OTM O'ZBEKISTON 🇺🇿
661 subscribers
1.47K photos
656 videos
196 files
4K links
Oliygohlar va OTM yangiliklari uchun yaratilgan O'zbekistondagi yagona kanal.
Sizdan 1ta vazifa kanalni yaqinlaringizga tafsiya qilish.
📢 Ma'lumotlar 100% ishonchlidir
👤👉 murojaat uchun: @azim_joraqulov
.
.
Download Telegram
⚡️Kirish imtihonlarida abituriyentlarga oliy ta'lim muassasalari yo‘nalishlarini cheklanmagan miqdorda tanlash imkoni berilishi mumkin

«2020 yil kirish test sinovlarida abituriyentlar fanlari mos kelgan Oliy ta'lim muassasalarining faqat 5ta yo‘nalishini tanlashlari mumkin edi. Biz ushbu cheklovni olib tashlash bo‘yicha taklif kiritdik. Agar u ma'qullansa, 2021 yilda abituriyent fanlar majmuasi mos bo‘lgan ta'lim yo‘nalishlarini cheklanmagan miqdorda tanlashi mumkin bo‘ladi» – Davlat test markazi direktori Majid Karimov

Kanalga ulanish:

https://t.me/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
🎓Endilikda maqola va tezislaringizni sifatli jurnallar hamda konferensiya to'plamlarida chop eting💯

📚Bizda, shuningdek:

🔎Kurs ish (o'zbek va rus tilida);
🔎Maqola yozish;
🔎Prezentatsiyalar(o'zbek, rus va ingliz tilida);
🔎Diplom ishi;
🔎Mustaqil ish;

☎️Murojaat uchun:
👉 @Kompyuterishlari
👉 +998987720076

📈Biz bilan birga bo'ling👇
@kursishi_mustaqilishguruxi
📌 Toshkentda Prezident universiteti ochiladi

Bu haqda Shavkat Mirziyoyev 15-yanvar kuni poytaxt tuman hokimlari,sektor rahbarlari, mahalla raislari va Yunusobod tumani yoshlari bilan uchrashuvda ma’lum qildi, deya xabar bermoqda «Газета.uz».

«Biz prezident universitetini quramiz. Oksford ta’limini birinchi marta O‘zbekistonda joriy qilmoqchimiz. Britaniyaning ta’lim sohasi dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Biz yangi prezident maktablarini ochdik, endi 8000 talabaga mo‘ljallangan yangi prezident universitetini ochamiz. Barcha domlalari chet eldan bo‘ladi», - dedi davlat rahbari.

«Bizning bolalarimiz chet elga ketishadi - ularning 50 foizi qaytib kelmaydi. «Eng katta aql» ketayapti. U yerdagi sharoit ularga yoqadi, oylik katta. Ammo endi men shu sharoitlarni yaratib, ularni o‘zimizda o‘qitmoqchiman. Ketmasin bolalarimiz», — deya ta’kidladi prezident.

Universitetning ochilish sanasi haqida xabar berilmagan.


https://t.me/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
​​#perevod
📌 Uzrli sabablarga ko‘ra o‘qishini ko‘chirish istagida bo‘lgan fuqarolar DIQQATIGA !!!

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 15-bandiga muvofiq uzrli sabablarga ko‘ra o‘qishni ko‘chirish to‘g‘risidagi arizalarni qabul qilish bo‘yicha hududiy ishchi guruhlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

⚠️ Hududiy ishchi guruhlari 2020 yilning 20-dekabridan 2021 yilning 25-yanvar kuniga qadar (o‘sha kuni ham) faoliyat ko‘rsatadi.

Qayd etilgan Nizomga muvofiq fuqarolar quyidagi uzrli sabablarga ko‘ra hududiy ishchi guruhlariga ariza topshirishlari mumkin:

- talaba bir hududdan ikkinchi hududga doimiy yashash uchun yoki turmushga chiqish munosabati bilan ko‘chib o‘tganda;
- talabaning turmush o‘rtog‘i yoki ota-onasi harbiy xizmat o‘tash joyini o‘zgartirganda;
- talabaning ota-onasi (turmush o‘rtog‘i) xorijdagi davlat xizmatidan qaytganda.

❗️Ushbu sabablardan boshqa holatlarda fuqarolar o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha umumiy tartibda har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.

