Amir Temur jang maydoniga xuddi shaxmat taxtasiga qaragandek qaragan. U dushmanni avval ruhan sindirib, keyin kutilmagan joydan zarba bergan
@NursaidovAI
@NursaidovAI
👍3
MAKTABDA KIYINISH ODOBI: KAMTARLIK VA ILMGA HURMAT
Rasmdagi kabi, musulmon o‘quvchilar uchun maktabda ham o‘z diniy va milliy qadriyatlariga mos, kamtarona va ozoda kiyinish muhimdir.
- Qizlar uchun: Ro‘mol o‘rash va uzunroq yubka yoki ko‘ylak kiyish - hayo va iffat belgisi.
- O‘g‘il bolalar uchun: Do‘ppi kiyish va tartibli forma (masalan, kamzul bilan) - jiddiy va odobli ko'rinish.
Bu kiyim nafaqat tashqi ko‘rinish, balki ilm dargohiga bo‘lgan hurmat va ichki tarbiyaning ham ifodasidir. Eng asosiysi – libos doimo toza va tartibli bo‘lishi kerak.

🔥2
Xavf nimada? Siz bu wifi tarmog'iga ulanganda, hududda o‘tirgan hakerlar sizning telefoningizdan chiqayotgan ma’lumotlarni (parollar, yozishmalar va bank karta raqamlarini) havoda tutib olishi mumkin.
Maslahat: Ko‘chada iloji boricha o‘z mobil internetingizdan foydalaning. Agar majbur bo‘lsangiz, bank ilovalariga kirmang yoki albatta VPN yoqing.
@NursaidovAI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
123456 - PAROL EMAS, OCHIQ ESHIK!
Ismingiz, tug‘ilgan yilingiz yoki "123456" kabi oddiy kodlarni parol qilib qo‘yish - uyingiz eshigini shunchaki ip bilan bog‘lab qo‘yishdek gap. Xakerlar buni bir soniyada buzib kiradi.
Maslahat: Parolingiz qanchalik uzun va "g‘alati" (harf, son, belgilar aralash) bo‘lsa, hamyoningiz shunchalik tinch bo‘ladi.
Oddiy parol - o‘g‘riga taklifnoma!

🔥3
Sizga kelgan shubhali havolani (link) bosish - o‘z qo‘lingiz bilan telefoningiz, rasmlaringiz va bank kartangiz kalitini o‘g‘riga berish bilan teng.
Qoida bitta: Notanishmi? Bosmang, ochmang, o‘chiring!
@NursaidovAI
Qoida bitta: Notanishmi? Bosmang, ochmang, o‘chiring!
@NursaidovAI
🔥3
Telefonga kelgan kodni (xoh Bankdan, xoh Telegramdan bo‘lsin) birovga aytish - o‘z uyingiz kalitini o‘g‘riga qo‘shqo‘llab topshirish degani.
"Adashib ketdi", "Ovoz bervor" deb kim so‘rasa ham - KODNI BERMANG!
Eslab qoling: Kodni so‘radimi? Demak, u - O‘G‘RI!

