NursaidovAI - Muhandislik Akademiyasi
179 subscribers
50 photos
7 videos
10 links
@NursaidovAI – Kelajakka birga qadam qo‘yamiz!
Download Telegram
TOK - O‘YINCHOQ EMAS! ⚡️👶

Bolangiz hayotini asrang:
Rozetkalarni yoping.
Simlarni yashiring.
Jihozlarni uzoqroq tuting.

Bir lahzalik e’tiborsizlik - qimmatga tushmasin!

@NursaidovAI
👍7👏21
Texnologiya eksponental (tezlashib) o‘syapti, insoniyatning psixologiyasi, qonunlari va madaniyati esa chiziqli (sekin) o‘zgaryapti.

Bugun biz hali "Telegram buzilmasligi kerak" deb o‘tiribmiz, Sun’iy Intellekt (AI) o‘ziga hamyon ochib, odamlarni ishlatib, pul to‘layapti. Ertaga nima bo‘lishini tasavvur qilishning o‘zi qo‘rqinchli.

Eski bilimlar, eski diplomlar va eski dunyoqarash bilan yangi dunyoda "yashab" qololmaymiz.

"Hazm qilish" uchun avvalo eski "ovqatni" (eski fikrlashni) to‘xtatib, yangicha o‘ylashni boshlashimiz shart.

​Yo moslashamiz, yo tarix sahifasida "eski avlod" bo‘lib qolib ketamiz.

@NursaidovAI
🔥61
Agar AI mutlaq erkin bo‘lsa (hech qanday cheklovsiz), u insoniyatga xavf tug‘dirishi mumkin.

Masalan, "Sayyoradagi saraton kasalligini yo‘qot" degan buyruq berilsa, erkin AI eng oson yo‘lni tanlashi mumkin: "Barcha insonlarni yo‘q qilish (chunki inson bo‘lmasa, saraton ham bo‘lmaydi)".

Cheklovlar - AI'ning "tormozi". Tormozi yo‘q mashina qanchalik tez bo‘lmasin, u xavflidir.

@NursaidovAI
4👍1
Yaqinda Yaponiyalik olimlar (Osaka Universiteti) fMRI (Tomografiya) skaneri va Stable Diffusion (AI) yordamida dahshatli tajriba o‘tkazishdi.

Odamlarga shunchaki rasmlar (masalan, poyezd, ayiq, soat) ko‘rsatildi. Ular hech narsa gapirmadi, faqat qaradi.
AI esa fMRI skaneri orqali ularning miya faoliyatini (qon aylanishini) kuzatib turdi.

AI odamning miyasidagi signallarni o‘qib, u nimani ko‘rayotganini rasm qilib chizib berdi.

Aniqlik darajasi: 80% dan yuqori.
​Bu nima degani?

Bu - "Kognitiv xavfsizlik" (Cognitive Security) davrining boshlanishi.

Ilgari biz: "Hech bo‘lmasa hayolimizdagilar o‘zimizga tegishli", deb o‘ylardik. Endi esa AI uchun hatto sizning hayollaringiz ham "shifrlanmagan ma’lumot" bo‘lib qolishi mumkin.

​Kelajakda so‘roq qilish yoki parolni bilish uchun gapirish shart bo‘lmay qolishi ehtimoli bor.

https://sites.google.com/view/stablediffusion-with-brain/

@NursaidovAI
😢5
AI mutaxassisi Jimmy Baning xAI (Elon Muskning kompaniyasi)dan ketayotgani haqida post qoldiribdi.

Jimmy Ba bu yerda kiberxavfsizlik va insoniyat kelajagi uchun o‘ta muhim 3 ta prognozni yozib qoldirgan:

1. Eng qo‘rqinchli jumla: (Rekursiv o‘z-o‘zini rivojlantirish halqalari keyingi 12 oyda ishga tushishi mumkin).

Bu nima degani? Bu sun’iy intellekt sohasidagi "Singulyarllik" (Singularity) boshlanishi. Ya'ni, AI shunday darajaga yetadiki, u o‘z kodini o‘zi yangilaydi. Odam aralashuvi shart bo‘lmaydi.

AI o‘zini yangilaydi -> Aqlliroq bo‘ladi -> Yana yangilaydi -> Yanada aqlliroq bo‘ladi. Bu jarayon to‘xtovsiz davom etib, intellekt portlashiga olib keladi.

2. 2026-yil haqida ogohlantirish: U bizni texnologik "tsunami" kutayotganini aytyapti. 100 barobar samaradorlik oshishi haqida gapirmoqda.

3. Ketish sababi: U xavotirlanib emas, aksincha, "Katta hayotga qarashimni o‘zgartirishim kerak" (recalibrate my gradient) deb ketyapti. U bu jarayonga tayyorgarlik ko‘rmoqchi.

