Jonibek *Odoo Master
1.36K subscribers
9 photos
11 videos
13 links
💼 Odoo va ERP tizimlari orqali bizneslarni avtomatlashtirish va rivojlantirish.
🚀 Odoo bo‘yicha qo‘llanmalar, yangiliklar va shaxsiy yordam. 🤝
Choyxonamiz: @OdooMastersChat
Download Telegram
Agar siz taskni bajarish davomida boshqalar bilan muhokama qilmoqchi bo’lsangiz, yoki bajargan taskiz natijalari bilan bo’lishmoqchi bo’lsangiz OdooMastersChat guruhimiz siz uchun.
❤‍🔥6👍4👏2
O’ylaymanki dam olish kunini bekor o’tkazmasdan 1-taskni tugatyapsizlar.

Bizda esa 2-task tayyor, ertaga e’lon qilamiz! Bu taskimiz real klientlarning so’rovidan kelib chiqqan bo’lib, buni qilib ko’rsangiz bemalol mijoz olib zakaz bossangiz bo’ladi.

Olg’a @OdooMasterUz
👍13👏62🤔2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Task 2: Websiteda Foydalanuvchi uchun Dinamik Chegirma tizimi yaratish

Tasavvur qiling, siz yirik ulgurji savdo kompaniyasiga Odoo joriy qilyapsiz. Kompaniya B2B da faqat o'z mijozlariga sotadi, B2Cga sotmaydi. Shu sabab Websiteda foydalanuvchi login qilgandagina narxlarni ko‘rishi va oylik savdolariga qarab(mijozlikning darajasiga qarab) avtomatik chegirma olishi kerak. Shu orqali foydalanuvchining xarid qilish ehtimoli oshadi. Sizga qo‘yiladigan task shu tizimni yaratish.

Asosiy maqsad:
Foydalanuvchi login qilganda mahsulot narxlari ko‘rsatiladi va u oxirgi 1 oy ichida qilgan savdosiga qarab chegirma oladi. Chegirma darhol narxda aks etadi.

Kiruvchi ma’lumotlar:
Sotuvchi yoki foydalanuvchi quyidagi ma’lumotlarni tizimda hisobga oladi:
Foydalanuvchi login qilganmi yoki yo‘q.
Oxirgi 1 oy ichida foydalanuvchining jami savdo hajmi.

Mantiqiy qoidalar:
🔤 Login nazorati:

Narxlar faqat login qilgan foydalanuvchilar uchun ko‘rinadi.
Login qilmagan foydalanuvchilar narxlarni ko‘ra olmaydi.

🔤 Dinamik chegirma:

Foydalanuvchining oxirgi 1 oy ichidagi savdosi quyidagi chegaralarda chegirma beradi:

150,000,000 UZS va undan ortiq → 20% chegirma
100,000,000 UZS va undan ortiq → 15% chegirma
50,000,000 UZS va undan ortiq → 10% chegirma

*videoda aytilgan sonlarga e'tibor bermang, uyerda ramziy aytilgan. Asosiy TZ ushbu matnda

Chegirma foydalanuvchi sahifani ochgan zahoti narxga aks etadi.

Chegirma faqat yangi buyurtmalarga qo‘llanadi, oldingi buyurtmalarga retroaktiv amal qilmaydi.

Kutilayotgan natijalar:
Tizim yakuniy sahifada foydalanuvchiga quyidagilarni ko‘rsatishi kerak:

Narxlarni ko'ra olmasligi kerak (Login qilmagan foydalanuvchi uchun).

Chegirma qo‘llanilgan narx (Savdo hajmiga qarab).

Foiz ko‘rinishi bilan foydalanuvchiga bildirish: "Siz bu oy uchun X% sodiqlik chegirmasini oldingiz!"

Shartlar:
Taskni faqat Odoo Studio orqali onlayn bajarish kerak, custom module yozmang.
👉 Mashq bazasi: Test uchun baza ochish

Olg‘a 💪 @OdooMasterUz
👍14👏53🤔2🔥1
Ko'pchilik o'ziidagi versiyadan 19 ga o'tishni boshlabdi. Lekin shuni biling 19-versiyada ba'zi modullarda jiddiy o'zgarishlar bor, bu ishingizga ancha ta’sir qilishi mumkin.

Siz 19 versiyada qanday o’zgarishlar bo’lganini sezdingiz?
👍6🔥2👏21
Xayrli kech do’stlar.
Ko’pchilik tasklarni bajarishganlarini ko’rib quvondim, ichingizda talantlar ko’p ekan, ba’zilaringizni tajribalarizga ham qiziqdim.

Ertaga yangi task yuboraman va 1-taskimizni biz qanday qilgan bo’lardik degan videoni ham joylayman.

