Oxford international school|library
110 subscribers
138 photos
27 videos
80 links
📚 Oxford international school library
📖 Kitoblar va adabiy tavsiyalar
📝 Ta'limiy va metodik materiallar
💡 Kitobxonlik va mutolaa madaniyati
📢 Kutubxona yangiliklari va tadbirlar
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bittagina kitob oling
👍5❤1
Forwarded from Махматкулов Бахром
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📚 “Milliy kitobxonlik harakati” — mutolaa, bilim va 50 ming dollar mukofot!

➖ Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan ushbu dastur o‘quvchilarni kitob mutolaasiga chorlaydi. Ishtirokchilar belgilangan kitoblarni o‘qib, sharh yozadi, testlardan o‘tadi va bosqichma-bosqich o‘z bilimini namoyon etadi.

🎯 Dastur quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
➖ Uch toifada ishtirok — 1–5-sinflar uchun 20 ta, 6–8 va 9–11-sinflar uchun 50 tadan kitob belgilangan. Ishtirokchilar sharh yozib, testlardan o‘tadi.
➖ G‘oliblarga mukofot — 6–8 va 9–11-sinf toifalarining respublika bosqichida 1-o‘rin uchun 50 ming, 2-o‘rin uchun 30 ming, 3-o‘rin uchun 15 ming AQSh dollari beriladi.
➖ Alohida e’tirof — ustozlar, maktablar va oilalar uchun ham mukofotlar bor. Beshta nominatsiyaning har biri bo‘yicha 10 ming AQSh dollaridan beriladi.

😊 Dastur doirasida o‘qish uchun belgilangan barcha kitoblar “Mutolaa” platformasida mavjud.

📱Ilovani yuklab olish uchun havola:
• Play Market / App Store

Ishtirok etish tartibi va tanlov bosqichlari haqida batafsil — videoda. Siz ham mutolaani bugundan boshlang!

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#MUTOLAA_UCHUN

📚 “Bolalar ensiklopediyasi” — bolajonlar uchun bilimlar olamiga ochilgan ajoyib eshik!
🌍🔍 Ushbu kitob orqali bolalar tabiat, hayvonot dunyosi, koinot, texnika va inson tanasi haqidagi qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lib, dunyoqarashlarini kengaytiradilar. Har bir sahifa — yangi bilim, har bir ma’lumot — yangi kashfiyot! ✨📖

https://t.me/OISLibrary
👍3
Forwarded from Audio kitoblar
Ishgʻol qilingan uy (Xulio Kortasar)
t.me/audiokitoblar_uz
#Audiohikoya
​▶️ Nomi: "Ishgʻol qilingan uy"
✍️ Muallif: Xulio Kortasar
💖 Qismlar soni: 1 ta
⛓ Janr: Hikoya
📍 Hajmi: 12 MB
💖 Vaqti: 13 daqiqa

Xulio Kortasarning “Ishgʻol qilingan uy” hikoyasi koʻplab tadqiqotchilarning e’tiboriga tushgan. Bir toifa tadqiqotchilar hikoyadagi sirli kuchni inson yolgʻizligi, yolgʻizlik avval uyni, keyin aka-singilning qalbini zabt etgan deb tahlil qilsa, boshqa adabiyotshunoslar noma’lum kuchlarni o’sha davrda Argentinani zoʻrlik bilan ushlab turgan va mamlakatga qoʻrquv, vahima solayotgan xuntaning timsoli, uyni esa Argentina deb talqin qilishadi…


😎@audiokitoblar_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
📚 “Kitob bilan 30 daqiqa”

Kitob bilan o‘tkazilgan har bir daqiqa — bilim sari tashlangan qadamdir. ✨ “Kitob bilan 30 daqiqa” loyihasi orqali o‘quvchilarimiz mutolaa zavqini his etib, dunyoqarashlarini kengaytirmoqdalar. Zero, kitob — tafakkur chirog‘i, bilim va ma’naviyat manbai!
📖 Siz ham bizga qo‘shiling! Har kuni 30 daqiqa kitob bilan, har kuni bir qadam yuksalish sari! 💚

https://t.me/OISLibrary
❤‍🔥5
#MUTOLAA_UCHUN

📚 “Sariq devni minib” — Xudoyberdi To‘xtaboyev
Ushbu asar Hoshimjonning qiziqarli sarguzashtlari orqali o‘quvchini yaxshilikka, halollikka va bilim olishga undaydi. Asar hazil-mutoyiba va hayotiy saboqlarga boy bo‘lib, har bir kitobxonni chuqur o‘ylashga chorlaydi. Bu kitob nafaqat zavq bag‘ishlaydi, balki insonni to‘g‘ri yo‘l tanlashga ham o‘rgatadi. 📖✨

https://t.me/OISLibrary
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ILHOM_QANOTIDAGI_YOSHLAR

📚✨ Yosh ijodkorlar — qalbdagi tuyg‘ular ifodasi!