⚡3🔥2👍1
Kartadan-kartaga pul o'tkazish uchun faqat 16 xonali karta raqami yetarli!
Muddati, CVV (orqadagi 3 ta raqam) va SMS kodni HECH KIMGA BERMANG!
@NursaidovAI
Muddati, CVV (orqadagi 3 ta raqam) va SMS kodni HECH KIMGA BERMANG!
@NursaidovAI
🔥5👍1
WiFi-ni "temir darvoza" qilish bo'yicha qo'llanma
Ko'pchilik WiFi router sotib oladi-yu, ustalar o'rnatib ketgan standart kod bilan yuraveradi. Bu xuddi uy eshigini qulflab, kalitni esa paspolga qoldirib ketish bilan barobar!
Xakerlar yoki tekinxo'r qo'shnilardan qutulish uchun hozirning o'zida quyidagi 4 ishni qiling:
1-QADAM: Router "miyasi"ga kirish
Avval router sozlamalariga kirib olishimiz kerak.
Telefon yoki kompyuteringizni shu WiFi ga ulang.
Brauzerni (Chrome, Safari) ochib, tepadagi qatorga quyidagi raqamlardan birini yozing va "Enter" bosing:
192.168.1.1
192.168.0.1
(Anig'i routeringizning orqa tomonidagi yorliqda yozilgan bo'ladi).
Login va parol so'raydi. Agar o'zgartirmagan bo'lsangiz, ko'pincha:
Login: admin
Parol: admin
2-QADAM: WPS funksiyasini O'CHIRING (Eng muhimi!) ❌
Xakerlar WiFi buzishda eng ko'p foydalanadigan teshik - bu WPS tugmasidir.
Sozlamalardan "WPS" yoki "QSS" degan bo'limni toping.
"Disable" (O'chirish) tugmasini bosing.
Nega? Chunki WPS yoqiq tursa, maxsus dasturlar parolingizni 2 daqiqada buzib kira oladi.
3-QADAM: Parolni va Shifrlash turini to'g'rilash 🔒
Oddiy parollar (masalan: 12345678 yoki 11112222) besh soniyada topiladi.
"Wireless" yoki "WiFi Security" bo'limiga o'ting.
Security Mode (Xavfsizlik turi) degan joyda WPA2-PSK yoki WPA3 ni tanlang (Eski WEP turini aslo tanlamang!).
Yangi parol o'ylab toping: Kamida 12 ta belgi bo'lsin. Ichida katta harf, raqam va belgi (@, #, $) qatnashsin.
Yomon parol: ali1990
Zo'r parol: M@n1ngW!Fi2026
4-QADAM: Router "Admin" parolini o'zgartirish 🛡
Eslaysizmi, boshida admin/admin deb kirdik? Buni hamma biladi! Agar buni o'zgartirmasangiz, WiFi ga ulangan har qanday odam sozlamalaringizni buzib tashlay oladi.
"System Tools" yoki "Administration" bo'limidan "Change Password" ni toping.
Eski parolni (admin) yozib, o'rniga o'zingiz biladigan yangi login va parol qo'ying.
BONUS MASLAHAT:
Routeringizni dasturiy ta'minotini (Firmware) vaqti-vaqti bilan yangilab turing. Bu xuddi telefoningiz "obnovlenie" bo'lgani kabi, routerni ham yangi viruslardan himoya qiladi.

⚡2👍1👏1
Ko‘plab Xitoy IP-kameralari NAT/Firewall cheklovlarini aylanib o‘tish uchun Relay (Tranzit) Serverlardan foydalanadi.
Ushbu sxemada ko‘rsatilganidek, video oqim (stream) ko‘p hollarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki uchinchi tomon serverlari orqali marshrutlanadi. Bu esa shaxsiy hududdagi ma’lumotlarning "o‘rtakash" serverlarda qayta ishlanishi va potensial Man-in-the-Middle (MITM) zaifligini yuzaga keltirishi mumkin.
Oddiy aytganda: Kamera videoni avval ishlab chiqaruvchining xorijdagi (ko‘pincha Xitoydagi) "bulutli serveri"ga yuboradi. Server videoni qabul qilib, qayta ishlaydi. Keyin o‘sha serverdan aylanib, sizning telefoningizga yetib keladi.

⚡3👍3🤔1
Hozirgi kunda Sun’iy Intellekt (AI) orqali istalgan insonning yuzi, ovozi va harakatlarini 100% nusxalash mumkin.
Xavf nimada?
Sizga ota-onangiz, do‘stingiz yoki rahbaringiz video-qo‘ng‘iroq qilib pul so‘rashi mumkin. Ekranda xuddi o‘sha odam gapirayotgandek ko‘rinadi, ovozi ham bir xil eshitiladi. Aslida esa bu - firibgarlar boshqaradigan kompyuter dasturi!
Qanday himoyalanamiz?
Agar yaqiningiz video yoki audio orqali shoshilinch pul so‘rasa:
Darhol ishonib qolmang!
Suhbatni o'chirib, oddiy aloqa orqali qayta qo‘ng‘iroq qiling.
Ogoh bo‘ling! XXI asrda ko‘rganingiz ham, eshitganingiz ham yolg‘on bo‘lishi mumkin.

