Jonibek *Odoo Master
1.36K subscribers
9 photos
11 videos
13 links
💼 Odoo va ERP tizimlari orqali bizneslarni avtomatlashtirish va rivojlantirish.
🚀 Odoo bo‘yicha qo‘llanmalar, yangiliklar va shaxsiy yordam. 🤝
Choyxonamiz: @OdooMastersChat
Download Telegram
🎉 Bizning Jamoa Odoo Certification Yo‘lida! 🎉

Biz UIC Group ERP jamoasi a'zolari sifatida Odoo certification olish yo‘lida qiyinchiliklarga qaramay, birgalikda katta muvaffaqiyatlarga erishmoqdamiz. Bu yo‘l oson bo‘lmadi, lekin har bir urunish bizga yangi bilimlar va tajribalar keltirdi.

4 marta urinib, nihoyat certification olishga muvaffaq bo‘ldik! Bu jarayonda biz nafaqat Odoo bo‘yicha chuqur bilimlar o‘zlashtirdik, balki bir-birimizni qo‘llab-quvvatlash va jamoa ruhini mustahkamlashni ham o‘rgandik.

Ayni paytda men shaxsan certification ololmadim, lekin jamoa a'zolarimizdan biri – Maxmudov Asliddin bu certificationni qo‘lga kiritdi. Uning sa'y-harakatlari va qat'iyati biz uchun katta ilhom manbaidir. Alloh hohlasa, tez orada barchamiz bu certificationni qo‘lga kiritamiz!

Bizning asosiy maqsadimiz – Odoo bo‘yicha professional bilimlarimizni rivojlantirib, AQSH bozoriga chiqish va global miqyosda savdolarimizni oshirish.

#Odoo #ERP #Certification #Teamwork #UICGroup
👍1
🚀 1 Oyda Katta Yutuqlar! 🚀

Bizning jamoamiz Odoo ERP yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat boshlaganimizga atigi 1 oy bo‘lishiga qaramay, allaqachon katta yutuqlarga erishdik! Savdo jarayonlarini muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yib, expertlik darajasiga juda yaqinlashdik.

Bu qisqa vaqt ichida erishgan natijalarimiz bizni yangi bosqichlarga olib chiqmoqda. Tez orada jamoamiz bilan birgalikda Qirg‘iziston bozoriga kirishni rejalashtirmoqdamiz. Bu yangi imkoniyatlar va yutuqlar bilan to‘la bo‘ladi, deb ishonamiz.

Jamoamizning har bir a'zosi bu muvaffaqiyatga o‘z hissasini qo‘shdi. Birgalikda ishlash, bir-birimizni qo‘llab-quvvatlash va doimiy rivojlanish bizning asosiy prinsiplarimizdir.

Sizlarning duolaringiz va qo‘llab-quvvatlashingiz biz uchun juda muhim! Kelajakdagi yutuqlarimizni siz bilan baham ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz.

#Odoo #ERP #Success #Teamwork #Qirgiziston #Growth #UICGroup
👍622
🎉 Yana Bir Muvaffaqiyat! 🎉

Bizning jamoamizning yana bir a'zosi – Mirzohidxon Odoo certification imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tdi!
👍6
This media is not supported in the widget
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚠️ Tajribali Python Backend dasturchilar uchun Yangi texnologiya - Odoo'ning afzalliklarini ko'rsatish uchun seminar.

⚠️ Odoo dunyo bo'ylab TOP 7 talikka kiruvchi Open Source ERP tizim, endi O'zbekistonda ham bunga ish ko'payyapti
⚠️ O'zimiz 1.5+ yil davomida Odoo'ni joriy qilish davomida o'rgangan tajribamiz va xulosamiz bilan bo'lishmoqchimiz.
⚠️ Middle va undan yuqori darajali, 3 yilgan ortiq tajribali dasturchilar uchun bu Seminarimiz ayni foydali bo'ladi.


⚠️ Seminar Bepul
⚠️ Seminarda Kurs sotishni taklif qilmaymiz.
⚠️ Ish o'rni mavjud

Manzil: Modera Towers, 4-qavat, CSpace
Yakkasaroy tumani SHOTA RUSTAVELI KO'CHASI, 19-UY,
Ⓜ️ Oybek
📆 26-aprel, Shanba 15:00
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1🔥1
Kuchli backend va full stack dasturchilar uchun yangi avlod ERPsida kod yozishni taklif qilamiz.
O’zingizni yangi darajaga olib chiqib, daromadingizni ham oshiring.