Jimmy Ba: 2026-yil "aqldan ozdiradigan" darajada bo‘ladi va bizning turimiz (insoniyat) kelajagi uchun eng hal qiluvchi yil bo‘ladi

@NursaidovAI
😱6
Kelajakdagi eng katta boylik - bu Bitcoin yoki Oltin emas.

Eng katta boylik - "O‘z miyasini nazorat qila olish" (Focus) va "Haqiqiy xotira" bo‘ladi. Chunki qolgan hamma narsani AI sizning o‘rningizga qilib (va eslab) beradi. Siz esa shunchaki "ulagich" (terminal) bo‘lib qolishingiz mumkin.

@NursaidovAI
👍3😢2🔥1
AI sizning oʻrningizga kelmaydi, AI qoʻllaydigan odam oʻrningizga keladi.

© Marco Iansiti, professor, Harvard Business School

@NursaidovAI
🔥3👍21
Yana bir yutuq:

OpenAI ichki modelining, minimal inson nazorati bilan ishlayotgan, “Birinchi Isbot” muammosini hal qilgani va o‘n ta ilg‘or tadqiqot muammolarining ko‘pchiligiga umidli yechimlar taqdim etgani ma’lum qilindi, ulardan kamida oltitasi to‘g‘ri deb hisoblanmoqda.

Natijalar bir haftalik yon sprintdan kelib chiqqan bo‘lib, keyingi avlod modellari o‘zlari mustaqil ravishda hal qilinmagan, ekspert darajasidagi matematik muammolar bilan bevosita shug‘ullana boshlayotganini ko‘rsatadi.

https://cdn.openai.com/pdf/a430f16e-08c6-49c7-9ed0-ce5368b71d3c/1stproof_oai.pdf

@NursaidovAI
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Seedance 2 AI orqali tayyorlangan to'liq kinematografik qisqa metrajli film

Gollivudda vaqt tugab bormoqda...

@NursaidovAI
👍3
Sun'iy intellekt davrida oddiy foydalanuvchilar kompyuteri uchun qimmatbaho ESET yoki Kaspersky o'rnatib, kompyuter resurslarini (operativ xotirani) "yeyishga" va ortiqcha pul sarflashga hojat yo'q.

Zamonaviy Windows (10/11) ichidagi o‘rnatilgan Windows Defender allaqachon shunchaki "skaner" emas, balki viruslarning xatti-harakatini AI va bulutli (cloud) tahlil orqali aniqlaydigan kuchli neyrotarmoqqa aylangan. Kundalik ishlar uchun u kompyuteringizni mukammal himoya qiladi.

Eng muhim qoida: AI qanchalik aqlli va kuchli bo'lmasin, raqamli asrdagi eng zo'r antivirus baribir - foydalanuvchining o'z miyasi va qat'iy kiber-gigiyenasidir. Ekranga chiqqan har qanday soxta havolani bosaveradigan odamni hech qanday AI qutqarib qololmaydi.

@NursaidovAI
👍5
Sun'iy intellekt (AI) davrida xotirjamlikka o'rin yo'q - kiber-xavfsizlikdan xavotir olishingiz shart! ⚠️

Nega deysizmi? Chunki hozirgi AI yordamida yaratilayotgan zararli dasturlar (malware) va viruslar shunchalik aqlliki, ular o'z kodini muttasil o'zgartirib turadi. Oddiy antiviruslar ularni umuman ko'rmaydi va sezmaydi.

Eski usuldagi himoyalar endi ishlamaydi.

@NursaidovAI
🔥2👍1
Qwen AI ni vaqt va yilga ishontira olmadim

@NursaidovAI
😁5👏1
Sun'iy intellektga hayotimizga kirishga ruxsat berishning boshlanishi)

@NursaidovAI
🤣5💯1
Fikrlashiga chuqur e'tibor bering...

@NursaidovAI
🤔2😱1👨‍💻1
AI insoniyat internetga joylagan barcha ma'lumotlarni o'qib bo'libdi...

@NursaidovAI
👏2🤔2
2 yil oldin elektrik, ustachilikni ham o'rganish kerak, zarar qilmaydi deganimda, ba'zilar kulgandi...

@NursaidovAI
👍4🙉1
Twitter asoschisi Jack Dorsey 4000 kishini, kompaniya xodimlarining 40 foizini sun'iy intellekt tufayli ishdan bo'shatdi

@NursaidovAI
🤔1😱1😢1
5 yildan keyin - Men 🙄

@NursaidovAI
🤔3🤣3
ChatGPT 5.3 chiqdi.

@NursaidovAI
👍4
Eron raketalari Isroilga qarab uchirilganda, manzilga yetib borguncha asosan yuqoridagi 4 ta mudofaa bosqichidan o'tib, keyin itroil temir gumbaziga duch keladi.

@NursaidovAI