OcoderX
2.06K subscribers
124 photos
189 videos
117 files
33 links
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabasi (edi).

Xabar uchun : @OcoderXbot

Instagram: https://www.instagram.com/OcoderX
Download Telegram
Baʼzida bir nimalarni toʻxtovsiz yozgim keladi. Keyin oʻylab qolaman: "meni fikrim oʻzi kimga ham qiziq...". Xuddi meni postim dunyoni mafkurasini oʻzgartirvoradigandek. Hamma oʻzini muammosi bilan ovvora. Deyarli aksaringizlar "yakuniy baza tashlab qolishimiz uchun"gina shu yerdasizlar. Buni gohida unutaman va qandaydir kitobdan meni muammoyimga yechim koʻrgandek boʻlgan parchalarini tashlab, "mana meni ham kimdir kuzatyapti-yu" deb oʻzimni bilib turib aldayman. Oʻzi aslida "eng yaxshi oʻrganish - bu oʻrgatishdir" taktikasi boʻyicha ish yurityapman. Yakuniyga qiynalib tushunmaganim uchun vunderkind ogʻaynilarimdan tushunganimcha oʻrganib, oʻzimcha videochat stilini boshlaganimdek.

Xullas shuncha vaysab nima demoqchiman?! Menga xuddi "meni diqqat bilan kuzatib turgandek" muhitni berganingizlar uchun va illuziya boʻlsa ham manashunday kanalda faol kabi koʻrinib turganinglar uchun chin dildan minnatdorchilik bildirmoqchiman!
💯17👏9❤‍🔥54😁42🔥2👍1😢1💋1
Siz oʻtkazmoqchi boʻlgan dalilga boy fikrlar xalqni bir qulogʻidan kirib ikkinchi qulogʻidan chiqib ketadi. Maʼruzani devorga gapirgandek boʻlasiz. Odamlarni eʼtiborini qozonish va hokimiyatni egallash yoʻlida avvalo ularni oʻtmishida qadrli deb bilgan narsalariga emotsional hujum qiling. Bu harakat oqilona boʻlmasligi mumkin ammo ishlaydi. Siz ularni hissiyotiga murojaat qilar ekansiz, mayda yumushlarda xalqparvar boʻlib koʻring. Kamchiliklardan unumli foydalaning. Hokimiyatdan turgan odamlarni barchasini zolim, xalqni oʻylamaydigan va nafsiga qul qilib koʻrsatishga urining. "Mehribon ota" obrazidan, "zolim xoʻjayin" qilib koʻrsating. Diniy yetakchi va iqtidorda turgan boshliqlariga boʻlgan hurmatni xalq ichida tushirishga urining. Sizni koʻzingiz bilan qaraydiganlar asta koʻpaya boshlaydi, soʻng hal qiluvchi harakatga oʻtasiz.

©️Jon Adams AQSH ni 2-prezidenti boʻlishligi haqida | The 33 strategies of war

P.S: Ajoyib-a? Yaqindagi boʻlayotgan ishlar ham shuni takrorlayotgandek goʻyo...
💯72🔥2