Oxford International School’ning 11-B sinf o‘quvchilari o‘zlari qalamga olgan she’rlarini ifodali tarzda o‘qib, qalblaridagi his-tuyg‘ular, orzu-umidlar va hayotga bo‘lgan qarashlarini she’riy satrlarda namoyon etdilar. Har bir misrada o‘ziga xos ma’no, har bir satrda esa yosh qalblarning samimiy kechinmalari mujassam. 🌸
Zero, she’riyat — qalbning ovozi, ijod esa inson ruhiyatining eng go‘zal ifodasidir! ❤️

https://t.me/OISLibrary
💘4👍3👏1
📚 “Kitob bilan 30 daqiqa”

Kitob — tafakkur chirog‘i, bilim va ma’naviyat manbai!
✨ “Kitob bilan 30 daqiqa” loyihasi doirasida o‘quvchilarimiz mutolaa olamiga sayohat qilib, kitoblar orqali yangi bilimlar va go‘zal taassurotlar kashf etmoqdalar. Zero, har kuni kitobga ajratilgan 30 daqiqa — yorqin kelajak sari tashlangan muhim qadamdir! 💫
📖 Siz ham kitobxonlar safimizga qo‘shiling!
Oxford International School kutubxonasi ❤️

https://t.me/OISLibrary
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📚 Til — millat ko‘zgusi, ma’naviyatimiz gavhari!
🇺🇿
Til bayrami munosabati bilan o‘zbek tilining go‘zalligi, jozibasi va beqiyos qadrini tarannum etuvchi she’rlar qalblarga iftixor va mehr bag‘ishlaydi. Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz, bebaho boyligimiz va faxrimizdir! ❤️🌿

https://t.me/OISLibrary
❤3
🤫 «KUTUBXONADAGI SIR»
loyihasi
#SIRLI_REKLAMA 🤫

🔍 SIZ BUNI HALI BILMAYSIZ…
Oxford International School kutubxonasida sizni bir sir kutmoqda! 🤫📚
Bu sirni faqat eng qiziquvchan kitobxonlar kashf etishi mumkin…
Bu yerda yangi olamlar, hayratlanarli sarguzashtlar va kutilmagan kashfiyotlar yashiringan. ✨
🤔 Sizningcha, bu qanday sir?
Tez orada bilib olasiz! Bizni kuzatishda davom eting! 👀

📍 Oxford International School kutubxonasi

https://t.me/OISLibrary
❤2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤫 #DIQQAT!

5–8-SINF O‘QUVCHILARI UCHUN MAXSUS XABAR!

Siz kutubxonamizda hamma ham bilavermaydigan bir sir borligini bilarmidingiz? 👀📚
Bu yerda sizni:
🔎 Sirli jumboqlar;
🧩 Aqlni charxlaydigan topshiriqlar;
📖 Qiziqarli kitoblar;
🏆 O‘z bilimingizni namoyish etish imkoniyati kutmoqda!

Ammo bitta shart bor: siz qiziquvchan va izlanishga tayyor bo‘lishingiz kerak!
🗝️ Sirni ochishga tayyormisiz?

📍 Manzil: Oxford International School kutubxonasi.

Davomi tez orada… 🤫

https://t.me/OISLibrary
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📚 “Yashirin kitobni top!”

— Kitobxonlik sarguzashti
Kutubxonamizda bugun bilim, qiziqish va hayajonga boy o‘zgacha sarguzasht bo‘lib o‘tdi! 🔍📖 Yashirilgan kitoblarni izlab topish jarayonida o‘quvchilar o‘zlarining topqirligi, ziyrakligi va kitobga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etdilar.
Har bir topilgan kitob — yangi bilim sari tashlangan qadam, har bir mutolaa esa yangi olamga ochilgan eshikdir. ✨
Zero, kitob izlagan bilim topadi, mutolaa qilgan esa kamolotga yetadi! ❤️📚
Oxford International School kutubxonasi — bilimlar kashf etiladigan, kitoblar orqali orzular qanot yozadigan maskan! 🌟

https://t.me/OISLibrary
#Haftaning_kitobi

“Yulduzlar ostidagi orzu” ✨
Har bir insonning qalbida bir orzu yashaydi. Kitoblar esa bizga orzular sari intilish, hayotning qadriga yetish va har qanday vaziyatda umidni yo‘qotmaslikni o‘rgatadi. 💙
📖 Kitob mutolaasi — qalbga nur, hayotga mazmun bag‘ishlaydi!