Fuqarolar uzrli sabablarga ko‘ra o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha hududiy ishchi guruhlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
- o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
- talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
- pasport nusxasi;
- yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

O‘qishni qayta tiklash bo‘yicha (ko‘chirib tiklash bundan mustasno) arizalar talabaning chetlatilganligiga necha yil bo‘lganligidan qat’iy nazar bevosita muayyan OTMga taqdim etiladi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati


https://t.me/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
​​«O'zMU»cha innovatsiya – 2

O'zbekiston Milliy universitetida talabalarga onlayn ta'lim olgan davrda modulga joylagan topshiriqlarni qaytadan, qog'ozga chiqarilgan va qo'lda yozilgan shaklda topshirishni aytishmoqda ekan.

«...Biz online ta'limda bajarib, topshirib bo'lgan vazifalarimzni yana qaytadan topshirishga majburlashmoqda. Mustaqil ish, referat (biz bularni word fayl shaklida modulga joylab bo'lganmiz, endi ularni chiqartirib, qayta topshirmasak, yakuniylarga kiritmaslikni aytishmoqda) shuncha qog'ozbozlik nimaga kerak? Axir biz yakuniylarga tayyorlanamizmi yoki bir yillik vazifalarni qayta qayta topshirish bilan vaqtmiz o'tadimi?» deydi O'zMU biologiya fakulteti talabasi.

Byurokratiyasiz ishlay olmaydigan, eskicha fikrlashda qotib qolgan, kasbiga noloyiq, o'qituvchi nomiga dog' tushirib yurganlarning hammasini oliy ta'lim muassasalaridan yo'qotish kerak! O'zbekiston Milliy universitetining o'qituvchilarini hurmat qilamiz, lekin guruch kurmaksiz bo'lmaydi. Bu oliy ta'lim muassasasida ishlovchi ayrim «o'qituvchilar» va rahbarchalar boshqa fidoiy insonlarga, boshqa hurmatga loyiq ustozlarning mehnatiga dog' tushirmoqda.

#boʻldidaendi #yoʻqolsinbyurokratiya

Kanalga ulanish:
➡️ https://t.me/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
📌 «Talabalarga erkinlik berish kerak. Ulardan davomat va forma talab qilish amaliyotini bekor qilish zarur». Professor Baxtiyor Mengliyev oliy ta'limga oid 10 ta taklif bilan chiqdi

Hukumat ko‘rayotgan choralarga qaramay, O‘zbekistonda oliy ta'lim hanuz depsinishdan chiqib keta olmayapti, deydi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori Baxtiyor Mengliyev.

Professor taqdim etgan maqolasida sohadagi muammolar yechimi yuzasidan o‘z takliflarini ilgari suradi. Maqolani to'liq o'qish.


https://t.me/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
📌 Pandemiya bahonasida oliy ta’limda nimalar o‘zgarishi kerak?

Koronavirus pandemiyasi juda ko‘p sohalarda bo‘lgani kabi ta’lim tizimida ham qotib qolgan stereotiplarni parchalab tashladi. "Buning iloji yo‘q" deya qarshilik ko‘rsatilgan ko‘p ishlar o‘z-o‘zidan amalga oshib ketdi.

Birgina onlayn hujjat qabul qilish tizimini misol keltirish mumkin. Bakalavrga ham, magistrga ham, kollej-texnikumlardan tortib maktab-liseylarga ham, o‘qishni ko‘chirishu ikkinchi mutaxassislikka ham onlayn hujjat qabul qilindi. Ayrim kamchiliklarni aytmasa, hech bir muammo bo‘lgani ham yo‘q.

Xo‘sh, shunday ekan, yana boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqish payti kelmadimikin? Masalan, men quyidagilarni taklif qilaman:

1️⃣ Majburiy formani bekor qilish — pandemiya paytida hamma uyda o‘qidi va talabalar uyida istalgan kiyimida yurishibdi. Bundan kelib chiqadiki, kiyim talabaning bilimiga ta’sir o‘tkazadigan faktor emas. Oq ko‘ylak, qora shim, galstuk va uzun paypoq kiysa aqlli talaba yoki shularni kiymasa ahmoq talabaga aylanib qolmasligini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rdik. Ertalabdan eshikni tagida turvolib, galstugi yo‘q yoki ko‘ylagining rangi boshqacha talabalarni to‘xtatib, tushuntirish xati olib o‘tiradigan ma’naviyat zamdekanlarning ishi ham ta’lim sifatiga biror foydasi tegmasligini tushundik.