📆 26-aprel, Shanba 15:00 Manzil
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Bugungi Odoo bo‘yicha seminarimiz juda ajoyib o‘tdi! Barcha ishtirokchilar uchun foydali va samarali bo‘lganiga ishonaman.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Seminardan ba’zi bir lavhalar.

Agar odoo bo’yicha savollaringiz bo’lsa bemalol shu kanal yoki kanal guruhida, undan tashqari lichkamga murojaat qilaveringlar:
@AmonBro
+998770930007
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"0 dan yozilgan tizimlarga nisbatan Odoo ning 5 afzalligi" mavzusidagi dasturchilar uchun seminarimiz YOUTUBE'ga joylandi

Marhamat o'tib ko'ring:
https://youtu.be/MMhp580CuOM
https://youtu.be/MMhp580CuOM
https://youtu.be/MMhp580CuOM

@AmonAkramovich - IT va biznesdagi maslahatchingiz
👍3👏1
This media is not supported in the widget
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥3❤‍🔥11
🔥14👍4👏2❤‍🔥11
70 mln $ aylanmaga ega biznes ham aslida zarariga ishlayotgan bo'lishi mumkin.

Yaqinda bir loyihaga audit uchun bordik.
Ularning o'zini ichki tizimi mavjud edi, jarayonni to'liq ko'rib, audit qilganimizda oddiygina tannarxni hisoblashda yo'l qo'ligan xato tufatli zararda ekani aniqlandi.

Tadbirkor esa shok xolatida.

Hammasini ko'rsatib noto'g'ri bo'lgan hisobotlar va tannarx qanaqa hisoblanishi kerak ekanini tushuntirib berdik.

Agarda siz ham biznesingizni raqamlashtirmoqchi bo'lsangiz bundan oldin qilishingiz kerak bo'lgan asosiy ish mavjud.

Bu biznesni tizimlashtirish va tizimlshtirishga tayyorlash.

Aynan shu mavzga doir podcast tayyorladik.

Podcastda biznesni raqamlashtirishga tayyorlashning aynan moliyaviy tomonlarini ko'rib chiqdik.

To'liq videoni quyidagi havola orqali ko'rishingiz mumkin:)

Video uchun link
❤‍🔥6🔥21
Finance Treasury — Odoo 18, 19
Universal Treasury Management: Cash, Bank, Card, Wallet & Financial Operations

Odoo uchun yangi ishlab chiqilgan Finance Treasury moduli barcha moliyaviy operatsiyalarni yagona tizim orqali boshqarish imkonini beradi va to‘liq Odoo Accounting bilan integratsiya qilingan.

Asosiy imkoniyatlar:
• Cash, Bank, Card va Wallet hisoblarini yagona dashboarddan boshqarish
• Daromad va xarajatlar uchun universal transaction modeli
• Account-to-account transferlar (avtomatik balans nazorati bilan)
• Multi-currency exchange (avtomatik kurs hisoblash)
• Real-time balans hisoblash (posted journal entry asosida)
• Cash Flow va Income vs Expense analytics reportlar
• Kanban dashboard orqali barcha hisoblar bo‘yicha vizual monitoring
• Har bir operatsiya uchun avtomatik accounting journal entry yaratiladi
• Multi-company qo‘llab-quvvatlash va role-based security (User / Manager)

Natija:
Manual accounting operatsiyalarsiz, barcha treasury jarayonlari avtomatik ravishda accounting bilan sinxron ishlaydi va real vaqt moliyaviy nazoratni ta’minlaydi.

Author: Jonibek Yorqulov
Version: 18, 19
License: LGPL-3

Agar siz Odoo’da professional treasury management qilishni istasangiz — Finance Treasury moduli aynan siz uchun.
👍11🔥5🥰2🕊2🏆2🤓2❤‍🔥111🎉1👌1
Salom do'stlar,

Hozirga qadar 30 dan ortiq dasturchi, moliyachi, PMlarni Odoo'ga o'rgatib shuni tushundimki, o'rganishning eng yaxshi yo'li bu mustaqil task berib amaliy o'zi bajarishga undash ekan. Chunki Odoo haqiqiy jang maydonida o'rganilsa yanada foydali bo'larkan.

Shu sabab kanalimda challange boshladim. 100 ta haqiqiy real hayotdan tushgan/tushishi mumkin bo'lgan tasklarni birin ketin kanalimda berib boraman. Ma'lum vaqtdan keyin ularning yechimini biz qanday qilgan bo'lardik, shuni video sifatida ham yuklayman. Bu vaqt oralig'ida siz o'ziz buni mustaqil(albatta istalgan ai tool'lardan foydalanish mumkin!) bajarib ko'rasiz va mani bajarganim bilan taqqoslab o'rganib borasiz.

