni tashkil etib, muayyan balandpastlik (lad), uzunqisqalik (ritm va metr), dinamika va tembrga ega boʻladi. Odatda, musiqada 16 gs — 4500 gs (S2—d5) orasidagi, 0,015 sek —23 min. uzunligidagi T.lardan foydalaniladi. Shuningdek, musiqada muayyan balandlikka ega boʻlmagan (aleatorika, sonoristika, usul) T. lardan ham qoʻllaniladi. Musiqiy T.larning oʻziga xosligi, shuningdek, badiiy talqin jarayonidagi (agogika, artikulyatsiya, surʼat, melizmlar va boshqalar) xususiyatlar bilan belgilanadi (yana q. 
Nagʻma, nagʻam (arab. — kuy) — 1) Sharq musiqa ilmida musiqa tovushi; ton. Muayyan balandlikda sadolanib turishi bilan tabiatdagi boshqa tovushlardan farq qiladi. Sharqolimlari N.ni 2 xil turga boʻlishgan: qavliy (inson tomogʻidan chiqadigan) N. va feʼliy (musiqa cholgʻularidan hosil qilinadigan) N. Kuy, qoʻshiq va ashulalar ritm bilan N.lar uyushmasidan tarkib topadi. N.lar qoʻshilishidan boʻʼd, jins, jam, maqom pardalari va, nihoyat, yaxlit kuy — musiqa asarlari hosil etiladi. Oʻrta asr musiqa risolalarida yozilishicha, to-vushlar bir-biri bilan maqsadga muvofiq ravishda maʼlum vaqt oraligʻida koʻshilgandagina N. deb hisoblanadi. Oʻtmishda N.lar yunoncha va arabcha iboralar bilan ifodalangan. Arabcha atamalari asomiy nagʻamot ("Asmoʼ unnagʻam") deyilgan; 2) ohang , kuy. N. soʻziga ayrim qoʻshimcha soʻzlar bogʻlanib, turli musiqa iboralari hosil etiladi. Mac, H. boshi — doston va boshqa koʻp qismli asarlarning cholgʻu muqadsimasi, oʻtmishda saroy musiqachilarining boshligʻi; N.gar, N. zan, N. chi yoki N. navoz — sozanda; N.i Orazi Navo Shashmaqom Navo maqomining cholgʻu qismlaridan biri; N. kor yoki N. soz — bastakor; N. pardoz yoki N. capo — sozanda, xonanda. Xorazmda garmon cholgʻusi N. deb ham ataladi
Asosiy ton – 1) asosiy chastotalar hosil qilgan tovush toni; har qanday tovush manbai faqat asosiy chastotada te-branib qolmasdan, ayni vaqtda unga kar-rali bo‘lgan yuqori chastotalar (garmoni-kalar)da ham tebranadi. Garmonikalarga tegishli tovushlar obertonlar deyiladi. 2) Musiqada – tabiiy tovushqatorning boshlang‘ich (eng pastki) tovushi; Asosiy ton o‘zidan hosil bo‘ladigan obertonlar (to-703vush aks sadolari) uchun tayanchlik vazifa-sini o‘taydi. 3) Akkordning eng pastki tovushi. 4) Musiqiy tuzuk(lad)ning bosh pog‘onasi. 
Kuy — (yun. melodia — ashula aytish, melos — ashula va ode—kuylash)—turli baland va uzunlikdagi tovushlarning maʼlum bir ritm va ladda badiiy holatda kelishi. Musiqa asari bir yo bir necha kuydan tuzilishi mumkin. Kuy asarning asosi hisoblanadi. Kuy garmonizatsiya qilinish bilan xarakteri oʻzgarishi mumkin. Kuyning eng xarakterli oʻrni uning ohangdor boʻlishidadir. Cholgʻu musiqa kuylari vokal musiqa kuylari bilan yaqin boʻlishiga qaramay, bular turlicha tuzilishda va kengayib, rivojlanib borishida farq qiladilar. Ashula aytishga nisbatan, katta imkoniyatlarga ega boʻlgan cholgʻu asboblarida kuy murakkab boʻladi. Demak, kuy musiqadagi asosiy ifoda vositalari boʻlgan lad, ritm, metr va tembrni oʻz ichiga oladi. Shuning uchun birovozli musiqa ham, koʻpovozli musiqa ham asosan kuy bilan esda qoladi.