Bas, shunday ekan, butun oliy ta’lim tizimida majburiy formani bekor qilsak nima bo‘ladi? Nima o‘zgaradi? Hech narsa!

Albatta, majburiy formani bekor qilish deganda, ayrimlar darrov ko‘rpani o‘ziga tortib, vahimani boshlamasin. Talabalar haddidan oshmasligi uchun kiyimga qo‘yilgan ayrim cheklovlar baribir saqlanib qoladi, bu barcha joyda bor. Ammo bu cheklov mantiqiy va kichik bo‘ladi va talabada erkinlik ko‘proq bo‘lishi kerak.

2️⃣ Majburiy davomatni bekor qilish — masofaviy darslar ko‘rsatib turibdiki, talaba jismonan biror darsda bo‘lmasligi juda katta fojia emas. U mustaqil o‘zi o‘rganib, dars materiallari bilan tanishib, berilgan mavzuni o‘zlashtirishi ham mumkin. Talabaning burnidan ip o‘tkazib, auditoriyaga majburan mixlab qo‘yib, uni o‘qitishga urinish anchayin zamondan orqada qolgan metodlardan ekanligini pandemiya isbotlab qo‘ydi. Aksincha mustaqil ta’limga katta urg‘u berish, o‘qituvchilar asosan to‘g‘ri yo‘nalishni ko‘rsatishi lozimligi, ya’ni talabaga muayyaan muammoning tayyor yechimini aytish emas, balki o‘sha muammoni qanday qilib yechish yo‘llarini o‘rgatish kerakligini tushunyapmiz.

Xo‘sh, shunday ekan, nima uchun oliy ta’lim tizimida majburiy davomat tizimini bekor qilmaymiz? An’anaviy o‘qishlar boshlangandan keyin, kim istasa darsga kelsin, istamasa onlayn o‘zi mustaqil o‘qisin, lekin asosiysi oraliq va yakuniy nazoratlarni topshirishiga ko‘zi yetsa bo‘ldi, desak nima bo‘ladi? Ta’lim tizimimiz barbod bo‘ladimi? Yoki biror fojia ro‘y beradimi? Hech narsa bo‘l-may-di!!! Bu hammasi quruq gap, quruq safsata.

3️⃣ Haftasiga besh kunlik o‘qish tizimiga o‘tish — yana o‘sha yuqoridagi gap. Talabalani majburlab butun hafta davomida universitetda ushlab o‘tirish noto‘g‘ri va eskirgan metod. Bugungi zamon boshqa, talablar boshqa.

Masalan, barcha oliy ta’lim tizimi besh kunlik rejimga o‘tsa va o‘quv rejalarini shunga moslashtirsa, nima o‘zgaradi? Yoki talabalarimizning bilimi pasayib ketadimi (bundan ortiq yana qayoqqa pasayishi mumkin, hayronman)? Kimdir shu savolga aniq, faktlar bilan javob qaytara oladimi? Aniq ishonch bilan ayta olamanki, bu ham ta’liming tepasida turganlarning asossiz qo‘rquvi xolos.

4️⃣ Konspekt talab qilish — ortiqcha izoh berishim shartmas, shunchaki hozir 2021-yil ekanligini eslatib qo‘ymoqchiman xolos.


Xushnudbek dan


https://t.me/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
📌 Masofaviy ta’lim olayotgan talabalarni sababi quyidagi hollarda inobatga olinishi belgilangan:

1. Kasal bo'lsa (Covid-19 bo‘lsa tibbiy ma’lumotnoma asosida);

2. Xomiladorlik yoki farzandli bo‘lgan bo‘lsa (tegishli tibbiy ma’lumotnomasi asosida);

3. Chin yetim yoki temir daftardagi ijtimoiy ahvoli o‘ta og‘ir bo‘lsa (tegishli ma’lumotnoma asosida)

Ushbu parametrlar bo‘yicha hech qanday asosi bo‘lmagan talabalar an’anaviy o‘qishga jalb etiladi.


https://t.me/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
📌 2021 йилги давлат дастури лойиҳаси жамоатчилик муҳокамаси учун эълон қилинди

"Ёшларни қўллаб-қувватлаш ва аҳоли саломатлигини мустаҳкамлаш йили" давлат дастурининг онлайн муҳокамаси бошланди.