Eng yaxshi bajarilgan tasklarni o'z komandamga ishga taklif qilishim mumkin, yoki bu tasklarni o'rganib mustaqil o'ziz zakazlar olib bajarsangiz ham bo'ladi.

Challange'ga tayyormisiz?
👉 @OdooMasterUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1810❤‍🔥6👏3👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥22👍138👌3❤‍🔥1👨‍💻1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Task 1: Sovutkichli omborlar uchun ROI (Foyda) hisoblagich formasi yaratish.

Tasavvur qiling, siz yirik muzlatkichlar arendasini sotadigan korxonaga Odoo joriy qilyapsiz. Ularga lid tushganda sotuvchi telefon qilib lid ularning muzlatkich xizmatidan foydalansa qanchalik foyda qilishi haqida darhol hisoblab bersa sotish ehtimolligi oshadi. Sizga qo'yiladigan task shu formani yasash.

Asosiy maqsad: Mijozga o‘z hosilini oktyabr oyida darhol ("dumping" narxda) sotib yuborganidan ko‘ra, uni saqlab, bahorda qimmatroq sotish orqali qancha ko‘p foyda ko‘rishini ko‘rsatuvchi hisoblash tizimini yaratish.

Kiruvchi ma’lumotlar: Sotuvchi quyidagi to‘rtta real ko‘rsatkichni kiritadi:
• Ekin turi (Crop Type): (Olma, Uzum yoki Anor).
• Hosil hajmi (Harvest Volume): Jami yig‘ilgan tonna miqdori.
• Joriy bozor narxi: Hosil paytidagi (oktyabr) 1 kg uchun narx (so‘mda).
• Saqlash muddati: Mahsulot omborda necha oy turishi.

Mantiqiy qoidalar
🔤 Mavsumiy narxlarning ko‘tarilishi O‘zbekistonda bozor narxi to‘g‘ri chiziq bo‘ylab o‘smaydi. Siz quyidagi egri chiziqni (curve) hisobga olishingiz kerak:
• 1-bosqich (O‘sish): 1-7 oylarda narx cho‘qqiga qarab ko‘tariladi (Olma 2.4X, Uzum 3.2X, Anor 2.8X baravargacha).
• 2-bosqich (Cho‘qqi): 7-9 oylari - "Oltin davr" (eng baland narxlar saqlanib qoladi).
• 3-bosqich (Narx tushishi): 9-oydan keyin yangi mavsum hosili chiqa boshlaydi. "Eski" meva narxi har oyda 40% ga pasayib (crash) borishi kerak.

🔤 "Vazn yo'qotish" (Biologik reallik) Biz omborga qo‘yilgan mahsulotning 100% qismini sota olmaymiz. Tizim avtomatik ravishda quyidagilarni chegirib tashlashi shart:
• Namlik yo‘qolishi: Bug‘lanish hisobiga har oy jami vaznning 0.8% qismi yo‘qoladi.
• Tabiiy chirish: Standart saralash va tashish uchun o‘zgarmas 3% talofat.
• Chirishning tezlashishi: Agar mijoz 8 oydan ko‘p muddat kiritsa, meva ichidan o‘lishni boshlaydi. 8-oydan keyingi har bir oy uchun qo‘shimcha 15% talofat qo‘shilsin.

🔤 Energiya xarajatlari: Muzlatkichlarni ishlatish xarajatlarini hisoblashda elektr energiyasining tabaqalashtirilgan (tariflar bo‘yicha) mantiqidan foydalaning. O‘rtacha sarf: 1 tonna mahsulot uchun 1 oyga 40 kVt/soat deb hisoblang. Eslatma: Bunda tabaqalashtirilgan (tiered) UZS/kVt stavkalari ishlatilishi shart. Ya’ni mahsulot qancha ko‘p va uzoq saqlansa, elektrning oxirgi birliklari shuncha qimmatga tushadi(videoni ko'ring).

Kutilayotgan natijalar: Tizim yakuniy taklifda quyidagi uchta raqamni chiqarib berishi kerak:
• Hozirgi daromad: Bugun sotilsa olinadigan pul (Tonna * Joriy narx).
• Kelajakdagi daromad: Saqlashdan keyingi qiymat (Sotiladigan sof tonna * Kelajakdagi narx).
• Sof foyda (Net Profit Gain): (Kelajakdagi daromad)-(Hozirgi daromad)-(Elektr xarajatlari).

Taskni faqat Odoo studio orqali onlayn bajarish kerak, custom module yozmang! 👉 Mashq bazasi

Olg'a 💪 @OdooMasterUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13🔥10🤝6👍31👌1