OTM O'ZBEKISTON 🇺🇿
661 subscribers
1.47K photos
656 videos
196 files
4K links
Oliygohlar va OTM yangiliklari uchun yaratilgan O'zbekistondagi yagona kanal.
Sizdan 1ta vazifa kanalni yaqinlaringizga tafsiya qilish.
📢 Ma'lumotlar 100% ishonchlidir
👤👉 murojaat uchun: @azim_joraqulov
.
.
Download Telegram
Forwarded from Xushnudbek.uz
​​Ўзбекистонликлар сентябрь ойида неча кун дам олишади?

Энг аввало, ҳафтадаги иш кунлари сони дам олиш кунларига таъсир қилишини унутмаслик керак. Яъни, 5 кунлик иш ҳафтасидаги ходимлар сентябрь ойида 10 кун дам олишади, ҳафтасига 6 кун ишлайдиган ходимлар эса 6 кун дам олишади.

Мустақиллик байрами арафасидаги дам олиш кунлари

Байрам арафасида ҳафтасига 5 кунлик ишловчилар кетма-кет 4 кун, 6 кунликлар эса 2 кун дам олишади. Жумладан, қуйидагича:

5 кун ишловчи ходимлар учун:

31 август
– шанба;
1 сентябрь – якшанба (байрам);
2 сентябрь – душанба (қўшимча дам олиш куни);
3 сентябрь – сешанба (кўчирилган дам олиш куни).

Изоҳ: 5 кунликлар 4 сентябрдан ишга чиқишади. Шунингдек, 7 сентябрь, шанба куни улар учун расман иш куни ҳисобланади.

6 кун ишловчи ходимлар учун:

1 сентябрь
– якшанба (байрам);
2 сентябрь – душанба (қўшимча дам олиш куни);

Изоҳ: ҳафтасига 6 кун ишловчи ходимлар 31 август (шанба) ҳамда 3 сентябрь (сешанба) кунлари ишга чиқишлари лозим.


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Davlat Test Markazi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#мотивация

Ҳаётда мақсад билан яшашни ўрганинг!

Йиқилдингизми? Яна ўрнингиздан туринг, яна ҳаракат қилинг. Ҳаётнинг сизга берган синовлари кулиб қарши олинг!

Каналга уланиш👇
https://t.me/joinchat/AAAAAECOxo-RSqV0py3QIQ
Forwarded from Davlat Test Markazi
​​"Фақат супер контракт нархлари ҳақида ёзяпсизлар, бу ерда талаба бўлганлар ҳам бор. Стипендия ҳақида ҳам ёзинглар", дея бир обуначимиз ёзиб юборибди.

2019-йил 1-августдан талабалар стипендиялари нархи 10% га ошди ва қуйидаги нарх атрофда бўлди:

"3" лик - 363 минг
"4" лик - 563 минг
"5" лик - 750 минг

Маълумот учун, эндигина ўқишга қабул қилинган 1-курс талабалари 1-семестр якунига қадар "3" лик стипендия олади.

Тўлов-контрактда ўқийдиганлар учун ўқишнинг стипендиясиз шакли жорий этилиши кутилмоқда. Аммо, қай тартибда бўлишига ҳозирча аниқлик киритилмади.

Каналга уланиш👇
https://t.me/joinchat/AAAAAECOxo-RSqV0py3QIQ
APELLYATSIYA JARAYONI BOSHLANDI

Joriy yilning 21-avgust kunidan 2019/2020-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shakllariga o‘qishga kirish test sinovlarida ishtirok etgan va natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlarning apellyatsiya arizalarini qabul qilish yo‘lga qo‘yilgan edi. 26-avgustdan esa ushbu apellyatsiya arizalarini ko‘rib chiqish boshlandi.

Apellyatsiya jarayoni Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibga muvofiq o‘tkazilmoqda.

Bunda har smenada 110 nafardan abituriyentning e’tirozini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan. Zarur va tegishli hamma darsliklar tayyorlab qo‘yilgan.

Apellyatsiya arizalarini ko‘rib chiqishda tadbirning barcha jarayonlari va bosqichlari muntazam videokuzatuvga olinishi ta’minlangan holda ikki smenada tashkil etilmoqda.
Shaffoflik va xolislikni ta’minlash maqsadida abituriyentlarning binoga kirishi, test materiallari bilan tayyorgarlik ko‘rishi, fan ekspertlari bilan ishlashiga qadar barcha holatlarni ota-onalar uchun katta ekranlarda namoyish etib borish ham yo‘lga qo‘yilgan.

