NursaidovAI - Muhandislik Akademiyasi
179 subscribers
50 photos
7 videos
10 links
@NursaidovAI – Kelajakka birga qadam qo‘yamiz!
Download Telegram
Hozirgi kunda Sun’iy Intellekt (AI) orqali istalgan insonning yuzi, ovozi va harakatlarini 100% nusxalash mumkin.

Xavf nimada?
Sizga ota-onangiz, do‘stingiz yoki rahbaringiz video-qo‘ng‘iroq qilib pul so‘rashi mumkin. Ekranda xuddi o‘sha odam gapirayotgandek ko‘rinadi, ovozi ham bir xil eshitiladi. Aslida esa bu - firibgarlar boshqaradigan kompyuter dasturi!

​Qanday himoyalanamiz?

Agar yaqiningiz video yoki audio orqali shoshilinch pul so‘rasa:
​Darhol ishonib qolmang!
​Suhbatni o'chirib, oddiy aloqa orqali qayta qo‘ng‘iroq qiling.

​Ogoh bo‘ling! XXI asrda ko‘rganingiz ham, eshitganingiz ham yolg‘on bo‘lishi mumkin.

@NursaidovAI
👍521
Telefon ortidagi tuzoq: firibgarlar yangi usulda ishga tushdi

Oxirgi paytlarda +80 bilan boshlanadigan 10 xonali raqamlardan ketma-ket qo‘ng‘iroqlar ko‘paymoqda. Qo‘ng‘iroq qilgan shaxslar rus tilida gapirib, “telefon yutdingiz” degan bahona bilan ishonch qozonishga urinadi va turli savollar bera boshlaydi.

Uchta savol bilan javob qaytarganimdan so‘ng, aloqa darhol uzildi. Bu tasodif emas, puxta o‘ylangan firibgarlik sxemasi.

Bunday qo‘ng‘iroqlarning maqsadi aniq: insonni chalg‘itish, ishonchga kirish, shaxsiy ma’lumotlarni qo‘lga kiritish, va oxir-oqibat moliyaviy firibgarlik sodir etish.

@NursaidovAI
👍3😱1
Bizda ko‘pchilik "Windows'ga ham pul to‘laymanmi, fleshkada o‘rnatib berishadi-ku" deb o‘ylaydi. Lekin bu xato!

CRACK (Buzilgan) Windows aslida nima?
Bu - "Troya oti". Siz tekin o‘rnatdim deb o‘ylaysiz, lekin aslida o‘z qo‘lingiz bilan kompyuteringizga virus, troyan va shpionlarni kiritasiz.
​Oqibati: Kompyuter qotadi, shaxsiy rasmlar tarqalib ketadi, plastik karta parollari o‘g‘irlanadi.

​Litsenziya (Original) Windows:
Bu - Tinchlik. Bir marta olasiz, yillar davomida xavfsiz va tez ishlaysiz. Viruslardan qo‘rqmaysiz.

Xasislik qilib, oxirida boridan ayrilib qolmang. Xavfsizlik - tekin bo‘lmaydi!

Sotib oling: https://www.microsoft.com/en-us/d/windows-11-home/dg7gmgf0krt0

@NursaidovAI
👍7
Telegramingizni xavfsiz qiling!

1. Eng muhimi: Ikki bosqichli tekshiruv (Cloud Password)
Bu funksiya yoqilsa, Telegramga kirish uchun SMS koddan tashqari, siz o‘ylab topgan maxsus parol ham so‘raladi. Bu parolni firibgar bila olmaydi!
Yoqish: Sozlamalar (Settings) → Maxfiylik va Xavfsizlik (Privacy and Security) → Ikki bosqichli tekshiruv (Two-Step Verification) → Parol o‘rnatish.

