Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ILHOM_QANOTIDAGI_YOSHLAR
📚✨ Yosh ijodkorlar — qalbdagi tuyg‘ular ifodasi!
Oxford International School’ning 11-B sinf o‘quvchilari o‘zlari qalamga olgan she’rlarini ifodali tarzda o‘qib, qalblaridagi his-tuyg‘ular, orzu-umidlar va hayotga bo‘lgan qarashlarini she’riy satrlarda namoyon etdilar. Har bir misrada o‘ziga xos ma’no, har bir satrda esa yosh qalblarning samimiy kechinmalari mujassam. 🌸
Zero, she’riyat — qalbning ovozi, ijod esa inson ruhiyatining eng go‘zal ifodasidir! ❤️
https://t.me/OISLibrary

💘4👍3👏1
📚 “Kitob bilan 30 daqiqa”
Kitob — tafakkur chirog‘i, bilim va ma’naviyat manbai!
✨ “Kitob bilan 30 daqiqa” loyihasi doirasida o‘quvchilarimiz mutolaa olamiga sayohat qilib, kitoblar orqali yangi bilimlar va go‘zal taassurotlar kashf etmoqdalar. Zero, har kuni kitobga ajratilgan 30 daqiqa — yorqin kelajak sari tashlangan muhim qadamdir! 💫
📖 Siz ham kitobxonlar safimizga qo‘shiling!
Oxford International School kutubxonasi ❤️

📚 Til — millat ko‘zgusi, ma’naviyatimiz gavhari!
🇺🇿
Til bayrami munosabati bilan o‘zbek tilining go‘zalligi, jozibasi va beqiyos qadrini tarannum etuvchi she’rlar qalblarga iftixor va mehr bag‘ishlaydi. Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz, bebaho boyligimiz va faxrimizdir! ❤️🌿

❤3
🤫 «KUTUBXONADAGI SIR»
loyihasi
#SIRLI_REKLAMA 🤫
🔍 SIZ BUNI HALI BILMAYSIZ…
Oxford International School kutubxonasida sizni bir sir kutmoqda! 🤫📚
Bu sirni faqat eng qiziquvchan kitobxonlar kashf etishi mumkin…
Bu yerda yangi olamlar, hayratlanarli sarguzashtlar va kutilmagan kashfiyotlar yashiringan. ✨
🤔 Sizningcha, bu qanday sir?
Tez orada bilib olasiz! Bizni kuzatishda davom eting! 👀
📍 Oxford International School kutubxonasi

❤2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤫 #DIQQAT!
5–8-SINF O‘QUVCHILARI UCHUN MAXSUS XABAR!
Siz kutubxonamizda hamma ham bilavermaydigan bir sir borligini bilarmidingiz? 👀📚
Bu yerda sizni:
🔎 Sirli jumboqlar;
🧩 Aqlni charxlaydigan topshiriqlar;
📖 Qiziqarli kitoblar;
🏆 O‘z bilimingizni namoyish etish imkoniyati kutmoqda!
Ammo bitta shart bor: siz qiziquvchan va izlanishga tayyor bo‘lishingiz kerak!
🗝️ Sirni ochishga tayyormisiz?
📍 Manzil: Oxford International School kutubxonasi.
Davomi tez orada… 🤫

📚 “Yashirin kitobni top!”
— Kitobxonlik sarguzashti
Kutubxonamizda bugun bilim, qiziqish va hayajonga boy o‘zgacha sarguzasht bo‘lib o‘tdi! 🔍📖 Yashirilgan kitoblarni izlab topish jarayonida o‘quvchilar o‘zlarining topqirligi, ziyrakligi va kitobga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etdilar.
Har bir topilgan kitob — yangi bilim sari tashlangan qadam, har bir mutolaa esa yangi olamga ochilgan eshikdir. ✨
Zero, kitob izlagan bilim topadi, mutolaa qilgan esa kamolotga yetadi! ❤️📚
Oxford International School kutubxonasi — bilimlar kashf etiladigan, kitoblar orqali orzular qanot yozadigan maskan! 🌟