👍5⚡2❤1
Telefon ortidagi tuzoq: firibgarlar yangi usulda ishga tushdi
Oxirgi paytlarda +80 bilan boshlanadigan 10 xonali raqamlardan ketma-ket qo‘ng‘iroqlar ko‘paymoqda. Qo‘ng‘iroq qilgan shaxslar rus tilida gapirib, “telefon yutdingiz” degan bahona bilan ishonch qozonishga urinadi va turli savollar bera boshlaydi.
Uchta savol bilan javob qaytarganimdan so‘ng, aloqa darhol uzildi. Bu tasodif emas, puxta o‘ylangan firibgarlik sxemasi.
Bunday qo‘ng‘iroqlarning maqsadi aniq: insonni chalg‘itish, ishonchga kirish, shaxsiy ma’lumotlarni qo‘lga kiritish, va oxir-oqibat moliyaviy firibgarlik sodir etish.

👍3😱1
Bizda ko‘pchilik "Windows'ga ham pul to‘laymanmi, fleshkada o‘rnatib berishadi-ku" deb o‘ylaydi. Lekin bu xato!
CRACK (Buzilgan) Windows aslida nima?
Bu - "Troya oti". Siz tekin o‘rnatdim deb o‘ylaysiz, lekin aslida o‘z qo‘lingiz bilan kompyuteringizga virus, troyan va shpionlarni kiritasiz.
Oqibati: Kompyuter qotadi, shaxsiy rasmlar tarqalib ketadi, plastik karta parollari o‘g‘irlanadi.
Litsenziya (Original) Windows:
Bu - Tinchlik. Bir marta olasiz, yillar davomida xavfsiz va tez ishlaysiz. Viruslardan qo‘rqmaysiz.
Xasislik qilib, oxirida boridan ayrilib qolmang. Xavfsizlik - tekin bo‘lmaydi!
Sotib oling: https://www.microsoft.com/en-us/d/windows-11-home/dg7gmgf0krt0

👍7
Telegramingizni xavfsiz qiling!
1. Eng muhimi: Ikki bosqichli tekshiruv (Cloud Password)
Bu funksiya yoqilsa, Telegramga kirish uchun SMS koddan tashqari, siz o‘ylab topgan maxsus parol ham so‘raladi. Bu parolni firibgar bila olmaydi!
Yoqish: Sozlamalar (Settings) → Maxfiylik va Xavfsizlik (Privacy and Security) → Ikki bosqichli tekshiruv (Two-Step Verification) → Parol o‘rnatish.
2. Ilovani kodlash (Passcode Lock)
Telefoningizni ochiq holda stol ustida qoldirsangiz, yozishmalaringizni birov o‘qimasligi uchun kod qo‘ying.
Yoqish: Sozlamalar → Maxfiylik va Xavfsizlik → Kod bilan qulflash (Passcode Lock).
3. Begona qurilmalarni o‘chirish
Telegramingizga boshqa birov kirib olmaganmi? Tekshiring!
Tekshirish: Sozlamalar → Qurilmalar (Devices).
Agar notanish telefon yoki kompyuterni ko‘rsangiz, darhol "Barcha boshqa seanslarni tugatish" tugmasini bosing.
4. Telefon raqamni yashirish
Begonalarga raqamingiz ko‘rinmasin.
Sozlash: Sozlamalar → Maxfiylik va Xavfsizlik → Telefon raqam → "Hech kim" (Nobody).
Eslatma: Parolni esdan chiqarmang! Uni tiklash uchun elektron pochtangizni bog‘lab qo‘ying.

❤4👍4🔥1
Ko‘pchiligimiz telefonni yostiq ostiga yoki tumbochkaga, boshimizga juda yaqin qo‘yib uxlashga odatlanganmiz. Rasmda ko'rib turganingizdek, bu sog'lik uchun jiddiy xavf!
Qoida oddiy: Masofa qancha uzoq bo'lsa, shuncha yaxshi.
Xavfli hudud (0-1 metr): Bosh og'rig'i, uyquning buzilishi va doimiy nurlanish manbai.
Xavfsiz masofa (1.5 - 3 metr): Telefonni xonaning narigi burchagiga yoki deraza tokchasiga qo'ying.
Tavsiya: Telefonni yostiq ostida, ayniqsa zaryad olayotgan paytda aslo qoldirmang! Ham sog'liqqa zarar, ham yong'in xavfi bor.
Yaxshi uxlash uchun telefonni o'zingizdan uzoqlashtiring. Sog‘ligingiz - "layk"lardan muhimroq.