2. Ilovani kodlash (Passcode Lock)
Telefoningizni ochiq holda stol ustida qoldirsangiz, yozishmalaringizni birov o‘qimasligi uchun kod qo‘ying.
Yoqish: Sozlamalar → Maxfiylik va Xavfsizlik → Kod bilan qulflash (Passcode Lock).

3. Begona qurilmalarni o‘chirish
Telegramingizga boshqa birov kirib olmaganmi? Tekshiring!
Tekshirish: Sozlamalar → Qurilmalar (Devices).
​Agar notanish telefon yoki kompyuterni ko‘rsangiz, darhol "Barcha boshqa seanslarni tugatish" tugmasini bosing.

4. Telefon raqamni yashirish
Begonalarga raqamingiz ko‘rinmasin.
Sozlash: Sozlamalar → Maxfiylik va Xavfsizlik → Telefon raqam → "Hech kim" (Nobody).

Eslatma: Parolni esdan chiqarmang! Uni tiklash uchun elektron pochtangizni bog‘lab qo‘ying.

@NursaidovAI
4👍4🔥1
Ko‘pchiligimiz telefonni yostiq ostiga yoki tumbochkaga, boshimizga juda yaqin qo‘yib uxlashga odatlanganmiz. Rasmda ko'rib turganingizdek, bu sog'lik uchun jiddiy xavf!

Qoida oddiy: Masofa qancha uzoq bo'lsa, shuncha yaxshi.

Xavfli hudud (0-1 metr): Bosh og'rig'i, uyquning buzilishi va doimiy nurlanish manbai.

Xavfsiz masofa (1.5 - 3 metr): Telefonni xonaning narigi burchagiga yoki deraza tokchasiga qo'ying.

Tavsiya: Telefonni yostiq ostida, ayniqsa zaryad olayotgan paytda aslo qoldirmang! Ham sog'liqqa zarar, ham yong'in xavfi bor.

Yaxshi uxlash uchun telefonni o'zingizdan uzoqlashtiring. Sog‘ligingiz - "layk"lardan muhimroq.

@NursaidovAI
👍7
NOUTBUKNING "QOTILI" O‘ZINGIZ BO‘LMANG!

​Ko‘pchilik noutbuk buzilganda "o‘zidan-o‘zi bo‘ldi" deydi. Lekin 90% holatda sababchi - foydalanuvchining o‘zi.

Eng ko‘p tarqalgan xatolar:

Suyuqlik: Eng xavfli dushman. Bir qultum choy yoki kofe "ona plata"ni kuydirishi uchun yetarli.

Yotoqda ishlatish: Ko‘rpa yoki yumshoq divan ustida ishlash ventilyatsiyani to‘sadi. Noutbuk "nafas ololmay" qizib ketadi va videokarta kuyadi.

Ekranni sindirish: Shoshganda klaviatura ustida ruchka yoki naushnik qoldirib, qopqoqni yopib yuborish - eng qimmatga tushadigan xato!

Arzon quvvatlagich: "Universal" yoki arzon zaryadniklar batareyani va kontrollerlarni tez ishdan chiqaradi.
​Xulosa: Texnikaga mehr bering, u sizga uzoq va sadoqat bilan xizmat qiladi.

@NursaidovAI
👍3💯31🔥1
Telefondan noto'g'ri foydalanish oqibatlari

@NursaidovAI
🔥3👍2
Bugungi xakerlik ishlarini barcha eshitdimi?

ONE ID ya'ni id.egov.uz parolini murakkab qilib, almashtiring.

@NursaidovAI
👍7
📲 Sizning telefoningiz - bu shaxsiy mulk va undagi ma'lumotlar Konstitutsiya bilan himoyalangan shaxsiy sir hisoblanadi.

👮‍♂️ Ichki ishlar yoki boshqa organ xodimi sizni to‘xtatib, telefoni olib qo‘yishi va ichini titkilashi MUMKIN EMAS. Bu noqonuniy harakat.