Лойиҳага мана бу линк орқали ўтиб, муҳокамада иштирок этишингиз ва ўз таклифларингизни билдиришингиз мумкин.

Жумладан, давлат дастури лойиҳасида таълимга оид қуйидаги таклифлар берилмоқда:

«2021/2022 ўқув йилидан бошлаб:

а) олий таълим муассасаларига кириш имтиҳонларида энг юқори балл тўплаган 200 нафар ёшлар учун Президент гранти жорий этилсин.

Тегишли ташкилотлар 2021 йил 1 июнга қадар Президент грантини ажратиш тартибини ишлаб чиқсин ва ОТМларга кириш имтиҳонларида балл тўплаган шахслар тўғрисидаги очиқ маълумотларни назарда тутувчи ягона электрон реестрни шакллантирсин;

б) олий таълим муассасасида икки ва ундан ортиқ фарзанди шартнома асосида ўқиётган оилаларга имтиёзли таълим кредити бериш ва талаба томонидан ушбу кредитни ўқиш даври тугагандан сўнг қайтариш амалиёти йўлга қўйилсин.

в) олий таълимга ажратиладиган давлат грантлари сони 25 фоизга ҳамда эҳтиёжманд оилалар фарзанди бўлган хотин-қизлар учун давлат грантлари сони 2 бараварга оширилсин, шунингдек, хусусий ОТМларда мутахассисларни тайёрлашга давлат гранти бериш тизими жорий этилсин.

г) академик таътилни беришнинг қуйидаги тартиби ўрнатилсин:

- академик таътил олишни истаган талабалар ўз ихтиёрига кўра академик таътил муддатига таълимнинг сиртқи ва масофавий шаклига ўтказилиб (агар ОТМда бундай таълимнинг шакллари мавжуд бўлса), уларга узлуксиз мустақил таълим олиш имконияти яратилади;

- оиласининг бетоб аъзосини парвариш қилиш сабабли анъанавий шаклдаги таълимни давом эттириш имконияти бўлмаган талабаларга ҳам академик таътилни олиш ҳуқуқи берилади;

- талабаларга ўқиш давомида академик таътил берилиши бўйича миқдорий чекловлар бекор қилинади;

- академик таътилдан қайтган талабаларни илгари ўзлаштирилган фанлар бўйича қайтадан ўқитиш амалиёти бекор қилинади.

д) илмий унвон ва илмий даражаларни бериш ваколати 2021 йил 1 сентябрдан бошлаб республиканинг нуфузли ОТМларининг илмий кенгашларига босқичма-босқич ўтказилсин».


https://t.me/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
⚡️Талабалар академик таътил олиш ўрнига, ўқишни сиртқи ёки масофавий шаклида давом эттиришлари мумкин бўлади

🔰 2017–2021-йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг 5 та устувор йўналиши бўйича Ҳаракатлар стратегиясини “Ёшларни қўллаб-қувватлаш ва аҳоли саломатлигини мустаҳкамлаш йили”да амалга оширишга оид Давлат дастури умумхалқ муҳокамасига қўйилди.

Дастурга мувофиқ, 2021/2022 ўқув йилидан бошлаб академик таътилни беришнинг қуйидаги тартиби ўрнатилади:

👉 академик таътил олишни истаган талабалар ўз ихтиёрига кўра академик таътил муддатига таълимнинг сиртқи ва масофавий шаклига ўтказилиб (агар ОТМда бундай таълимнинг шакллари мавжуд бўлса), уларга узлуксиз мустақил таълим олиш имконияти яратилади;

👉 оиласининг бетоб аъзосини парвариш қилиш сабабли анъанавий шаклдаги таълимни давом эттириш имконияти бўлмаган талабаларга ҳам академик таътилни олиш ҳуқуқи берилади;

👉 талабаларга ўқиш давомида академик таътил берилиши бўйича миқдорий чекловлар бекор қилинади;

👉 академик таътилдан қайтган талабаларни илгари ўзлаштирилган фанлар бўйича қайтадан ўқитиш амалиёти бекор қилинади.

Сиз ҳам дастур доирасида ўз таклифларингизни билдиришингиз мумкин: regulation.gov.uz/oz/document/27993.


https://t.me/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
📌 Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri: Har birimiz o‘z vazifamizga vijdonan yondashsak, ishimizda baraka bo‘ladi

Bugun, 19-yanvar kuni oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov vazirlik markaziy apparati barcha xodimlarining to‘liq tarkibdagi ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazdi. Unda vazirlik faoliyatini samarali tashkil qilish bo‘yicha muhim vazifalar jamoa ishtirokida batafsil muhokama qilindi.

