Oxford international school|library
110 subscribers
138 photos
27 videos
80 links
📚 Oxford international school library
📖 Kitoblar va adabiy tavsiyalar
📝 Ta'limiy va metodik materiallar
💡 Kitobxonlik va mutolaa madaniyati
📢 Kutubxona yangiliklari va tadbirlar
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#VIDEOROLIK
📚 Til — millat ko‘zgusi, ma’naviyatimiz timsoli!

Ona tilimiz — qalbimizning ovozi, milliy qadriyatlarimiz va bebaho merosimizdir. Tilimizni sevish, asrash va uning boy imkoniyatlarini kelajak avlodga yetkazish har birimizning burchimizdir. 🇺🇿
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun muborak bo‘lsin! 🌷

https://t.me/OISLibrary
🥰3
🇺🇿 ONA TILIM-JONU DILIM!

📚 21-oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!
Bugun maktabimizda ona tilimizga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida o‘quvchilarimiz ona tilimizning go‘zalligi, boyligi va beqiyos jozibasini namoyon etib, she’rlar va samimiy chiqishlari bilan barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdilar.
✨ Tadbirda o‘zbek tilining ravnaqi, millatimiz ma’naviyati va ma’rifati yo‘lida fidokorona xizmat qilgan jadid bobolarimizning bebaho merosi ham yodga olindi. Ma’rifatparvar ajdodlarimiz xalqni ilm-ma’rifatga chorlash, milliy o‘zlikni anglash va ona tilimizni asrab-avaylash yo‘lida ulkan jasorat ko‘rsatganlar. Ularning ezgu g‘oyalari bugun ham biz uchun ma’naviy mayoq bo‘lib xizmat qilmoqda.
Ona tilimiz doimo barhayot bo‘lsin, uning nufuzi va qadri yanada yuksalsin!

Oxford International School kutubxonasi

https://t.me/OISLibrary
👍5
#MITTI_HIKOYA

🌿Yaxshi xulq — inson ziynati
Bir kuni ustoz shogirdlariga bir hovuch urug‘ tarqatib:
— Kim eng go‘zal gulni undirsa, eng dono sovg‘aga ega bo‘ladi, — dedi.

Oradan vaqt o‘tib, bolalar ochilgan gullarni olib kelishdi. Ammo bir bola bo‘sh tuvak ko‘tarib keldi.

— Nega sening guling unmadi? — deb so‘radi ustoz.

Bola boshini egib:
— Urug‘ni qancha parvarish qilsam ham, hech narsa unib chiqmadi, — dedi.

Shunda ustoz jilmayib, uni yoniga chaqirdi:
— Azizlarim, sizlarga qaynatilgan urug‘ bergan edim. Undan gul unishi mumkin emasdi. Bu bola esa halolligini saqlab qoldi. Chiroyli gul ko‘zni quvontiradi, ammo yaxshi xulq insonning qalbini bezaydi.

Shu kundan boshlab bolalar bir haqiqatni angladilar: odob — shunchaki chiroyli so‘z emas, balki halollik, kamtarlik va boshqalarga mehr bilan munosabatda bo‘lishdir.

https://t.me/OISLibrary
🔥3
📚 #KITOB_SHIFOXONASI

KITOBLARGA ikkinchi HAYOT! 🌿
📖 Oxford International School kutubxonasida 5–6-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Kitob shifoxonasi” loyihasi tashkil etildi.
Loyiha davomida o‘quvchilar yirtilgan, varaqlari shikastlangan kitoblarni ta’mirlash, ularga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish va kitoblarni asrab-avaylashni o‘rgandilar. 🩹📚
Zero, kitobni ta’mirlash — shunchaki varaqlarni tiklash emas, balki ilmga, ma’rifatga va bebaho ma’naviy merosimizga bo‘lgan mehrni namoyon etishdir. ❤️
✨ Har bir kitob yashashga, har bir sahifa o‘qilishga loyiq! 🌸

https://t.me/OISLibrary
🔥3
#KUN_KISHISI

23-oktabr—Mashhur italyan yozuvchisi Janni Rodari tavallud topgan kun.

Janni Rodari 1920-yil 23- oktabrda Omenya shahrida tavallud topgan italyan yozuvchisi. Mashhur italyan bolalar yozuvchisi Janni Rodari (1920-1980) ijodi, mana, yarim asrdirki, jahon bolalariga quvonch ulashib kelmoqda. Ularni hayotni sevishga, ardoqlashga da'vat etmoqda, halol, komil inson bo’lib yetishish yo’lida tarbiyachi vazifasini o’tamoqda. Ilk “Quvnoq she'rlar kitobi” to’plami  1951-yilda bolalar hayotiga bag’ishlab yozilgan. Yengil vaznli hajviy o’ynoqi she'rlari, nasriy asarlari folklor an'analari ruhida. “Chipollinoning boshidan kechirganlari” (1951) ertak-qissasi ayniqsa mashhur.

