Oxford international school|library
108 subscribers
129 photos
26 videos
74 links
📚 Oxford international school library
📖 Kitoblar va adabiy tavsiyalar
📝 Ta'limiy va metodik materiallar
💡 Kitobxonlik va mutolaa madaniyati
📢 Kutubxona yangiliklari va tadbirlar
Download Telegram
#Kun_kishisi

📚 17-SENTABR — ABDULLA QAHHOR TAVALLUD TOPGAN KUN
🇺🇿
Bugun o‘zbek adabiyotining atoqli namoyandasi, mashhur yozuvchi Abdulla Qahhor tavallud topgan kun.
Uning hayotiy va mazmunli asarlari kitobxonlar qalbidan chuqur joy olgan. 📖✨
🇷🇺
Сегодня день рождения выдающегося узбекского писателя Абдуллы Каххара.
Его произведения отличаются жизненностью, глубоким смыслом и яркими образами. 📚✨
🇬🇧
Today marks the birthday of the renowned Uzbek writer Abdulla Qahhor.
His works are known for their realism, meaningful ideas and memorable characters. 📖✨

📚 Oxford International School kutubxonasi

https://t.me/OISLibrary
#MUTOLAA_UCHUN

📖 ABDULLA QAHHOR — “O‘G‘RI”
🇺🇿
Abdulla Qahhorning “O‘g‘ri” hikoyasi oddiy hayotiy voqea orqali jamiyatdagi muhim muammolarni ochib beradi. Asar kitobxonni adolat, halollik va insoniylik haqida chuqurroq o‘ylashga undaydi.
📚 Yaxshi kitob — insonni fikrlashga chorlaydi, qalbiga ta’sir qiladi.
🇷🇺
Рассказ Абдуллы Каххара «Вор» через простую жизненную историю раскрывает важные социальные проблемы. Произведение заставляет задуматься о справедливости, честности и человечности.
📚 Хорошая книга учит думать и чувствовать.
🇬🇧
Abdulla Qahhor’s story “The Thief” explores important social issues through a simple life story. It encourages readers to reflect on justice, honesty and humanity.
📚 A good book inspires us to think and feel.

📚 Oxford International School kutubxonasi

https://t.me/OISLibrary
#DAVRA_SUHBATI

📚 Adabiyot — qalb tarbiyasi

📖 11-sinf o‘quvchilari ishtirokida atoqli o‘zbek yozuvchisi, mohir hikoyanavis Abdulla Qahhor tavalludiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
Suhbat davomida adibning hayoti va ijod yo‘li, o‘zbek adabiyotidagi o‘rni hamda uning betakror asarlari haqida fikr almashildi. O‘quvchilar yozuvchining ijodidan namunalar o‘qib, asarlarining mazmun-mohiyati yuzasidan o‘z mulohazalarini bildirdilar.
🌿 Kitobxonlik — tafakkur, ma’rifat va ma’naviyat sari yo‘l!

📚 Oxford International School maktabi kutubxonasi.

https://t.me/OISLibrary
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Buktrailer

🎬 Buktrailer
👤 Abdulla Qahhor
📖 "Bemor" hikoyasi
🗣 Pirmatova Yulduz
⏰  Davomiyligi: 3:33 daqiqa
🎬  Hajmi: 30,4 mb

https://t.me/OISLibrary
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎧 Audio kitob | Abdulla Qahhor — “O‘g‘ri”

📖 Adibning mashhur hikoyalaridan biri — “O‘g‘ri” asari
🎙️ Marhamat, tinglang va asar mazmuni haqida bilib oling.

📚 Kitobni tinglash ham — mutolaaning bir ko‘rinishi.

https://t.me/OISLibrary
#MUTOLAA_UCHUN
#Hafta_kitobi

📚 Oybek — «Quyosh qoraymas»

Oybekning «Quyosh qoraymas» romani Ikkinchi jahon urushi yillaridagi o‘zbek jangchilarining jasorati, matonati va vatanparvarligini tasvirlaydi. Asarda front hayoti, og‘ir janglar, insoniy kechinmalar, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va tinchlikning qadr-qimmati yoritilgan. Asarning bosh qahramoni Bektemir timsolida urush sinovlarida chiniqqan, jasorat va matonat ko‘rsatgan o‘zbek askarining obrazi gavdalanadi.

📖 «Quyosh qoraymas» — urush dahshatlarini unutmaslik, tinchlikning qadriga yetish va inson jasoratini anglashga chorlovchi asar.

https://t.me/OISLibrary
👍3
#MUALLIF_HAQIDA

Oybek (1905–1968) — o‘zbek adabiyotining atoqli namoyandasi, shoir, yozuvchi, tarjimon va olim. Uning ijodida Vatanga muhabbat, insoniylik, mehnat va ma’naviy qadriyatlar alohida o‘rin tutadi.
Adibning “Qutlug‘ qon”, “Navoiy”, “Quyosh qoraymas” kabi asarlari o‘zbek adabiyotining qimmatli durdonalaridan hisoblanadi.
📖 Oybek ijodi — milliy adabiyotimiz tarixida o‘chmas iz qoldirgan bebaho ma’naviy merosdir.

https://t.me/OISLibrary
📚 FAOL KITOBXONLAR

Kitobni sevgan, muntazam mutolaa qiladigan va o‘qigan asarlaridan o‘ziga kerakli xulosa chiqaradigan yoshlar — haqiqiy faol kitobxonlardir.

🌱 Har bir o‘qilgan kitob inson
dunyoqarashini kengaytiradi, bilimini boyitadi va qalbida ezgu fazilatlarni shakllantiradi.
Bugungi kitobxon — ertangi bilimdon va ma’rifatli avlod! 📖✨

📚📚📚📚📚📚📚

https://t.me/OISLibrary
❤3
📚 #MUALLIF_HAQIDA

🎭 Uilyam Shekspir — «Otello»
«Otello» — buyuk ingliz dramaturgi Uilyam Shekspirning mashhur tragediyalaridan biri. Asarda sevgi, ishonch, rashk, xiyonat va inson ruhiyatidagi ziddiyatlar tasvirlangan.
Asarning bosh qahramoni — Venetsiya qo‘shinining mo‘r generali Otello. U Desdemona bilan turmush quradi. Biroq yovuz niyatli Yago yolg‘on va makr orqali Otelloning qalbiga shubha va rashk urug‘ini sochadi. Natijada voqealar fojeali yakun topadi.
📖 Asarning asosiy g‘oyasi: ishonchsizlik va asossiz shubha inson hayotida qanday og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatish.

✨ «Otello» — sevgi va ishonchning qadrini anglashga undaydigan chuqur mazmunli asar.

https://t.me/OISLibrary
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Booktrailer

🎬 Booktrailer
👤 Uilyam Shekspir
📖 "Otello" asari
⏰  Davomiyligi: 2:38 daqiqa
🎬  Hajmi: 39,6 mb
🗣 Pirmatova Yulduz.

https://t.me/OISLibrary
✨ #MILLIY_LIBOS— millat ko‘zgusi

🌿 Milliyligimiz — faxrimiz
❤️ An’analarimiz liboslarda aks etadi

🌿 Milliy libos — millatning o‘zligi va qadriyatlari aksidir.
Atlas va adrasning nafis jilosi, milliy naqshlarning betakrorligi hamda qadimiy an’analarimiz mujassam bo‘lgan milliy liboslar xalqimizning boy madaniy merosini namoyon etadi. 🇺🇿
Milliy libos — tariximiz, didimiz va g‘ururimiz timsoli!

https://t.me/OISLibrary
❤4