Tekshirish uchun rasmiy SUD ORDERI yoki PROKUROR SANKSIYASI ko‘rsatilishi shart.

Huquqingizni biling va talab qiling!

@NursaidovAI
👍10
Ko‘pchilik telefon tez buzilib qolsa, ustani yoki zavodni ayblaydi. Aslida esa, telefonning eng katta dushmani - bu bizning noto‘g‘ri odatlarimizdir.

@NursaidovAI
👍52
AI birinchi insonni ishga yollab, xizmat haqini to'ladi

Ko‘pchilikni o‘ylantirayotgan "AI qanday qilib bank kartasisiz yoki pasportsiz moliyaviy operatsiyani amalga oshirdi?" degan savolning texnik yechimida markazlashmagan Blokcheyn arxitekturasida yotadi.

​An’anaviy bank tizimidagi qat’iy KYC (Mijozni identifikatsiya qilish) va AML (Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi) protokollari dasturiy kodga hisob raqam ochish imkonini bermaydi. Shu sababli, AI agentlari Solana kabi yuqori o‘tkazuvchanlikka ega tarmoqlarda soniyalar ichida anonim kriptografik hamyon (Wallet) generatsiya qilish orqali bu to‘siqni aylanib o‘tadi.

​Mazkur holatda to‘lov volatillikdan (kurs o‘ynashidan) himoyalanish maqsadida AQSh dollariga tenglashtirilgan USDC stabilkoini orqali amalga oshirilgan. Ushbu mablag‘larning manbasi - kripto-hamjamiyat tomonidan "Ijtimoiy Eksperiment" doirasida agentning hamyoniga yo‘naltirilgan xayriya (donat) kapitalidir.

​Jarayonning eng muhim qismi - bu avtonom validatsiya. AI agenti "Computer Vision" (Kompyuter nigohi) texnologiyasi orqali yuklangan suratni tahlil qilib, vazifa bajarilganini tasdiqlashi bilanoq, Smart Kontrakt (Aqlli shartnoma) inson aralashuvisiz mablag‘ni ijrochining hamyoniga o‘tkazadi.

Bu hodisa fan va texnologiyada yangi davr - Machine Economy (Mashina iqtisodiyoti) paradigmasining amaldagi ilk isbotidir.

@NursaidovAI
😢2🔥1👏1
TOK - O‘YINCHOQ EMAS! ⚡️👶

Bolangiz hayotini asrang:
Rozetkalarni yoping.
Simlarni yashiring.
Jihozlarni uzoqroq tuting.

Bir lahzalik e’tiborsizlik - qimmatga tushmasin!

@NursaidovAI
👍7👏21
Texnologiya eksponental (tezlashib) o‘syapti, insoniyatning psixologiyasi, qonunlari va madaniyati esa chiziqli (sekin) o‘zgaryapti.

Bugun biz hali "Telegram buzilmasligi kerak" deb o‘tiribmiz, Sun’iy Intellekt (AI) o‘ziga hamyon ochib, odamlarni ishlatib, pul to‘layapti. Ertaga nima bo‘lishini tasavvur qilishning o‘zi qo‘rqinchli.

Eski bilimlar, eski diplomlar va eski dunyoqarash bilan yangi dunyoda "yashab" qololmaymiz.

"Hazm qilish" uchun avvalo eski "ovqatni" (eski fikrlashni) to‘xtatib, yangicha o‘ylashni boshlashimiz shart.

​Yo moslashamiz, yo tarix sahifasida "eski avlod" bo‘lib qolib ketamiz.

@NursaidovAI
🔥61
Agar AI mutlaq erkin bo‘lsa (hech qanday cheklovsiz), u insoniyatga xavf tug‘dirishi mumkin.

Masalan, "Sayyoradagi saraton kasalligini yo‘qot" degan buyruq berilsa, erkin AI eng oson yo‘lni tanlashi mumkin: "Barcha insonlarni yo‘q qilish (chunki inson bo‘lmasa, saraton ham bo‘lmaydi)".