https://t.me/OISLibrary
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎬 #Booktrailer

👤 Jek London
📖 “Muhabbat va matonat” asari
⏰ Davomiyligi: 02:04 daqiqa
🎞 Format:  MP4

https://t.me/OISLibrary
👏4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#VIDEOROLIK

📚 “Asar nomini yig‘!” intellektual o‘yini
📖 Oxford International School kutubxonasida Sirli kutubxona loyihasi asosida, 5–6-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Asar nomini yig‘!” deb nomlangan qiziqarli va bilimga chorlovchi o‘yin tashkil etildi.
🎯 O‘yin davomida o‘quvchilar o‘z bilimlari, topqirliklari va zukkoliklarini namoyon etdilar. G‘oliblar esa kichik sovg‘alar bilan taqdirlandilar! 🎁

✨ Zero, kitobxonlik — bilim sari yo‘l, har bir kitob esa yangi bir olam! 📚🌟

https://t.me/OISLibrary
👍6
#HAFTANING_KITOBI

Rey Bredberi—«451° Farengeyt
Tasavvur qiling, shunday bir dunyo borki, unda kitob o‘qish taqiqlangan, kitoblar esa yoqib yuboriladi. Odamlar chuqur fikrlashdan ko‘ra, ko‘ngilochar tomoshalar bilan ovunishni afzal ko‘rishadi.
Amerikalik yozuvchi Rey Bredberining «451° Farengeyt» romani ana shunday kelajak jamiyati haqida hikoya qiladi. Asar qahramoni Gay Montag — kitoblarni yoqish bilan shug‘ullanuvchi o‘t o‘chiruvchi. Ammo kutilmagan uchrashuvlar va voqealar uning dunyoqarashini o‘zgartiradi. U kitoblarning asl qadrini anglay boshlaydi va o‘zi yashayotgan jamiyat haqida shubhalana boshlaydi.
Nega bu kitobni o‘qish kerak?
Erkin fikrlash va bilimning qadrini anglash uchun.
Kitoblar inson hayotida qanday o‘rin tutishini tushunish uchun.
Jamiyat, inson tafakkuri va kelajak haqida chuqur mulohaza yuritish uchun.
Sizga savol: Agar ertaga kitob o‘qish taqiqlansa, siz eng avvalo qaysi kitobni saqlab qolgan bo‘lardingiz?

https://t.me/OISLibrary
🔥4
#Mitti_hikoya
🌿 Saxovat va boylik
Bir boy savdogar yo‘lda ketayotib, qari cholning ko‘cha chetida o‘tirib yig‘layotganini ko‘ribdi. Savdogar to‘xtab, so‘rabdi:

— Otaxon, nega yig‘layapsiz? Sizga qanday yordam bera olaman?
Chol ko‘z yoshlarini artib, javob beribdi:

— Hamyonim tushib qoldi. Ichida bir hovuch oltinim bor edi. Endi bu qarilikda qanday kun ko‘raman?..
Savdogar darhol hamyonini ochib, cholga o‘nta tillo tanga uzatibdi va:

— Yig‘lamang, otaxon, bularni oling, — debdi.
Chol tangalarni olib, chuqur xo‘rsinibdi:

— Afsus, oltinlarim bundan ham ko‘p edi.
Savdogar achchiq jilmayibdi-da, shunday debdi:

— Mayli, qolgan oltinlaringizni o‘zingiz topsangiz toparsiz. Lekin unutmang: boylik yo‘qolsa topiladi, ammo insonning qalbida shukr va qanoat yo‘qolsa, uni hech qanday oltin bilan qaytarib bo‘lmaydi!

https://t.me/OISLibrary
👍4
📚#Kutubxonadagi_kitobxonlar
KITOB BILAN 30 DAQIQA
Kutubxona — bilimga intilgan, kitobni sevgan va yangi olamlarni kashf etishga oshiq qalblar maskani. Har bir kitobxonning qo‘lida yangi bilim, qalbida esa ezgu orzular yashaydi. ✨
Kitob bilan do‘st bo‘lgan inson hech qachon yolg‘iz qolmaydi! 💚

https://t.me/OISLibrary
🔥4
#MUALLIF_HAQIDA

Ray Bradbury — mashhur amerikalik yozuvchi, fantastika ustasi va hikoyanavis. U o‘z asarlarida insoniyat kelajagi, texnologiyalar, jamiyat, kitob va inson tafakkurining ahamiyati haqida yozgan.

Rey Bredberi kutubxonalarni bilim manbai deb bilgan. U o‘zining mustaqil ta’lim olishida kutubxonalarning o‘rni katta ekanini ta’kidlagan.
Uning hayoti va ijodi yosh kitobxonlarga bir haqiqatni eslatadi: insonning bilimga bo‘lgan intilishi va kitobga muhabbati uning dunyoqarashini o‘zgartirishi mumkin.

https://t.me/OISLibrary
👍4