OCHUN.UZ | Rasmiy kanal
10.4K subscribers
4.33K photos
2.17K videos
9 files
5.52K links
🌐 OCHUN.UZ saytining rasmiy Telegram kanali
Murojaat va takliflar uchun:
@Ochun_Uzgamurojaat
Facebook facebook.com/profile.php?i
Instagram instagram.com/ochunuz
YouTube youtube.com/channel/UCPh4VJhpvzxyIMRrniF2e_g
Tel +99899 129 21 29
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
G‘ijduvon tumanida 8-mart munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi

G‘ijduvon tuman sog‘liqni saqlash bo‘limida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir G‘ijduvon tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi boshlig‘i Gafarov Jahongir Sobirovich, sog'liqni saqlash bo‘limi Kasaba uyushma raisi M. Shamsiyev hamda M.Shodiyevalar tashabbusi bilan tashkil etildi.
Tadbirda tuman tibbiyot muassasalarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar ishtirok etdi. Tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi boshlig‘i Gafarov Jahongir Sobirovich yig‘ilganlarni bayram bilan samimiy muborakbod etib, tibbiyot sohasida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi o‘rni va ularning fidokorona mehnatini alohida e’tirof etdi.
Shundan so‘ng tuman tibbiyot muassasalarida faoliyat olib borayotgan qariyb 170 nafar katta, o‘rta va kichik tibbiyot xodimlari bayram munosabati bilan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

bizga obuna bo‘ling
👍81🔥1👏1😁1🤔1👨‍💻1👀1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qashqadaryo viloyati Koson tumanida Damas’ga o‘rnatilgan gaz balloni portlab ketdi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan hamda yongʻin yuzaga kelmaganini ma’lum qildi.

bizga obuna bo‘ling
👍6🔥21👏1😁1🤔1
Samarqandda Zulfiya mukofotini olgan shoiraga uy sovgʻa qilindi

Viloyat hokimi Adiz Boboyev Latofat Amirovaga ikki xonali uy kalitini topshirdi. Sovgʻa prezident topshirigʻiga asosan berilgan.

bizga obuna bo‘ling
👍511🔥1👏1😁1🤔1🎉1👌1💯1👀1
Yaqin Sharqdagi mojaro fonida neft narxi bir barrel uchun 110 dollardan oshib ketdi

Bunga Hormuz bo‘g‘ozining yopilishi va arab davlatlarining neft obyektlariga hujumlar sabab bo‘ldi. Agar ta’minotdagi uzilishlar davom etsa, narxlar 150 dollargacha ko‘tarilishi mumkin.

ochun.uz
👍81🔥1👏1😁1🤔1🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarida qo‘shni mamlakatdan olib kelingan jami 77 kg narkotik moddalar musodara qilindi

Aholi salomatligi xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida Buxoro viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qalbaki dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar faoliyatiga chek qo‘yildi.

ochun.uz
👍711🔥1👏1😁1🤔1💯1
Jasur Tursunov Qarshi tumaniga hokim bo‘ldi

Tayinlovga qadar u Chiroqchi tumani prokurori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

ochun.uz
👍711🔥1👏1😁1🤔1💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Germaniyadagi o‘zbekistonlik shifokorlar

O‘zbekistonlik shifokor Javohir Hakimov Instagram sahifasiga o‘z faoliyatidan video joylagan. Unda Germaniyadagi shifoxonalardan birida bir vaqtning o‘zida 5 nafar o‘zbekistonlik shifokor navbatchilik qilayotganini ko‘rish mumkin.

bizga obuna bo‘ling
👍611🔥1😁1🤔1😨1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Navro‘z shukuhi - G‘ijduvon tumanidagi 14-son oilaviy poliklinikada sumalak sayli

Navro‘z bayrami munosabati bilan 14-son Oilaviy poliklinikada sumalak sayli bo‘lib o‘tmoqda. Milliy qadriyatlarimizni tarannum etgan ushbu an’ana jamoani birlashtirib, bayramga o‘zgacha fayz va ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlamoqda. Sumalak atrofida jam bo‘lgan barchaning qalbida Navro‘z shukuhi, yuzida esa quvonch aks etmoqda.

bizga obuna bo‘ling
👍71🔥1👏1😁1🤔1🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Namanganda qariyb 1 mlrd so‘mlik noqonuniy kripto operatsiyalari bilan shug‘ullangan yigit ushlandi

U Binance platformasi orqali litsenziyasiz kriptoaktivlar savdosini amalga oshirgan. Tekshiruvda yigit 119 ta tranzaksiya orqali qariyb 982 mln so‘mlik operatsiyalarni bajargani aniqlangan.

bizga obuna bo‘ling
👍711🔥1👏1😁1🤔1
Prezident Shavkat Mirziyoyev kimyo sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish va yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.


ochun.uz
👍7😁21🔥1👏1🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sirdaryoda noqonuniy olib kirilgan iPhone 17 telefonlari fuqarodan olib qo‘yildi

Bojxona rasmiylashtiruvi hamda IMEI ro‘yxatidan o‘tmagan, hech qanday hujjatlari bo‘lmagan jami 35 ta iPhone 17 Pro Max va iPhone 17 Pro vaqtincha saqlovga olingan bo‘lib, ayni paytda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

bizga obuna bo‘ling
👍711🔥1👏1😁1🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda YPX xodimini mashinada urib yuborgan haydovchi 6 yilga qamaldi

Avtomobilni hujjatlarsiz va yuqori tezlikda boshqargan haydovchi inspektorning to‘xtash haqidagi talabiga bo‘ysunmagan. Hodisa oqibatida og‘ir jarohat olgan xodim uzoq muddat davolangan.

bizga obuna bo‘ling
Toshkentda yo‘l o‘pirilib tushdi

Holat Temur Malik va Buyuk Ipak yo‘li chorrahasida joylashgan yo‘l o‘tkazgich yonida yuz bergan.

bizga obuna bo‘ling