NursaidovAI - Muhandislik Akademiyasi
179 subscribers
50 photos
7 videos
10 links
@NursaidovAI – Kelajakka birga qadam qo‘yamiz!
Download Telegram
Audio
Ha rahmat, rahmat! Harakatdamiz...)

@NursaidovAI
👍1😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Lavozim emas, e’tiqod muhim" dedi va ishdan ketdi...

@NursaidovAI
💯2🆒1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘tgan yili .... universitetiga ishga kirish jarayonida dekan bilan bo‘lgan suhbatdan parcha

@NursaidovAI
💯3🆒2
Forwarded from Nursaidov.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
AI ishlab chiquvchilari shoshilinch murojaat bilan chiqishibdi...

@Nursaidovuz
🎉3👍1🆒1
Amir Temur jang maydoniga xuddi shaxmat taxtasiga qaragandek qaragan. U dushmanni avval ruhan sindirib, keyin kutilmagan joydan zarba bergan

@NursaidovAI
👍3
Eron tomonidan Starlink signalining fizik bo’g’ilishi (tizimli chizma)

@NursaidovAI
👍2
MAKTABDA KIYINISH ODOBI: KAMTARLIK VA ILMGA HURMAT

Rasmdagi kabi, musulmon o‘quvchilar uchun maktabda ham o‘z diniy va milliy qadriyatlariga mos, kamtarona va ozoda kiyinish muhimdir.

- Qizlar uchun: Ro‘mol o‘rash va uzunroq yubka yoki ko‘ylak kiyish - hayo va iffat belgisi.

- O‘g‘il bolalar uchun: Do‘ppi kiyish va tartibli forma (masalan, kamzul bilan) - jiddiy va odobli ko'rinish.

Bu kiyim nafaqat tashqi ko‘rinish, balki ilm dargohiga bo‘lgan hurmat va ichki tarbiyaning ham ifodasidir. Eng asosiysi – libos doimo toza va tartibli bo‘lishi kerak.

@NursaidovAI
🔥2
❗️ Jamoat joylaridagi (aeroport, kafe, park) parolsiz "Free Wi-Fi" tarmoqlari ko‘pincha xavfli bo‘ladi

Xavf nimada? Siz bu wifi tarmog'iga ulanganda, hududda o‘tirgan hakerlar sizning telefoningizdan chiqayotgan ma’lumotlarni (parollar, yozishmalar va bank karta raqamlarini) havoda tutib olishi mumkin.

Maslahat: Ko‘chada iloji boricha o‘z mobil internetingizdan foydalaning. Agar majbur bo‘lsangiz, bank ilovalariga kirmang yoki albatta VPN yoqing.

@NursaidovAI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
123456 - PAROL EMAS, OCHIQ ESHIK!

Ismingiz, tug‘ilgan yilingiz yoki "123456" kabi oddiy kodlarni parol qilib qo‘yish - uyingiz eshigini shunchaki ip bilan bog‘lab qo‘yishdek gap. Xakerlar buni bir soniyada buzib kiradi.

Maslahat: Parolingiz qanchalik uzun va "g‘alati" (harf, son, belgilar aralash) bo‘lsa, hamyoningiz shunchalik tinch bo‘ladi.

Oddiy parol - o‘g‘riga taklifnoma!

@NursaidovAI
🔥3
Turkiya qurolli kuchlariing "Tayfun" raketasi haqida

@NursaidovAI
🔥3
Sizga kelgan shubhali havolani (link) bosish - o‘z qo‘lingiz bilan telefoningiz, rasmlaringiz va bank kartangiz kalitini o‘g‘riga berish bilan teng.

​Qoida bitta: Notanishmi? Bosmang, ochmang, o‘chiring!

@NursaidovAI
🔥3
Telefonga kelgan kodni (xoh Bankdan, xoh Telegramdan bo‘lsin) birovga aytish - o‘z uyingiz kalitini o‘g‘riga qo‘shqo‘llab topshirish degani.

"Adashib ketdi", "Ovoz bervor" deb kim so‘rasa ham - KODNI BERMANG!

Eslab qoling: Kodni so‘radimi? Demak, u - O‘G‘RI!

@NursaidovAI
3🔥2👍1
Kartadan-kartaga pul o'tkazish uchun faqat 16 xonali karta raqami yetarli!

​Muddati, CVV (orqadagi 3 ta raqam) va SMS kodni HECH KIMGA BERMANG!

@NursaidovAI
🔥5👍1
WiFi-ni "temir darvoza" qilish bo'yicha qo'llanma

​Ko'pchilik WiFi router sotib oladi-yu, ustalar o'rnatib ketgan standart kod bilan yuraveradi. Bu xuddi uy eshigini qulflab, kalitni esa paspolga qoldirib ketish bilan barobar!