#Haftaning_kitobi
“Yulduzlar ostidagi orzu” ✨
Har bir insonning qalbida bir orzu yashaydi. Kitoblar esa bizga orzular sari intilish, hayotning qadriga yetish va har qanday vaziyatda umidni yo‘qotmaslikni o‘rgatadi. 💙
📖 Kitob mutolaasi — qalbga nur, hayotga mazmun bag‘ishlaydi!
✨ Книга недели — «Мечта под звёздами» ✨
В сердце каждого человека живёт мечта. Книги учат нас верить в себя, ценить жизнь и не терять надежду даже в самые трудные моменты. 💙
📖 Чтение наполняет душу светом, а жизнь — смыслом!
✨ Book of the Week — “A Dream Beneath the Stars” ✨
Everyone has a dream in their heart. Books inspire us to believe in ourselves, appreciate life, and never lose hope, even in difficult times. 💙
📖 Reading brings light to the soul and meaning to life!
📍 Oxford International School Library
🌿 Kitob o‘qing — orzularingizga qanot bering!
Читайте книги — дарите крылья своим мечтам!
Read books and let your dreams fly!

📚 KUTUBXONADA — O‘QITUVCHILAR BURCHAGI
✨ Aziz ustozlar, kutubxonamiz sizni kutmoqda!
Kutubxona — nafaqat o‘quvchilar, balki ustozlar uchun ham bilim, ilhom va yangi g‘oyalar maskanidir. 📖
Aziz ustozlar! Sizni kutubxonamizga tashrif buyurishga, yangi kitoblar bilan tanishishga, mutolaa orqali bilimlaringizni boyitishga va kitoblar olamidan ilhom olishga chorlaymiz.
Zero, kitob o‘qigan ustoz — bilimga oshno avlodni tarbiyalaydi! 🌿
📚 Keling, birgalikda mutolaa qilaylik, bilimimizni oshiraylik va kitobga bo‘lgan mehrimizni yanada kuchaytiraylik!
Oxford International School kutubxonasi — ustozlarimiz uchun hamisha ochiq! 💚

👍3
#MITTI_HIKOYA
🕯Bir xonada to‘rtta sham yonib turar edi. Zamon o‘tib, odamlar o‘zgarib, xonadagi birinchi “Iymon” deb nomlanuvchi sham o‘chibdi.
‼️“Iymon” o‘chgan joyda men ham uzoq yona olmayman, deb “Yaxshilik” deya nomlangan ikkinchi sham ham o‘chibdi.
‼️Iymon va Yaxshilik o‘chgan xonani men ham yorita olmayman, deb “Mehr-muhabbat” shami ham o‘chibdi.
☝️Ushbu xonaga bir kishi kirib: – Eh, naqadar qorong‘i bu xonada na Iymon, na Yaxshilik, na Mehr-muhabbat bor, – deb ortga qaytayotsa to‘rtinchi sham: – To‘xtang, – dedi.
➡️Sen qanday shamsan? Nega haliyam yonib turibsan? – deb so‘radi haligi kishi.
↪️Men o‘chsam, bu xona qop-qorong‘i bo‘lib qoladi, Men yonib turgan ekanman qolgan uchta sham ham yonishi mumkin. Chunki men “Umid” shamiman, – dedi.
Hech qachon umid shamingiz o‘chmasin.

#Booktrailer
🎬 Booktrailer
👤 A.Tolstoy
📖 "Oltin kalit yoki Buratinoning sarguzashtlari" asaridan
⏰ Davomiyligi: 2:39 daqiqa
🎬 Hajmi: 25, 6 mb

📚 KITOBGA IKKINCHI HAYOT BERAMIZ!
Har oyda bir marta ŏtkaziladigan "Kitob shifoxonasi" loyihasi asosida: tashabbuskorlarni kutubxonaga taklif etamiz!!!
Kitob — bilim manbai, ma’naviyat ko‘zgusi. Uni o‘qish qanchalik muhim bo‘lsa, asrab-avaylash ham shunchalik muhimdir.
Kutubxonamizda yirtilgan va ta’mirtalab badiiy adabiyotlarni tiklash, ularga ikkinchi hayot bag‘ishlashga qaratilgan «Kitob shifoxonasi» jarayonini tashkil etamiz.
Ushbu tashabbus orqali o‘quvchilarda kitobga mehr, kutubxona mulkiga mas’uliyat va mutolaa madaniyatini shakllantirishni maqsad qilganmiz.
Kitobni asraylik — u kelajak avlodga ham xizmat qilsin! ❤️📖
Oxford International School kutubxonasi