Tayyormisizlar? 🔥

@OdooMasterUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥21👍7👏6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Task 3: Reordering Rules — Yetkazib beruvchini Lead Time bo'yicha avtomatik tanlash

Tasavvur qiling, siz ishlab chiqarish korxonasiga Odoo joriy qilyapsiz. Ular turli mahsulotlar uchun bir nechta yetkazib beruvchilar (vendors) bilan ishlaydi. Har bir yetkazib beruvchining yetkazish muddati (Lead Time) farq qiladi. Sotib olish bo'limi buyurtma berganda, ba'zan tezkor yetkazishni, ba'zan esa arzonroq va uzoqroq muddatli yetkazishni xohlaydi. Hozirda ular har safar qo'lda yetkazib beruvchini tanlashyapti — bu ko'p vaqt oladi va xatolikka olib keladi. Sizga qo'yiladigan task — bu jarayonni avtomatlashtirish.

Asosiy maqsad: Reordering Rules sahifasida rejim tanlanganda, tizim mahsulotning yetkazib beruvchilari ro'yxatidan yetkazish muddati (Lead Time) bo'yicha eng mos vendorni avtomatik tanlab, Purchase Order yaratishi kerak.

Kiruvchi ma'lumotlar:

Foydalanuvchi quyidagi ma'lumotlarni tizimda kiritadi:
Mahsulot — Reordering Rule'dagi mahsulot.
• Rejim (Mode) — Selection field orqali tez yoki sekin qiymatlaridan birini tanlaydi.
• Yetkazib beruvchilar ro'yxati — Mahsulot ichida, Purchase tabida, bir nechta vendor va ularning Lead Time'lari kiritilgan bo'ladi.

Mantiqiy qoidalar:

🔤 Rejim bo'yicha vendor tanlash:
• tez rejimi → yetkazib beruvchilar ichidan eng qisqa Lead Time ga ega vendor tanlanadi.
• sekin rejimi → yetkazib beruvchilar ichidan eng uzun Lead Time ga ega vendor tanlanadi.

🔤 Avtomatik Purchase Order yaratish:
• Tanlangan vendor asosida tizim avtomatik ravishda Purchase Order (Xarid buyurtmasi) yaratishi kerak.
• Vendor qo'lda tanlanmasligi kerak — tizim rejimga qarab o'zi tanlashi shart.

🔤 Bir nechta vendor bo'lganda: Mahsulotda kamida 3 ta vendor bo'lishi kerak (har xil Lead Time bilan). Tizim faqat bitta — eng mos vendorni tanlashi kerak.

@OdoomasterUz
🔥10👍3👏2
1-topshiriq yechimini Bu yerga joyladim, kirib o'rganib ko'ring va ilmingizni oshiring.

Agarda sizda buni qilishning boshqa yo'llarini qo'llagan bo'lsangiz, fikringiz yoki savollaringiz bo'lsa 👇👇👇 izohlarda albatta yozing, bu man uchun muhim.

100 ta tasklik challangimizni davom ettiramiz, man eng yaxshi task bajargan bir kishini komandamga taklif qilishga ulgurdim, siz ham kuchli odoo ekspert bo'lishni xohlasangiz tasklarni davom ettiring!

@OdooMasterUz - kuchlilar uchun!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8👍21👏1
Jonibek *Odoo Master
1-topshiriq yechimini Bu yerga joyladim, kirib o'rganib ko'ring va ilmingizni oshiring. Agarda sizda buni qilishning boshqa yo'llarini qo'llagan bo'lsangiz, fikringiz yoki savollaringiz bo'lsa 👇👇👇 izohlarda albatta yozing, bu man uchun muhim. 100 ta tasklik…
1-topshiriqni kim qanday bajaribdi?

Izohlarda biror fikr ko'rmadim, bu manda keyingi task chiqarishimga xalal beryapti.

fikrlarizni doimiy yozib borishingiz juda muhim do'stlar, axir sila bilan birga Odoo'ni o'rganib o'samizda.

Keling guruhda fikr bildiringlar, tajriba ulashaylik: @OdooMastersChat
🔥8👍61
Man odatda jamoamga kod yozishni oxirgi chora deb bilishini takidlayman.

Odoo’ga qancha custom kod yozsa shuncha og’irlashib xatolik darajasi oshib boradi.

Xo’sh nima qilish kerak?

1. Biznes egasiga mavjud funksionaldan foydalanishni tavsiya qilaman. Odoo shu darajada takomillashganki, dunyo bo’ylab minglab bizneslarni tajribasini o’ziga olgan. Bizneslar yangi velosiped yaratmasdan bor funksionalga moslashishsa yanada samarali bo’lishi mumkin.

2. Third party app qidirish. App store’ga kirsangiz 60 mingdan ortiq qo’shimcha modullar bor. Aksar hollarda biznesga kerakli modulni allqachon kimdir yaratib qoygan bo’ladi. Biz esa shunchaki shu sinalgan kodni o’zimizga o’rnatamiz va vaqt, xatoliklar bo’yicha risklarni optimizatsiya qilamiz.

3. Odoo studio dan foydalanish. Juda qulay tool.

Shular ham bo’lmasa undan keyin kod yozsangiz bo’ladi.

@OdooMasterUz
🔥19👏6👍52
Forwarded from Odoo Experts Uzbekistan
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📢 Ajoyib yangilik

Dubaida odoo offisida ish 🆕


▶️Videoda batafsil bilib oling!

🖼️ @OdooMasterUz
🖼️ @uzb_odoo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥10👍93👏1