Ovoz — 1) ovoz aʼzolari yordamida chiqariladigan, balandligi, kuchi va tembri har xil boʻlgan tovush (odam va oʻpkadan nafas oluvchi hayvonlarda). O. hiqildoqda xrsil boʻladi: oʻpkadan chiqayotgan havo oqimi, bir-biriga tegib turgan O. boylamlari oraligʻidan oʻtib uni tebratadi, natijada nozikkina O. hosil boʻladi, soʻngra buni yuqori rezonatorlar (ogʻiz boʻshligʻi, halqum, burun va yondosh boʻshliqlari) kuchay-tirib berib, O. oʻziga xos ohang (tembr) oladi. Oʻpkadan chiqayotgan havo oqimining kuchiga, jips turgan O. boylamlarining koʻrsatayotgan qarshiligi va ularning tebranish amplitudasiga qarab, O. kuchli yoki kuchsiz, shuningdek, tebranishining uzunligi va chas-totasiga qarab baland yoki past boʻlishi mumkin. O. paydo boʻlishida ishtirok etadigan aʼzolarning hammasi sogʻlom boʻlsa, O. yengil va bemalol eshitiladi. Turli kasalliklar, xususan, hiqildoq, bu-runhalqum yoki burun kasalliklarida O. oʻzgaradi, baʼzan manqa boʻlib qoladi. Yurak, bronxlar, markaziy nerv sistemasi kasalliklari va yuqumli kasalliklarda ham O. oʻzgarishi mumkin. O. koʻpincha, sovqotish, angina, yuqori nafas yoʻllari yalligʻlanishi, laringit, traxeit va bronxitdan ke-yin oʻzgaradi. Hadeb baqirib gapira-verish ham O. buzilishiga sabab boʻladi. Chekish va ichkilikka ruju qilish, shuningdek, tish yoʻqligi yoki yasama tishning notoʻgʻri koʻyilganligi va boshqa ham O. "sifati"ga taʼsir etadi. Odatda, yoshlarda oʻtish davrida boʻladigan ovoz oʻzgarishida alohida ehtiyot choralariga rioya qilish zarur. O.ni asrashda eng muhimi organizmni chiniqtirishdir. O. oʻzgarganda, albatta, mutaxassis vrachga murojaat etish lozim;
2) musiqada — odamning aniq balandlik va uzoq sadolanishga ega tovushi (qarang Xonanda ovozi); koʻp ovozli musiqa asarining muayyan kuy yoʻli; partituradan alohida koʻchirib yoziladigan xor yoki orkestr guruqi ijro yoʻli.
Ohang (fors. — tovush, nagʻma, kuy) — musiqiy ifoda vositasi sifatida eng kichik kuy boʻlagi, intonatsiya. Ohang bir necha tovushlarning mantiqan ulanib bori-shidan hosil boʻlib, vokal musiqada sheʼriy ruknga mos keladi. Ohanglar birikib yirikroq tuzilmalar — kuy jumlalarini tashkil etadi. Ohang kuyning bosh (eng oʻziga xos) tuzilmasi va boshqa maʼnolarda ham, hindlarda esa "ohangit" musiqaning umumiy ifodasi sifatida, forsiyzabon xalklarda "ohangsoz" — bastakor maʼnosida ham qoʻllaniladi.
Registr (Inglizcha: range) — musiqa asbobi chiqara oladidan eng past va eng baland ovoz balandligi oʻrtasidagi masofa.
Burun — odam va umurtqali hayvonlar nafas yoʻllarining boshlangʻich qismi va hid bilish aʼzosi. Ovoz chiqarish va soʻzlashda rezonator vazifasini oʻtaydi (ovozni kuchaytiradi va unga ohang beradi)
Tomoq — ogʻiz boʻshligʻini halqum bilan bogʻlaydigan teshik. Yuqoridan yumshoq tanglay bilan, pastdan — til orqasi va yon tomonlaridan — tanglay yoychalari orasida joylashgan murtak bezlari bilan chegaralanadi.
Musiqaning inson organizmi va sog’ligiga bo’lgan ta’siri