Bulardan tashqari, Davlat test markazining fuqarolarni qabul qilish xonasida fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish davom etmoqda va buning uchun malakali mutaxassislar jalb etilgan.

Davlat test markazining rasmiy telegram kanali:
👉 @rasmiydtm 👈
Forwarded from МУВАФФАҚИЯТ ВА ЮКСАЛИШ САРИ
1000 рейтинг.pdf
25.4 MB
Кучли 1000 таликка киритилган олий таълим муассасалари рўйхати

Манба: Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

Каналга уланиш👇👇👇
@DTM_ORIGINAL
Forwarded from МУВАФФАҚИЯТ ВА ЮКСАЛИШ САРИ
Shaxsiy tavsiya:

Душанба(бугунги) кунидан бошлаб қайси ОТМга қабул қилинган бўлсангиз, ўша ОТМга ушбу ҳужжатларни топширишингиз сўралади. Иложи бўлса, талабаси бўлган ОТМингизнинг ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларини кузатиб боринг! Тиббиёт олийгоҳларида 086-у форма ҳам сўраши мумкин.

Барча мухим янгиликлар бизнинг каналда: @DTM_ORIGINAL
Forwarded from МУВАФФАҚИЯТ ВА ЮКСАЛИШ САРИ
Шу университет хакида су́рашибди:

Фарғонада Корея халқаро университети ташкил этилади

“Фарғона шаҳридаги Корея халқаро университетини ташкил этиш тўғрисида” Ҳукумат қарори қабул қилинди (714-сон, 23.08.2019 й.).

Университет республика иқтисодиёт ва саноат тармоғини ривожлантириш бўйича муҳим вазифаларни ҳал этишга қодир бўлган юқори малакали кадрларни халқаро таълим стандартлари даражасида тайёрлайди.

Университет нодавлат олий таълим ташкилоти сифатида ташкил этилади.

Университетда ўқитиш тўлов-контракт асосида корейс, инглиз ва ўзбек тилларида кундузги таълим шаклида амалга оширилади, битирувчиларга Ўзбекистон Республикасида тан олинадиган белгиланган намунадаги диплом берилади.

Университетда биринчи ўқув йилида 9 та йўналишда, 2021-2022 ўқув йилидан бошлаб 14 та йўналишда мутахассислар тайёрланади.

Ҳужжат ҳақидаги тўлиқ маълумот билан www.lex.uz сайти орқали танишиш мумкин.

Каналга уланиш👇👇👇
@DTM_ORIGINAL

Хабарни албатта бошкаларга юборинг.
Forwarded from МУВАФФАҚИЯТ ВА ЮКСАЛИШ САРИ
abiturient arizasi рус.doc
75 KB
Вниманию абитуриентов!

Заявление ректору написано как ...
Адрес канала 👇
@dtm_original
Forwarded from МУВАФФАҚИЯТ ВА ЮКСАЛИШ САРИ
abiturient arizasi lotin.doc
71.5 KB
Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar diqqatiga!

Rektor nomiga ariza quyidagicha yoziladi...

Kanalga manzili👇
@dtm_original
Forwarded from МУВАФФАҚИЯТ ВА ЮКСАЛИШ САРИ
​Oliy o'quv yurtlariga o'qishga kirgan abiturientlar diqqatiga👨‍🎓

Agar o'qishga GRAND bilan kirgan bo'lsangiz, bilimingizga barchamiz qoyilmiz👏

Aksincha TO'LOV KONTRAKT bilan kirgan bo'lsangiz va KONTRAKni to'lashga mablag'ingiz bo'lmasa😰

Tushkunlikka tushmang☝️

Hududingizdagi o'zingiz uchun qulay bo'lgan XALQ BANKI, SAVDOGAR BANKI yoki AGRA BANK bo'limlarining biriga boring va TA'LIM KREDITI olish uchun bank boshlig'ining nomiga ariza yozing🏃‍♂


ESLATMA:👇
1. Ariza yozish uchun borishdan oldin, kredit olmoqchi bo'lgan bankingizda TA'LIM KREDITI qanday tartibda yo'lga qo'yilganligi haqida internetdan ma'lumotlarni qidirib aniqlashtrib oling