​Xakerlar yoki tekinxo'r qo'shnilardan qutulish uchun hozirning o'zida quyidagi 4 ishni qiling:

​1-QADAM: Router "miyasi"ga kirish
​Avval router sozlamalariga kirib olishimiz kerak.
​Telefon yoki kompyuteringizni shu WiFi ga ulang.
​Brauzerni (Chrome, Safari) ochib, tepadagi qatorga quyidagi raqamlardan birini yozing va "Enter" bosing:
192.168.1.1
192.168.0.1
​(Anig'i routeringizning orqa tomonidagi yorliqda yozilgan bo'ladi).
​Login va parol so'raydi. Agar o'zgartirmagan bo'lsangiz, ko'pincha:
​Login: admin
​Parol: admin

​2-QADAM: WPS funksiyasini O'CHIRING (Eng muhimi!)
​Xakerlar WiFi buzishda eng ko'p foydalanadigan teshik - bu WPS tugmasidir.
​Sozlamalardan "WPS" yoki "QSS" degan bo'limni toping.
​"Disable" (O'chirish) tugmasini bosing.
​Nega? Chunki WPS yoqiq tursa, maxsus dasturlar parolingizni 2 daqiqada buzib kira oladi.

3-QADAM: Parolni va Shifrlash turini to'g'rilash 🔒
​Oddiy parollar (masalan: 12345678 yoki 11112222) besh soniyada topiladi.
​"Wireless" yoki "WiFi Security" bo'limiga o'ting.
​Security Mode (Xavfsizlik turi) degan joyda WPA2-PSK yoki WPA3 ni tanlang (Eski WEP turini aslo tanlamang!).
​Yangi parol o'ylab toping: Kamida 12 ta belgi bo'lsin. Ichida katta harf, raqam va belgi (@, #, $) qatnashsin.
​Yomon parol: ali1990
​Zo'r parol: M@n1ngW!Fi2026

​4-QADAM: Router "Admin" parolini o'zgartirish 🛡
​Eslaysizmi, boshida admin/admin deb kirdik? Buni hamma biladi! Agar buni o'zgartirmasangiz, WiFi ga ulangan har qanday odam sozlamalaringizni buzib tashlay oladi.
​"System Tools" yoki "Administration" bo'limidan "Change Password" ni toping.
​Eski parolni (admin) yozib, o'rniga o'zingiz biladigan yangi login va parol qo'ying.

​BONUS MASLAHAT:

Routeringizni dasturiy ta'minotini (Firmware) vaqti-vaqti bilan yangilab turing. Bu xuddi telefoningiz "obnovlenie" bo'lgani kabi, routerni ham yangi viruslardan himoya qiladi.

@NursaidovAI
2👍1👏1
Ko‘plab Xitoy IP-kameralari NAT/Firewall cheklovlarini aylanib o‘tish uchun Relay (Tranzit) Serverlardan foydalanadi.

Ushbu sxemada ko‘rsatilganidek, video oqim (stream) ko‘p hollarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki uchinchi tomon serverlari orqali marshrutlanadi. Bu esa shaxsiy hududdagi ma’lumotlarning "o‘rtakash" serverlarda qayta ishlanishi va potensial Man-in-the-Middle (MITM) zaifligini yuzaga keltirishi mumkin.

Oddiy aytganda: Kamera videoni avval ishlab chiqaruvchining xorijdagi (ko‘pincha Xitoydagi) "bulutli serveri"ga yuboradi. Server videoni qabul qilib, qayta ishlaydi. Keyin o‘sha serverdan aylanib, sizning telefoningizga yetib keladi.

@NursaidovAI
3👍3🤔1
Hozirgi kunda Sun’iy Intellekt (AI) orqali istalgan insonning yuzi, ovozi va harakatlarini 100% nusxalash mumkin.

Xavf nimada?
Sizga ota-onangiz, do‘stingiz yoki rahbaringiz video-qo‘ng‘iroq qilib pul so‘rashi mumkin. Ekranda xuddi o‘sha odam gapirayotgandek ko‘rinadi, ovozi ham bir xil eshitiladi. Aslida esa bu - firibgarlar boshqaradigan kompyuter dasturi!

​Qanday himoyalanamiz?

Agar yaqiningiz video yoki audio orqali shoshilinch pul so‘rasa:
​Darhol ishonib qolmang!
​Suhbatni o'chirib, oddiy aloqa orqali qayta qo‘ng‘iroq qiling.

​Ogoh bo‘ling! XXI asrda ko‘rganingiz ham, eshitganingiz ham yolg‘on bo‘lishi mumkin.

@NursaidovAI
👍521