Xorazm | Ta'lim Yangiliklari
6.36K subscribers
1.67K photos
444 videos
262 files
1.03K links
Reklama: @Ilhom_Babajanov

🏛Ushbu kanalda Xorazm viloyatidagi oliy ta'lim muassasalari haqida eng so‘nggi ma'lumotlarni berib boramiz!
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov hozirda yoshlarimizning intellektual imkoniyatlaridan o‘zlari ham, ustozlari ham yetarlicha foydalanmayotganligini tanqid qildi

👉 @UrDU_YOSHLAR
⚡️Top 500 oliygohni tamomlagan yosh mutaxassislar uchun qo‘shimcha ustamalar joriy qilingan

➡️ Davlat organlari, tashkilot va muassasalarida ishlayotgan, nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 500 talik ro‘yxatiga kiritilgan xorijiy OTMlarini tamomlagan yoki ularda ilmiy daraja (PhD va unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja) olgan yosh mutaxassislarning lavozim maoshiga qo‘shimcha ustamalar to‘lab beriladi.

👉 @UrDU_YOSHLAR
#Perevod_2022

⚡️O'QISHINI KO'CHIRMOQCHI BO'LGAN TALABALAR DIQQATIGA

☑️ Agarda siz o'qiyotgan ta'lim yo'nalishida semestr yakunlangan bo'lsa, o'zingiz o'qiyotgan oliygohdan transkript va "o'qiydi" degan ma'lumotnoma olib qo'ying.

➡️ Transkript - bu siz o'qigan fanlar va ulardan o'zlashtirgan baholaringizni o'zida aks etgan bir yoki ikki varoqli hujjat bo'lib reyting daftarchasi (zachotka) o'rnini bosadi.

❗️Agarda transkript ololmasangiz, rayting daftarchangiz (zachotka)ni hamma betini rasm olib yoki skaynerlab pdf shakliga keltirib qo'ying.

📃Ushbu hujjatlar o'qishni ko'chirish uchun asosiy talab etiladigan hujjat bo'lib, hozirdanoq harakatni boshlashingizni tavsiya qilamiz.

👉 @UrDU_YOSHLAR
❗️Moliyaviy mustaqil OTMlar qanday huquqlarga ega?

▫️ kontrakt qiymatini, to‘lash muddatlarini belgilash va uzaytirish;
▫️ mahalliy va xorijiy professor-o‘qituvchi va mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish;
▫️ o‘z hisobidan talabalar uchun stipendiya va grantlar ajratish;
▫️ xorijiy o‘quv va ilmiy adabiyotlar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qilish;
▫️ bo‘sh turgan bino va inshootlarda pullik xizmatlar ko‘rsatish tartibini belgilash;
▫️ avtotransport vositalarining yo‘l bosish yillik limiti va ularga xizmat ko‘rsatish talablarini belgilash.


👉 @UrDU_YOSHLAR
⚡️Xorijda o‘qiyotgan talabaning o‘qishi ko‘chirilmasligiga nimalar sabab bo‘lishi mumkin

☑️ Javob: O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasasiga quyidagi holatlarda o‘qishni ko‘chirishga ruxsat etilmasligi belgilab qo‘yilgan:

davlat akkreditasiyasidan o‘tmagan oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotganlarga;

masofaviy (onlayn) ta’lim shaklida tahsil olayotganlarga;

mos va turdosh bo'lmagan yo'nalishlarga o'qishni ko'chirmoqchi bo'lganda;

xorijda o‘qiyotgan oliy ta’lim muassasasi tomonidan talabaning o‘qishi to‘g‘risidagi so‘rovnomaga salbiy javob olingan taqdirda.

👉 @UrDU_YOSHLAR
Рўйхат (pdf.io).pdf
716.6 KB
Texnikum bitiruvchilari oliy ta’lim muassasalarining 2-bosqichidan o‘qishni davom ettirishi mumkin bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi.

➡️ Ushbu ro‘yxat orqali texnikum bitiruvchilari oliy ta’lim muassasalarining qaysi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida o‘qishni davom ettirishlari mumkinligini bilish mumkin.

👉 @UrDU_YOSHLAR
"Talabalar ligasi" musobaqasining 3-turi 6-may kuni respublikamizning 14 ta hududida sinxron tarzda bo‘lib o‘tdi

O‘yinda 252 ta jamoada 1500dan ortiq talaba ishtirok etdi va kuchli o‘nlikni quyidagi jamoalar egalladi:

1-o‘rin Gallakticos (UrDU)
2-o‘rin Polyglot (O‘zDJTU)
3-o‘rin ToshDO‘TAU
4-o‘rin FarDU 1
5-o‘rin Ikkinchi vedomostga qolganlar(O‘zMU)
6-o‘rin Universal (ADU)
7-o‘rin Tranzistor (TATU)
8-o‘rin DreamTeam (BDTI)
9-o‘rin Forever (TAIRI)
10-o‘rin Slytherin (NDPI)

3-tur o‘yinidan fotosuratlarni ushbu havola orqali kirib ko‘rishingiz mumkin.

