OcoderX
2.06K subscribers
124 photos
189 videos
117 files
33 links
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabasi (edi).

Xabar uchun : @OcoderXbot

Instagram: https://www.instagram.com/OcoderX
Download Telegram
Yosh 21 ni urgani bilan, "panyatka" 16 yoshda hali. Endi nimayam dislar...
😁48🍾5👍3😢3🌚2
#Muhim_tema

SSSR paytida Ruslar bizga alkagol ichmagan erkaklarni, "goluboy" va "qiz bola" deb mazxara(yengil hazil) qilishgan. Va natijada bu jiddiy olinib, "ichish" erkak kishi koʻrkiga aylana boshladi. Chekish ham aynan shunday hazil bilan boshlanib, sigaret kompaniyalari orqali propaganda qilina boshlandi. Soʻng goʻyo "chekish" ham "avtoritet"ga aylandi.

Hozir bir mavzuni qayta-qayta koʻryapman va aylanyapti. Yaʼni yigitlar qizlarga qiziqmasa, gey yoki biseksual - deb [oʻzlaricha] oʻsha biz aytgan "yengil hazil"ni qilishyapti. Bu nafaqat Oʻzbek auditoriyasi balki ingliz zabonliklar orasida ham jirkanchli tarzda mem boʻlyapti.

Imom Shofeʼiy (rahmatullohi alayh):
Kim seni bilsa — qadrlaydi, kim bilmasa — tanqid qiladi.


Aytishadi-yu "Odamlar oʻrgangan soʻz boyligi darajasida fikrlaydi, fikrlay oladigan darajasida tilini aylantiradi" deb.

Balki "qiziqish"ni tiyishni qadam-ma qadam qiynalib oʻrganganayotgandirmiz?! Fokusni ulardan olib, oʻzimizda saqlashni oʻrgananayotgandirmiz?! Ha sogʻlom tana egalarini qarama-qarshi jins albatta oʻziga tortadi, ammo mutlaq nafsimizni tiyolmasak-da, tiyishga urinayotganlarimiz ham bordir?! Maqsad nima bundan? Maqsad agar, kun kelib turmush qurish kerakligi va yaxshiligida boʻlsa, shunaqa bemaza "hazil qilish" ortiga tiqish shartmi? Oila tutishga tayyor boʻlgunimizcha qiziqmay oʻzimizni asrab tursak maylimi?

Oʻzi bilib turibmiz aslida bu "hazil"ni koʻpincha [qoʻpol qilib aytganda] *oʻ***ini boshqara olmayotganlar, nafsi yoʻlida qizlarni boshini aylantirayotganlar yoki nafsni tiyishga qalbida isyoni bor va [yuqorida taʼkidlaganimizdek] "fikr doirasi kamlar" faol qoʻllashayotganini.

Xullas mayli, gapni toʻxtatgan holda Jaloliddin Rumiy hazratlarini gapi bilan tugatamiz:

Bizni bilgan, biladi. Bilmagan oʻzi(cha) biladi.
👍32💯93😁2🌚1
Oʻzimga har kuni [kamida] yarim soat kirish shart qilib belgilagan dasturlarim bor. Lekin xayronman, oʻzi kimga shart qilganman?! Chunki, deyarli vaqtim boʻlmayapti. Aslida vaqtim koʻp, lekin vaqtim boʻlmayapti...
😁36👍3
OcoderX
Oʻzimga har kuni [kamida] yarim soat kirish shart qilib belgilagan dasturlarim bor. Lekin xayronman, oʻzi kimga shart qilganman?! Chunki, deyarli vaqtim boʻlmayapti. Aslida vaqtim koʻp, lekin vaqtim boʻlmayapti...
- Oʻz dinimni bilmasdan, ertaga "domla bilib suvga siyar; shartmas dinni oʻrganish, yoʻqsa bitta uyga qamalib qolaman" deydigan ilmsiz musulmon boʻlib qolsam koʻzim ochilarmikin? Unda ochilmasligi aniq...

- Oʻz tilimda zoʻrgʻa gapirib turganimda, "mushtdek m*nqa"lar qoʻshimcha boshqa tilni ham bilib, til yordamida qoʻshimcha imkoniyatga ega boʻlishayotganda koʻzim ochilarmikin? U paytda kech boʻlishi aniq.