loyihasi davom etmoqda!
Kitob mutolaasi — tafakkurimizni boyitadigan, dunyoqarashimizni kengaytiradigan va qalbimizga ma’naviy ozuqa beradigan eng go‘zal mashg‘ulotlardan biridir.
📖 “Kitob bilan 30 daqiqa” loyihasi doirasida o‘quvchilarimiz vaqtlarini mazmunli o‘tkazib, sevimli kitoblarini mutolaa qilmoqdalar. Zero, kitobga ajratilgan har bir daqiqa — bilim sari tashlangan muhim qadamdir!
✨ Unutmang: bugun kitob o‘qigan inson ertaga o‘z kelajagini yanada yorqinroq quradi!
#KitobBilan30Daqiqa #MutolaaVaqti #KitobsevarYoshlar #OxfordInternationalSchool📚

Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!
Milliy qadriyatlarimiz va davlatchilik timsoli bo‘lgan ona tilimiz har doim dunyo minbarlarida jaranglab tursin! O‘z sofligi va jozibasini hech qachon yo‘qotmasin.
21-oktabr — O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun.
Tilimizni asraylik!
https://t.me/OISLibrary
Milliy qadriyatlarimiz va davlatchilik timsoli bo‘lgan ona tilimiz har doim dunyo minbarlarida jaranglab tursin! O‘z sofligi va jozibasini hech qachon yo‘qotmasin.
21-oktabr — O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun.
Tilimizni asraylik!
https://t.me/OISLibrary
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ona tilim õlmaydi
O‘zbekistonning “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonuni bundan 37 yil oldin, 1989 yil 21 oktyabrda – Mustaqilligimiz e’lon qilinishidan taxminan ikki yil ilgari qabul qilingan. Yurtimizda mustabid tuzum hali o‘z hukmini o‘tkazib turgan g‘oyat og‘ir sharoitda xalqimizning taqdiri va kelajagini hal qiladigan bu qonunni qabul qilish oson kechmagan.
Haqiqatan ham, o‘sha davrda o‘zbek tili davlat tili sifatida xalqimizni birlashtiradigan, jamiyatimizni ulug‘ maqsadlar sari safarbar etadigan qudratli kuch bo‘lib maydonga chiqdi. Ayni vaqtda u O‘zbekistonning davlat mustaqilligi sari qo‘yilgan birinchi dadil qadam edi.

#VIDEOROLIK
📚 Til — millat ko‘zgusi, ma’naviyatimiz timsoli!
Ona tilimiz — qalbimizning ovozi, milliy qadriyatlarimiz va bebaho merosimizdir. Tilimizni sevish, asrash va uning boy imkoniyatlarini kelajak avlodga yetkazish har birimizning burchimizdir. 🇺🇿
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun muborak bo‘lsin! 🌷

🥰3
🇺🇿 ONA TILIM-JONU DILIM!
📚 21-oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!
Bugun maktabimizda ona tilimizga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida o‘quvchilarimiz ona tilimizning go‘zalligi, boyligi va beqiyos jozibasini namoyon etib, she’rlar va samimiy chiqishlari bilan barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdilar.
✨ Tadbirda o‘zbek tilining ravnaqi, millatimiz ma’naviyati va ma’rifati yo‘lida fidokorona xizmat qilgan jadid bobolarimizning bebaho merosi ham yodga olindi. Ma’rifatparvar ajdodlarimiz xalqni ilm-ma’rifatga chorlash, milliy o‘zlikni anglash va ona tilimizni asrab-avaylash yo‘lida ulkan jasorat ko‘rsatganlar. Ularning ezgu g‘oyalari bugun ham biz uchun ma’naviy mayoq bo‘lib xizmat qilmoqda.
Ona tilimiz doimo barhayot bo‘lsin, uning nufuzi va qadri yanada yuksalsin!

👍5