2. Siz borgan bankda TA'LIM KREDITIga qaysi hodim mas'ulligini aniqlashtirib buni yon daftarchangizga yozib oling va aynan o'sha shaxs bilan suxbatlashing

3. Ariza bergan sanangizni va shu masaladagi barcha harakatlaringizning vaqtini, bank hodimlari bilan suxbatlashgan gaplaringizni ism familiyasi bilan birga yozib boring
(Aslida bank xodimining ism sharifi yozilgan beyjigi bo'lishi kerak, lekin afsus rahbarlar qo'l ostidagi xodimlardan buni qattiq talab qilishmaydi🤮)

4. TA'LIM KREDITI to'g'risidagi qaror, farmoyish va nizomlarda ko'rsatilgan muddat bo'yicha huquqingizni talab qiling

5. Bank ma'muriyati tomonidan manba yo'q, bizda unaqa kredit uchun resurs yo'q kabi bahonalarni yozma ravishda berishini bir martaga bo'lsa ham talab qiling

6. Ko'rsatilgan muddatda talabingiz qondirilmasa, bu haqda hududingizdagi O'zbekiston Respublikasi Bosh prokratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentiga yozma ravishda murojaat qiling

7. Jarayonda qizishib ketib, mening haqqim bor deb qo'pol va kesatiqli so'zlardan foydalanishdan tiyiling aksincha og'ir va bosiqlik bilan sizni jiddiy qabul qilishlariga erishing. Imkon boricha tashqi ko'rinishingizni tartibga oling

Vaqtingiz ko'p, undan unumli foydalaning ahli abiturientlar. Kredit olishdan cho'chimang, mas'uliyatni his qiladigan vaqt keldi, ota onangizni o'zlari uchun yashab, sizning tashvishlaringizni unutishlariga imkon bering

☝️"Bazida biz haq-huquqimizni talab qilib, majburiyatlarimizni unitib qo'yamiz"
Moxandas Karamchant Gandi👳‍♂

Ushbu xabarni do'stlaringizga ulashing😊👇

@DTM_ORIGINAL

Erinmasdan o'qing, juda muhim axborot🧐
Forwarded from МУВАФФАҚИЯТ ВА ЮКСАЛИШ САРИ
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Қачондан бошлаб абитуриентлар мажбурий фанлардан (тарих, она-тили ҳамда математика) имтиҳон топширишади?

@dtm_original
Forwarded from Jurabek_Rustamov | Kundaligim (Samduyoshlari_admin)
​​#Bilasizmi

Talaba (arab.— izlovchi, oʻrganuvchi), student (lot. studens — qunt bilan ishlovchi, shugʻullanuvchi) — Oʻzbekistonda oliy oʻquv yurti, AQSH, Buyuk Britaniya va boshqa ayrim mamlakatlarda oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurti oʻquvchisi.
Turkistonda islom dini yoyilgach (VII— VIII a.), boshlangʻich maktabdan soʻng bilim olish bilan mashgʻul boʻlgan har bir kishi talaba hisoblangan. Madrasalar paydo boʻlgan X asrlardan ularda tahsil olayotgan kishilargina talaba deyila boshlagan. Yevropada XI—XIII asrlarda universitetlar tashkil topgandan soʻng , ularda faoliyat koʻrsatadigan har bir odam, yaʼni saboq beruvchi ham, saboq oluvchi ham student deb atalgan. Keyinchalik universitetlarda uqituvchilar uchun magistr, professor va boshqa ilmiy unvonlar joriy etilgach, faqat saboq oladigan kishilargina student deb yuritiladigan bo'lgan.

👨🏻‍🎓 Talaba har bir mamlakatning ijtimoiy jihatdan eng faol, harakatchan, jonkuyar qismi hisoblanadi. Bevosita ilm-fanni o'zlashtirish bilan mashgʻulliklari uchun talabalar jamiyatning intellektual ilgʻor qatlami sanaladi. Shuning uchun ham talabalarning chuqur kasbiy hamda maʼnaviy axloqiy tayyorgarlikka ega boʻlishiga katta eʼtibor qilinadi.