Õqib chiqing bu juda zarur...
Musiqa ko’pincha inson kayfiyatini o’zida aks ettiradi. Shu asnoda, misol uchun, rulda haydayotgan kishiga eng yaxshi musiqa bo’lib, elektron musiqa hisoblanadi, xomilador ayollarga esa olimlar klassik musiqani eshitishni tavsiya qilishadi, axir aynan shunaqa musiqa dunyoga keladigan bolakayning kelajakdagi musiqiy didini tarbiyalashga xizmat qiladi.

Shuningdek aytishlaricha, musiqa ijodiy shaxslar sog’ligi va organizmiga ko’proq ta’sir qiladi, ko’pincha ular musiqadan yo ilhomlanishadi yoki musiqa ularni aksincha zeriktiradi. Musiqa fon sifatida ko’pincha bizga sezilmaydi. Savdo markazlari, restoranlar, kiyim do’konlarida u chindan ham juda foydalidir, chunki u o’ziga xos muhitni yaratadi. Ko’pincha musiqa turiga qarab biz muassasa nufuzini aniqlay olamiz.

Musiqa hayot tarzi sifatida

Hozirgi hayotda har bir inson o’z hayot tarziga ega bo’lishni xohlaydi. Bu hayot tarsi kiyimda yoki aksessuarlarda emas, fikrlash va tasavvur qilishda aks etadi. Har birimiz ichimizda chiroyli narsalarni, atrof-muhitni, hayotni yaratishni astoydil xohlaydigan yaratguchi bor, va bu niyatlarimiz aynan bizga ma’qul musiqa sababli junbushga keladi. Bu qanday ishlaydi?
Inson hayoti ikki qismga bo’linadi: atrofdagi hayot va inson qalbidagi o’ziga xos olami. Har birimiz o’ylaymiz, tasavvur qilamiz va orzu qilamiz, va insoniyat bilan parallel ravishda rivojlanadigan musiqa bizning fikrlarimizni yaxlitlaydi va, o’z ichiga pozitivlik, o’yinqaroqlik, qo’pollik yoki agressiv holatlarni oladigan tomonga yo’naltiradi. Asrlar davomida, qanday musiqani xush ko’rishlariga qarab, insonning xarakterini ham aniqlay olish mumkin edi. Avvallari musiqiy uslublarni tushunish, hamda xorijiy va milliy kompozitsiyalarni o’ynay olish, inson yashaydigan muhitni aniqlash mumkin edi. Endi esa insonning qanday musiqani afzal ko’rishiga asosan uning suhbatlashish doirasini, uning hayot tarzini va qiziqishlarini aniqlash, odamlarni submadaniyatlarga aniq ajratish mumkin.

Musiqa shifo tariqasida

Musiqaning shifobaxs xususiyatlari insonni nafaqat tushkun holatdan chiqaradi, balki jismoniy og’riqlardan xalos ettiradi. O’zini-o’zi davolash har qanday dori-darmonlardan muhimroq, va har birimiz mushkul holatlarda aynan unga umid qiladi. Kayfiyatni ko’taradigan musiqa insonni yashashga, xursandchilik qilishga va yaxshilikka ishonishga undaydi. U dunyoga yorug’likni singdiradi, va uni tinglash esa sayyorada yshovchi insonlar yarmining sevimli mashg’uloti sanaladi.

Dunyoning yarmidan ko’pi yaxshi va sifatli musiqa uchun pul to’laydi, va bu odamlarning atigi bir qismi uni o’zlari yaratishadi va misli ko’rinmas mashhurlikka erishishadi. Jahon estradasining ijrochilari konsertlar tashkil qilishadi, va millionlab odamlar ularga tashrif buyurishadi. Musiqa insoniyatni birlashtiradi, uni yaxlitlikka olib keladi. Xohlagan tovush bizda ma’lum bir hissiyotni uyg’otadi, ba’zida biz qayg’uga ko’milishni, ba’zida esa to’xtalmas quvonchga erishishni xohlaymiz. Biz har kuni boshdan kechiradigan ko’pgina hissiyot va tuyg’ular hayotda to’qnash keladigan voqealar bilangina emas, balki radio va tv eshittiriladigan qo’shiqlar bilan ham paydo bo’ladi. Shunday qilib, tezkor ovqatlanish restoranlariga kirganda, fondagi musiqa bizni tezroq yeyishga, do’konlardagi zamonaviy va pozitiv musiqa esa boshimizda yangi obrazlar paydo bo’lishiga undaydi.

Musiqa doimo bizning xotiralarimiz bilan parallel harakatlanadi, va har bir insonda uning bolaligi bilan bog’liq qo’shiqlar bor. Shunga misol qilib, buyuk fir’avn Ramzesning o’g’li Moisey o’z bolaligidan musiqani eshitib, o’zining haqiqiy kelib chiqishini esladi. Siz esa shunday holatni his qilganmisiz? Shubhasiz, ha. Har birimizda shunday payt bo’lganki, bolaligimizdan qo’shiqni eshitganimizda, biz baxtiyor va g’amsiz vaqtlarimizni batafsil eslaganmiz. Musiqa – kuchli assotsiativ omildir, chunki qo’shiqni bir marta eshitgandayoq, uni butun umrga eslab qolish mumkin, va uni kelgusi bor eshitishganga, taxminan qanday davom etishini bilamiz. Bunday kuchli ta’sirni hatto suratdan ham ololmaymiz, birorta surat bilan to’qnash kelganimizda, kelgusi safar u bilan
yuzma-yuz kelganda, katta gumon borki, u bizga boshqacha ko’rinadi.

“Komil musiqa qalbni shunaqa larzaga keltiradiki, bu hissiyotni sevimli mavjudotdan bahra olayotgan kabi holatda bo’lgandek his etasiz, ya’ni musiqa, so’zsiz, dunyoda bor bo’lgan eng yorqin baxtni ato etadi.” Stendal yaxshi musiqaga juda to’g’ri tasvirni bergan. Kimdir bu bilan rozi bo’lishi, kimdir esa bo’lmasligi mumkin, ammo bir narsa aniqki: Musiqa insonni yashashga va harakatlanishga undaydi, va so’zsiz uning bizga bo’lgan ta’siri juda juda katta.
Hurmatli va qadr qimatli ukalar singillar sizlardan iltimos va talabim shu mashğulotlar paytida diqqatingizni jamlab ketkazayotgan vaqtingizni har bir daqiqasini mashğulotlar mavzulariga qarating zero har bir ketgan vaqt bizning hisobimizda bõlsin...
Diqqat kasting 27 chi oktyabrda bugun hamma kelishi shart saralab olib olib ketaman Olmaliqqa kastingga