- Vazirlikdagi dastlabki uch kunlik faoliyatimdan kelib chiqib, umumiy vaziyatni qisqa muddatdagi o‘rganishimdan kelib chiqib, dastlabki xulosamni aytadigan bo‘lsam, afsuski, taassurotlar kishini xursand qilmaydi, –dedi vazir o‘z so‘zida. - Jamoada erkin va ijodiy muhit yo‘qday, xodimlar horg‘in va tashabbus ko‘rsatmaydi. Sababi ish tartibi to‘g‘ri tashkil etilmagan. Nazarimda, inson resurslari noto‘g‘ri tasarruf qilinmoqda. Xodimlar ishda ko‘p vaqt qolib ketishi natijasida jismonan va ruhan charchagan ko‘rinadi. Oilasiga, farzandlar tarbiyasiga e’tibor qaratishga ulgurmasa kerak. Xodimlarga, avvalo, ish joyida erkin ishlash, ijodiy fikrlash, qolaversa dam olish uchun qulay sharoit yaratib berish va undan keyin ish unumdorligini talab qilish mumkin.

Shuningdek, vazir yig‘ilishda ayrim strukturalar faoliyatiga ham to‘xtalib, ularning qoniqarsiz faoliyat yuritayotgani, bugungi kun talablariga javob bermasligini qayd etdi. Bundan buyon har bir boshqarma va bo‘lim faoliyati natijadorligi monitoring qilinishi, samarali faoliyat yuritgan mutaxassislar munosib taqdirlanishi, aksincha o‘z funksional vazifalarini bajarmaydigan xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinishi aytildi. Jumladan, vazirlik axborot xizmati faoliyati ham tanqid qilindi.

– Axborot xizmati vazirlikning yuzi bo‘lishi kerak. Bugungi axborot asrida tezkor va professional yondashuv talab etiladi. Ijtimoiy tarmoqlarda sohaga oid tanqidiy materiallar e’lon qilinib, jamoatchilik tomonidan keng muhokama qilinayotgan bir vaqtda, axborot xizmati tomoshabin bo‘lib turishini qanday izohlash mumkin? – deya e’tiroz bildirdi Abduqodir Toshqulov. – Sohaga oid jamoatchilikni qiziqtirgan mavzularda tezkor axborot berish, OAV bilan doimiy ijodiy hamkorlik qilish va tanqidiy-tahliliy materiallarga o‘z vaqtida munosabat bildirish orqaligina aholining ishonchini qozonish mumkin.

Qolaversa, uchrashuvda boshqaruvda va axborot almashishda zamonaviy AKT imkoniyatlaridan unumli foydalanish zarurligi, OTMlarga yuborilayotgan topshiriqlarni muvofiqlashtirish, bir-birini takrorlaydigan vazifalarni qisqartirish, ijro intizomiga qat’iy rioya qilish lozimligi aytib o‘tildi.

– Bugundan boshlab jamoa yangicha ish tartibiga o‘tsak: qog‘ozbozlikni imkon qadar kamaytirish, ortiqcha majlisbozlikka chek qo‘yish va o‘z ishimizga mehr bilan munosabatda bo‘lib, undan zavqlanib ishlaylik. Agar har birimiz zimmamizdagi vazifalarga mas’uliyat bilan yondashib, bir tanu bir jon bo‘lib, hamjihatlikda ishlasak, ishimizda albatta unum bo‘ladi. Shunda xalqimiz va davlatimiz rahbari tomonidan bildirilgan ishonchni oqlaymiz va soha oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajaramiz.

Ta’lim muassasalari bilan ishlash prinsiplarida ham qayta ko‘rib chiqiladigan jihatlar mavjud ekanligiga yig‘ilish ishtirokchilarining alohida e’tibori qaratildi. Vazirlik oldida ta’lim sifatini ta’minlashdek o‘ta mas’uliyatli vazifa turibdiki, bu vazifani oliy ta’lim muassasalari bilan ishchanlik va o‘zaro ishonch ruhidagi munosabatlarni yo‘lga qo‘yibgina amalga oshirish mumkinligi qayd etildi.