Telegram.me/Samduyoshlari

@Jurabek_Rustamov_Official
Forwarded from Jurabek_Rustamov | Kundaligim (Samduyoshlari_admin)
#jurabek_rustamovdan_hazil

🖼Саҳарда барвақт уйғонган эр, хотинини уйғотиб мен билан бирга югуриш машқига чиқишни хохлайсизми деб сўради.
Хотин: Сиз мени семиз деб гумон қиласизми?
Эр: Йўқ. Югуриш соғлиқ учун фойдали.
Хотин: Бўлмаса мени касал деб гумон қилябсизми?
Эр: Йўқ, йўқ агар туришни хохласангиз туринг бўлмаса ҳаммаси жойида.
Хотин: Ҳаа шундайми.. энди мени дангаса деб ўйлаябсизми?
Эр: Йўқ йўқ, сиз нотўғри тушундингиз, мен буни назарда тутмадим.
Хотин: Аҳаа энди сиз мени саводсиз деб ўйлаябсизми?
Эр: Қаранг, ахир мен буни айтмадим...
Хотин: Мени алдади демоқчимисиз?
Эр: Илтимос сиздан эрталабдан асабийлашманг..
Хотин: Энди мен сизнингча жанжалкаш бўлдимми?
Эр: Бўлди хўп, Сиз ётиб ухланг, мен ўзим ёлғиз чиқиб югуриб келаман.
Хотин: Сиз доим ҳамма ерга бир ўзингиз бориб хордиқ чиқарасиз.
Эр: Илтимос қиламан, мени бошим айланиб кетябди.
Хотин: Кўрдингизми? Сиз шундай худбинсиз. Фақат ўзингиз ҳақингизда ўйлайсиз. Мени соғлиғим ҳақида ўйламайсиз.
Эр ўтириб қаерида хато қилганлиги ҳақида ўйга толди...

☝️Эрталабки югуриш ва бадан тарбия машқларига эринманг!

Telegram.me/Samduyoshlari

@Jurabek_Rustamov_Official
Forwarded from Jurabek_Rustamov | Kundaligim (Samduyoshlari_admin)
#STUDENT_BU

🔹Student bu - o‘z kvartirasida faqat gorox-makaron ichib, qizini qimmat restoran, kafelarda ovqatlantira oladigan"JENTLMEN".

🔹 Student bu - hech bir fandan daftar tutmasa ham 100.000 so‘mlik sumka ko‘taradigan, ichida faqat avtobus uchun 2000 so‘m olib yurish uchun 120.000 so‘mga karman sotib oladigan "KRUTOY".

🔹Student bu - 6 oy umuman dars qilmasdan, bir kecha-kunduzning ichida 6 oylik konspektni yozishga ulguradigan "PROFESSOR".

🔹 Student bu- schetida bir senti bo‘lmasa ham 750$ lik Iphone ko‘tarib yuradigan "BOYVACHCHA".

🔹Student bu- darsda o‘tirib ham naushnikda qo‘shiq eshitib, ham konspekt qilib, ham telefonida netda o‘tiroladigan "SEZAR".

🔹 Student bu- atigi 340.000 so‘m stipendiya olish uchun 10.000.000 so‘m kontrakt to‘lay oladigan "MILLIONER".

🔹Student bu- uydan futbolka-jinsida chiqib, dekanni yoniga oq ko‘ylak-galstukda kiradigan "INTELLIGENT".

🔹 Student bu - butikda 100 $ ga ko‘rgan kiyimini Bozardan 85.000 so‘mga tushirib ololadigan "BIZNESMEN".

🔹Student bu - o‘zi 500 so‘mlik pirashka yeb yurib, qizini tug‘ilgan kuniga 300 dona atirgul sovg‘a qila oladigan "ROMANTIK" !!!

🔘 Ammo tan olish kerak- Studentligim-oltin davrim deyishganini.

Do'stlaringizga ham yuboring

Telegram.me/Samduyoshlari

@Jurabek_Rustamov_Official
Forwarded from МУВАФФАҚИЯТ ВА ЮКСАЛИШ САРИ
Ота-оналар ҳамда мактаб ўқувчилари диққатига!