- Xudo bergan chiroyli qiyofamni buzib va osiltirib, keyin "Ey Xudo nega menda bunaqa bashara bor?" deb noliganimda ochilarmikin koʻz?

- Ertaga koʻchada oilamni, nafaqat oila, balki oʻzimni ham himoya qila olmaydigan soʻtak boʻlib qolganimda ochiladimikin-a? Ogʻaynilar oʻrtasida ham hurmat ketib, "harf" boʻlsam keyin kimni ustidan nolishim kerak boʻladi?

- Yoki sogʻlom, tekis va benuqson tanamni - homsemiz, baqaloq va kasalmand qilib qoʻyib keyin harakat qilamanmi? Sogʻligʻim ketib boʻlganidan keyin nima foyda harakatdan?


Ey quyi ongim, boʻldi qil! Yigʻishtir sen koʻnikkan "Reels", "Shorts", kino va Telegramdagi foydasiz xabarlar ustida tinimsiz vaqt oʻtkazishni. Sen oʻrgangan bu harakter va yoqimsiz ishlar, orzu qilayotgan kelajagimizni chilparchin qiladi. Yuqori ongga topshir boshqaruvni. U kutyapti. Ota-onamiz kutyapti. Xudo ham kutyapti [harakatimiz sababiga fazlidan neʼmat berishni].

Yoki vaqtinchalik dofamin - xorlikda oʻlim. Yoki yorqin kelajak - zoʻrlikda oʻlim. Tanla !
👍35🔥114👻2❤‍🔥1🤔1
Dedilar: "Dunyodan ketar chogʻimda,
Farishta keladi jonim oladi.
Nega unda sinovga kelar onimda,
Farishtasiz tanamga ruhni soladi."

Ulamo: "Albatta sen ketar sana,
Azroil farishta umring yakuni.
Ammo ruhing ilk bor joylangan tana,
Farishta atalmish Onang vujudi."

©️ OcoderX
👍4320👏9❤‍🔥7💯4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun universitet davrimdagi eng soʻngi mustaqil ishim himoyasini qildim. Endi qaytib bunaqa kunlar kelmasligini oʻylayotgan men:
😢51😁15🔥5💔3👍21
𝑻𝑨𝑻𝑼𝒈𝒂 𝑨𝒍𝒐𝒒𝒂𝒅𝒐𝒓
Shahidlarni archalarini tagi yetmayapti? Bunaqa boʻlmanglar endi kutubxonadagi "parichka"lar! @tatuda
Kutubxonalarda "qisgan" talaba,
Tolibi ilmlikda qilur gʻalaba.

degan bobolarimiz...
(Sheʼri oʻzimdan🌚)
😁40😢4💯2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
(video Instagramdan)
😁30👍5🔥5❤‍🔥2💔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Insoniyat yaxshiliklarni juda tez unutadi ammo yomonlikni eslab qoladi. Qancha mehr ber, qancha foyda keltir, agar ozgina toʻxtatsang oʻylab oʻtirmasdan vos kechishadi. Xudbinlik insoniyatni ajralmas qismi. Bu bizni qorongʻu va zaif tomonlarimizdan.
Hokimiyatga kelgan yangi diktatorlar bundan samarali foydalanadi. Goʻyo, eski rahbarni ayblarini aytib manipulatsiya qiladi. Va bu yangi rahbar tomon egilish uchun yetarli boʻladi. Chunki eski rahbarni barcha qilgan yaxshi va manfaatli ishlari koʻpchilik odamlarni esidan chiqib boʻlgan boʻladi(xayratlanarli tezlikda)... Qolgan ozchilik tushunib yetganlarni boʻlsa, qoʻlidan hech narsa kelmaydi(bilib turib manipulyativ boshqarilishdan boshqa).

©️ Manipulyativ diktatorlar

(Ey qalbim) Odamlarni roziligini eng oxiriga qoʻyib, Xudo roziligini avvalga qoʻy. Illo, bandalar hech qachon rozi boʻlmas.