Natijalar bilan tanishish uchun👇

@zakovatklubi
Talaba shaxsiy grafigini to‘ldirish!

Xemis axborot tizimida talabalar uchun shaxsiy grafikni shakllantirish va unga ma’lumotlarni kiritishda o‘qituvchi familiyasi ham qo‘shildi.

❗️O‘qituvchilar ro‘yxatini ko‘rish uchun ko‘rsatilgan maydonga o‘qituvchi familiyasi yoki ismining bir nechta xarflarini kiritish kerak.

➡️ Barcha ma’lumotlar kiritilib saqlangandan so‘ng Yuklab olish knopkasini bosish orqali shaxsiy grafikni to‘liq yuklab olish mumkin


👉 @UrDU_YOSHLAR
⚡️Talabalarga stajirovka uchun haq to‘lanadi

• Talabalarning davlat idoralarida haq to‘lanadigan stajirovka o‘tashi to‘g‘risidagi qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

• Ta’kidlanishicha,
magistratura talabalari ikkinchi yoki uchinchi semestrdan keyin 3,5 oy, bakalavriat talabalari to‘rtinchi semestrdan so‘ng 1,5 oy davomida stajirovka o‘tashlari mumkin.

Magistrant stajyorlarga stajirovka boshlangan kunida belgilangan eng kam ish haqining 1,5 baravari miqdorida, bakalavr stajyorlar uchun eng kam ish haqi miqdorida haq to‘lanadi.

👉 @UrDU_YOSHLAR
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Nodavlat oliy ta'lim muassalari diplomlari O'zbekistonda tan olinadimi?

➡️ Turin, Inha, Yodju, Webster va MDIS kabi STARS Internetional University, ISFT Instituti hamda PROFY university kabi nodavlat ta'lim muassasi bo'lib, diplomlari O'zbekistonda tan olinadimi?

👉 @UrDU_YOSHLAR
⚡️Test sinovi topshiriladigan fanlar bo‘yicha test topshiriqlar soni va baholash mezonlari

🔰 Davlat komissiyasining 13-son bayoni
bilan respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi. Unga ko‘ra

👉 Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha:

▪️Ona tili
(o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.
▪️Matematika - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.
▪️O‘zbekiston tarixi - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball.

👉 Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan bo‘yicha:

▪️1-fan - 30 ta savol
.
Har biri uchun 3,1 balldan.
Maksimal ball – 93 ball.
▪️2-fan - 30 ta savol.
Har biri uchun 2,1 balldan.
Maksimal ball – 63 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 156 ball.

❗️Umumiy holda, 2022-2023 o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

👉 @UrDU_YOSHLAR
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Imtihonda telefon yoki shpargalka bilan qo‘lga tushgan abituriyentlar birdaniga 5-7 yilgacha chetlashtirilishi mumkin.

🔰 DTM Adliya vazirligi va Bosh prokuratura bilan hamkorlikda taqiqlangan vositalardan foydalangan abituriyentlar uchun qonuniy choralar ko‘rish yo‘llari ustida ishlamoqda

👉 @UrDU_YOSHLAR
⚡️ Ikkinchi va undan keyingi taʼlimni olish tartibi belgilandi.

➡️ Eslatib o‘tamiz, bu yildan DAVLAT GRANTI asosida o'qiganlar ham ikkinchi va undan keyingi ta'lim olish uchun hujjat topshirib o'qishlari mumkin bo'ladi.

👉 @UrDU_YOSHLAR
⚡️O'qishni ko'chirish masalasi quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi

1⃣ 2017-yilda qabul qilingan "Oliy ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilish, talabalar o'qishini ko'chirish, qayta tiklash va o'qishdan chetlashtirish tartibi to'g'risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida" VM-393 sonli Vazirlar Mahkamasi qarori

2⃣ 2021-yilda qabul qilingan "2021/2022 o'quv yilida O'zbekiston Respublikasining Oliy ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to'g'risida" PQ-5157 sonli Prezident qarori

⚠️ O'qishni ko'chirishda ikkita qarorning mavjudligi turli xil tushunmovchiliklarga olib kelmoqda. Biroq, bir qaror ichkiga, ikkinchi esa tashqiga ishlatilyapti. Joriy yilda ham yangi qaror chiqishi kutilmoqda.


👉 @UrDU_YOSHLAR
#ishga_marhamat

❗️Siz ish izlayapsizmi? Maktabgacha ta'lim tizimi siz uchun ahamiyatlimi?

☑️ Bugun, 12-may, payshanba kuni soat 10:00 da URGANCH DAVLAT UNIVERSITETIDA (UrDU) bitiruvchi talabalar va yoshlarni ish bilan ta'minlash maqsadida bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etiladi.

🤝 Sizni va do'stlaringizni ushbu yarmarkaga taklif etamiz.

🗞Xorazm viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasi matbuot xizmati.


👉 @UrDU_YOSHLAR