✨ Книга недели — «Мечта под звёздами» ✨
В сердце каждого человека живёт мечта. Книги учат нас верить в себя, ценить жизнь и не терять надежду даже в самые трудные моменты. 💙
📖 Чтение наполняет душу светом, а жизнь — смыслом!

✨ Book of the Week — “A Dream Beneath the Stars” ✨
Everyone has a dream in their heart. Books inspire us to believe in ourselves, appreciate life, and never lose hope, even in difficult times. 💙
📖 Reading brings light to the soul and meaning to life!

📍 Oxford International School Library

🌿 Kitob o‘qing — orzularingizga qanot bering!
Читайте книги — дарите крылья своим мечтам!
Read books and let your dreams fly!

https://t.me/OISLibrary
📚 KUTUBXONADA — O‘QITUVCHILAR BURCHAGI

✨ Aziz ustozlar, kutubxonamiz sizni kutmoqda!
Kutubxona — nafaqat o‘quvchilar, balki ustozlar uchun ham bilim, ilhom va yangi g‘oyalar maskanidir. 📖
Aziz ustozlar! Sizni kutubxonamizga tashrif buyurishga, yangi kitoblar bilan tanishishga, mutolaa orqali bilimlaringizni boyitishga va kitoblar olamidan ilhom olishga chorlaymiz.
Zero, kitob o‘qigan ustoz — bilimga oshno avlodni tarbiyalaydi! 🌿
📚 Keling, birgalikda mutolaa qilaylik, bilimimizni oshiraylik va kitobga bo‘lgan mehrimizni yanada kuchaytiraylik!

Oxford International School kutubxonasi — ustozlarimiz uchun hamisha ochiq! 💚

https://t.me/OISLibrary
👍3
#MITTI_HIKOYA

🕯Bir xonada to‘rtta sham yonib turar edi. Zamon o‘tib, odamlar o‘zgarib, xonadagi birinchi “Iymon” deb nomlanuvchi sham o‘chibdi.
‼️“Iymon” o‘chgan joyda men ham uzoq yona olmayman, deb “Yaxshilik” deya nomlangan ikkinchi sham ham o‘chibdi.
‼️Iymon va Yaxshilik o‘chgan xonani men ham yorita olmayman, deb “Mehr-muhabbat” shami ham o‘chibdi.

☝️Ushbu xonaga bir kishi kirib: – Eh, naqadar qorong‘i bu xonada na Iymon, na Yaxshilik, na Mehr-muhabbat bor, – deb ortga qaytayotsa to‘rtinchi sham: – To‘xtang, – dedi.
➡️Sen qanday shamsan? Nega haliyam yonib turibsan? – deb so‘radi haligi kishi.
↪️Men o‘chsam, bu xona qop-qorong‘i bo‘lib qoladi, Men yonib turgan ekanman qolgan uchta sham ham yonishi mumkin. Chunki men “Umid” shamiman, – dedi.

Hech qachon umid shamingiz o‘chmasin.

https://t.me/OISLibrary
❤3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Booktrailer

🎬 Booktrailer
👤 A.Tolstoy
📖 "Oltin kalit yoki Buratinoning sarguzashtlari" asaridan
⏰  Davomiyligi: 2:39 daqiqa
🎬  Hajmi: 25, 6 mb

https://t.me/OISLibrary
📚 KITOBGA IKKINCHI HAYOT BERAMIZ!

Har oyda bir marta ŏtkaziladigan "Kitob shifoxonasi" loyihasi asosida: tashabbuskorlarni kutubxonaga taklif etamiz!!!
Kitob — bilim manbai, ma’naviyat ko‘zgusi. Uni o‘qish qanchalik muhim bo‘lsa, asrab-avaylash ham shunchalik muhimdir.
Kutubxonamizda yirtilgan va ta’mirtalab badiiy adabiyotlarni tiklash, ularga ikkinchi hayot bag‘ishlashga qaratilgan «Kitob shifoxonasi» jarayonini tashkil etamiz.
Ushbu tashabbus orqali o‘quvchilarda kitobga mehr, kutubxona mulkiga mas’uliyat va mutolaa madaniyatini shakllantirishni maqsad qilganmiz.
Kitobni asraylik — u kelajak avlodga ham xizmat qilsin! ❤️📖

Oxford International School kutubxonasi

https://t.me/OISLibrary