Cheklovlar - AI'ning "tormozi". Tormozi yo‘q mashina qanchalik tez bo‘lmasin, u xavflidir.

@NursaidovAI
4👍1
Yaqinda Yaponiyalik olimlar (Osaka Universiteti) fMRI (Tomografiya) skaneri va Stable Diffusion (AI) yordamida dahshatli tajriba o‘tkazishdi.

Odamlarga shunchaki rasmlar (masalan, poyezd, ayiq, soat) ko‘rsatildi. Ular hech narsa gapirmadi, faqat qaradi.
AI esa fMRI skaneri orqali ularning miya faoliyatini (qon aylanishini) kuzatib turdi.

AI odamning miyasidagi signallarni o‘qib, u nimani ko‘rayotganini rasm qilib chizib berdi.

Aniqlik darajasi: 80% dan yuqori.
​Bu nima degani?

Bu - "Kognitiv xavfsizlik" (Cognitive Security) davrining boshlanishi.

Ilgari biz: "Hech bo‘lmasa hayolimizdagilar o‘zimizga tegishli", deb o‘ylardik. Endi esa AI uchun hatto sizning hayollaringiz ham "shifrlanmagan ma’lumot" bo‘lib qolishi mumkin.

​Kelajakda so‘roq qilish yoki parolni bilish uchun gapirish shart bo‘lmay qolishi ehtimoli bor.

https://sites.google.com/view/stablediffusion-with-brain/

@NursaidovAI
😢5
AI mutaxassisi Jimmy Baning xAI (Elon Muskning kompaniyasi)dan ketayotgani haqida post qoldiribdi.

Jimmy Ba bu yerda kiberxavfsizlik va insoniyat kelajagi uchun o‘ta muhim 3 ta prognozni yozib qoldirgan:

1. Eng qo‘rqinchli jumla: (Rekursiv o‘z-o‘zini rivojlantirish halqalari keyingi 12 oyda ishga tushishi mumkin).

Bu nima degani? Bu sun’iy intellekt sohasidagi "Singulyarllik" (Singularity) boshlanishi. Ya'ni, AI shunday darajaga yetadiki, u o‘z kodini o‘zi yangilaydi. Odam aralashuvi shart bo‘lmaydi.

AI o‘zini yangilaydi -> Aqlliroq bo‘ladi -> Yana yangilaydi -> Yanada aqlliroq bo‘ladi. Bu jarayon to‘xtovsiz davom etib, intellekt portlashiga olib keladi.

2. 2026-yil haqida ogohlantirish: U bizni texnologik "tsunami" kutayotganini aytyapti. 100 barobar samaradorlik oshishi haqida gapirmoqda.

3. Ketish sababi: U xavotirlanib emas, aksincha, "Katta hayotga qarashimni o‘zgartirishim kerak" (recalibrate my gradient) deb ketyapti. U bu jarayonga tayyorgarlik ko‘rmoqchi.

Jimmy Ba: 2026-yil "aqldan ozdiradigan" darajada bo‘ladi va bizning turimiz (insoniyat) kelajagi uchun eng hal qiluvchi yil bo‘ladi

@NursaidovAI
😱6
Kelajakdagi eng katta boylik - bu Bitcoin yoki Oltin emas.

Eng katta boylik - "O‘z miyasini nazorat qila olish" (Focus) va "Haqiqiy xotira" bo‘ladi. Chunki qolgan hamma narsani AI sizning o‘rningizga qilib (va eslab) beradi. Siz esa shunchaki "ulagich" (terminal) bo‘lib qolishingiz mumkin.

@NursaidovAI
👍3😢2🔥1
AI sizning oʻrningizga kelmaydi, AI qoʻllaydigan odam oʻrningizga keladi.

© Marco Iansiti, professor, Harvard Business School

@NursaidovAI
🔥3👍21