- Oliy ta’lim muassasasida mavjud bo‘lgan muammoni kimga aytishini bilmay yurgan rahbarlarning dardini birinchi navbatda vazirlik, biz tinglashimiz va uni hal qilib berish choralarini ko‘rishimiz kerak. Oldin tizimdagi rahbarlar, professor-o‘qituvchilar va xodimlar uchun yetarli shart-sharoit yaratishimiz, undan keyingina ular oldiga vazifalarni qo‘ysak, to‘g‘ri bo‘ladi,
- dedi Abduqodir Toshqulov.

Yig‘ilishda kun tartibidagi boshqa masalalar ham muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.


https://t.me/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
24-25-январ кунлари чет тили имтиҳонлари бўлиб ўтади

Чет тилини билиш ва эгаллаш даражасини аниқлаш бўйича январ ойида бўлиб ўтадиган тест синови санаси белгиланди.

Унга кўра, тест синовининг ёзма қисми 24-январ куни, гапириш кўникмасини баҳолаш имтиҳони эса 25-январ куни ўтказилади.

Тест синовлари Қорақалпоғистон Республикаси, вилоятлар ва Тошкент шаҳрида бўлиб ўтади.

Талабгорлар тест жойи, куни ва вақтини Давлат тест марказининг расмий веб-сайти (https://dtm.uz/page/cefr) дан шахсий кабинетлари орқали билиб олишлари мумкин.


https://t.me/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
Кейинги ўқув йилидан бошлаб нодавлат ОТМларида грант жойлар пайдо бўлади, уларнинг умумий сони кўпаяди, ҳамда президент гранти жорий этилади

🔰 2017–2021-йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг 5 та устувор йўналиши бўйича Ҳаракатлар стратегиясини “Ёшларни қўллаб-қувватлаш ва аҳоли саломатлигини мустаҳкамлаш йили”да амалга оширишга оид Давлат дастури умумхалқ мухокамасига қўйилди.

Ёшларни қўллаб-қувватлаш, ижтимоий муҳофазага муҳтож талабаларни ҳимоя қилиш тизимини такомиллаштириш, ижтимоий адолат тамойилини таъминлаш мақсадида 2021/2022 ўқув йилидан бошлаб:

👉 ОТМларига кириш имтиҳонларида энг юқори балл тўплаган 200 нафар ёшлар учун Ўзбекистон Республикаси Президенти гранти жорий этилади;

👉 ОТМда икки ва ундан ортиқ фарзанди шартнома асосида ўқиётган оилаларга имтиёзли таълим кредити бериш ва талаба томонидан ушбу кредитни ўқиш даври тугагандан сўнг қайтариш амалиёти йўлга қўйилади;

👉 олий таълимга ажратиладиган давлат грантлари сони 25 фоизга ҳамда эҳтиёжманд оилалар фарзанди бўлган хотин-қизлар учун давлат грантлари сони 2 бараварга оширилади, шунингдек, хусусий ОТМларида мутахассисларни тайёрлашга давлат гранти бериш тизими жорий этилади.

🎯 Иқтисодий тараққиёт ва камбағалликни қисқартириш вазирлиги манфаатдор вазирлик ва идоралар билан биргаликда 2021/2022 ўқув йили учун ўқишга қабул қилишга давлат буюртмаси параметрларининг тубдан қайта кўриб чиқилади.

Сиз ҳам дастур доирасида ўз таклифларингизни билдиришингиз мумкин: regulation.gov.uz/oz/document/27993.


https://t.me/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
Олий таълимга қабул қилиш тизими, муаммолари ва ечимларига бағишланган вебинарда қатнашишни истайсизми?

22 январ куни Тошкент вақти билан соат 17:00 да «Эл-юрт умиди» жамғарма ҳузуридаги Халқаро экспертлар кенгаши аъзолари, ватандошларимиз М.Нарикбаев номидаги КAЗГЮУ Университети Иқтисодиёт олий мактаби доценти Иқболжон Қорабоев ва Германиянинг Бремен университети, Техника ва таълим институти Касб-ҳунар ва меҳнат бозори лойиҳалари координатори Aкрамжон Маткаримовлар иштирокида «Олий таълимга қабул қилиш тизими, жараёни, муаммолари ва ечимлари: Ўзбекистон ва жаҳон тажрибаси» мавзусида вебинар ўтказишни режалаштирган.