Дарсликлар тўплами учун ижара тўлови миқдори республика бўйича ягона бўлиб, унинг нархлари 2019/2020 ўқув йили учун қуйидагича белгиланган, дея Адлия вазирлиги ҳабар бермоқда. Унга кўра:

👉 умумтаълим мактабларининг биринчи синф ўқувчилари учун – бепул;

👉 2-синфлари учун 12 та дарсликдан иборат тўпламнинг ижара нархи 23 200 сўмни;

👉 3-синфлар учун 10 та дарсликдан иборат тўпламнинг ижара нархи 25 800 сўмни;

👉 4-синфлар учун 11 та дарсликдан иборат тўпламнинг ижара нархи 18 300 сўмни;

👉 5-синфлар учун 13 та дарсликдан иборат тўпламнинг ижара нархи 13 000 сўмни;

👉 6-синфлар учун 15 та дарсликдан иборат тўпламнинг ижара нархи 15 800 сўмни;

👉 7-синфлар учун 16 та дарсликдан иборат тўпламнинг ижара нархи 20 000 сўмни;

👉 8-синфлар учун 16 та дарсликдан иборат тўпламнинг ижара нархи 40 700 сўмни;

👉 9-синфлар учун 16 та дарсликдан иборат тўпламнинг ижара нархи 38 500 сўмни;

👉 10-синфлар учун 17 та дарсликдан иборат тўпламнинг ижара нархи 27 200 сўмни;

👉 11-синфлар учун 19 та дарсликдан иборат тўпламнинг ижара нархи 34 700 сўмни ташкил қилади.

Каналга уланиш👇

@DTM_ORIGINAL ◼️◼️◼️
Xorijdan o‘qishni ko‘chirish
Forwarded from Xushnudbek.uz
График (ўқишни кўчириш).xlsx
434.8 KB
Ва ниҳоят, хорижий ОТМлардан ўқишни кўчириш ва кўчириб қайта тиклаш учун масофавий онлайн тест синовларни ўтказиш ГРАФИГИ тасдиқланди. Бу ҳақида Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги хабар бермоқда.

Тест топширувчилар ўзлари билан паспорт олиб келишлари сўралади.

Номзодлар графикда кўрсатилган манзилга, белгиланган вақтда келишлари керак.

Тест топширувчилар диққатига!

Ўқиш кўчирилиши сўралган ОТМ номи, таълим йўналиши тўғри киритилганлигини текширинг. Агар хатолик қайд этилган бўлса, +99897-145-01-52 телефон рақамига қўнғироқ қилишингиз сўралади.


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Xushnudbek.uz
Хориждан ўқишни кўчирадиган талабалар учун тест синовлари қаерда бўлади?

Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги хорижий ОТМлардан ўқишни кўчириш ва кўчириб қайта тиклаш учун масофавий онлайн тест синовлари қайси ОТМларда ўтказилишини эълон қилди. Булар қуйидагилар:

Тошкент шаҳри ва Тошкент вилояти бўйича:
- Ўзбекистон давлат жаҳон тиллари университети (ЎзДЖТУ);
- Тошкент давлат иқтисодиёт университети (ТДИУ);
- Тошкент молия институти (ТМИ).

Андижон, Фарғона, Наманган вилоятлари бўйича:
- Наманган давлат университети (НамДУ);
- Наманган муҳандислик технология институти (НамМТИ).

Сирдарё, Самарқанд, Жиззах вилоятлари бўйича:
- Жиззах политехника институти (ЖизПИ).

Қорақалпоғистон Республикаси бўйича:
- Қорақалпоқ давлат университети (ҚҚДУ).

Қашқадарё вилояти бўйича:
- Қарши давлат университети (ҚарДУ).

Сурхондарё вилояти бўйича:
- Термиз давлат университети (ТерДУ).

Бухоро, Навоий вилоятлари бўйича:
- Навоий давлат кончилик институти (НавДКИ).

Хоразм вилояти бўйича:
- Урганч давлат университети (УрДУ).

⚠️ Диққат: Тест топширувчилардан тест синовларини ўтказиш графигига қатъий амал қилган ҳолда белгиланган муддатда белгиланган жойга паспорт (асл нусхаси) билан келишлари талаб этилади.


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Xushnudbek.uz
Ушбу графикни хориждан ўқишини кўчирмоқчи бўлган танишларингизга юборинг. Чунки айримлар эртага соат 7:30 да тестга кириши керак экан. Хабарсиз қолиб, тестдан қолиб кетишмасин.

Афсуски мутасаддилар бунақа маълумотларни тестга ярим кун қолганда эмас, анча олдин эълон қилиш кераклигини тушунишмайди. Ёки тушунса ҳам амал қилишмайди. Э, хулласда...