©️Imom Gʻazzoliy
💯22👍10🔥3❤‍🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bir narsani tushuninglar, baʼzida 100%lik baza qoʻlimizda boʻla turib ham, roʻl oʻynashga majbur boʻlamiz [xuddi bizda yoʻqdek].
💔27😁16👍5🍾1
Tasavvur qiling, Siz taqdimot qildingiz — hammaga yoqdi.
Kimdir sizni maqtab yubordi.
Rahbar sizdan mamnun bo‘lib, “ertaga gaplashamiz” dedi.
Siz o‘zingizni yaxshi his qilasiz…
Lekin qarang — sizda o'z qalamingiz yo‘q. U boshqalarning qo‘lida.

Siz o‘zingizni ularning fikriga bog‘liq holda his qilyapsiz.
Va ertaga bitta tanqid kelishi mumkin — va butun ruhiy barqarorlik qulaydi.

“Agar siz maqtov bilan yashasangiz — tanqid bilan halok bo‘lasiz.”
— Cornelius Lindsey


❗️ Nega qalamni boshqalarga topshiramiz?

- Ba’zida bexabar — shunchaki ehtiyotsizlikdan.

- Ba’zida lazzatlanishdan: ko‘p maqtov o‘ziga tortganidan.

- Ba’zida dangasalik: ichki barqarorlikni o‘zimiz topish o‘rniga, tashqi tasdiqqa tayanamiz.

Ammo muhim suhbatlar, tanqidlar va hayotiy sinovlar bizga bir haqiqatni eslatadi:

- Ruhiy barqarorlik — o‘z qalamingiz qayerda ekaniga bog‘liq.

🧭 Dars:
Tanqid qanchalik og‘ir bo‘lishidan qat’i nazar — sizning reaksiyangiz sizning qo‘lingizda.
Qalam sizda bo‘lsa — siz o‘z qadriyatlaringizni o‘zingiz yozasiz.

©️Crucial conversations

Jaloliddin Rumiy hazratlari:

Sening kimliging, boshqalarning seni qanday ko‘rishida emas, balki sening o‘zingni qanday bilishingdadir.
(Masnaviy, 1-jild)


Uilyam Jeyms (Garvard professori, Amerika psixologiyasining otasi):

Inson oʻzini qanday tasavvur qilsa, shunday boʻladi.
👍19🔥2💋2
Dunyodagi eng oson ish bu - maslahat berish
💯38🔥10❤‍🔥42👍1
Aytgancha bugun oxirgi dedlayn himoyam ham yakunlandi!

Xayr Universitet dedlaynlari!
Rahmat TATU !
👍61🔥18💔13
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Lekin shunaqa domlalarga bizni toʻgʻrilayotganlar hech achinishmadi ...
😁34😢6💯2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Balki yutib qolarmiz-a? Yaxshi niyat qilaylikchi
😁29😢4💯3
Koʻchadagi ovqatdan, ming marta oʻzim qilgan ovqatim yaxshi-yey... Taʼm borasida ham, foydalilik borasida ham. + Andijoncha "shakarop"i b-n boʻlsa...

["Atay goʻshtini tepasiga chiqarib qoʻyipti" -degan kal b-b qolsin]
😁485🔥4👍3💯2
OcoderX
Koʻchadagi ovqatdan, ming marta oʻzim qilgan ovqatim yaxshi-yey... Taʼm borasida ham, foydalilik borasida ham. + Andijoncha "shakarop"i b-n boʻlsa... ["Atay goʻshtini tepasiga chiqarib qoʻyipti" -degan kal b-b qolsin]
- Ayam(onam) aytardi:

"Bolam koʻchadagi "ovqat"lar mazali, chiroyli va shirin tuyiladi. Lekin hammasi pul uchun, jalb qilish uchun qilinadi nima qilsa ham. Uydagisi esa mehr bilan, toʻyish uchun qilinadi. Uydagisidan baʼzida zerikishing mumkin, ammo baribir koʻchadagi teng kela olmaydi."

- Haaa... Endi tushunyapman ...
Uy ovqati tekin boʻladi va xotirjam yoyilib oʻtirivolib(xohlasa yotivolib) yesa boʻladi.
7💯49👍11❤‍🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentimiz talabaligida universitetdagi ustozi va keyinchalik rektori boʻlganligi yozilibdi bu odam.

Rektor va ustozlarimiz biz bilan ham bir kun kelib, manashunaqa faxrlanishi nasib qilsin ...
👍338🥰8🔥6👏1😈1
Dedlayn, oraliq xullas hammasini tugatib bo'lib endi...

[2008 ligimga boraman-da ]
😁50👍2