Вебинарга қабул комиссиясига масъул бўлган олий таълим муассасалари масъул ходимлари, шунингдек, ОТМ профессор-ўқитувчилари, илмий-тадқиқотчилари, талабалар ва магистрантлар ҳамда барча қизиқувчилар қатнашишлари мумкин.

Вебинарда қатнашувчилар https://webinar.eyuf.uz сайтида рўйхатдан ўтишлари сўралади.


https://t.me/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
​​ДТМ раҳбари Мажид Каримов пресс-тур давомида 2021 йилги имтиҳонлар учун режалар ҳақида маълумот берди

Унга кўра, абитуриентларга фанлар мажмуаси мос бўлган таълим йўналишларини чекланмаган миқдорда танлаш имкониятини яратиш, абитуриентларнинг мантиқий фикрлаши, масала ва мисолларни бажара олиш қобилиятини баҳолайдиган тест топшириқларини ишлаб чиқиш мақсад қилинган. 

Шунингдек, чет тилини билиш бўйича кўп даражали тест тизимини амалиётга жорий қилиш ва йил давомида тест синовларини ташкил этиш учун республиканинг барча ҳудудларида бино ва иншоотлар қуриш ҳам 2021 йил режага киритилган.

🔥 Кўпчилик ДТМ фаолияти фақат ОТМга кириш имтиҳонларида тест тузишдан иборат деб ўйлаши мумкин, лекин аслида марказ кўплаб ташкилот ва муассаса ходимлари учун ҳам тестлар ўтказади. Масалан, ўтган йилда 28 турдаги тест синовлари ўтказган бўлса, бу йил 35 турдаги синовлар ўтказишни режалаштирилган.


https://t.me/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
Siz O‘zbekistonda ish o‘rni eng ko‘p bo‘lgan dasturlash tilini o‘rganmoqchimisiz ?

Turli hil qiyinlikdagi web saytlar, internet do‘konlar, Dasturiy loyihalarning Backend qismi tizimlarini ishlab chiqishni, o‘rganmoqchi bo‘lsangiz ?
Bu kurs aynan siz uchun !

🧑‍💻 PHP dasturlash tilini o‘rganish oson , ilovalarni ishlab chiqish tez va sodda til sintaksisi . Darslarni ko‘p yillik tajribaga ega Dasturchi Ustozlarimiz olib borishadi .

⚡️Ha aytgancha PHP dasturlash tili o‘lib bormoqda deganlarga ishonmang , isboti bu yerda, bu yerda va mana bu yerda.
Dunyodagi Web saytlar va web loyihalarning 79,1 % PHP dasturlash tilida yozilgan.

22.01.2021 PHP dasturlash kurslarimiz boshlanmoqda.
Dasturlashni o'rganishni biz bilan birga boshlang.

👉
GITA dasturchilar akademiyasi kanaliga aʼzo boʼling!

👍Doʻstlaringizga ham ulashing

Instagram | Telegram | Youtube
Олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов:

«Вазирликдаги дастлабки уч кунлик фаолиятимдан келиб чиқиб, қисқача хулосамни айтадиган бўлсам, афсуски, таассуротлар кишини хурсанд қилмайди, – деди вазир ўз сўзида. - Жамоада эркин ва ижодий муҳит йўқдай, ходимлар ҳорғин ва ташаббус кўрсатмайди. Сабаби иш тартиби тўғри ташкил этилмаган. Назаримда, инсон ресурслари нотўғри тасарруф қилинмоқда.

Ходимлар ишда кўп вақт қолиб кетиши натижасида жисмонан ва руҳан чарчаган кўринади. Оиласига, фарзандлар тарбиясига эътибор қаратишга улгурмаса керак. Ходимларга, аввало, иш жойида эркин ишлаш, ижодий фикрлаш, қолаверса дам олиш учун қулай шароит яратиб бериш ва ундан кейин иш унумдорлигини талаб қилиш мумкин.

Бугундан бошлаб жамоа янгича иш тартибига ўтсак: қоғозбозликни имкон қадар камайтириш, ортиқча мажлисбозликка чек қўйиш ва ўз ишимизга меҳр билан муносабатда бўлиб, ундан завқланиб ишлайлик. Агар ҳар биримиз зиммамиздаги вазифаларга масъулият билан ёндашиб, бир тану бир жон бўлиб, ҳамжиҳатликда ишласак, ишимизда албатта унум бўлади».


https://t.me/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
Япониянинг етакчи университетларида ўқиш учун стипендиялар ажратилади

Ҳукуматнинг “Ўзбекистон Республикаси вакилларининг ўқишини ташкил этиш учун Япония ҳукумати грантидан самарали фойдаланиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги (18.01.2021 й, 26-сон) қарори қабул қилинди.

📝 Қарорга кўра, Япониянинг етакчи университетлари магистратура ва докторантурасида Ўзбекистон вакилларининг ўқишини ташкил этиш бўйича ҳар йили алмашинув ноталари ва грант битимлар имзоланади.

➡️ Шунингдек, Япониянинг етакчи университетларида ўқиш учун стипендиялар ажратилади.

💰 Япония ҳукуматининг 291 млн Япония иенаси (2,6 млн АҚШ долларига эквивалентда) миқдоридаги гранти 2021-2022 йилларда фойдаланиш учун тақдим этилади.

🔰 Ўқиш учун номзодларни танлаб олиш ва лойиҳани амалга оширишни мувофиқлаштириш:

👉 Ўзбекистон томонидан – Вазирлар Маҳкамасининг Таълим, соғлиқни сақлаш, маданият, ёшлар, маънавият ва жамоат ташкилотлари, маҳалла ва оилани қўллаб-қувватлаш масалалари котибияти, Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ҳамда Инвестиция ва ташқи савдо вазирлиги;

👉 Япония томонидан – Япониянинг Ўзбекистондаги элчихонаси, Япония халқаро ҳамкорлик агентлиги, Ўзбекистон-Япония Инсон ресурсларини ривожлантириш маркази томонидан амалга оширилади.

🔎 Манфаатдор вазирликлар ва идоралар билан биргаликда лойиҳа доирасида Японияда таҳсил олаётган стипендиатларнинг ўқиши ва ўқишни тамомлаган стипендиатларнинг меҳнат фаолияти юзасидан доимий мониторинг олиб боради.


https://t.me/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
​​Урганчда янги олийгоҳ ташкил этилди

Ҳукумат қарори (31-сон, 22.01.2021 й.) билан Ўзбекистон давлат хореография академиясининг давлат таълим муассасаси шаклидаги Урганч филиали ташкил этилди.

Филиал таркибида “Лазги” ижрочилигини янада ривожлантириш бўлими очилди.

📈 Рақс санъати бўйича юқори малакали бакалавр ва магистрларни, шунингдек, ушбу соҳада чуқур тадқиқотлар олиб бориш салоҳиятига эга илмий ва илмий-педагог кадрларни тайёрлаш Филиалнинг асосий вазифаларидан бири ҳисобланади.

📝 Шунингдек, “Лазги” ижро йўли намуналари “Олтин фонди”ни яратиш “Лазги” бўлимининг асосий вазифаларидан этиб белгиланди.

Қарорга кўра, Филиал ҳузурида қуйидагилар ташкил этилади:

👉 “Лазги”нинг яратилиш тарихи ва ривожланиш даврини қамраб олган доимий экспозиция;
👉 “Лазги” ижро йўлида яратилган ижод намуналарининг фонотекаси;
👉 “Лазги”га оид либослар намуналари галереяси, кўргазмалар зали ҳамда артистик кафеси;
👉 “Лазги” болалар ҳаваскорлик театр-студияси.

☑️ Филиалда ўқув жараёни 2021/2022 ўқув йилидан бошланади.

Филиалга талабаларни бакалавриат таълим йўналишлари бўйича қабул кўрсаткичлари ҳар йили ОТМга ўқишга қабул қилиш параметрларидан келиб чиққан ҳолда шакллантирилади.


https://t.me/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
❗️Koronavirusga qarshi kurashish respublika shtabi a'zosi Nurmat Otabekov: «O‘zbekistonda har kuni turli hududlarda koronavirus aniqlanmoqda. Shu jumladan, Toshkent davlat pedagogika universitetining talabasida ham koronavirus infeksiyasi qayd etilgani rost. Ammo bu yangi shtamm emas, umuman epidemiologik vaziyat ham barqaror. O‘sha fakultet talabalariga ma'lum muddat javob berilgani esa standart amaliyot. 

Kasallik (koronavirusning yangi shtammi – tahr.) bizga kirib kelmabdi, deya xotirjamlikka berilish, himoya va gigiyena qoidalarini unutish to‘g‘ri emas. Ehtiyot choralari hamon amalda».

Kanalga ulanish:
https://t.me/OLIY_TALIM_MUASSASALARI